Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

27-tur, 16 mart, soat 01:00. Bosh hakam: Pedro Xesus Peres Montero

REAL MADRID

Garet Beyl (18, 40)

2 : 0

LEVANTE

JAMOALAR TARKIBI
13.Keylor Navas (D)
15.Daniel Karvaxal
03.Pepe
04.Serxio Ramos
12.Marselo
19.Luka Modrich
16.Lukas Silva
23.Isko
11.Garet Beyl
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
  13.Diyego Marino (D)
02.Ivan Lopes
14.Ivan Ramis
04.David Navarro
03.Tonyo
24.Simao Mate
26.Viktor Kamarasa
17.Xordi Ksumetri
11.Xose Morales
05.Kalu Uche
07.David Barral
ZAHIRA
01.Iker Kasilyas (D)
18.Nacho Fernandes
02.Rafayel Varan
24.Asyer Ilyaramendi
08.Toni Kroos
14.Xavyer Ernandes
20.Xese
  01.Xesus Fernandes (D)
12.Xorxe Xuanfran
22.Moxamed Sissoko
08.Nabil El-Jar
25.Xose Mari
10.Ruben Garsiya
18.Viktor Kasadesus
SARIQ KARTOCHKA
Luka Modrich (30)
 

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi. "Real" 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
90+1'
Qanotdan yetkazilgan to‘pni Ronaldu oyoqda zarba berib, darvozaga to‘g‘irlay olmadi
90'
3 daqiqa qo‘shildi
90'
"Levante" o‘yindagi ilk golga tortadigan vaziyatni yaratdi. Nabil el-Jar deyarli birga bir vaziyatda aniq zarba yo‘llay olmadi
89'
Marselo jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ronaldu yo‘llagan zarba ustun yonidan o‘tib ketdi!
88'
Jarima maydonchasi tashqarisida Xesega nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
86'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Viktor Kamarasa yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
85'
Serxio Ramos sariq kartochka oldi
84'
VUuuh! Ronaldu jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni o‘ng oyog‘iga to‘g‘irladi va kuchli zarba yo‘lladi! Darvozabon zarbani qaytardi...
82'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Benzema o‘rniga Chicharito tushdi
78'
"Real"da o‘zgarish: Modrich aut, Ilyaramendi - in
77'
Mehmonlar qisqa paslar orqali "Real" jarima maydonchasi oldigacha yaqinlashib kelishdi, ammo yo‘llangan zarba aniq bo‘lmadi
74'
"Levante"da o‘zgarish: Kalu Uche o‘rniga Viktor Kasadesus tushirildi
70'
Vuuuuuh! Benzema nozik pas bilan Beylni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Garetning zarbasini darvozabon qaytardi. To‘p Iskoga borayotganida posbon ikkinchi urinishda uni qo‘lga oldi
69'
"Real"da o‘zgarish: Isko o‘rniga Xese tushdi
66'
Mehmonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Bosh bilan berilgan zarba ancha noaniq bo‘ldi
64'
Vuuuuuh! Ronaldu o‘ng qanotdan uzatma berdi va Benzema to‘pni yerga tushirmasdan tavani bilan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi, Karim chap oyoqda yo‘llagan ikkinchi zarba qovushmadi. O‘ta chiroyli gol bo‘lardi lekin!
63'
"Levante" o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga pas bergan paytda Pepe biroz qaltis o‘ynadi va to‘pni yon tomonga tepib yubordi
60'
O‘yin taqdiri deyarli hal bo‘lgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Anchelotti shogirdlari nisbatan xotirjamroq o‘ynashmoqda
59'
"Levante"da 2ta o‘zgarish bo‘ldi
58'
Mehmonlar olis masofadan hujumchini darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qilishdi. Keylor Navas jarima maydonchasini tark etib, to‘pni tepib yubordi
55'
O‘ng qanotda Karvaxalning uzatmasi rekoshet holatida yuqoriga ko‘tarildi va Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozaga aniq bormadi
52'
Oho! Marselo chap tomondan uzatma bilan qarama-qarshi tomonda turgan Benzemani to‘p bilan ta’minladi. Karim to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
50'
Beyl o‘z qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Mezbonlardan hech kim bu to‘pga yeta olmadi
47'
"Real" burchak to‘pi ishladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Birinchi bo‘limdan so‘ng "Real" - "Levante" - 2:0. Tanaffus
45+1'
Ikkinchi burchak to‘pini Pepe maydondan chiqarib yubordi. Uchinchisidan so‘ng esa hakam tanaffus e’lon qildi
45'
"Levante" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p o‘sha tomonga qaytarildi va futbolchi to‘pni darvozabon maydonchasiga uzatdi. Ramos bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi.
42'
Chap qanotdan havolatib berilgan uzatmaga Ronaldu darvozaga yaqin joydan bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi
40'
