Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Oliy liga-2015
| 1-tur, 12 mart, soat 14:00. Bosh hakam: Ilgiz Tantashev | ||
PAXTAKORIgor Sergeev (88)
|
1 : 1 |
OLMALIQZohir Pirimov (36)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
12.Aleksandr Lobanov 23.Aleksandr Merzlyakov 2.Egor Krimes 4.Adnan Oraxovas 24.Davron Hoshimov 5.Akbar Ismatullayev 7.Kaxi Maxaradze (S) 29.Vladimir Kozak 28.Stanislav Andreev 8.Sherzod Karimov 11.Igor Sergeev |
16.Umid Xonimqulov 8.Sahob Jo‘rayev 5.Evgeniy Gogol (S) 55.Adrian Kashkaval 19.Islom Inomov 21.Salamat Quttiboyev 70.Arslonmurod Omonov 10.Shavkat Salomov 11.Zohir Pirimov 17.Kamoliddin Murzoyev 84.Nemanya Yovanovich |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Nikita Ribkin 6.Murod Xolmuhammedov 10.Jamshid Iskanderov 15.Javohir Sohibov 16.Navruzbek Alimov 18.Bahodir Pardayev 20.Anvar Soliyev |
1.Temur G‘aniyev 3.Azamat Isroilov 4.Abduqahhor Hojiakbarov 7.G‘ulom O‘runov 14.Doniyor Ismoilov 23.Sarvar Jo‘rayev 35.Nikita Shkvirish |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Akbar Ismatullayev (46)
Igor Sergeev (65) Jamshid Iskanderov (72) Adnan Oraxovas (90+2) |
Azamat Isroilov (82)
|
|
Matn
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Paxtakor" mag‘lubiyatdan qutulib qolishning imkoniyatini topdi. |
| 90+3' | ![]() |
Salomovning jarimadan yetkazgan uzatmasini mezbon himoyachilari qaytarishdi |
| 90+2' | ![]() |
Adnan Oraxovas ogohlantirish oldi. Salomov undan o‘tib ketib, davrozabon bilan birga bir vaziyatga chiqayotganida legioner himoyachi Shavkatning kiyimidan tortib qoldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
"Olmaliq" yaxshi hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasi ichida berilgan zarba Oraxovasga tegib qaytdi |
| 88' | ![]() |
GOOOOL! Igor Sergeeev! 1:1! Andreev qanotdan otib bergan to‘p Oraxovasning boshidan so‘ng himoyachilardan o‘tib ketdi va Sergeev unchalik kuchli bo‘lmagan zarba bilan davrozani ishg‘ol qildi! |
| 87' | ![]() |
"Olmaliq"da o‘zgarish: Kamoliddin Murzoyev o‘rniga G‘ulom O‘runov tushirildi |
| 86' | ![]() |
"Paxtakor"ning ketma-ket ikkinchi burchak to‘piga Krimes bosh bilan zarba berdi. Posbon to‘pni egalladi |
| 84' | ![]() |
Olis masofadan yetkazilgan to‘pni olmaliqliklar egallashdi va o‘ng qanotdan oldingi o‘tishi kutilgan futbolchiga uzatma berildi, ammo Salomov to‘pga yeta olmadi |
| 84' | ![]() |
Umidga tibbiy yordam ko‘rsatildi |
| 83' | ![]() |
Jamshidning uzatmasi xavfli bo‘lmadi. Xonimqulov mushti bilan to‘pni urib yubordi. So‘ngra darvozabonga nisbatan fol ishlatilgani bois o‘yin to‘xtatildi |
| 82' | ![]() |
Azmat Isroilov ogohlantirildi. U o‘zidan o‘tib ketayotgan Hoshimovni ochiqchasiga chalib yiqitdi |
| 80' | ![]() |
"Olmaliq"da dastlabki o‘zgarish: gol muallifi Zohir Pirimov o‘rniga Azamat Isroilov tushirildi |
| 79' | ![]() |
Navbatdagi burchak to‘pidan keyin to‘p hech kimga tegmay, qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi. Takroriy hujum paytida Andreev aniq uzatma bera olmadi |
| 79' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘p Inomovning boshiga tegib, darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 78' | ![]() |
Merzlyakovning uzatmasi Inomovga tegib maydonni tark etdi. Burchak to‘pi |
| 77' | ![]() |
Iskanderovning o‘ng qanotdan chiroyli uzatmasidan keyin Maxaradze zarba bera olmadi |
| 76' | ![]() |
Andreev chap qanotdagi chiziqdan to‘pni uloqtirib berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Umuman olganda, yuqoridan yetkazilayotgan uzatmalarning barchasini "Olmaliq" himoyachilari qaytarishmoqda |
| 75' | ![]() |
Mehmonlar 2-3 daqiqa davomida to‘pni nazorat qilib, hujum tashkil qilishga urinishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 72' | ![]() |
Jamshid Iskanderov ogohlantirish oldi |
| 72' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Kozak o‘rniga Javohir Sohibov tushirildi |
| 71' | ![]() |
Vuuuh! Jamshidning uzatmasidan keyin Pardayev o‘ng qanotda ochildi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kashkaval to‘pni qaytardi. Pardayev bosh bilan uzatma berdi. Maxaradze chalqancha uslubda zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 68' | ![]() |
