Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga-2015

1-tur, 12 mart, 15:00. Bosh hakam: Zokir Qodirov

METALLURG

0 : 0

LOKOMOTIV

JAMOALAR TARKIBI
Suhrob Sultonov
Hikmat Hoshimov (S)
Dilmurod Karimov
Doniyor Odilov
Shahzodbek Nurmatov
Davron Karimqulov
Mirg‘iyos Sulaymonov
Murodjon Toshmatov
Mirto‘ra Akbarov
Saidjon Abdujabborov
Javlon Mirabdullayev
  Ma’mur Ikromov
Shavkat Mullajonov
Sardor Mirzayev
Marat Bikmayev
Lutfullo To‘rayev
Jasur Hasanov J.
Salim Mustafoyev
Islom To‘xtaxo‘jayev (S)
Sanjar Shoahmedov
Nemanya Yanichich
Alisher Shog‘ulomov

Matn

90+1'
O‘yin yakunlandi. "Lokomotiv" ham ilk turda ochko yo‘qotdi. "Metallurg" - "Lokomotiv" - 0:0.
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi.
88'
Lutfulla To‘rayev va Dilmurod Karimov o‘rtasida tortishuv o‘rtasida yuzaga keldi. Natijada Metallurgdan Javlon Mirabdullayev, Alisher ZIyovuddinov va "Loko" yarim himoyachisi Lutfulla To‘rayev ogohlantirilishdi
88'
Metallurgda o‘zgarish: Odilov o‘rniga Alisher Ziyovuddinov tushdi.
87'
Abdujabborov jarima maydoni yaqinida Kopadzeni yiqitdi.Jarima zarbasi.
85'
Dilmurod Karimov to‘p oshirishda biroz kuchliroq tepib yubordi, aks holda Toshmatovda vaziyat bo‘lishi mumkin edi.
82'
Mirabdullayev mehmonlar hujumini qaytardi.
81'
Lokoda oxirgi o‘zgarish: Marat Bikmayev o‘rniga Damir Koyayashevich tushdi.
80'
Yanichich Abdullayevdan ildamroq harakat qilib xavfni bartaraf qildi.
77'
Mehmonlarning o‘ng vanotda jarima maydoni ichiga oishirgan to‘pi Javlon Mirabdullayevga tegib avtogolga aylanishi mumkin edi!
77'
Abdujabborov jarima mmaydoni ichidag Abdullayevga to‘p uzatgan edi, to‘p yo‘liga Yanichich g‘ov bo‘ldi.
74'
Ushbu vaziyat uchun Abdullayev ogohlantirildi.
74'
Dilmurod Karimov oldindagi Zohid Abdullayevga to‘p oshirdi, to‘pga Ma’mur Ikromov ham yugurib chiqdi. To‘p uchun kurashda Zohidning oyog‘i Loko posbonining yelka ararlash ko‘kragiga tegdi.
70'
Koryan hisobni ochishi mumkin edi. Qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga burdi, ammo noaniq.
69'
Lokoda o‘zgarish: Shoahmedov o‘rniga Temur Kopadze tushdi.
69'
Lokoda o‘zgarish: Shoahmedov o‘rniga Temur Kopadze tushdi.
66 '
Karimovga qarshi qo‘polligi uchun To‘xtaxo‘jayev ogohlantirildi.
66'
Abdujabborov jarima maydoni ichiga to‘p oshirdi, u yerda to‘p Toshmatov va Abdullayev o‘rtasida qoldi, to‘pga birinchi ulgurgan Loko himoyachisi to‘pni uzoqlashtirdi.
65'
Marat Bikmayev o‘ziga oshirilgan to‘pni ko‘kragi bilan qabulqilib, jarima maydoni ichiga kirib bordi va zarba berdi, ammo offsayd qayd etildi.
61'
Metallurg burchak to‘pini amalga oshirdi, ammo to‘p qaytarildi.
60'
To‘rayev Bikmayevni to‘p bilan ta’minladi, biroq Marat Hikmat Hoshimov bilan yakkakurashga kirishmadi, ortga qaytib to‘pni sheriklariga uzatdi. Bu vaqtda hujum sustlashib bo‘lgan edi.
55'
Sulaymonov mehmonlarga vaziyat "sovg‘a" qilishia sal qoldi. O‘ng qanotdan oshirilgan to‘p jarima maydoni ichidagi Mirg‘iyosning beliga tegib maydonga tushdi, yaxshi hamki bu yerda temiryo‘lchilardan hech kim yo‘q edi.
53'
Sardor Mirzayevning uzoqdan bergan zarbasini Sultonov qiyinchilik bilan qaytardi.
52'
Metallurgda o‘zgarish: Mito‘ra Akbarov o‘riniga Zohid Abdullayev tushdi.
51'
Islom To‘xtaxo‘jayev oshirgan to‘pga Lutfullo To‘rayev ulgurmadi, to‘p autga chiqib ketdi.
48'
Shahzod Nurmatov maydon markazidan to‘pni egallab olib ajoyib reyd qildi! U raqiblarini aldab o‘tib tezlik bilan jarima maydonchasi ichgakirib bordi, zarbaga chog‘langan vaqtda Loko himoyachisi oyog‘ini qo‘yib qoldi, Shahzod to‘p o‘rniga himoyachini oyog‘ini tepib, yiqildi.
46'
Ikkinchi bo‘limni mehmonlar boshlashdi.
46'
Loko tarkibida ikkinchi bo‘limda Alisher Shog‘ulomov o‘rniga Ruslan Koryan o‘yinni davom ettiradi.
'
Ikkinchi bo‘lim boshlanmoqda. Lokomotiv allaqochon maydonda. Metallurg futbolchilari hali maydonga chiqqanlari yo‘q.
45'
Birinchi bo‘limga vaqt qo‘shilmadi va bo‘lim yakuniga yetdi.
45'
