Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

27-tur, 14 mart, soat 22:00

EYBAR

0 : 2

BARSELONA

Lionel Messi (31-penalti, 55)
JAMOALAR TARKIBI
Xayme
Eneko Boveda
Borxa Ekisa
Raul Navas
Lillo
Didak Vila
Xavi Lara
Yon Errasti
Borxa Fernandes
Saul
Manu del Moral
  Klaudio Bravo
Martin Montoyya
Mark Bartra
Xerard Pike
Adriano Korreyya
Ivan Rakitich
Rafinya
Serxi Roberto
Lionel Messi
Luis Suares
Neymar
SARIQ KARTOCHKA
Borxa Ekisa (30)
 

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Eybar" - "Barselona" - 0:2.
90+2'
Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, ikki himoyachini aldab, orqaroqdagi Xaviga pas berdi. Xavining zarbasi himoyachiga tegdi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
89'
Vuuuuuh! "Barsa"ni goldan darvoza to‘sini qutqarib qoldi. "Eybar" futbolchisi yaqin masofadan zarba yo‘llagandi!
89'
Qarshi hujum paytida Messi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Pedroga uzatma berdi. Pedroning o‘tkir burchak ostida yo‘llagan kuchli zarbasini davrozabon qaytardi
85'
O‘yin taqdiri hal bo‘lganini har ikkala jamoa tushunib turibdi. Mehmonlar qisqa paslar orqali kombinasiyalar tashkil qilishga harakat qilishmoqda
79'
"Barsa" futbolchilari qisqa paslar orqali mezbonlar darvozasiga yaqinlashib kelishmoqda. "Eybar" so‘nggi pallada to‘pni qaytarib qolishmoqda
75'
"Eybar" burchak zarbasini amalga oshirdi. Saul zarba yo‘llashga harakat qildi, Bartra podkat orqali uni qaytardi. Takroriy zarbani Bravo egallab oldi
72'
"Eybar" yaxshi hujum tashkil qildi. Jarima maydonchasining chap qanotidan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatma Pikega nasib qildi
70'
"Barselona"da navbatdagi o‘zgarish: Neymar o‘rniga Pedro o‘yinni davom ettiradi
69'
Rafinyaning uzatmasidan keyin Suares birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, markaziy himoyachi to‘pni olib qoldi
67'
Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va so‘nggi chiziq oldidan to‘pni darvozaga yaqiniga yetkazdi. Suares himoyachi bilan to‘p uchun kurashda yutqazdi
63'
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Xavi tushirildi
61'
Rakitich to‘pni jarima maydonchasiga aylantirdi. Suares to‘pga yeta olmadi
56'
Vuuuh! "Eybar" futbolchisi Xavi Lara olis masofadan zarba yo‘lladi! Bravo burchakka borayotgan to‘pni qiyinchilik bilan qaytardi!
55'
GOOOOL! Lionel Messiii! 0:2! Rakitich burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Messi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
52'
Messi kesma uzatma bilan Neymarni birga bir vaziyatga chiqardi. Braziliyalik hujumchida zarba berish uchun masofa tor edi. Zarba darvozabonga tegib qaytdi
48'
Mezbonlar ikki marta hujum tashkil qilishdi. Dastlabki hujumni kataloniyaliklar qaytarishgan bo‘lsa, ikkinchisida yo‘llangan zarba noaniq bo‘ldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Eybar" - "Barselona" - 0:1. Tanaffus. O‘yindagi yagona bo‘lib turgan golni Messi penaltidan urdi
45+1'
Adriano chap qanotdan yetkazgan to‘pni Rakitich jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan Suaresga tashlab berdi. Suares yaqin masofadan darvozaga aniq zarba bera olmadi.
43'
Oho! Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Suares bilan "devor" o‘ynab, darvozabon maydonchasiga kirdi. Darvoza ro‘parasiga uzatma berdi, ammo himoyachi to‘pni qaytarib yubordi
40'
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo to‘pni yo‘qotishi oqibatida "Eybar" futbolchisi 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
40'