Biroz avval Ismatullayev o‘rniga zaxiradan tushgan Bahodir Pardayev jarima maydonchasiga kirib, o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Zarba aniq darvozaga bormadi |
| 67' | ![]() |
Vuuuh! Andreevning chapdan yetkazgan uzatmasini Sergeev bosh bilan darvozaga yo‘llashga urindi. Zarba aniq chiqmadi |
| 65' | ![]() |
"Olmaliq" maydon markazidan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. Hujumchilar to‘pni qaytarishdi, ammo to‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi |
| 65' | ![]() |
Igor Sergeev o‘yin qoidasini buzdi va sariq kartochka oldi |
| 63' | ![]() |
Iskanderovning uzatmasidan keyin Sergeev darvozabon bilan birga vaziyatga qochib ketdi, ammo ofsayd qayd etildi |
| 60' | ![]() |
Avvalgi vaziyatda mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishganidan keyin to‘p futbolchilarning boshi orqali Yovanovichning qo‘liga borib tegdi. hakam penalti uchun asos topmadi |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuh! "Paxtakor" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin olmaliqliklar qarshi hujumga o‘tishdi. Salomov va Pirimov Oraxovasga qarshi chiqib borishdi. Shavkat o‘z vaqtida uzatma bermadi. Kechroq uzatmadan keyin Zohir 15 metrlardan zarba berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi. |
| 58' | ![]() |
Yovanovich olis masofadan zarba yo‘lladi. Kuchsiz chiqdi bu zarba |
| 57' | ![]() |
Sahob Jo‘rayevning qo‘pol xatosidan keyin "Paxtakor" katta kuch bilan qarshi hujumga o‘tdi, jarima maydonchasiga uzatma berildi. So‘nggi pallada Gogol to‘pni olib qoldi. Aks holda Sergeev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketardi |
| 56' | ![]() |
Inomovning yon chiziqan otib bergan uzatmasidan keyin Yovanovich o‘ng tomondan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Omonov bosh bilan bergan zarba noaniq chiqdi |
| 55' | ![]() |
Yovanovich maydon markazida to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi, ammo ochilayotgan sheriklariga pas berishga ulgurmadi. Paxtakorchilar to‘pni egallab olishdi |
| 52' | ![]() |
Andreev o‘z qanotidan davroza yaqiniga uzatma berdi. Xonimqulov to‘pni egallab oldi |
| 52' | ![]() |
Vuh! Qanotdan otib berilgan to‘pga mehmonlar futbolchisi zarba bera olmadi. Toshkentliklar to‘pni qaytara olishmagandi |
| 51' | ![]() |
Salomov markaz bo‘ylab ikki himoyachi orasida jarima maydonchasiga kirib bordi va yiqildi, qoida buzilmadi. Himoyachi to‘pga o‘ynadi |
| 51' | ![]() |
"Paxtakor" qanotlardan uzatayotgan uzatmalarini "Olmaliq"ning bo‘ydor markaziy himoyachilari qaytarishmoqda |
| 50' | ![]() |
Arslonmurod chap qanotda Hoshimovda o‘tib ketdi, ammo keyinchalik Davron undan to‘pni olib qo‘ydi |
| 48' | ![]() |
"Olmaliq" hujum tashkil qildi. O‘ng qanotdan Inomov yetkazgan uzatmani Lobanov ushlab oldi |
| 46' | ![]() |
Akbar Ismatullayev ogohlantirish oldi. U maydon markazida "Olmaliq" futbolchisini chalib yiqitdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Paxtakor" - "Olmaliq" - 0:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi |
| 41' | ![]() |
Vuuuuuh! Omonov chap qanotdan birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 40' | ![]() |
"Olmaliq" qarshi hujum tashkil qildi. Salomov yuqoridan Murzoyev tomon uzatma berdi. Lobanov to‘pni egallab oldi |
| 39' | ![]() |
"Paxtakor"da o‘zgarish: Sherzod Karimov o‘rniga Jamshid Iskanderov tushirildi |
| 36' | ![]() |
GOOOOOL! Zohir Pirimov, 0:1! "Paxtakor" hujumga o‘tayotganida Andreev to‘pni yo‘qotdi va mehmonlar chap qanotdan hujumga o‘tishdi. Yovanovich Salomovni jarima maydonchasiga boshladi. Shavkat narigi qanotga uzatma berdi. Murzoyev to‘pni o‘tkazib yubordi va ortdan yetib kelgan Pirimov kuchli zarba bilan davrozani ishg‘ol qildi! |
| 35' | ![]() |
O‘ng qanotda belgilangan jarima zarbasini Stasning o‘zi tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 34' | ![]() |
Andreevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 33' | ![]() |
"Paxtakor" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yin kiritdi. Dastlab himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Oraxovasning 12 metrlardan yo‘llagan zarbani Xonimqulov egallab oldi |