Lokoda vaziyat bo‘lishi mumkin edi, Lutfullo To‘rayevning jarima maydoni ichiga, Shog‘ulomovga uzatgan to‘pi biroz kuchliroq tepildi, Alishenr unga yeta olmadi.
42'
Abdujabborov 30 metrdan Ma’mur Ikromovni mahoratini sinab ko‘rdi. Albatta bir-birlarini yaxshi bilmaydi, Javlon Metallurgga yangi kelgan, u kelgan vaqtda Ikromov Lokoga o‘tib ketgan edi.
42'
Sardor Mirzayev maydon markazida Dilmurod Karimovga qo‘pollik ishlatdi.
40'
Mehmonlarning hujumi qaytarildi.
36'
Jarima zarbasini mezbonlar o‘ziga xos usulda o‘yinga ikrib o‘yinni boshladilar, ammo Bikmayev Abdujabborovni yerga qulatdi. Yana jarima zarbasi. Bu safar to‘p jonli devorga tegib qaytdi.
35'
To‘p uchun kurashda Yanichich baland sakrab pastga tushishda Nurmatovning ustiga yiqildi. Jarima zarbasi.
33'
Alisher Shog‘ulomov chap qanotda Metallurg jarima maydoni ichiga kuchli zarba bilan to‘p uzatgan edi, amml shamol bu uzatmani darvoza tomon zarbaga aylantirib yubordi. Sultonov to‘pni qaytardi.
30'
Dilmurod Karimov chap qanotda turgan Toshmatovga to‘p uzatdi, ammo yon offsayd qayd etdi. hakami
25'
Metallurg ham darhol hujumga hujum bilan javob berdi. Dilmurod Karimov jarim maydonchasiga kirib bordi, ammo zarba berayotib yiqildi.Yoki yiqilayotib zarba bera olmadi.
24'
Lokoda birinchi xavli vaziyat. Maydon markazida To‘rayev hujumni boshlab berdi. Salim Mustfoyev to‘pni o‘ng qanotga oshirdi. Qanotdagi Loko futbolchisi jarima maydoniga havolatib uzatdi, Marat Bikmayev bosh bilan zarba berdi, ammo biroz noaniq!
22'
Hozircha biror jamoani maydonda ustun deyishga qiynalib turibmiz.
21'
Metallurg autdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Abdujabborov to‘pni jarima maydoni ichiga oshirdi, to‘p hammadan o‘tib maydon chetigachiqib ketayotganda Dilmurod Karimo unga yetib olishga urindi, yetib oldi ham, ammo to‘p maydonni tark etgan edi.
20'
Metallurg burchak to‘pi tepmoqda. Tepdi ham. To‘p qaytarildi.
17'
Jarima zarbasini Lutfullo To‘rayef jarima maydoni ichiga yetkazib berdi, ammo to‘p hech kimga tegmay, yerga sakragan holda Sultonovning qo‘liga borib tushdi.
16'
Dilmurod Karimov Alisher Shog‘ulomovni yiqitdi. Loko jarima zarbasi tepadi. 25 metr.
13'
Shahzod Nurmatov jarima maydonchasi ichida yiqitildi, hakam penalti bermadi, degan bo‘lar edik agar Metallurg muxlisi bo‘lganimizda. Hakam vaziyatga yaqinroq turgan edi.
11'
Mehmonlar hujumi bartaraf etilgach, mezbonlar tezkorlik bilan arshi hujumga o‘tishdi, Mirto‘ra Akbarov o‘ng qanotga Shahzod Nurmatovga oshirdi, Shahzod to‘pni jarima maydonchasi ichiga oshirishga harakat qildi ammo o‘xshamadi.
8'
Mirzayev Karimovni qo‘pollik bilan to‘xtib qoldi, jarima zarbasi. Darvozagacha 35metr bor. Zarbani Dilmurod Karimovning o‘zi ijro etdi, to‘p jonli devorga tegib qaytdi.
5'
Marat Bikmayev Toshmatovni yiqitdi. Jarim zarbasi. Mezbonlar uni amalga oshirishda, ammo Loko himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.
4'
Salim Mustafoyev autdan to‘p uzatib Shog‘ulomovni oldinga boshlagan edi, Alisher to‘pga yeta olmadi.
2'
Himoyachilar ortga qaytargan to‘pga chiqishda Ma’mur Ikromov biroz xavfli harakat qildi, uning baxtiga Metallurg futbolchilari to‘pni egallay olmadilar.
1'
Uchrashuv boshlandi! To‘pni mezbonlar o‘yinga kiritdilar.
'
Mezbonlar maydonning chap tarafidan o‘rin oldilar, mehmonlar esa - o‘ng.
'
O‘MZ bosh direktori Aik Nuriddinov muxlislarni futbol va bahor bayrami bilan tabrikladi. Jamoa sardorlari - Hikmat Hoshimov va Islom To‘xtaxo‘jayev mamlakatimiz madhiyasi sadolari ostida chempionat bayrog‘ini ko‘tardilar.
'
Mezbonlar - "Metallurg" boshdan oyoq yashil kiyimda, mehmonlar - "Lokomotiv" qizil kiyimda.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Bekobodda havo quyoshli bo‘lsada, har doimgiday shamol esib turibdi.
'
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Bekoboddagi Markaziy stadionda Oliy liga 2-turi doirasidagi Metallurg-Lokomotiv uchrashuvida onlayn-translyasiyani boshlaymiz!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.