Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Nimchorak final, javob o‘yini, 12 mart, soat 00:45. Bosh hakam: Byorn Kuypers (Gollandiya) | ||
CHELSI |
2 : 2 |
PSJ |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 02.Branislav Ivanovich 24.Geri Kexill 26.Jon Terri 28.Sesar Aspilikueta 04.Sesk Fabregas 07.Ramires 08.Oskar 10.Eden Azar 21.Nemanya Matich 19.Diyego Kosta |
30.Salvatore Sirigu (D) 02.Tiago Silva 05.Markinyos 17.Maksvell 32.David Luis 24.Marko Verratti 14.Blez Matyuydi 27.Xavyer Pastore 08.Tiago Motta 10.Zlatan Ibrohimovich 09.Edinson Kavani |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Petr Chex (D) 03.Filipe Luis 22.Villian 23.Xuan Kuadrado 05.Kurt Zuma 11.Didye Drogba 18.Loik Remi |
01.Nikolya Dyushe (D) 06.Zumana Kamara 21.Lukas Din 23.Gregori van der Vil 25.Adriyen Rabiot 15.Jan-Kristof Baebek 22.Esekyel Lavessi |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Oskar (37)
|
Matyuydi (40)
|
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Zlatan Ibrohimovich (31)
|
||
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 120+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "PSJ" - 2:2! PSJ - chorak finalda! Ular bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, o‘ta irodali o‘yin namoyish qilishdi! |
| 120' | ![]() |
To‘rtinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 120' | ![]() |
"PSJ" o‘ng qanotdan jarima zarbasi ishladi |
| 115' | ![]() |
"Chelsi" ixtiyorida 5 daqiqa bor, aks holda fransuzlar chorak finalga chiqishadi |
| 104' | ![]() |
GOOOOOL! Tiagu Silvaaaaa! 2:2! Yana burchak to‘pi va "PSJ" sardori bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 107' | ![]() |
Texnik muammolar tufayli "Chelsi" - "PSJ" o‘yinidan uyushtirilayotgan matnli translyasiya uzilib qoldi. O‘yinning 80-daqiqasida burchak to‘pidan keyin Kexill mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib David Luiz ham burchakdan yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joyladi va hisobni tenglashtirdi. Natijada qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. 96-daqiqada Kuypers mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Uni Azar samarali amalga oshirdi. Hozircha hisob - 2:1. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisi davom etmoqda |
| 58' | ![]() |
Ehhhhh, Kavaniiiiiii! Pastorening uzatmasidan keyin Edinson darvozabon bilan birga bir vazyatga chiqib ketdi. U Kurtuani aldab o‘tdi va o‘tkir burchak ostida bo‘sh qolgan darvozaga zarba yo‘lladi. To‘p yaqin ustunga tegib, narigi tomonga o‘tib ketdi. DAvrozaga kirmadi! |
| 57' | ![]() |
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Samara bermadi... |
| 56' | ![]() |
O‘ng qanotdan Ivanovich yerlatib bergan uzatmasi raqib jarima maydonchasi ichida o‘tirgan Fabregasga tegdi, so‘ngra himoyachilar to‘pni uzoqlashtirishdi |
| 53' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan to‘pni Maksvel jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi |
| 52' | ![]() |
Ramires sariq kartochka oldi |
| 49' | ![]() |
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pga Diyego Kosta chalqancha uslubda zarba berishga harakat qildi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida "Chelsi"da o‘zgarish bo‘ldi. Oskar o‘rniga Villian tushirildi. Mourinyo to‘g‘ri qarorga keldi. Oskar qizil kartochka uchun navbatdagi nomzod bo‘lib turgandi... |
| 46' | ![]() |
Azardan uzatma qabul qilgan Diyego Kosta jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. Zarba himoyachilarga tegib qaytdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Chelsi" - "PSJ" - 0:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
"Chelsi" o‘ng tomondan jarima zarbasini amalga oshirdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