| 32' | ![]() |
Oraxovas o‘z darvozaboni tomon sekin uzatma berdi. Labonov to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. Murzoyev darvozabonga bosim qilgandi |
| 31' | ![]() |
"Paxtakor" burchak zarbasi ishladi. Andreev yetkazgan uzatmani posbon egallab oldi |
| 28' | ![]() |
Sherzod Karimov chap qanotdan belgilangan jarima to‘pni darvoza yaqiniga aylantirdi. Xonimqulov musht bilan urib yubordi to‘pni |
| 27' | ![]() |
Mehmonlar maydon markazida belgilangan jarima to‘pini raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Yovanovich to‘p uchun kurashda himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 23' | ![]() |
Ehhhhh, Quttiboyev!!! Salomov burchak to‘pini juda chiroyli o‘yin kiritdi. To‘p Lobanov va himoyachilardan o‘tib, olis ustun oldiga kelgan Salamatga keldi. U bo‘sh darvozani bosh bilan ishg‘ol qila olmadi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 22' | ![]() |
"Olmaliq" chap qanotdan hujum tashkil qildi va burchak to‘pi ishladi |
| 20' | ![]() |
Salomov tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 19' | ![]() |
"Paxtakor" tayanch yarim himoyachisi Akbra Ismatullayev jarima maydonchasi ostonasida Murzoyevning qo‘lidan tortib qoldi. Jarima zarbasi tepiladi |
| 18' | ![]() |
"Paxtakor" uyushtirgan bosim foyda keltirmadi |
| 16' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Xonimqulov musht bilan yon tomonga urib yubordi! |
| 16' | ![]() |
Vuuuuh! Merzlyakov chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Maxaradze bosh bilan zarba berdi. To‘sin ostiga yo‘l olayotgan to‘pni Xonimqulov darvoza ustidan o‘tkazib yubordi! |
| 14' | ![]() |
Karimov chap qanotda jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mehmonlar to‘pni qaytarishdi |
| 13' | ![]() |
Arslonmurod Omonov maydon markazida to‘pni egallab olib, "Paxtakor" himoyachilaridan qochib ketishga urindi. Biridan o‘tdiyu, ikkinchisiga to‘pni oldirdi |
| 12' | ![]() |
Karimov tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasini Xonimqulov yon tomonga urib yubordi |
| 11' | ![]() |
Jarima maydonchasi burchagida Inomov Andreevga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Jarima zarbasi tepiladi |
| 10' | ![]() |
Omonov chap qanotdan oldinga o‘tdi, ammo himoyachilardan o‘tib keta olmadi |
| 8' | ![]() |
To‘p ko‘proq Shkvirin shogirdlari tomonida bo‘lmoqda. Ular ko‘proq hujum tashkil qilishmoqda |
| 5' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda mehmonlar futbolchisi himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 5' | ![]() |
Arslonmurod Omonovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 3' | ![]() |
Vuuuuuh!! "Olmaliq" hisobni ochishiga bir bahya qoldi! Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Pirimov bosh bilan ortga o‘tkazdi. Yovanovich o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p darvozaga aniq bormadi |
| 2' | "Olmaliq" tarkibida 4 nafar legioner boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan. Shuningdek, olmaliqliklar Sahob Jo‘rayev, Murzoyev, Salomov kabi futbolchilar bilan tarkibni kuchaytirishgan | |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| 13:57' | ![]() |
"Paxtakor" oq, "Olmaliq" esa ko‘k rangli formada harakat qilishadi |
| ' | ![]() |
O‘zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda. Jamoa sardorlari esa davlatimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarishmoqda |
| ' | ![]() |
Afsus, "Paxtakor" markaziy stadioni deyarli bo‘m-bo‘sh, deyarli hech kim yo‘q |
| ' | "Paxtakor" o‘z maydonida "Olmaliq"ni qabul qilmoqda. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Ularni kutib olamiz | |
| ' | Mavsum rasman 10 mart kuni O‘zbekiston superkubogi bilan ochildi. O‘sha kuni muxlislarimiz "Lokomotiv" va "Paxtakor" ijrosida ajoyib o‘yinga guvoh bo‘lishdi. Umid qilamiz, Oliy liga o‘yinlari ham ajoyib ruhda boshlanib, yuqori notada yakuniga yetadi. | |
| ' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! Barchangizni O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumi boshlanayotgani bilan muborakbod etamiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|