Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

O‘zbekiston Superkubogi

8 mart, 2015 yil. Soat 14:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)

PAXTAKOR

0 : 0

LOKOMOTIV

JAMOALAR TARKIBI
12.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes
4.Adnan Oraxovas
7.Kaxi Maxaradze (S)
10.Jamshid Iskanderov
11.Igor Sergeev
16.Navro‘z Alimov
23.Aleksandr Merzlyakov
24.Davronbek Hoshimov
28.Stanislav Andreev
29.Vladimir Kozak
  12.Ma’mur Ikromov
7.Ruslan Koryan
8.Sardor Mirzayev
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
13.Lutfulla To‘rayev
16.Jasur J.Hasanov
17.Salim Mustafoyev
18.Temur Kapadze
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
31.Nemanya Yanichich
33.Oleg Zoteev
ZAHIRA
1.Nikita Ribkin
5.Akbarjon Ismatullayev
6.Murod Xolmuhammedov
8.Sherzod Karimov
9.Jaloliddin Masharipov
15.Javohir Sohibov
18.Bahodir Pardayev
  30.Sardor Qobuljonov
3.Shavkat Mullajonov
10.Marat Bikmayev
22.Sanjar Shoahmedov
77.Jasur O.Hasanov
97.Alisher Shog‘ulomov
99.Damir Kayashevich

