Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«A» guruhi, 3-tur, 17 mart, soat 18:00

BUNYODKOR

0 : 1

LAXVIYa

Nam Te Xi (28-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov
7.Shokir Zuagi
9.Sato Minori
11.Mirzohid G‘ofurov
13.Ivan Miloshevich
14.Vohid Shodiyev
16.Artyom Filiposyan
20.Samir Bekrich
21.Sardor Rashidov
48.Akromjon Komilov
  40.Klaude Amin
2.Muhammad Musa
4.Xose Moreno
5.Muhammad Razzoq
7.Xolid Mufta
8.Luiz Martin
10.Nam Te Xi
12.Karim Budiaf
14.Muhammad Abdulloh
70.Ismoil Muhammad
79.Vladimir Vays
ZAHIRA
1.Pavel Bugalo
6.Anvar G‘ofurov
15.Obid Jo‘raboyev
17.Doston Hamdamov
19.Zabihillo O‘rinboyev
29.Otabek Shukurov
39.Ilhom Shomurodov
  90.Santos
9.Abdulraxmon Mohd
16.Abdulloh Saloh
20.Ali Affif
24.Xolid Radvan
77.Ahmad Al-Emadi
SARIQ KARTOCHKA
 
Ismoil Muhammad (52)

Matn

90+5 '
Uchrashuv tugadi. Bunyodkor o‘z maydonida Laxviyaga yutqazdi -0:1.
90'
5 daqiqa qo‘shildi!
89'
Zuagiiiii! Darvozabon to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi, Shakir uni boshi bilan to‘tatib qaychi usulida zarba berdi, ammo to‘p yuqorilan ketdi! Qanday vaziyat-a?!!!
89'
Navbatdagi hujum Shorahmedovning noaniq to‘p uzatishidan so‘ng nihoyasiga yetdi.
87'
Hamdamov burchak to‘pini bajardi,xavf qaytarildi. Shu ondayoq mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi.Xavf qaytarildi.
86'
Shomurodoooooov! Uning zarbasini Amin zo‘rg‘a qaytarib qoldi. Burchak to‘pi.
86'
Bunyodkor burchak to‘pini tepdi, hujum qaytarildi.
83'
Satoning chap oyoqda bergan zarbasi darvozaga aniq bormadi.
81'
Ketma-ket vaziyatlar. Avvaliga qanotdan oshirilgan to‘pga O‘rinboyev yeta olmagan bo‘lsa, keyin Zuagi havodagi to‘pni ishlay olmadi u zarba bermoqchi edi. To‘p yana jarima madoni ichiga oshirildi Shodiyev o‘z ustidan oshirib zarba berdi, bu Amin uchun qiynchilik tug‘dirmadi.
80'
Laxviyada o‘zgarish: jarohatlangan Vayss o‘rniga Ali Affif tushmoqda.
75'
Mehmonlarning xavli hujumi ortda qoldi. Ortidan yana keskinlik. Nam Te Xi sustligi natijasida to‘p oldirildi.
74'
Vaqt o‘tib bormoqda, ammo Bunyodkor mag‘labiyatga loyiq emas, Aniqlik va sovuqqonlik yetishmayapti "qaldirg‘ochlarga".
71'
Bunyodkorda oxirgi o‘zgarish: Bekrich o‘rniga Zabihillo O‘rinboyev tushdi.
71'
Zuagiii! Uning 18 metrlardan bergan zarbasi yuqoridan ketdi.
70'
Akmal Shorahmedoooov! U bir himoyachidan o‘zi jarima maydoni ichiga kirib bordi va o‘zi zarba berishga qaror qildi.
66'
Shodiyev jarima maydoni ichida raqibidan havodagi kurashda ustun keldi, ammo zarbasi o‘xshamadi.
70'
To‘rayev Ismoil Muhammadning kuchli zarbasini maydondan tashqariga chiqarib yubordi!
70'
To‘rayev Ismoil Muhammadning kuchli zarbasini maydondan tashqariga chiqarib yubordi!
63'
Ehhhhh, Shomurodooooov! BUrchak to‘pini Filiposyan bosh bilan darvozaga yaqiniga yetkazdi. Eldor esa 6 metrdan darvozan ishg‘ol qila olmadi!
62'
Sardor Rashidov maydonni tark etdi. Shomurodov maydonga tushdi
61'
Vuuuuuh! Ismoil sherigi Razzoqni deyarli birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Hujumchining zarbasi himoyachining oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi
60'
Mezbonlar hujum tashkil qila olishmayapti. Tezni juda tez yo‘qotishmoqda.
59'
Zuagi jarima maydonchasiga kirayotgan Rashidov tomon uzatma berdi. Posbon to‘pni egallab oldi
56'
Vladimir Vays jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
54'
"Bunyodkor"da dastlabki o‘zgarish: Mirzohid G‘ofurov o‘rniga Dostonbek Hamdamov tushirildi
53'
Burchakka yaqin joyda belgilangan jarima zarbasini Bekrich o‘yinga kiritdi. Miloshevich darvozabonga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani uchun o‘yin to‘xtatildi.
52'
Ismoil Muhammad ogohlantirildi. Komilov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berganidan keyin himoyachi butsasining tagi bilan Akromning oyog‘iga tepdi.
51'
Ehhhhh! Sato o‘ng qanotdan 3-4 futbolchidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va orqaroqda ochiq turgan sheriklariga uzatdi. Shodiyev zarba berishga qulay vaziyatda turganiga qaramay, to‘p ustidan sakrab o‘tib ketdi. Buni kutmagan Bekrich esa zarba berishga ulgurmadi...
49'
Ikkinchi bo‘limda Rashidov o‘ng qanotga o‘tib o‘ynayapti. U o‘z qanotidan jarima maydonchasiga kirayotganida Zuagi unga yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi to‘pni egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Takroriy lavhalar shuni tasdiqladiki, penalti noto‘g‘ri belgilanibdi. Akbar To‘rayev to‘pga o‘ynagan, shundan so‘ng hujumchi uning oyog‘iga urilgan ekan
45+4'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Bunyodkor" - "Laxviya" - 0:1. Tanaffus
45+3'
Vuuuuuh! Urish kerak bunday vaziyatlarni! Burchakdan yetkazilgan to‘pni darvozabon urib yubormoqchi bo‘ldi, ammo muvaffaqiyatli harakat qila olmadi, Filiposyan darvoza ro‘parasida turgan Shodiyevga to‘pni yetkazdi. Vohid esa bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni ushlab oldi. Oyoq bilan tepish kerak edi!..
45+3'
Shodiyevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun jamoamiz jarima zarbasini tepdi. To‘p himoyachining boshidan maydonni tark etdi. Burchak zarbasi
45'
1-bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi.
45'
Jarima to‘pi ijro etildi, Chiko Floresning bosh bilan bergan zarbasi golga aylanishi mumkin edi. Noaniq.
44'
G‘ofurov jarima maydonimiz oldida Vayssni yiqitdi. Mehmonlar jarima zarbasi tepishadi.
40'
Te Xi qarshi hujum vaqtida Filiposyanga urilib maydonga yiqildi. Qoida buzilmadi.
39'
Shodiyev raqib jarima maydonchasi ichida himoyai bilan kurashda yiqilib tushdi. Hakam penalti belgilab o‘tirmadi.
38'
Mehmonlar burchak to‘pi tepishdi, xavfsiz.
37'
Filiposyan to‘pni maydondan tashqariga chiarib yuborib,xavfni yo‘q qildi.
36'
Laxviyada o‘zgarish: Luizning o‘rniga Abdulrahmon Mohd tushdi.
35'
Luiz Martin noma’lum holatda jarohat oldi. U maydonni tark etdi.
33'
Bunyodkor ketma-ket hujum uyushtirmoqda, xavli vaziyatlar yaratmoqda, xullas, biroz aniqroq harakat qilishlari kerak. Golning hidi kelyapti.
32'
Bunyodkor hujumda faol, Zuagining zarbasiga mehmonlar himoyachisi g‘ov bo‘ldi.
29'
Bunyodkorni to‘rtinchi burchak to‘pi samarsiz ketdi.
28'