GOOOOOOOL! Ronaldu yoki Beyl! 2:0! "Real" jarima to‘pini o‘yinga kiritish chog‘ida o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Karvaxalga uzatma berildi. Daniel to‘pni zarba berish uchun qulay vaziyatda ochilgan Ronalduga yetkazdi. Krishtianu o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Beylning oyog‘iga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi. Translyasiya rejissyori golni Garet nomiga yozdi...
39'
"Levante" burchak to‘pini o‘yingi kiritdi. To‘p mezbonlarga nasib etdi
38'
Benzema to‘p bilan oldinga intildi. Uning qarshisida bor-yo‘g‘i ikki himoyachi bor edi, Ronaldu yordamga kelayotgandi. Biroq ortdan kelgan himoyachi to‘pni undan olib qo‘ydi
38'
"Levante" futbolchilari to‘pni jarima maydonchasiga olib kirishdi, ammo zarba berishga ulgurishmadi
37'
Benzema chap qanotdan jarima maydonchasi burchagiga qarab keldi va Iskoga pas berib, o‘zi ochilmoqchi bo‘lganida, yiqilib tushdi. Qoida buzilmadi
33'
"Real" hujumchilari raqib jarima maydonchasi ichida qisqa paslar orqali o‘ynashga harakat qilishdi. Beyldan uzatmani qabul qilgan Ronaldu tavani bilan Benzema tomon pass berdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi
30'
Luka Modrich sariq kartochka oldi
29'
"Levante"ning kam sonli hujumlaridan biri. O‘ng qanotdan olis ustun tomon yetkazilgan uzatmaga hujumchi yaxshi zarba bera olmadi. Bunga Marselon imkon bermadi
28'
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Beyl noaniq zarba berdi
28'
Vuuuh! Beyl o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi tomon uzatma berdi. To‘p himoyachining boshiga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvoza to‘siniga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi!
25'
Ehhhhh, Ronalduuuu! Isko chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Krishtianu 5 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi. To‘p yo‘liga himoyachi oyoq qo‘yib qoldi
21'
Karvaxal o‘ng qanotdan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. Ustunlik to‘laligacha madridliklar tomonida
18'
GOOOOOL! Garet Beyl, 1:0! Benzema o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va narigi tomonga uzatma berdi. Ronaldu qaychi uslubida zarba berganidan so‘ng himoyachi chiziq ustida bosh bilan to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Beyl davrozaga joyladi!
16'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Beyl bosh bilan darvoza tomon berdi. Diyego Marino to‘pga tashlandi va uni maydon tashqarisiga urib yubordi. Yana bir burchak to‘pi paytida Ramos bosh bilan noaniq zarba yo‘lladi
15'
Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni ushlab qola olmadi, qaytgan to‘pni Benzema darvozaga yo‘lladi. Ammo Karim yaqqol ofsaydda qolgandi
13'
Ronalduning jarimadan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi
12'
Jarima maydonchasi tashqarisida Ronalduga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
9'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Pepe bosh bilan darvoza tomon bura olmadi
8'
Modrich o‘ng qanotdan darvozabon maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni egallab, qarshi hujumga o‘tishdi. Oldinga uzatilgan to‘pni Ramos boshi bilan qaytarib qoldi, aks holda hujumchi birga bir vaziyatga chiqib ketardi
5'
Burchak to‘pini mehmonlar qaytarishdi
5'
Vuuuuuuh! Real futbolchilari qisqa paslar bilan raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi. Modrich-Beyl-Benzema-Ronaldu.... Krishtianu yaqin masofadan zarba berib, darvoza ustunini nishonga oldi! To‘p ustunga tegib ortga qaytdi. Beylning zarbasi himoyachidan maydonni tark etdi
2'
Vuuuuh! "Oqlar" esa hisobni ochishlari mumkin edi. Marseloning uzatmasini Beyl jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va to‘pni qayta ishlab, darvoza tomon zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
1'
O‘yinni "Levante" futbolchilari boshlab berishdi. Ular bugun ko‘k-qizil yo‘l-yo‘l rangli formada o‘ynashmoqda
'
O‘yindan oldin 1 daqiqalik sukut saqlanadigan bo‘ldi
'
Serxio Ramos bugun maydonga qaytmoqda! U jamoa sardori. Asosiy sardor - Iker Kasilyas esa zaxirada qoldirildi. Shuningdek, bugun Modrich ham boshlang‘ich tarkibda tushirildi
'
O‘yin boshlanishiga 4 daqiqa qoldi. Jamoalar maydonga chiqishga tayyorgarlik ko‘rishyapti
'
Qadrli saytimiz muxlislari. "Real" va "Levante" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil qilinadigan matnli translyasiyani kuzatib borishga barchangizni taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.