Matn

'
Temiryo‘lchilar muxlislarini ajoyib g‘alaba bilan tabriklagan holda va Paxtakorga OCHLda yurtimiz sha’ninii munosib himoya qilishini tilagan xolda translyasiyamizni tugatamiz. Xayr, omon bo‘linglar!
90'
Uchrashuv yakunlandi. PAXTAKOR-LOKOMOTIV 0:4! Lokomotiv - O‘zbekiston superkubogi-2015 egasi!
89'
Jasur Hasanov chap qanotdan jarima maydoni chiga to‘p oshirdi, to‘p yolg‘iz turgan Marat Bikmayevga kelib tushdi, Marat to‘pni xotirjam to‘xatib oldi va kuchli zarba bilan darvozani nishonga oldi.
88'
Goooooooool! Bikmayev! 0:4!
87'
Paxtakor hech bo‘lmasa bitta gol urish uchun harakat qilmoqda, Kaxi Maxaradze jarima maydonchasi ichida penalti umididan yiqildi, ammo hakam Ravshan Ermatovligini unutgan ko‘rinadi.
83'
Masharipov jarima maydonining o‘ng tomonida ikki himoyachini ajoyib ravishda aldab o‘tdi va to‘pni sheriklariga yetkazdi, avval Sherzod Kraimov, keyin Iskanderovning zarbasi o‘xshamadi. Gol bo‘lishi mumkin edi.
80'
Paxtakor burchak to‘pni o‘yinga kiritdi, hujum qaytarildi. endi Paxtakor yana hujumda.
71'
Lokoda o‘zgarish: Koryan o‘rniga Marat Bikmayev tushdi.
71'
Burchakdan oshirilgan to‘p himoyachilargattegib, Temurxo‘jaga kelib tushdi uning xavfli zarbasini Lobanov qaytarib qoldi.
71'
Loko burchak to‘pini tepmoqda.
68'
Qarshi hujumda Jasur Hasanov (kattasi) bir raqibini aldab o‘tib darvoza tomon chopdi, tezligi bo‘lganda Lobanov bilan 1ga 1 chiqishi mumkin edi, yonma yon yetib kelgan himoyachi ta’sirida Jasur to‘pni darvozabonning ustida oshirmoqchi bo‘ldi. To‘pni Lobanov egallab oldi.
67'
Paxtakor avval darvoza ustunini, keyin to‘sinini nishonga oldi.
66'
Abduholiqov yana qizg‘anchiq qildi, u birgina aniq pas bilan golga tortadigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan joyda , himoyachilarni aldashga tushib ketdi. Juda xunuk holat!
'
Jamoalarda o‘zgarish - Paxtakorda: Kozak o‘rniga Sherzod Karimov.
63'
Buning uchun Islom ogohlantirildi.
63'
Masharipov jarima maydonchasi yaqinida To‘xtaxo‘jayev tomonidan qo‘pollki bilan to‘tatildi.
60'
Islom To‘xtaxo‘jayevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
58'
58-daqiqa Paxtakorda o‘zgarish bo‘lgan ekan: Andreev o‘rniga Masharipov tushirilgan.
59'
Lokoda o‘zgarish: Jasur Hasanov o‘rniga Shavkat Mullajonov maydonga tushdi.
'
Penalti qanday yuzaga kelgan edi? Qarshi hujumda Temurxo‘ja uch raqibi orasidan Koryannni ajoyibpas bilan taminladi, jarima maydoni ichida Koryan Lobanovni aldab o‘td, ammo Lobanov uni qo‘li bilan ushlab qoldi.
54'
Gooooooooooooooooooooooool! Ruslan Koryan! 0:3!
55'
Loko penalti tepadi!
54'
Paxtakor hujumda faol bo‘lib qoldi, Loko qarshi hujumda.
53'
Paxtakor jarima to‘pi tepdi. To‘p qaytarildi.
51'
Loko ketma-ket ikki hujui uyushtirdi, xavli hujumga aylanishi mumkin edi, ammo Paxtakor himoyachilar to‘pni o‘z darvozalariga yaqinlashtirmadilar.
'
Chap qanotda Davron Hoshimov Jasur Hasanovni yiqitgani uchun jarima to‘pi belgilandi. Jarima to‘pni To‘rayev bajardi, to‘p ikki himoyachi orasidan Temurxo‘jaga kelib tushdi. Temuirxo‘ja mo‘ljalda adashmadi! Gol.
49'
Goooooooooooooooooool! Abduholiqoooov!0:2!
47'
Paxtakor o‘ng qanotdan jarima zarbasi tepdi, to‘pni Abduholiqov bosh bilan qaytardi. Lokoning varshi hujami to‘xtaldi.
46'
Ikkinchi bo‘limda Paxtakor safida Navro‘z Olimov o‘rnida Akbar Ismatullayev harakat qiladi.
46'
Boshlandi!
45'
Ikkinchi bo‘lim boshlanmoqda.
'
Birinchi bo‘lim haqida fikr bildirsak, o‘yin tempi o‘rtacha,ammo chempionatimiz o‘yinlari tempiga qiyoslasak ancha tez bo‘ldi. Ikkala jamoa ham vaziyatlarga ega bo‘ldi. Lokomotivning biroz faoligini ta’kidlasak arziydi. Chempionlar ligasida ishi unchalik yurishmayotgan jamoadan bunday o‘yinni kutmagan edik, to‘g‘risi. Oldinda ikkinchi bo‘lim turibdi. Ko‘ramiz, Paxtakor chempionlar ligasidagi o‘yinlarini eslab qolarmikan. Ikkinchi bo‘lim ham qiziqarli bilishiga umid qilamiz.
41+1'
Birinchi bo‘lim tugadi.
45+1'
Lokoning qarshi hujumi! Eh, Abduholiqov, u to‘pni Koryanga uzatishdan qizg‘andi,vaziyat qo‘ldan chiqarildi.
45'
1 daqiqa qo‘shildi.
45'
Paxtakorning xavfli hujumi Olimovning noaniq zarbasi bilan tugadi.
44'
