Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga-2015

1-tur, 12 mart, soat 18:30. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)

BUNYODKOR

Shokir Zuagi (6)
Mirzohid G‘ofurov (45)

2 : 0

BUXORO

JAMOALAR TARKIBI
45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov (S)
7.Shaker Zuagi
9.Minori Sato
11.Mirzoxid G‘ofurov
13.Ivan Miloshevich
14.Vohid Shodiyev
16.Artyom Filiposyan
20.Samir Bekrich
21.Sardor Rashidov
48.Akramjon Komilov
  12.Aleksandr Korneychuk
2.Azamat Sharipov
3.Saidkamol Akbarov
6.Evgeniy Kochnev
7.Suhrob Ne’matov (S)
8.Vitaliy Plamadela
11.Otabek Isroilov
17.Otabek Narzullayev
18.Dilyaver Abibullayev
44.Temur Turdiyev
77.Alibobo Rahmatullayev
ZAHIRA
1.Pavel Bugalo
6.Anvar G‘ofurov
10.Anvar Berdiyev
15.Obid Jo‘raboyev
17.Dostonbek Hamdamov
19.Zabixillo O‘rinboyev
39.Eldor Shomurodov
  21.Farruh Turdaliyev
9.Nozim Umurov
10.Zayniddin Tojiyev
14.Vyacheslav Ponomaryov
16.Jamshid Hasanov
19.Jamoliddin Ubaydullayev
20.Islom Xoliqov
SARIQ KARTOCHKA
Vohid Shodiyev (11)
Sardor Rashidov (26)
Sato Minori (35)
Artem Filiposyan (60)
 

