Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 26-tur, 8 mart, soat 16:00 | ||
BARSELONALuis Suares (5, 90+1)
Pike (49) Messi (56-pen, 63, 68) |
6 : 1 |
RAYO VALYEKANOAlberto Bueno (81-pen.)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 24.Jeremi Matye 18.Xordi Alba 06.Xavi Ernandes 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 07.Pedro Rodriges 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
13.Kristian Alvares (D) 02.Tito 04.Antonio Amayya 15.Abdulaye Ba 14.Emiliano Insua 21.Xosabed 10.Roberto Trasorras 19.Leo Baptistao 22.Lika 23.Alberto Bueno 12.Gael Kakuta |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 21.Adriano 15.Mark Bartra 04.Ivan Rakitich 12.Rafinya 20.Serxi Roberto 31.Munir El-Haddodiy |
01.David Kobenyo (D) 03.Nacho 17.Kini 27.Aleks Moreno 16.Xavyer Akuino 24.Alexandro Pozuelo 09.Manushu |
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Barselona" - "Rayo Valyekano" - 6:1. Kataloniyaliklar La liga jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilishdi |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuh! Messining uzatmasidan keyin Suares yana birga bir vaziyatga chiqdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Davrozabon zarbani qaytardi! |
| 90+1' | ![]() |
GOOOL! Luis Suares, 6:1! Messi Suaresni birga bir vaziyatga chiqardi. Urugvaylik hujumchi darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘lladi! |
| 87' | ![]() |
Ehhhhh! Suares maydon markazidan boshlab darvozabon bilan birga bir vazyatga qochib ketdi! Jarima maydonchasiga kirib, o‘ng tomondan yordamga kelgan Messiga pas berdi. Uzatma qattiqroq chiqdi va Lionel to‘pni to‘xtatish paytida xatoga yo‘l qo‘ydi, to‘p maydonni tark etdi |
| 83' | ![]() |
Ehhhh! Messining uzatmasidan keyin Rakitich himoyachilardan qochib ketdi va parallel yugurayotgan Suaresga uzatma berdi. Luisning zarbasini darvozabon qaytardi! |
| 81' | ![]() |
Alberto Bueno kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! 5:1! |
| 80' | ![]() |
Dani Alvesning qoidabuzarligi so‘nggi chora sifatida baholandi va u maydondan chetlatildi |
| 79' | ![]() |
"Barselona" darvozasiga penalti belgilandi! |
| 75' | ![]() |
Saytdagi texnik muammolar tufayli matnli translyasiyani kerakli saviyada to‘laqonli olib bora olmayapmiz. Buning uchun uzr so‘raymiz. Texnik kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ish olib boryapmiz. "Barselona" esa ketma-ket hujumlar tashkil etyapti. |
| 68' | ![]() |
GOOOL! Messi, 5:0! Xet-trik! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Messi qabul qilib, himoyachilar orasidan o‘tdi, darvozabonni ham aldadi va o‘tkir burchak ostida darvozani ishg‘ol qildi! Messi La liganing ushbu mavsumidagi gollar soni bo‘yicha Ronalduga yetib oldi. Ikkalasida ham 30tadan golga egalik qilmoqda |
| 68' | ![]() |
GOOOL! Messi, 5:0! Xet-trik! Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Messi qabul qilib, himoyachilar orasidan o‘tdi, darvozabonni ham aldadi va o‘tkir burchak ostida darvozani ishg‘ol qildi! Messi La liganing ushbu mavsumidagi gollar soni bo‘yicha Ronalduga yetib oldi. Ikkalasida ham 30tadan golga egalik qilmoqda |
| 63' | ![]() |
GOOOOL! Messi, 4:0! Suaresning zarbasini darvozabon qaytardi. Leo bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 56' | ![]() |
Penalti belgilangan vaziyatda Tito ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi |
| 56' | ![]() |
GOOL! Messi, 3:0! Lionel yo‘llagan dastlabki zarbani davrozabon qaytardi. Himoyachilar zarbadan avval jarima maydonchasiga kirgani uchun hakam qaytadan penalti tepilishi kerakligini ko‘rsatdi. Ikkinchi zarbani Messi golga aylantirdi. |
| 54' | ![]() |
"Rayo Valyekano" darvozasiga penalti belgilandi! |
| 49' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! GOOOOOOL! Pike, 2:0! "Barselona" ikkinchi bo‘limni katta bosimlar bilan boshladi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Maskerano bosh bilan zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi va Pike yaqin masofadan to‘pni darvozaga yo‘lladi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi |
| 42' | ![]() |
Inyesta bir nechta futbolchilar orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirib bordi va Messiga uzatma berdi. Leo to‘pni egallay olmadi |
| 38' | ![]() |
Suares birga bir vaziyatga chiqdi, ammo ofsaydda qolgandi |
| 32' | ![]() |
Vuuuuuuh! Suaresning yuqoridan uzatmasidan keyin Messi darvozabon bilan birga bir vaziyatni to‘pni posbonning ustidan o‘tkazib darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi! |
| 29' | ![]() |
Maskerano sarii kartochka oldii. Trasorras tomonidan yo‘llangan zarba "to‘qqizlik"ka yo‘l olayotgandek edi, ammo ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 27' | ![]() |
"Rayo" futbolchisi Tito sariq kartochka oldi. Messi jarimadan to‘pni darvozabon maydonchasiga yetkazdi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 25' | ![]() |
O‘yinni to‘la to‘kis "Barsa" nazorat qilmoqda. Ammo mehmonlar himoyada yotib olishayotgani yo‘q. |
| 21' | ![]() |
Ehhhh, Pedrooo! Birga bir vaziyatda na o‘zi darvozani ishg‘ol qildi, na Messiga aniq pas berdi!.. |
| 15' | ![]() |
"Rayo Valyekano" jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Matyo to‘pni bosh bilan qaytarganidan so‘ng to‘p Pedroga yetkazildi va u bir himoyachi ta’qibi ostida raqib jarima maydonchachiga yaqinlashib bordi. Pedro himoyachini aldashga qaror qilmadi va to‘pni ortga qaytardi |
| 12' | ![]() |
Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kiidva darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqayotganida u yiqildi. Takroriy lavhada ortdan kelayotgan futbolchi Luisni chalgandek ko‘rindi. Hakam esa penallti belgilamadi |
| 9' | ![]() |
Ehhhhh, Suareeees! Luis darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va jarima maydonchasi tashqarisida darvozabonni aldab o‘tib, chap qanotdan to‘pni Pedroga uzatdi. Uzatma kuchi sekin bo‘lgani uchun himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi! |
| 5' | ![]() |
GOOOOL! Luis Suares, 1:0! Mehmonlarning himoyadagi xatosidan so‘ng Xavi Urugvaylik futbolchini birga bir vaziyatga chiqarib yubordi va Suares o‘tkir burchak ostida darvozani ishg‘ol qildi! |
| 1' | ![]() |
DIQQAT! "Barselona" - "Rayo Valyekano" uchrashuvi boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|