Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«V» guruhi, 3-tur. 18 mart, soat 17:00. Bosh hakam: Kim Chjong Xyok (J.Koreya)

PAXTAKOR

0 : 1

AL-AYN

Miroslav Stox (60)
JAMOALAR TARKIBI
12.Aleksandr Lobanov
2.Egor Krimes
4.Adnan Oraxovas
15.Javohir Sohibov
7.Kaxi Maxaradze
29.Vladimir Kozak
10.Jamshid Iskanderov
11.Igor Sergeev
23.Aleksandr Merzlyakov
24.Davronbek Hoshimov
28.Stanislav Andreev
  17.Xolid Isa
5.Ismoil Ahmad
19.Muhannad Salim
23.Muhammad G‘arib
44.Faris Juma
9.Jires Ekoko
16.M.Abdulrahmon
18.Ibrohim Diaki
24.Ahmad Barman
99.Miroslav Stox
29.Li Myun Ju
SARIQ KARTOCHKA
Javohir Sohibov (45+1)
 
Ahmad Barman (65)
Jires Ekoko (72)
QIZIL KARTOCHKA
 
Miroslav Stox (75)

Matn

82'
Muhammad Abdulrahmon qarshi hujum paytida noaniqlikka yo‘l qo‘ydi va to‘pni oldirdi. Havfli hujum bo‘lishi mumkin edi.
81'
Kaxi Maxaradzening bosh bilan bergan zarbasini Al Ayn darvozaboni ajoyib tarzda sakrab qaytarib qoldi. Ajoyib vaziyat edi....
80'
Paxtakor hujumda. Ketma-ket hujumlar, zarbalar....
78'
Paxtakor uchinchi hujumchini maydonga tashladi. Himoyachi o‘rniga. Odnan Oraxovas o‘rniga Anvar Soliyev tushirildi.
77'
Jamshid Iskanderov zarba uchun qulay vaziyatga chiqdi va zarba ham berdi. Ammo, uning zarbasi aniq chiqmadi.
75'
O‘yindagi yagona gol muallifi asabiylashgan holda maydondan chiqib ketmoqda. O‘yin esa davom etadi.
74'
Miroslav Stoxa qizil kartochka!!!! Ochig‘i nima uchun ekanini tushunmay qoldik. Zaxira hakamiga nimadir degan ko‘rinadi.
71'
Kembo-Ekoko to‘pni maydon tashqarisiga tepib yuborgani uchun sariq kartochka oldi.
67'
Paxtakor ikki daqiqa ichida ikkita futbolchisini almashtirdi. Javohir Sohibov o‘rniga Bahodir Pardayev maydonga tushgan bo‘lsa, avvalroq Andreev o‘rniga Masharipov maydonga tushirildi.
66'
Mana yana bir vaziyat!! Kembo-Ekoko hozir Al Aynning ikkinchi golini kiritishi mumkin edi. Yana himoyachilar xatoga qilishdi, ammo Lobanov o‘z joyida turdi va to‘pni ushlab oldi.
65'
Maydon markazida Paxtakor futbolchilari raqib futbolchisiga nisbatan qoida buzishdi. Al Ayn futbolchilari shoshilishmayapti.
64'
Iskanderov jamoadaoshlarini tushunmapti, yoki aksincha, jamoadoshlari uni. Uning pasiga hech kim tushunmadi. Vaholanki, uning o‘zi zarba berishi ham mumkin edi.
61'
Paxtakor himoyachilari Stoxni jarima maydoni yaqinida bir o‘zini qoldirishdi va slovakiyalik futbolchi bu vaziyatdan ajoyib tarzda foydalandi. Uning 20 metrlardan yo‘llagan zarbasini Lobanov to‘sa olmadi.
60'
GOOL! Miroslav Stox! Bunday saviyadagi futbolchilarga birgina zarba berish kifoya! Al Ayn hisobda oldinga chiqib oldi!
59'
Al Ayn futbolchilari maydon markazida to‘pni yaxshi nazorat qilishmoqda.
59'
Al Ayn futbolchilari maydon markazida to‘pni yaxshi nazorat qilishmoqda.
55'
Al Ayn futbolchilari burchak to‘pini bartaraf etishdi va shu zahoti qarshi hujumga o‘tishdi. Muhammad Abdulrahmonning yakuniy zarbasi sal noaniq!
54'
Paxtakor futbolchilari yana bir burchak to‘pini amalga oshiradi.
51'
Igor Sergeevning zarbasi raqib himoyachisiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to‘pi.
