Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 29-tur, 15 mart, soat 21:00. Bosh hakam: Mark Klattenburg | ||
MANCHESTER YUNAYTEDMaruan Fellayni (9)
Maykl Kerrik (19) Ueyn Runi (34) |
3 : 0 |
TOTTENXEM |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 04.Fil Jons 17.Deyli Blind 12.Kris Smolling 21.Ander Errera 25.Antonio Valensiya 16.Maykl Kerrik 08.Xuan Mata 18.Eshli Yang 31.Maruan Fellayni 10.Ueyn Runi |
01.Ugo Lyoris (D) 02.Kayl Uoker 15.Erik Dayer 05.Yan Vertongen 38.Rayan Meyson 17.Andros Taunsend 23.Kristian Eriksen 03.Denni Rouz 22.Naser Shadli 18.Gerri Keyn 42.Nabil Bentaleb |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Anders Lindegor (D) 42.Tayler Blekett 02.Rafael 44.Andreas Pereyra 11.Adnan Yanuzay 49.Jeyms Uilson 09.Radamel Falkao |
13.Mishel Vorm (D) 06.Vlad Kirikesh 33.Ben Devis 08.Paulinyo 11.Erik Lamela 10.Emmanuel Adebayor 19.Mussa Dembele |
|
Matn
| ' | ![]() |
Bugun 01:00da boshlanadigan "Real" - "Levante" o‘yini ham saytimiz orqali matnli translyasiya qilinishi rejalashtirilganini aytib o‘tamiz |
| 90+2' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" - 3:0. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 89' | ![]() |
Vuuuuuh! Keyn o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va 5 metrdan o‘tkir burchak ostida zarba berdi. De Xeani to‘pni egallab oldi |
| 86' | ![]() |
"Tottenxem" hech bo‘lmasa bitta gol urishga harakat qilmoqda. Burchak to‘pidan ham ular foydalana olishmadi |
| 83' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Fellayni o‘rniga Falkao tushirildi |
| 79' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Shodli o‘rniga Adebayor tushirildi |
| 77' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Xuan Mata o‘rniga Andreas Pereyra tushdi |
| 75' | ![]() |
"MYu" futbolchisi ofsaydda qoldi, vaholanki, Runi kombinasiyani gol bilan yakunlagandi |
| 72' | ![]() |
Denni Rouz sariq kartochka oldi. "MYu" o‘ng qanotdan jarima zarbasi tepdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 65' | ![]() |
Blind chap qanotdan havodan uzatma berdi. To‘p himoyachilarning boshida jarima maydonchasi ichida turgan Erreraga borib tushdi. Anderning o‘tkir burchak ostida yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi |
| 64' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Meyson o‘rniga Lamela tushirildi |
| 61' | ![]() |
Mezbonlar xotirjam to‘pni nazorat qilishmoqda. Vaqti-vaqti bilan huujmga o‘tishmoqda, mehmonlarga hech qanday imkoniyat qoldirishimayapti |
| 53' | ![]() |
Fellayniga jarima maydonchasi ichida darvoza tomon zarba berishga berishmadi. Runi to‘pni orqaroqqa uzatdi. Blind 17 metrdan zarba berayotganida himoyachi o‘zini to‘p yo‘liga tashladi. |
| 47' | ![]() |
Dembelening 18 metrlardan zarbasi o‘ta noaniq bo‘ldi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlanib ketdi |
| ' | ![]() |
Darvoqe, Ueyn Runi golni nishonlash chog‘ida internet tarqalgan videoga taqlidan boks tushdi va "nokaut"ga uchrab, yiqildi!:) |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi. Runi chap tomondan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va zarba berdi. Zarba aniq chiqmadi. Birinchi bo‘lim yakunlandi. "MYu" - "Tottenxem" - 3:0. Tanaffus. |
| 44' | ![]() |
Mezbonlar uchta gol urib olishganidan keyin nisbatan xotirjam o‘ynashmoqda. "Shporlar" ham vaziyat yarata olishmayapti |
| 39' | ![]() |
Harri Keyn darvoza qarshisida yolg‘iz qoldi, ammo ofsaydda qolgan ekan |
| 37' | ![]() |
Fellayni chap qanotdan 11 metrli nuqta ustidan turgan uni tomon pas berdi. Ueyn to‘pni to‘xtatmasdan darvoza tomon burishga harakat qildi. To‘p ustun oldidan o‘tib ketdi |
| 34' | ![]() |
GOOOOOOOL! Bu golning nomi RUNI deyiladi! Maydon markazida raqib futbolchilariga Ueynga to‘pni berib qo‘yishdi. Runi esa 4 himoyachidan o‘tib ketdi va birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! |
| 31' | ![]() |
"Tottenxem"da o‘zgarish: Taunsend o‘rniga Mussa Dembele maydonga tushdi |
| 27' | ![]() |
Vuuuh! Fellayni to‘p bilan jarima maydonchasiga chap qanotdan kirib keldi va qarama-qarshi tomonda ochilgan Mataga uzatma berdi. Himoyachi podkat uslubda to‘pni qaytarmoqchi bo‘ldi, uning urinishi samarali chiqmadi, ammo to‘p Matadan ham o‘tib ketdi! |
| 25' | ![]() |
Eshliga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Runi chap qanotdan to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. "Tottenxem" futbolchisi bosh bilan to‘pni qaytarib yubordi |
| 22' | ![]() |
Eshl Yang chap qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirdi va so‘nggi chiziq oldidan orqaroqqa uzatma berdi. To‘p "qizil iblislar"ga nasib etmadi |
| 19' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Kerrik, 2:0! "MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Fellayni bosh bilan bergan zarbani himoyachi qaytardi, Kerrik ham bosh bilan zarba berib, olis burchakni aniq nishonga oldi! |
| 15' | ![]() |
Runi jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni qabul qilib, darvozabon maydonchasiga yaqinlashayotgan Fellayniga uzatma berayotganida himoyachi to‘pni tepib yubordi |
| 14' | ![]() |
Goldan keyin o‘yin qarama-qarshi hujumlar ostida davom etmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q |
| 9' | ![]() |
GOOOOL! Fellayni, 1:0! "MYu" yarim himoyachilaridan biri Maruanni birga bir vazyatga chiqarib yubordi va Fellayni bir himoyachi ta’qibi ostida zarba berib, olis burchakni nishonga oldi! |
| 7' | ![]() |
Yang chap qanotdan yaxshi uzatma bilan Runini jarima maydonchasiga boshladi. Ueyn orqaroqda ochilayotgan Mata tomon to‘pni qaytardi, ammo to‘p Xuandan o‘tib ketdi |
| 3' | ![]() |
Mezbon himoyachisi darvozabon tomon noqulay pas berdi. De Xea to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan keyin Keyn darvozabon maydonchasi ichida to‘pni qaytardi, ammo zarba berishga ulgurmadi. |
| 2' | ![]() |
Eshli Yang jarima maydonchasi burchagidan darvozabon maydonchasiga uzatma/zarba berdi. Darvozabon to‘pni egallab oldi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | "MYu" qizil-oq, "Tottenxem" oq-qora rangli formada o‘ynaydi | |
| ' | "MYu" qizil-oq, "Tottenxem" oq-qora rangli formada o‘ynaydi | |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari! "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga oz vaqt qoldi. Uchrashuvni biz bilan birga kuzatib borishga taklif etamiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|