Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«C» guruhi, 3-tur. 17 mart, soat 20:45. Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)

AS-SADD

Xalfan Ibrohim (26-pen., 50)
Hasan al-Haydos (34)
Nodir Belxoj (40)
Abdulkarim Hassan (64)
Grafite (67)

6 : 2

LOKOMOTIV

Damir Koyashevich (56)
Jasur Hasanov (77-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
Ash-Shib
Abdulkarim Hassan
Muhaddam Kasola
Miruki
Xalfan Ibrohim
Hasan al-Haydos
Talal al-Blushiy
Grafite
Nodir Belxoj
Li Jung Su
Mus’ab Xidir Muhammad
  12.Ma’mur Ikromov
3.Shavkat Mullajonov
7.Ruslan Koryan
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
17.Salim Mustafoyev
18.Temur Kapadze
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
31.Nemanya Yanichich
33.Oleg Zoteev
77.Jasur Hasanov (katta)
ZAHIRA
  30.Sardor Qobiljonov
8.Sardor Mirzayev
9.Dilshod Rahmutullayev
10.Marat Bikmayev
16.Jasur Xasanov J.
97.Alisher Shog‘ulomov
99.Damir Koyashevich
SARIQ KARTOCHKA
Abdulkarim Hassan (76)
 
Shavkat Mullajonov (26)
Salim Mustafoyev (37)

