Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Nimchorak final, javob o‘yini, 11 mart, soat 00:45. Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya) | ||
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (25, 45)
Karim Benzema (53) |
3 : 4 |
SHALKE-04Kristian Fuks (20)
Klaas-Yan Xuntelaar (40, 84) Leroy Sane (57) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Iker Kasilyas (D) 05.Fabiu Kuentrau 17.Alvaro Arbeloa 03.Pepe 02.Rafayel Varan 11.Garet Beyl 06.Sami Xedira 08.Toni Kroos 23.Isko 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
40.Timon Vellenroyter (D) 23.Kristian Fuks 04.Benedikt Xyovedes 31.Matiya Nastasich 07.Maksimilian Meyer 33.Roman Noyshtedter 32.Joel Matip 12.Marko Xeger 27.Trankvillo Barnetta 13.Maksim Shupo-Moting 25.Klaas-Yan Xuntelaar |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Keylor Navas (D) 12.Marselo 18.Nacho Fernandes 24.Asyer Ilyaramendi 19.Luka Modrich 20.Xese 14.Xavyer Ernandes |
28.Kristian Vetklo (D) 39.Tilo Kexrer 22.Asuto Uchida 24.Kan Ayxan 35.Marsel Sobottka 08.Leon Goreska 19.Leroy Sane |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Krishtianu Ronaldu (31)
Fabio Koentrau (55) |
||
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" o‘z maydonida "Shalke"ga yutqazdi, ammo safardagi g‘alaba evaziga chorak final yo‘llanmasi qo‘lga kiritdi |
| 90+3' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 90+2' | ![]() |
"Shalke" burchak to‘pi ishladi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
Vuuuuuh! "Shalke" hazillashmayapti! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Xuntelar bosh bilan Xyovedesga qaytardi. Benedikt ko‘kragi bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, 12 metrlardan zarba berdi. Kasilyas seyv bilan to‘pni egallab oldi! |
| 89' | Bitta gol "Shalke"ni chorak finalga olib chiqadi. Buni germaniyaliklar tushunib turishibdi va katta kuch bilan oldinga o‘tishmoqda | |
| 87' | ![]() |
Vuuuuh! Leroy Sane olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. Kasilyas "Real"ni qutqardi! |
| 84' | ![]() |
GOOOOOL! Xuntelar, 3:4! Himoyachilarning xatosidan so‘ng hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Uning zarbasi darvoza to‘siniga tegib, so‘ng chiziqni kesib o‘tdi. Chiroyli gol! |
| 83' | ![]() |
Isko o‘z uslubida darvozaning olis burchagi tomon to‘pni aylantirishga harakat qildi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi |
| 83' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Arbeloa o‘rniga Nacho tushirildi |
| 81' | ![]() |
"Shalke"da o‘zgarish: Barnetta o‘rniga Asuto Uchida tushirildi |
| 79' | ![]() |
Fuks chap qanotdan to‘g‘ridan to‘g‘ri darvozaga zarba berdi. Kasilyas to‘pni yo‘lidan chiqarib yubormadi, aks holda Xuntelar to‘pni darvozaga yo‘llashga tayyor turgandi |
| 77' | ![]() |
"Shalke" qisqa paslar orqali yaxshi hujum tashkil qildi. Xyovedes jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbani Iker egallab oldi |
| 75' | ![]() |
"Madrid" mudofaasi nisbatan yaxshi o‘ynay boshladi. Raqiblar xavfli vaziyat yarata olishmayapti |
| 73' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba Timonning qo‘liga tegib qaytdi |
| 71' | ![]() |
Germaniyalik futbolchi yo‘llagan zarba "Real" darvozasi oldidan o‘tib ketdi |
| 70' | ![]() |
Vuuuuuh! Isko-Ronaldu-Isko-Kroos kombinasiyasidan so‘ng Toni 20 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Vellenroyter to‘pni darvoza yuqorisidan o‘tkazib yubordi |
| 65' | ![]() |
Vuuuuh! Beylning chiroyli uzatmasidan keyin o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib kelgan Arbeloa darvozabon bilan birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p darvozabonga tegib qaytdi! |
| 64' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Posbon to‘pni egalladi |
| 62' | ![]() |
Vuuuuh! Burchak to‘pidan keyin Modrich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yishiga sal qoldi! Avvalgi o‘zgarish paytida Luka Xediraning o‘rniga tushirilgan ekan |
| 58' | ![]() |
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi. "Shalke"da Xeger o‘rniga Leon Goreska, "Real"da Koentrau o‘rniga Marselo tushirildi |
| 57' | ![]() |
GOOOOL! Leroy Sane, 3:3! Burchak zarbasidan keyin to‘p Sanega kelib tushdi va 18 metrlardan aylanma zarba bilan "Real" darvozasini ishg‘ol qildi. Kasilyas to‘pga tashlanishga ulgurmadi |
| 56' | ![]() |
"Shalke" yaxshi hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasida ochilgan Xuntelar tomon yetkazilgan to‘pni Pepe maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 55' | ![]() |
Fabio Koentrau sariq kartochka bilan jazolandi |
| 53' | ![]() |
GOOOOL! Karim Benzema! 3:2! Karim jarima maydonchasi burchagidan Koentrauga pas berdi. Fabio himoyachilar orasidan o‘tmoqchi bo‘lganida Karim to‘pni egallab oldi va himoyachi va darvozabonni aldab, darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi! |