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, ammo to‘pni yo‘qotishi oqibatida "Eybar" futbolchisi 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi
35'
Errasti 15 metrlardan "Barsa" darvozasiga zarba berdi. To‘p rekoshet holatida darvoza yonidan o‘tib ketdi. Burchak to‘pi samarali chiqmadi
31'
GOL! Lionel Messi kuchli zarba bilan davrozani ishg‘ol qildi. Darvozabon to‘p yo‘nalishini topgandi, ammo zarbani qaytara olmadi. Leo 31ta gol bilan La liga to‘purarlari orasida yaqqol peshqadamga aylandi.
30'
"Eybar" darvozasiga penalti belgilandi. "Barselona" qisqa paslar orqali chiroyli tarzda raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va Messi yo‘llagan zarba himoyachining oyog‘ida boshqa himoyachining qo‘liga tegdi. Himoyachi qo‘lini yon tomonga cho‘zib turgandi.
27'
Mezbonlar o‘zlarining kamsonli hujumlarini tashkil qilishdi. Biroz taxlikali bo‘ldi vaziyat mehmonlar uchun. To‘p qaytarildi. Navbatdagi hujum paytida "Eybar" burchak to‘pi ishlashdi. To‘p burchakdan o‘yinga kiritilgan paytda Montoyya jarohat oldi
27'
Mezbonlar o‘zlarining kamsonli hujumlarini tashkil qilishdi. Biroz taxlikali bo‘ldi vaziyat mehmonlar uchun. To‘p qaytarildi. Navbatdagi hujum paytida "Eybar" burchak to‘pi ishlashdi. To‘p burchakdan o‘yinga kiritilgan paytda Montoyya jarohat oldi
27'
Mezbonlar o‘zlarining kamsonli hujumlarini tashkil qilishdi. Biroz taxlikali bo‘ldi vaziyat mehmonlar uchun. To‘p qaytarildi. Navbatdagi hujum paytida "Eybar" burchak to‘pi ishlashdi. To‘p burchakdan o‘yinga kiritilgan paytda Montoyya jarohat oldi
22'
Messi maydonning "Barselona" tomonidan to‘pni egallab, yo‘l-yo‘lakay kamida 5 nafar futbolchini aldadi va jarima maydonchasi yaqinlashib, Neymarga pas berdi. Braziliyalik futbolchining Rakitich tomon uzatmasini Ivan egallay olmadi
21'
Stadion uzra yomg‘ir yog‘a boshladi...
20'
Mezbonlar yaxshi himoyalanishmoqda. Hozircha Enrike shogirdlari golga tortadigan vaziyat yarata olishmayapti
18'
Neymar yo‘llagan zarba jonli devordagi futbolchiga tegib qaytdi. Takroriy uzatmaga Neymar bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni egalladi
16'
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Qaytarilgan to‘pni egallagan Messiga nisbatan jarima maydonchasi tashqarisida fol ishlatildi
14'
Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Suares egalladi, o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va olis ustun tomondagi Neymarga uzatma berdi, ammo uzatma tez bo‘ldi va to‘p o‘tib ketdi
9'
Kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilib, hujum uchun variantlar qidirmoqda
5'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi va endi to‘pni nazorat qilishmoqda
5'
"Eybar" o‘ng tomondan ilk marta hujum tashkil qildi va burchak zarbasi ishladi
2'
Vuuh! "Barsa"ning chap qanotdan tashkil qilgan hujumi xavfli bo‘ldi! Jarima maydonchasiga yetkazilgan uzatmaga avval Messi zarba berdi, to‘p himoyachidan yana Neymar tomonidan navbatdagi uzatmaga Rakitich bosh bilan zarba berdi. To‘p himoyachidan ortga qaytdi!
1'
O‘yin boshlandi. To‘pni o‘yinga "Barsa" kiritib berdi
'
"Eybar" kiyib tushgan forma "Barselona"ning uy formasiga o‘xshab ketarkan. Kataloniyaliklar bugun och qizil rangli futbolkada o‘ynashadi
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
La liga debyutanti "Eybar"ning ixchamgina stadioni muxlislar bilan to‘lgan
'
Luis Enrike bugun Xavi va Inyestaga dam berishga qaror qilgani uchun Messi jamoa sardori sifatida maydonga tushadi. O‘yin boshlanishiga 10 daqiqa vaqt qolmoqda
'
Ispaniya chempionatining 27-turi doirasida "Barselona" "Eybar" mehmoni bo‘ladi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.