Matn

90+'
O‘YIN TUGADI. Bunyodkor Oliy Liganing yangi mavsumini g‘alaba bilan boshladi.
90'
O‘yinga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
88'
Bunyodkor so‘nggi daqiqalarda oldinga shoshayotgani yo‘q. O‘yin asosoan ular darvozasi oldida, ammo unchalik havfli emas.
84'
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Buxoro futbolchilari ancha faollashdilar. Ammo, raqib darvozasi tomon hali zarbalar berilgani yo‘q. Juda sust....
83'
Buxoro safida o‘zgarish. Bugungi o‘yinda unchalik ko‘zga ko‘rinmagan Alibobo Rahmatullayev o‘rniga Jamshid Hasanov maydonga tushdi.
82'
Mehmonlar hujum paytida raqib jarima maydoniga yaqin joyda to‘pni oldirishmoqda.
80'
Bunyodkor safida o‘zgarish. Sardor Rashidov o‘rniga Eldor Shomurodov maydonga tushdi.
78'
Bunyodkor futbolchilari navbatdagi burchak to‘pini ishlab olishdi.
74'
Havfli vaziyat!!!! Shaker Zuagida ajoyib imkoniyat yuzaga kelgan edi. Uning deyarli bo‘sh qolgan darvozaga yo‘llagan zarbasini Buxoro himoyachisi chiziq ustidan qaytarib yubordi!
72'
Doston Hamdamov maydonga tushgach, Rashidov endi chap qanotda harakat qilmoqda.
70'
Samir Bekrichda yaxshi imkoniyat bo‘lgan edi, ammo futbolchi to‘pni to‘xtatayotgan paytida qo‘li bilan o‘ynadi.
68'
Ustunlik hozircha mezbonlar tomonida. Buxoro futbolchilari deyarli raqib darvozasi tomonga zarba yo‘llay olmayaptilar.
64'
Bunyodkor safida o‘zgarish. Ikkinchi gol muallifi Mirzohid G‘ofurov o‘rniga Doston Hamdamov maydonga tushdi.
60'
So‘nggi bir necha daqiqa davomida deyarli o‘z jarima maydonidan chiqa olmagan Buxoro futbolchilari yana hujum qilishga urinib ko‘rishdi. Ammo, yakuniy zarbani berishda yana noaniq harakat qilishdi.
57'
Buxoro darvozaboni Aleksandr Korneychuk o‘yindagi eng chiroyli seyvni amalga oshirdi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Miloshevich boshi bilan darvoza tomon to‘g‘irlab qo‘ydi, ammo Buxoro darvozaboni deyarli chiziq ustida to‘pni qaytarib yubordi. Ajoyib reaksiya!
54'
Bunyodkor safida o‘zgarish. Vohid Shodiyev o‘rniga Zabihillo O‘rinboyev maydonga tushdi.
53'
Bunyodkorning o‘ng qanotdan uyuushtirayotgan hujumlari ancha havfli ko‘rinmoqda. Rashidov ham shu qanotda ko‘proq harakat qilmoqda. Shorahmedov ham tez-tez shu qanotda hujumlar vaqtida paydo bo‘lmoqda.
51'
Rashidov darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka chiqib bordi va uni aldab o‘tib zarba berdi, ammo uning o‘ng oyoqdagi zarbasi o‘xshamadi. Ajoyib imkoniyat edi.
49'
Bekrich zarba berish uchun qulay imkoniyatga chiqib borgan edi, ammo u ham zarba berish o‘rniga raqibni aldashga tushib ketdi va to‘pni oldirdi.
47'
Buxoroning ikkinchi taymdagi ilk havfli hujumi burchak to‘pi ishlab olish bilan yakunlandi.
46'
Ikkinchi taym kutilganidek, Buxoro futbolchilarining hujumi bilan boshlandi.
46'
IKKINCHI TAYM BOSHLANDI.
'
Birinchi taym tugadi!
45'
GOOL! Mirzohid G‘ofurov hisobni yana bittaga oshirdi!
37'
Bunyodkor bir daqiqa ichida ketma-ket uchta burchak to‘pini amalga oshirdi. Buxoro himoyachilari amallab to‘pni uzoqlashtirishga erishdilar.
34'
Sato Minori ogohlantirildi.
33'
Suhrob Ne’matovning jarimadan bergan zarbasi biroz yuqoridan o‘tib ketdi.
32'
Bunyodkor jarima maydoni oldida havfli jarima to‘pi. Buxoro uchun imkoniyat!
30'
Buxoro futbolchilari yomon hujum uyushtirmayaptilar. Shunchaki, so‘nggi zarbani berishda ular biroz noaniq harakat qilmoqdalar.
28'
Shaker Zuagi dubl muallifi bo‘lishi mumkin edi, uning uzoq masofadan bergan kuchli zarbasini Korneychuk qaytarib qoldi.
24'
Sardor Rashidov qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi.
26'
To‘p uchun kurashda raqibiga nisbatan xavfli o‘ynagani uchun Sardor Rashidov ogohlantirildi.
23'
Bekrichning kuchli zarbasi yo‘liga himoyachilar to‘g‘anoq bo‘lishdi. Burchak zarbasi
21'
Bunyodkor navbatdagi burchak to‘pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirildi, ammo yakuniy zarbani berishda Rashidovga aniqlik yetishmadi, zarba berish o‘rniga raqibini aldashga kirishib ketdi
20'
Mehmonlar tarkibida eng faol harakat qilayotgan futbolchi — Dilyaver Abibullayev. U barcha hujumlarni deyarli o‘zi boshlamoqda va ortga ham qaytmoqda
16'
Shu zahotiyoq "Bunyodkor" tezkor hujum uyushtirdi va Vohid Shodiyevda hisobni oshirish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi. Ammo, Shodiyevning boshi bilan bergan zarbasi biroz yuqoridan o‘tib ketdi.
15'
Dilyaver Abibullayev deyarli o‘z jarima maydonidan raqib maydonigacha yetib bordi va 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Ammo, To‘rayevga bu zarba qiyinchilik tug‘dirmadi.
14'
Rashidovning burchak oshirgan to‘piga Filiposyan boshi bilan zarba berdi. Salgina noaniq.
13'
"Bunyodkor" ajoyib kombinasiya uyushtirdi va yakunda Rashidov qulay vaziyatga chiqdi. Ammo, Rashidovnig kuchli zarbasini "Buxoro" darvozaboni qaytardi. Burchak to‘pi
11'
Raqibiga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun Vohid Shodiyev ogohlantirildi.
11'
Akbar To‘rayev yaxshi o‘ynadi! Olis masofadan yo‘llangan kuchli va murakkab zarbani u qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
10'
Rashidov va Bekrich burchak zarbasidan kombinasiya tashkil etishdi. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. Biroq gol bo‘lmadi.
6'
GOOOOL! O‘ng qanotdan Sato oshirgan to‘pni Zuagi penalti nuqtasi yonidan darvozaga to‘g‘rilab, hisobni ochdi
2'
O‘yinning ilk daqiqalarida Bunyodkor tezroq harakat qilmoqda.
'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Bunyodkor hamda Buxoro klublari maydonga tushib kelishdi. Bunyodkor oq, Buxoro bugun yashil libosda.
'
Ta’kidlash lozim, Oliy Liga yangi mavsumi ancha qiziqarli tarzda boshlandi. Amaldagi mamlakat chempioni Paxtakor, hamda vise-chempion chempionatni kutilmaganda durang bilan boshlashdi. Paxtakor o‘z uyida Olmaliqni, Lokomotiv esa safarda Metallurgni yenga olmadi.
'
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Oliy Liga yangi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan Bunyodkor hamda Buxoro klublari o‘rtasidagi o‘yin start oladi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.