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. "As-Sadd" - "Lokomotiv" - 6:2! Izohga hojat yo‘q!
90+3'
Temurxo‘ja darvozani ishg‘ol qilishiga sal qoldi! Hasanovning uzatmasidan keyin Abduxoliqov to‘pni bosh bilan darvoza tomon burgandi. Shib to‘pni darvoza ustiga chiqarib yubordi
90+2'
"As-Sadd" futbolchisi jarohat oldi shekilli, yerda o‘tirgancha o‘zini almashtirishlarini so‘ramoqda.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
86'
Koyashevichning uzatmasidan keyin Hasanov jarima maydonchasi to‘pni qabul qildi va himoyachilar orasida zarba berdi. To‘pni Shib egalladi
84'
Grafite birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi. U ofsaydda ham qolgan ekan
83'
Talal al-Blushiy o‘rniga Yahyo tushirildi
83'
Talal al-Blushiy o‘rniga Yahyo tushirildi
82'
Rahmatullayev o‘ta noaniq zarba yo‘lladi
80'
Koyashevichning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
79'
Koyashevichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. DAvrozagacha 25 metr
77'
GOL! Jasur Hasanov penaltidan hisobni bittaga qisqartirdi. 6:2.
76'
"As-Sadd" darvozasiga penalti! Kichik HAsanovning zarbasini Abdulkarim Hassan to‘pni qo‘li bilan qaytardi!
74'
Mezbonlar o‘z jarima maydonchalari ichida va atrofida biznikilarga o‘ynash imkoniyatini bera boshladi. Faqat o‘zimiz imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz
73'
Vakillarimiz jarima maydonchasiga kirib borishdi, ammo zarba berishga ulgurishmayapti. Zoteev esa uzatma berishni qoyillatmadi
70'
Katta Hasanov o‘rniga kichik Jasur tushdi
69'
Ali Asadulloh "Lokomotiv"ni kechirdi! Ochiqchasiga kechirdi! Birga bir vaziyatga yo‘llagan zarbasi ustun yongianasidan o‘tib ketdi
67'
GOOL! 6:1, Grafite! Himoyadagi To‘xtaxo‘jayevning yosh bolalarcha xatosidan so‘ng raqib futbolchisi to‘pni egallab zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi. Grafite to‘pni darvozaga joyladi!
66'
Vakillarimizning hujumidan so‘ng 18 metrlardan darvozaga aniq zarba berildi. Ash-Shibni to‘pni egalladi
64'
GOOOOL! 5:1! Abdulkarim Hassan maydon markazidan darvozani ishg‘ol qildi! To‘p oldinga chiqib ketgan Ma’mur Ikromovning ustidan oshib, to‘rga borib tushdi! Chiroyli gol!
61'
"As-Sadd"da o‘zgarish: Mirikui o‘rniga Ali Asadulloh tushirildi
60'
Yaxshi hujum! Temurxo‘ja raqiblarning xatosidan so‘ng to‘pni egallab olib, DAmirga yetkazdi. Kosheyaviya ikki himoyachidan o‘tib ketib, 11 metrli nuqti atrofiga uzatma berdi. HImoyachilar qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Rahmatullayev 17 metrdan zarba yo‘lladi. Darvoza ustidan o‘tib ketdi to‘p
59'
Koyasheviiich! Jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni qabul qildi va darvoza tomon zarba berdi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi!
58'
Hasanov chap qanotdan to‘pni darvoza yaqiniga uzatdi. Himoyachilar qaytarishdi
56'
GOOOOOL! Damir Koyashevich! Chiroyli aylanma zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi! 4:1!
55'
Shundoqqina jarima maydonchasi doirasi ichida Koyashevichga nisbatan fol ishlatildi. JArima zarbasi
54'
Hasanov to‘pni to‘g‘ridan to‘pni jarima maydonchasiga emas, uning tashqarisida turgan Koyashevichga yetkazdi. Damirning zarbasi yo‘liga himoyachi qalqon bo‘ldi
53'
Koyashevichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Burchakka yaqin joydan burchak zarbasi
50'
GOOOL! Xalfan Ibrohim, 4:0! Grafitening uzatmasidan keyin Mirukui chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va so‘nggi chiziq oldidan to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Xalfan Ibrohim bosh bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi!
49'
Rahmatullayev 25 metrlardan ancha noaniq zarba yo‘lladi
48'
Vuuuuuh! Vakillarimiz qisqa paslar orqali raqib jarima maydonchasiga kirib borishdi. Temurxo‘ja darvozabonni aldab o‘tib, o‘tkir burchak ostida darvozaga zarba berdi. Himoyachi to‘pni qorni bilan qaytarib qoldi
47'
Zoteev chap qanotda jarima maydonchasiga aniq uzatma bera olmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Ruslan Koryan o‘rniga Damir Koyashevich tushirildi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "As-Sadd" - "Lokomotiv" - 3:0. Tanaffus!
45+1'
