Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

26-tur, 7 mart, soat 22:00. Bosh hakam: Gonsales Gonsales

ATLETIK BILBAO

Aris Aduris (26)

1 : 0

REAL MADRID

JAMOALAR TARKIBI
01.Xorka Iraisos (D)
15.Iraola
24.Mikel Balensiaga
16.Xabyer Etkseyta
17.Mikel Riko
10.Oskar de Markos
18.Karlos Gurpegi
07.Benyat Echebarriya
30.Inaki Uilyams
19.Iker Muniain
20.Aris Aduris
  01.Iker Kasilyas (D)
15.Daniel Karvaxal
03.Pepe
02.Rafayel Varan
12.Marselo
24.Asyer Ilyaramendi
08.Toni Kroos
23.Isko
11.Garet Beyl
09.Karim Benzema
07.Krishtianu Ronaldu
ZAHIRA
14.Susayeta
29.Unay Lopesh
02.Tokero
11.Ibai Gomes
22.Gilyermo Fernandes
  13.Keylor Navas (D)
05.Fabiu Kuentrau
18.Nacho Fernandes
16.Lukas Silva
06.Sami Xedira
14.Xavyer Ernandes
20.Xese
SARIQ KARTOCHKA
Aris Aduris (30)
Xabyer Etkseyta (39)
Karlos Gurpegi (77)
 