Jarima zarbasini Koryan bajardi, xavfli zarbani Lobanov qaytarib, jamoadoshlari joniga oro kirdi.
43'
Egr Krimes Abduholiqovni qo‘pol ravishda to‘xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.Jarima zarbasi.
40'
Koryan hisobni 2:0ga yetkazishi mumkin edi, raqiblaridan chaqqonroq harakat qilib jarima maydonchasi ichiga kerib bordi, ammo unga zarba berishga qo‘ymadilar.
'
Chap qanotdan uzatilgan to‘p birin-ketin Loko o‘yinchilariga tegib, Sardor Mirzevga kelayotgan edi, ammo u zarba berishni o‘zidan kattaroq Lutfullo To‘rayevga qoldirdi. Lutfullo 25 metrdan chiroyli gol urdi.
38'
Goooooooooooooooooooool! Lutfullo To‘rayev! 0:1!
34'
Davron Hoshimov zng qanotdan ajoyib reyd uyushtirdi, ikki raqibidan o‘tib ketdim va to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Navro‘z Olimovningbosh bilan bergan zarbasi muvaffaqqiyatsiz chiqdi.
32'
Maxaradze Mirzayevni yiqitdi. Jarima zarbasi Paxtakor darvozasi tomon.Jarima zarbasi o‘yinga kiritildi va hujum qaytarildi.
32'
Loko yana hujumda, ammo uni oxiriga yetkazishda tezkor fikr qabul qilish va aniqlik yetishmayapti.
29'
Anchadan buyon hujum qilmay qo‘ygan Loko oldinga intildi, ammo qarshilikka uchrab, to‘pni o‘z zonalarigacha qaytarib olib kelishdi.
28'
Kaxi Maxaradzega tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
27'
Jarima to‘pini Iskanderov to‘g‘ri darvozaga tepib bajardi, ammo biroz noaniq.
26'
Jasur Hasanov ikkinchi marta Andrrevni yiqitmoda. Jarima zarbasi.
24'
Loko yana burchak tepmoqda. Krimes boshi bilan o‘z darvozaboniga to‘p uzatishda xato qilgan edi.
23'
Lokoning navbatdagi burchak to‘pini Lobanov egallab oldi.
22'
Paxtakorning xujum uyushtirshga urindi, ammo Loko himoyachilar karshilik kilishdi. Paxtakor futbolchilar to‘pni orkaga o‘ynashga majbur bo‘ldi va o‘ng qanotgato‘p uzatilgan vaqtda Paxtakor futbolchisi offsaydda turgan edi.
19'
Burchakdan oshirilgan to‘pni Maxaradze kaytardi.
18'
Loko burchak to‘pi tepadi. L. To‘rayev.
16'
Maxaradze jarima maydoni ichida to‘rt raqibi orasidan zarba berishga erishdi! Ikromov to‘pni qatardi! Bugungi o‘yindagi eng xavli vaziyat.
15'
Ma’mur Ikromov o‘z jarima maydonini tark etib, xavfni bartarf etdi.
14'
Zoteev o‘ng qanotda Davron Hoshimovni yiqitdi. Jarima. Jarima zarbasini qaytarish Loko uchun qiyin bo‘lmadi.
13'
Lokomotiv ajoyib hujum uyushtirayotgan edi, ammo uning huumchisi offsayd holatida ekan.
'
Shu paytgacha yuzaga kelgan vaziyatlarni hisobga olsak, Lokomotiv faolroq ko‘rinmoqda. To‘p nazoratida ham temiryo‘lchilar ustun.
10'
Temur Kopadzeuzoq masofadan zarba berdi, bioz noaniq. U sheriklaridan kechirim so‘rashni unutmadi.
9'
Burchak to‘pi amalgaoshirilgandan so‘ng to‘p himoyachilardan o‘tib ketdi, to‘pni darvozaga kiritadigan qizil libosli o‘yinchi topilmadi!
9'
Lokomotiv ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pi tepmoqda.
8'
Islom To‘xtaxo‘jayev Andrevning hujumini to‘xtadi.
6'
To‘p Paxtakor zonasida, Loko pressing uyushtirmoqda.
5'
Lokomotiv hujumi bartaraf etildi.
3'
Jarima zarbasini Iskanderov Andreevga uzatma oshirish bilan bajardi.Xavli vaziyat yuzaga kelmadi.
2'
Loko himoyachiari Andreevga nisbatan jarima maydoni yaqinida qo‘pollik ishlatishdi. Jarima zarbasi.
1'
O‘yin boshidayoq Paxtakor bursak to‘pi ishladi. Burchak to‘pi amalga oshirildi.
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Ravshan Ermatov jamoa sardorlari bilan jamoalar qaysi darvozani egallashlarini va o‘yinni kim boshlashini aniqlab oldi. Paxtakor TV eranining o‘ng, Lokomotiv - chap tomonidan joy oldi.
'
Hakamlar to‘q ko‘k rangli libosda)
'
Paxtakor - sariq, Lokomotiv - qizil libosda o‘ynaydi.
'
Stadion uzra davlatimiz madhiyasi yangramoqda!
'
Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshliq hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Bugungi O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bilan yurtimizda futbol mavsumi boshlanadi, bu bilan sizlarni tabriklagan holda poytaxtning ikki klubi O‘zbekiston chempioni - Paxtakor va O‘zbekiston kubogi sohibi Lokomotiv jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan onlayn-translyasiyani boshlaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.