| 49' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritgan paytda Benzema darvozabonga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 48' | ![]() |
"Shalke" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar to‘pni qaytarishdi, ammo qarshi hujumga o‘tib keta olishmadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | Birinchi bo‘limda "Real" himoya chizig‘i juda bo‘sh o‘yin ko‘rsatdi. | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Real" - "Shalke" - 2:2. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
GOOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuu! Bu safar u juda chiroyli gol urdi. Arbeloa chap qanotdan havolatib bergan uzatmaga bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi! |
| 44' | ![]() |
"Real" hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Qarshi hujum paytida Benzema himoyachilarni aldab, jarima maydonchasiga kirishga harakat qildi, ammo mehmonlar to‘pni qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Ronaldu Xediraga pay berdi. Sami bergan zarbani darvozabon qaytardi! |
| 43' | ![]() |
"Shalke" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin "Real" darvozasi oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Hujumchi bosh bilan bermoqchi bo‘ldi, to‘p uning boshiga yaxshi tegmay qoldi |
| 40' | ![]() |
GOOOOOL! Klaas-Yan Xuntelaar, 1:2! "Shalke" baribir maqsadiga yetdi. Meyer yo‘llangan zarbani Iker qaytardi, qaytgan to‘pni Xuntelar darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 40' | ![]() |
Vuuuuuh! 20 metrlardan yo‘llangan zarba "Real" darvozasi to‘siniga tegib qaytdi! |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuh! "Real" o‘z darvozasiga gol olib kelishiga sal qoldi. Arbeloa to‘pni Kasilyasga uzatgan paytda hujum to‘pga yetib borib podkat uslubida darvozaga tepdi! To‘p yumalab borib, to‘sin yonidan o‘tib ketayotganida Varan to‘pni egallab oldi... |
| 36' | ![]() |
Vuh! Benzema-Isko-Ronaldu kombinasiyasidan keyin Krishtianu chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomon pas berdi. Beyl to‘pga yetib bora olmadi |
| 35' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. To‘pni Vellenroyter egallab oldi |
| 31' | ![]() |
Krishtianu Ronaldu sariq kartochka oldi. U raqib futbolchisi oyog‘iga xavfli tashlandi |
| 29' | ![]() |
"Shalke"da o‘zgarish bo‘ldi. Maksim Shupo-Moting o‘rniga Leroy Sane tushirildi |
| 29' | ![]() |
Hisob ochilganidan keyin "Shalke" ketma-ket hujumlar tashkil qilgan bo‘lsa, endi tashabbus madridliklar tomoniga o‘tdi |
| 28' | ![]() |
Beyl o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Timon to‘pni egallab oldi |
| 25' | ![]() |
GOOOOOL! Krishtianu Ronaldu! 1:1! Burchakdan yetkazilgan uzatmani "Real" hujumchisi bosh bilan darvzaga burdi! |
| 23' | ![]() |
Gelzenkirxenliklar "Real" darvozasiga ikki marta hujum tashkil qilishdi. Har ikkala hujum ham o‘ng tomondan uyushtirildi. Qaymoqranglilar xavfn bartaraf etishdi |
| 20' | ![]() |
GOOOOOL! Kristian Fuks, 0:1! O‘ng qanotdan berilgan uzatma natijasida to‘p "Shalke" futbolchisiga kelib tushdi. Fuksnin kuchli zarbasidan so‘ng to‘p Kasilyasning qo‘lidan darvoza to‘riga borib tushdi. "Shalke" o‘yinda intrigani yuzaga keltirdi! |
| 17' | ![]() |
Maksimilian Meyer maydon markazida to‘pni egallab olib, oldingi intildi va 20 metrlardan "Real" darvozasiga zarba berdi! Ammo zarba qovushmadi |
| 14' | ![]() |
Xuntelar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo zarba berishga ulgurmadi. Marselo to‘pni tepib yubordi |
| 11' | ![]() |
"Shelke" o‘ng qanotdan juda zo‘r tashkil qildi, futbolchilardan biri jamoadoshi to‘xtatib bergan to‘pga kuchli zarba berdi. Kasilyas zarbani qaytardi. Biroz avval esa "Shalke" hujumchisi ofsaydda qolgan ekan |
| 10' | ![]() |
Oho! Mehmonlar chap qanotdan hujum tashkil qilishdi. To‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Shupo-Motingga uzatildi. Futbolchining zarba berishiga hech kim xalal bermayotgandi, ammo u aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 9' | ![]() |
Ronaldu tomon yetkazilgan uzatmani himoyachilar qaytarishdi. Qaytgan to‘pni Xedira egallab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Iskoga uzatdi. Yakunda "Real" burchak zarbasi ishladi |
| 6' | ![]() |
Kroos burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Germaniyalik darvozabon to‘pni egallab oldi |
| 3' | ![]() |
"Real" oq, "Shalke" ko‘k rangli formada o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlanib ketdi. |
| ' | ![]() |
Madridning "Real" klubi "Shalke"ga qarshi safarda bo‘lib o‘tgan o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Javob o‘yini oldidan Anchelotti shogirdlari jiddiy ustunlikka ega bo‘lib turishibdi. Shunga qaramay, bahs qiziqarli o‘tishiga umid qilamiz |
| ' | Evropa chempionlar ligasida nimchorak finalning javob o‘yinlari boshlanmoqda. | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|