Temurxo‘ja himoyachilarni aldab jarima maydonchasiga kirishga urindi. Posbon to‘pni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Vakillarimiz to‘pni raqib jarima maydonchasi olib kirma olishmayapti...
43'
Kapadze maydon markazidan jarima maydonchasida ochilayotgan Koryanga uzatma berdi. Ruslan to‘pni to‘xtata olmadi
40'
Yana xato, yana markazda to‘p yo‘qotilishi, yana qarshi va GOL! 3:0! Nodir Belxoj!
38'
Vuuuh! Hasanovning chap qanotdan bergan uzatmasidan so‘ng Shoahmedov 25 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi
37'
Salim Mustafoyev "sariq" evaziga tezkor qarshi hujumni to‘xtatdi
34'
"As-Sadd" qarshi hujumda toshkentliklarni jazoladi! Shoahmedov markazni to‘pni oldirib qo‘ydi va 2-3ta uzatmadan keyin Al-Haydos birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! 2:0!
33'
Olis masofadan yetkazilgan to‘p uchun Ma’mur Ikromov darvozani tashlab chiqdi va to‘pni yon tomonga tepib yuborayotganida to‘p qanotdagi chiziq oldida turgan futbolchiga tushdi. Mezbon futbolchisi darhol zarba berishga harakat qildi, ammo muvaffaqiyatsiz
32'
Xavfli vaziyat! To‘xtaxo‘jayev-Yanichich juftligi xavfni bartaraf etishdi
31'
Abramov Mullajonovni kechirib o‘tirmadi. Shavkat maydonda olindi. Uning o‘rniga Dilshod Rahmatullayev tushirildi. Islom markaziy himoyaga qaytadi, markazni Dilshod egallaydi
29'
Bugun Mullajonov markaziy himoyada, Mustafoyev o‘ng qanot yarim himoyasida, To‘xtaxo‘jayev tayanch zonada o‘ynamoqda. Abramov o‘zgarishlar qilishda davom etmoqda...
27'
GOOL! Xalfan Ibrohim markaz bo‘ylab zarba berdi. Ikromov yon tomonga tashlandi. 1:0!
26'
Shavkat Mullajonov ogohlantirish oldi.
26'
Penalti! "Lokomotiv" darvozasiga! Mullajonov Abdulkarim Hassan yo‘liga tashlanishda xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘p qolib, raqib oyog‘ini tepdi
23'
O‘yin mutlaqo teng ko‘rinishda bo‘lmoqda. To‘p nazorati biroz Abramov jamoasi tomonida bo‘lishi mumkin, ammo "Sadd"ning qarshi hujumidan ehtiyot bo‘lish kerak
20'
Hasanov chap qanotdan markaz tomon surildi va jarima maydonchasi oldida turgan sherigiga uzatib, o‘zi ichkariga kirmoqchi bo‘lganida, to‘p "Loko" futbolchisigacha yetib bormadi
17'
Vuuuuuh! "As-Sadd"ning kutilmaganda tashkil etgan hujumidan so‘ng forvard birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Yanichich o‘z zonasiga qaytishga ulgurmadi. Baxtimizga, yo‘llangan zarba olis ustun oldidan o‘tib ketdi!
16'
Mezbonlarning chap qanotdan tashkil etgan hujumidan so‘ng jarima maydonchamizga uzatma berildi. Yanichich to‘pni qaytardi
11'
Vuuuuh! Hasanov burchak to‘pini o‘z oldiga yaqinlashgan Kapadzega uzatdi. Temur bir himoyachidan o‘tib ketdi va to‘pni ko‘tardi. Yanichich 6 metrdan darvozaga bosh bilan kuchli zarba berdi. To‘p darvozabonning o‘ziga bordi, posbon uni qaytardi. Qaytgan to‘pni Abduxoliqov egalladi, ammo himoyachini aldab o‘tish chog‘ida to‘p maydonni tark etdi
11'
Yaxshi! To‘p himoya chizig‘idan o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan Mustafoyevga yetkazildi. Himoyachi so‘nggi pallada to‘p maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
9'
Temuryo‘lchilarning to‘p uzatishdagi xatosidan so‘ng mezbonlar ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tishdi. Yanichich o‘z vaqtida to‘pni raqiblardan olib qo‘ydi
7'
"Loko" ijrosida dastlabki aniq zarba! Jasur chap qanotdan jarima maydonchasi tashqarisiiga uzatma berdi, to‘p Koryandan o‘tib ketib, Shoahmedovga tushdi. Sanjarning zarbasi kuchli bo‘ldi, darvozabon to‘pni egalladi
6'
Xavfli vaziyat! Mezbonlar maydonchasi chap qanotdan markaz bo‘ylab surilib keldi va 16 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p Yanichichga tegdi va keyinchalik uning o‘zi to‘pni uzoqlashtirdi
5'
"Sadd" futolchilari chap qanotdan yerlatib jarima maydonchasiga uzatma berishd. Himoyachilarimiz to‘pni qaytarishdi
4'
Maydonda to‘p uchun kurash, to‘pni nazorat qilish uchun harakatlar ketmoqda. Hozircha hujumlar yo‘q
1'
"As-Sadd" oq, "Loko" qizil rangli formada o‘ynaydi
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
O‘zbekiston va Qatar klublarining yana bir o‘zaro to‘qnashuvi - "As-Sadd" va "Lokomotiv" jamoalari maydonga chiqib kelishdi
'
Qadrli futbol muxlislari, Chempionlar ligasi oqshomi davom etadi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.