Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 29-tur, 15 mart, soat 18:30. Bosh hakam: Mayk Din | ||
CHELSIDiyego Kosta (11)
|
1 : 1 |
SAUTGEMPTONDushan Tadich (19-penalti)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Tibo Kurtua (D) 02.Branislav Ivanovich 24.Geri Kexill 26.Jon Terri 28.Sesar Aspilikueta 10.Eden Azar 04.Sesk Fabregas 21.Nemanya Matich 22.Villian 08.Oskar 19.Diyego Kosta |
23.Freyzer Forster (D) 02.Nataniel Klayn 06.Joze Fonte 17.Tobi Alderveyreld 21.Rayan Bertran 12.Viktor Vanyama 04.Morgan Shnayderlen 10.Sadio Mane 08.Stiven Devis 11.Dushan Tadich 07.Sheyn Long |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Petr Chex (D) 03.Filipe Luis 07.Ramires 23.Xuan Kuadrado 05.Kurt Zuma 11.Didye Drogba 18.Loik Remi |
01.Kelvin Devis (D) 03.Mayya Yoshida 33.Mett Tarjet 05.Florin Gardosh 16.Jeyms Uord-Prous 15.Filip Jurichich 19.Grasiano Pelle |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Nemanya Matich (19)
Branislav Ivanovich (63) Gari Kexill (68) |
Sadio Mane (29)
Viktor Vanyama (64) |
|
Matn
| ' | ![]() |
Soat 21:00da boshlanadigan "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" o‘yini saytimiz orqali matnli onlayn translyasiya qilinadi |
| 90+4' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi. Ammo bu vaqtda darvozalar oldida xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. O‘yin yakunlandi. "Chelsi" - "Sautgempton" - 1:1. "Avliyolar" "Chelsi"ga boshqalardan keskin uzoqlashib ketish imkonini berishmadi! |
| 90' | ![]() |
Ehhhheeee! Burchak to‘pidan keyin Loik Remi 9 metrlardan zarba yo‘lladi, Forster qaytardi, Terri yo‘llangan zarba himoyachiga tegdi, Jonning yana bir zarbasi darvozaga aniq bormadi! |
| 90' | ![]() |
Aspilikuyeta jarima maydonchasi chap burchagidan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi. Mehmonlar darvozaboni to‘pni qaytarishga ulgurdi. Burchak to‘pi |
| 87' | ![]() |
Mourinyo shogirdlari ketma-ket 2ta burchak to‘pini tepishdi, ammo ulardan samara chiqmadi |
| 84' | ![]() |
Jamoalarda o‘zgarish: Villiana o‘rniga Kuadrado, Sheyn Long o‘rniga Grasiano Pelle tushirildi |
| 82' | ![]() |
Filip Jurichich sariq kartochka oldi. U Villianni ortdan butsasining tishlari bilan tepdi. |
| 82' | ![]() |
Chelsida o‘zgarish: Oskar o‘rniga Loik Remi tushirildi. |
| 81' | ![]() |
Mehmonlar jarima maydonchasiga to‘p olis masofadan yetkazildi. Himoyachilarga tekkan to‘p Diyego Kostaga kelib tushdi va hujumchi 9 metrdan zarba yo‘lladi. Himoyachi to‘p yo‘liga oyoq qo‘yib qolishga ulgurdi! Burchak to‘pi. |
| 75' | ![]() |
Vuuuh! Forster seyv namoyish qilishda davom etmoqda! Burchak to‘pi unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi, ammo to‘pni mezbonlar egallashdi. Azar jarima maydonchasiga kirayotgan Oskar tomon yerlatib uzatma berdi. Forster oldinga yugurib chiqdi va braziliyalik futbolchining zarbasini ko‘kragi bilan qaytardi. |
| 73' | ![]() |
Xavfli vaziyat! "Chelsi" o‘ng qanotdan hujum tashkil qilib, jarima maydonchasiga uzatma berildi. Diyego Kosta bosh bilan bergan zarbani Freyzer Forster qaytardi. Qaytgan to‘pni Azar darvoza tomon tepdi, darvozabon qahramonlik ko‘rsatib, bu zarbani ham qaytardi! Burchak to‘pi |
| 71' | ![]() |
"Sautgempton"da yana bir o‘zgarish: Stiven Devis o‘rniga Uord-Prous tushdi. |
| 71' | ![]() |
"Sautgempton"da o‘zgarish: Tadich o‘rniga Jurichich tushirildi |
| 68' | ![]() |
Gari Kexill ham Sadio Manega qo‘pollik uchun ogohlantirildi. |
| 64' | ![]() |
Viktor Vanyama ogohlantirildi, hakam bilan tortishgani uchun |
| 63' | ![]() |
Branislav Ivanovichga sariq kartochka ko‘rsatildi. Sadio Maneni yiqitgani uchun |
| 62' | ![]() |
Endi "Sautgemptont"da yaxshi vaziyat! Dushan Tadich jarima maydonchasiga kirdi va Sheyn Longni zarbavor vaziyatga chiqardi, ammo hujumchining zarbasini himoyachi to‘sib qoldi. |
| 58' | ![]() |
VUH! Eden Azar qanotdan uzatma berganidan keyin Diyego Kosta chalqancha uslubda zarba berdi! Diyego 11 metrli nuqta ustida tepdi, to‘p Azarga borib tushdi va Eden bosh bilan to‘pni darvozaga burishga harakat qildi. Lekin u ofsaydda qolgandi, zarba ham yaxshi chiqmagandi. |
| 57' | ![]() |
Vuuuuuuh! Xavfli vaziyat! Burchak to‘pidan keyin Villian jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida Kostaga borib tushdi. Diyego darvozagacha bir metr masofadan zarba yo‘llab, ustunni nishonga oldi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegib, darvoza tomon kirayotganida boshqa himoyachi chiziq ustidan to‘pni tepib yubordi!!! |
| 56' | ![]() |
Diyego Kosta raqib jarima maydonchasi ichida himoyachi bilan to‘p uchun kurashda yiqildi, hakam fol qayd etmadi. |
| 55' | ![]() |