Bilasizmi, penalti belgilangan vaqtda Laxviya futbolchisi ofssaydda qolgandek tuyuldi. Bahsli holat.
28'
Gol! Nam Taye Xi. Mehmonlar oldinga chiib olishdi.
27'
Mehmonlar penalti tepadi. Akbar To‘rayev hujumchini yiqitdi.
23'
Mehmonlarning xavfli qarshi hujumi To‘rayevning mahorati evaziga bartaraf etildi.
23'
Zuagi bir-ikki harakatlar bilan raqiblarni chalg‘itdi so‘ng to‘pni sheriklariga uzatdi, to‘p himoyachiga tegib Vohid Shodiyevga kelib tushdi, Vohid to‘xtatmasdan zarba berdi, ammo Amin o‘z o‘rnida edi.
22'
Bunyodkor burchakdan to‘p tepadi. Tepdi,
19'
Xavfli vaziyat!!! Rashidov chap qanotda ta’qibchisini ortda qoldirib, darvoza yaqiniga keldi, ammo uning uzatmasiga Amin g‘ov bo‘ldi, qaytgan to‘pni Shodiyev juda noqulay holatdan darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi. 0:0.
18'
Mehmonlarning xavfli hujumi, Muhammad Ismoilning zarbasi o‘xshamadi.
16'
Raqibiga qo‘pollik qilgan Vohid Shodiyevni yaponiyalik hakam ayadi, og‘zaki ogohlantirishbilan kifoyalandi.
16'
Mehmonlarning yana bir hujumi samarsiz yakunlandi.
13'
Ana vaziyat! Bekrich Sardor Rashidovga to‘p uzatdi, Rashidov himoyachi bilan kurashda uni chalg‘itib sheriklariga oshirdi, to‘p rikoshet natijasida yo‘nalishini o‘zgartirdi,to‘pga Amin birinchi yetib keldi!
11'
Bunyodkor himoyachilar xatolarga yo‘l qo‘ymoqdalar.
10'
Laxviyada xavli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo hujum Nam Taye Xining noaniq zarbasi bilan tugadi. Yaxshi.
9'
Akmal Shorahmedov oldindagi Vohid Shodiyevga mukammal uzatma oshirdi, Vohidning bosh bilan bergan zarbasini Amin egallab oldi!
7'
G‘ofurov Bekrichning to‘p oshiriidan so‘ng raqib himoyachisi bilan kurashda burchak to‘pi ishlab oldi. Burchak to‘pi samarasiz yakunlandi.
5'
Sardor Rashidov raqib jarima maydoni oldida o‘zga uzailgan uzatmani qabul qila olmadi.
4'
Mehmonlar maydon markazida Vohid Shodiyevni yiqitishdi.
2'
Laxviya to‘p yo‘qotdi, "qaldirg‘ochlar" darhol qarshi hujumga o‘tdilar, Bekrichning 25 metrlardan bergan zarbasi xafvli chiqqan bo‘lsada, aniq chimadi!
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
To‘pni Laxviya o‘yinga kiritadi.
'
Mezbonlar maydonning chap, mehmonlar - o‘ng tomonidan joy oldilar.
'
Buneyodkor - oq, Laxviya - qizil kiyimda.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Guruhda Eronning "Persepolis" klubi ikki o‘yinda ikki g‘alabaga erishib, peshqadamga aylanib olgan. Bugun eroniklar Saudiya Araistonining "An-Nasr" klubi mehmoni bo‘ladilar, ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 22:00ga belgilangan. Saudiyaliklar hisobida 2 o‘yindan so‘ng 2 ochko bor.
'
Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni maydoniga tushadigan klublar guruh autsayderlari hisoblanib turibdilar, chunki hozircha ular hisobida bittadan ochko bor.
'
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! E’tiboringizga OCHL musobaqasining 3-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" va "Laxviya" klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan onlayn-translyasiyani havola qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.