Toni Kroos (30)
Asyer Ilyaramendi (41)
Isko (75)
Marselo (86)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi! "Atletik" - "Real" - 1:0. Madrid ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotmoqda. "Barselona" ertaga "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘ynaydi va kataloniyaliklarda 1-o‘ringa chiqib olish imkoniyati mavjud
90+3'
"Real" o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, Karvaxal darvozabon maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni yon qanotga tepib yuborishdi
90+2'
"Real" chap qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qaytgan to‘pga Lukas Silva ancha noaniq zarba berdi...
90+1'
"Atletik"da o‘zgarish: Migel Riko o‘rniga Gaisko Takero tushirildi
3'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Ronaldu tomon yetkazilgan uzatmani Iraisos egallab oldi
89'
"Real" hujum tashkil qilishga qiynalmoqda
86'
Marseloga sariq kartochka ko‘rsatildi
83'
Vuuuuuuh! Omad tufayli to‘p "Atletik" davrozasiga kirmay qoldi!!! Beyl maydon markazidan to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga qaror qildi. To‘p oldinroqqa chiqqan Iraisosning ustidan oshib o‘tib, darvoza to‘siniga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pga Xese zarba berdi. Himoyachidan to‘p maydonni tark etdi! JUda chiroyli gol bo‘lardi lekin!
80'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Benzema maydonni tark etdi. Xavyer Ernandes tushirildi
79'
"Real"ning pozision hujumlaridan ko‘ra "Bilbao"ning qarshi hujumlari xavfliroq chiqa boshladi
77'
Karlos Gurpegi ogohlantirish oldi
76'
"Real"da ikkinchi o‘zgarish: Toni Kroos o‘rniga Lukas Silva tushirildi
76'
Vuuuh! O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni "Real" jarima maydonchasi ichida Susayeta bosh bilan Adurisga yetkazdi. Aris to‘p uchun kurashda Pepedan ustun keldi va darvoza tomon bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi!
75'
"Atletik"da o‘zgarish: hujumchi Inaki Uilyams o‘rniga Gilyermo Fernandes tushirildi.
74'
Isko sariq kartochka bilan jazolandi.
72'
Vuuuh! Ronaldu bir himoyachi ta’qibi ostida deyarli birga bir vaziyatga chiqdi va darvozabonning yonidan to‘pni o‘tkazmoqchi bo‘lganida Iraisos to‘pni qaytardi. Krishtianu yiqildi va hakamdan penalti so‘radi. Ammo qoidabuzarlik bo‘lmadi.
72'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Ilyaramendi o‘rniga Xese Rodriges tushirildi
71'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Varan bosh bilan bergan zarba darvozaga aniq bormadi.
70'
"Atletik" qarshi hujumga o‘tdi. Uilyams jarima maydonchasining chap qanotidan turib to‘g‘ridan yugurib kelgan sherigiga uzatma berdi. Ammo u himoyachidan o‘tib keta olmadi
69'
Mezbonlar chap qanotda ikki marta autni o‘yinga kiritishdi va keyin chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo so‘nggi pallada to‘pni yo‘qotishdi
66'
Isko zarba yo‘llashga qaror qildi. Uning maqsadini tushungan himoyachilar zarba yo‘liga g‘ov bo‘lishdi
64'
"Atletik"da o‘zgarish: Iker Muniain o‘rniga Susayeta tushirildi
62'
Ronaldu jarima maydonchasi ichida — o‘ng qanotda o‘ziga yetkazilgan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. Himoyachilar to‘pni markazga qaytarishdi.
61'
Benzema chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘pni Iraisos oyog‘i bilan qaytardi.
59'
Isko jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Burchakka borayotgan to‘pni Iraisos ushlab oldi.
58'
Iskoning jarima maydonchasida ochilayotgan Benzema tomon uzatmasini darvozabon egallab oldi
57'
"Atletik" qarshi hujumga o‘tdi. OSkar de Markos Pepeni aldab o‘tmoqchi bo‘ldi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.
52'
Aduris 20 metrlardan zarb bilan to‘pni tepdi. Kasilyas to‘pni ikkinchi urinishda egallab oldi
50'
Ronaldu jarima maydonchasining chap burchagidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.
49'
Beyl o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashib kelib, shundoq darvoza oldida turgan Ronalduga pas berdi. Darvozabon so‘nggi pallada to‘p yo‘nalishini qo‘l bilan o‘zgartirdi va jamoasini xavfdan bartaraf etdi
48'
Vuuuuuuh! "Real" hisobni tenglashtirishi shart bo‘lgan vaziyatni yuzaga keltirdi! Madridliklar chap tomondan jarima maydonchasiga kirib kelishdi va Ronaldu darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Benzema darvozani ishg‘ol qilishga chog‘lanayotganida himoyachi "podkat" orqali to‘pni qaytarib qoldi
47'