Mehmonlar jarima maydonchasida pala-partishlik yuzaga keldi. So‘nggi pallada Joze Fonte to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. |
| 54' | ![]() |
"Chelsi"da o‘zgarish: Matich o‘rniga Ramires tushirildi |
| 52' | ![]() |
Londonliklar to‘pni nazorat qilib, pozision hujum tashkil qilishga harakat qilishmoqda. Kuman shogirdlari yaxshi himoyalanishmoqda. |
| 48' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Matich Manega nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Davrozagacha 30 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Tobi Alderveyreld darvoza tomon tepdi. To‘sin ostiga kirayotgan to‘pni Kurtua qaytardi. Qaytgan to‘pni akrobatik uslubda Sadio darvoza tomon tepishga harakat qildi. Zarba yo‘liga Terri to‘g‘anoq bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berildi. Bu vaqtda hech qanday e’tiborga molik voqea sodir bo‘lmadi. Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. "Chelsi" - "Sautgempton" - 1:1. |
| 44' | ![]() |
Azar o‘ng qanotda Fabregas bilan "devor" o‘ynashga harakat qildi. Ammo Seskning uzatmasini Shneyderlen qaytarib qoldi |
| 41' | ![]() |
Burchakka yaqin joydan "Sautgempton" futbolchisi raqib jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. Shneyderlen yo‘llagan kuchli zaba darvoza yonidan o‘tib ketdi |
| 39' | ![]() |
Aspilikueta chap qanotdan hujumga qo‘shilib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kosta to‘pga biroz yeta olmadi |
| 38' | "Chelsi"ning o‘yini qovushmayapti. Kuman shogirdlari nisbatan mazmunli o‘yin namoyish etishmoqda | |
| 35' | ![]() |
"Sautgempton"da yana bir imkoniyat! Sheyn Long jarima maydonchasi ichida turgan Sadio Manega pas berdi va u chiroyli zarba berdi. Tibo Kurtua yana to‘pni egallab oldi. |
| 32' | ![]() |
Endi "Chelsi" darvozasi oldida xavfli vaziyat! Dushan Tadich maydonchasi ichida uzatmani qabul qildi va qulay vaziyatdan zarba berdi. Tibo Kurtua to‘pni egallab oldi! |
| 31' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Qanotdan yetkazilgan uzatmadan so‘ng Diyego Kosta jarima maydonchasi markazidan bosh bilan zarba berdi, lekin ammo to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 29' | ![]() |
Maydon markazidagi qo‘pollik uchun Sadio Mane ogohlantirish oldi. |
| 27' | ![]() |
Jon Teri maydon makazida Sheyn Longni tirsagi bilan urdi, fol qayd etildi, ammo ogohlantirish berilmadi |
| 24' | ![]() |
Tadich o‘z jarima maydonchasi ichida Ivanovichning oyog‘ini bosib oldi, ammo hakam penalti belgilashga jazm etmadi |
| 22' | ![]() |
Goldan keyin mehmonlar faollashib qolishdi. Ketma-ket ikkita hujum paytida Sadio Mane va Sheyn Long ofsaydga tushib qolishdi |
| 20' | ![]() |
E’tiborga molik vaziyat! "Chelsi" jarima maydonchasi yarim aylanasi ichida jarima zarbasi belgilanishi mumkin edi. Manening uzatmasidan keyin Tadich chap oyoqda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p esa Gari Kexillning qo‘liga tegdi. Mayk Din o‘yinni to‘xtatmadi! |
| 19' | ![]() |
GOOOOL! Tadich! 1:1! Dushan markaz bo‘ylab zarba berdi, Kurtua yon tomon tashlanib bo‘lgandi va to‘pni qaytara olmadi |
| 18' | ![]() |
"Chelsi" darvozasiga penalti!!! To‘p "Sautgempton" hujumchisi Mane tomon uzatildi. Sadio jarima maydonchasiga kirib borganida Ivanovich va Matich uni ortdan itarib yiqitishdi. Nemanyaga sariq kartochka va penalti! |
| 13' | ![]() |
!!! Velikolepniy seyv ot Kurtua! Kak je xorosh belgiyes na poslednem rubeje. Bistraya ataka "svyatix" po levomu flangu zakonchilas pasom ot Bertrana na Tadicha k lisevoy. Dushan otkinul sferu nazad na 11-metrovuyu otmetku, otkuda Mane rasstrelival vorota Kurtua, no Tibo slojilsya i otbil udar. Vo vtoroy volne ataki s pravogo ugla shtrafnoy Tadich probival s levoy, zakruchivaya snaryad v levuyu "devyatku", no silno. Ot vorot. |
| 11' | ![]() |
GOOOOL! Diyego Kosta, 1:0! Ivanovich o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi va ideal uzatma bilan jarima maydonchasidagi Diyego Kostani to‘p bilan ta’minladi. Hujumchi to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 7' | ![]() |
Villian o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga xavfli uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to‘pi |
| 5' | ![]() |
Villian zarba berish uchun qulay vaiyatga chiqdi. Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 4' | ![]() |
Aspilikueta raqib jarima maydonchasi yaqinida to‘pni egallab oldi va darvoza tomon kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 2' | ![]() |
Mezbonlar o‘yin boshidan to‘pni nazorat qilishmoqda, ammo hozircha raqib darvozasi oldida golli vaziyat yaratishmadi |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "Chelsi" va "Sautgempton" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlandi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|