Ehhhhhh, Kuypeeeers! Diyego Kosta chap tomondan markaz bo‘ylab yurdi, "PSJ"ning deyarli barcha himoyachilarini aldab, jarima maydonchasiga kirdi. Kavani esa uni chalib yiqitdi. Gollandiyalik hakam penalti belgilashga jur’at topa olmadi |
| 41' | ![]() |
Azar chap qanotdan markaz tomon surildi va 18 metrlardan zarba yo‘lladi. Sirigu to‘pni egallab oldi |
| 40' | ![]() |
Matyuydi ogohlantirildi |
| 40' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmalar avvalgilari kabi Kurtuaga nasib etdi |
| 39' | Qizil kartochkadan keyin futbolchilardagi ehtiros oshib ketdi. HAkamga oson bo‘lmaydi endi. Yana chetlatish ko‘rsak, hayron bo‘lmagan bo‘lardik | |
| 37' | ![]() |
Oskar ogohlantirildi |
| 36' | ![]() |
Ivanovich o‘ng qanotdan yerlatib uzatma berdi. Sirigu to‘pni egallab oldi |
| 31' | ![]() |
Nazarimizda, vaziyat "qizil"ga tortmasdi. Ikki futbolchi to‘pga intildi. Ibrohimovich tik oyoq bilan emas, yon tomonlama podkat bilan bordi. Oskar baqirib yiqilishni o‘xshatdi... |
| 31' | ![]() |
Vuuuh! Zlatan Ibrohimovichga qizil kartochka berildi! To‘p uchun kurashda Zlatan Oskar bilan to‘qnashdi. Kuypers to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkani cho‘ntagidan chiqardi. |
| 29' | ![]() |
Ivanovich o‘z qanotida o‘yin qoidasini buzdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi |
| 26' | ![]() |
Tomonlar bir martadan qarshi hujumlarni almashishdi. Matyuydi uzatmani qabul qila olmagan bo‘lsa, Fabregas ofsaydda qoldi |
| 22' | ![]() |
Mezbonlar raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi, ammo Oskar ofsaydda qoldi |
| 22' | ![]() |
Jarima maydonchasi chizig‘i oldidan ichkariga berilgan uzatma "Chelsi" futbolchilaridan o‘tmadi |
| 19' | ![]() |
"PSJ" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Tibo Kurtua to‘pni egallab oldi |
| 17' | ![]() |
Chap qanotdan yerlatib uzatilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qilishda "PSJ" futbolchisi texnik xatoga yo‘l qo‘ydi, natijada to‘p yo‘qotildi |
| 14' | ![]() |
"PSJ" hujumga o‘tdi. Pastore yumshoq tarzda yuqoridan Verratti tomon uzatma berdi. Marko esa Ramires bilan to‘qnashuv paytida yiqildi, hakam penalti uchun asos topmadi |
| 13' | ![]() |
To‘p bilan ko‘proq londonliklar muomalada bo‘lishmoqda. |
| 8' | Mutlaqo teng o‘yin bo‘lmoqda, hozircha xavfli vaziyatlar yuzaga kelmayotgan bo‘lsa-da | |
| 4' | ![]() |
Azar chap qanotda raqibdan o‘tib ketdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 2' | ![]() |
Burchakdan uzatilgan to‘pni Kurtua egallab oldi |
| 2' | ![]() |
Vuuuuuh! "PSJ" qisqa paslar orqali jarima maydonchasiga kirib keldi. Kavani yaqin masofadan o‘ziga uzatilgan to‘pni qabul qilib, aylanibzarba berguncha Terri to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi |
| 1' | ![]() |
To‘pni qizil rangdagi "PSJ" futbolchilari o‘yinga kiritib berishdi. "Chelsi" esa ko‘k rangli formada o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Chempionlar ligasi madhiyasi yangraydi |
| ' | Ishonchimiz komil, bugun o‘yin davomida vaziyat bir necha marta o‘zgarishi, jamoalar shunga monand ravishda o‘z reja va strategiyalarini o‘zgartirishlariga to‘g‘ri keladi. Ana shunday o‘zgarishlarga tezda moslasha olgan jamoa yakunda g‘alaba qozonadi. Bu bizning o‘yinga nisbatan taxminimiz. Ko‘ramiz, kutamiz, yana 5 daqiqa | |
| ' | Xabaringiz bor, 3 hafta avval Parijda o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisob qayt etilgandi. Safarda urilgan gol evaziga javob bahsi oldidan ustunlik Mourinyo jamoasi tomonida. Demak, Joze taxmin qilanayotganidek uchrashuvni "ikki qavatli avtobus" bilan boshlashi mumkin. Ammo bunday uslubda 90 daqiqa davomida himoyalanib bo‘lmaydi, boz ustiga raqib jamoa safida Ibrohimovich bo‘lsa | |
| ' | Taxminan yana 10 daqiqadan so‘ng "Chelsi" va "PSJ" jamoalari o‘rtasidagi YECHL nimchorak final bosqichining javob o‘yini boshlanadi | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|