"Bilbao" hujumga o‘tib, futbolchilar to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo vaziyat zarbagacha yetib bormadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Hozircha "Atletik Bilbao" - "Real Madrid" - 1:0. Juda qiziq o‘yin bo‘lmoqda. Basklar "Qirollik klubi"ga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda
45+1'
Gonsales "Real"ga burchak to‘pini o‘yinga kiritish imkonini bermadi, birinchi bo‘limga yakun yasadi.
45+1'
Marselo bir necha futbolchilarni aldab markazdan mezbonlar jarima maydonchasiga yaqinlashdi va Benzemaga uzatma berdi. Karim zarba yo‘llashi mumkin bo‘lgan vaziyatda yana Marseloga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi
45'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ronaldu bosh bilan zarba berdi va Beyl davrozabon maydonchasida posbonga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
44'
Iskodan uzatmani qabul qilgan Karvaxal o‘z qanotidan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
43'
To‘p nazorati bilbaoliklar tomonida bo‘lmoqda
41'
Ilyaramendi sariq kartochka oldi. Qarshi hujumga o‘tib ketayotgan mezbon futbolchisini ortdan chalib yiqitdi. Hozircha hakam o‘yinni yaxshi boshqarmoqda, yaxshi pozisiya tanlab, har bir vaziyatda to‘g‘ri qaror chiqarmoqda
39'
Xabyer Etkseyta ogohlantirish oldi. Ronalduni yiqitdi, u kech qolgandi
38'
O‘yin harorati yuqori. Hakamlarga oson bo‘lmaydi. Har bitta xushtakdan so‘ng albatta u yoki bu tomonga hakamni e’tirozlarga ko‘mib tashlamoqda
37'
O‘yin maydon markaziga ko‘chdi. Basklar himoyaga yotishayotgani yo‘q
33'
"Real" raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga qiynalmoqda. Marseloning yuqoridan uzatmasini posbon egallab oldi
30'
Toni Kroos ogohlantirish oldi. U raqibni ochiqchasiga ortidan tepib yiqitdi. Vaziyatga aralashib, Kroosga tahdid qilgan Aduris ham sariq kartochka oldi
28'
Yuqoridan berilgan uzatmadan keyin Beyl darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi va darhol zarba berdi. Darvozabon zarbani oyog‘i bilan qaytardi. Garet esa ofsaydda qolgan ekan!
26'
GOOOOOOL! Aris Aduriiiiis! 1:0! Juda chiroyli gol! "Atletik" ko‘pchilik bo‘lib hujumga o‘tdi. Jarima maydonchasining o‘ng tomonidan uzatilgan to‘pga Aduris yugurib bordi va 11 metrli nuqta ustida bosh bilan zarba berib, Kasilyas darvozasining yuqori burchagini ishg‘ol qildi!
24'
Aduris jarima maydonchasi tashqarisida raqib futbolchisini chiroyli tarzda aldadi va ichkarida turgan Uilyams tomon pas berdi. Ammo u to‘pga yugurmadi
22'
Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda. Benzema yuqoridan davroza yaqiniga uzatma berdi. Xorka Iraisos to‘pni egallab oldi
19'
Aduris o‘ng qanotdan Marseloni aldab, jarima maydonchasiga kirdi va sheriklariga pas berayotganida madridliklar to‘pni qaytarib qolishdi
17'
Ronaldu birga bir vaziyatga chiqib ketmoqchi bo‘lganida Gurpegi to‘pni yuqoriga tepdi, keyinchalik esa darvozabon uni egallab oldi
14'
"Atletik" xavfli qarshi hujum tashkilq qildi. Olis masofadan yetkazilgan to‘pni hujumchi "Real" jarima maydonchasi ichida qabul qildi va biroz pauza qilib, sherigini zarbavor vaziyatga chiqardi. Yo‘llangan zarba Varanga tegib qaytdi
13'
Burchak to‘piga Pepe bosh bilan zarba berdi. Zarba yuqoridan o‘tib ketdi
13'
Vuuuuuh! To‘p rekoshet holatida Benzemaga keldi va Karim chap qanotda himoyachilardan o‘tib ketib, 11 metrli nuqta ustiga ochilayotgan Ronalduga pas berdi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘pni darvoza ustidan o‘tkazib yubordi!
12'
"Real" ijrosida yaxshi hujum. Ilyaramendi o‘ng qanotda ochilgan Karvaxalga uzatma berdi va Daniel orqaroqqa uzatma berdi. Beylning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
8'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Kasilyas egallab oldi
8'
Dastlabki burchak to‘pini "Atletik" qo‘lga kiritdi
7'
Bilbaoliklar raqibga erkin o‘ynash, erkin hujum qilish imkoniyatini berishmayapti
3'
"Real" asta-sekin to‘pni o‘ziga bo‘ysundirishga va raqibni o‘z o‘yiniga moslashtirishga harakat qilmoqda. Benzema ofsaydda qoldi
1'
Mezbon futbolchisi olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
1'
O‘yinni mezbonlar boshlab berishdi
'
"San-Mames stadioni muxlislar bilan to‘lib-toshgan
'
"Atletik" oq-qizil yo‘l-yo‘l, "Real" esa oq formada o‘ynaydi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Ispaniya chemponatining 26-turi boshlandi. O‘tgan turda "Vilyarreal" bilan durang o‘ynagan "Real" bugun yana bir sinov kutib turibdi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.