50'
Davron Hoshimovning xatosidan so‘ng Kembo-Ekoko unumli foydalanishi mumkin edi, ammo raqib hujumchisi zarba berishda biroz noaniqlikka yo‘l qo‘ydi.
48'
Igor Sergeev havodagi to‘pni to‘xtatib zarba bergunicha raqib himoyachilari yetib kelishdi va havfni bartaraf etishdi.
47'
Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida Paxtakor futbolchilari oldinga o‘tishdi, biroq raqib himoyachilari to‘pni uzoqlashtirishmoqda.
46'
IKKINCHI TAYM BOSHLANDI!
'
Ikkala jamoa ham juda sust o‘ynamoqda. Mehmonlar hujumdagi individual jihatdan kuchli futbolchilar orqali xavf uyushtirishga harakat qilmoqda. Ammo hozircha gol ko‘rmadik. "Paxtakor"daku umuman golga tortadigan vaziyat yuzaga kelmadi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Paxtakor" - "Al-Ayn" - 0:0. Tanaffus
45+1'
Javohir Sohibov sariq kartochka oldi
42'
Andreev bir himoyachining yonidan to‘pni o‘tkazib, jarima maydonchasiga kirdi, ammo boshqa himoyachi to‘pni tepib yubordi
39'
Ekoko jarima zarbasidan keyin birga bir vaziyatga chiqqardi, ammo ofsaydda qolgan ekan
38'
Sergeev to‘p bilan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo yordamchi kuchlari yetib kelmadi
38'
Vuuuh! Lobanov "Paxtakor"ni goldan qutqarmoqda! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga hujumchi bosh bilan zarba bergandi...
36'
Oraxovas to‘pni Lobanovga yetkazganidan keyin Diaki davrozabonimizga bosim uyushtirdi. Aleksandr jarima maydonchasi ichida hujumchini aldab, so‘ngra to‘pni tepib yubordi!
35'
Sohibov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Oraxovas to‘pni darvoza tomon burdi. To‘pni Xolid Isa egallab oldi
34'
Andreev maydon chetida tibbiy yordam olmoqda
33'
Navbatdagi burchak to‘pidan keyin himoyachilarimiz xavfni bartaraf etishdi
32'
Burchak zarbasidan keyin to‘p jarima maydonchasidagi Stoxga yetkazildi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
31'
"Paxtakor" jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Krimes bosh bilan qaytardi, qaytgan to‘pni Diaki 15 metrlardan darvoza tomon tepdi. Lobanov to‘pni yon tomonga urib yubordi
30'
Iskanderov o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Andreev to‘pga yeta olmadi
29'
Maxaradze to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo to‘pni maydonda olib qola olmadi
29'
Jamoamiz raqib hujumini bartaraf etishdi
27'
To‘p ikkinchi va uchinchi marta burchakdan o‘yinga kiritildi. Himoyachilar xavfni bartaraf etishdi
26'
Iskanderov burchak to‘pni o‘yinga yaxshi kiritgandi. Futbolchilarimiz zarba berishga chog‘lanayotganida Ismoil Ahmad to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
26'
Hoshimov burchak zarbasi ishladi
25'
Merzlyakov chap qanotdan uzatma berdi, to‘p esa futbolchining oyog‘idan darvozabonga bordi
22'
Har ikkala jamoa pala-partishroq o‘ynamoqda. Hujum va kombinasiyalarda ma’no yo‘q.
18'
Maxaradza jarima maydonchasiga kirdi va chap qanotdan darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘pni posbon egallab oldi
16'
"Paxtakor" himoyada oddiy xatolarga ko‘p yo‘l qo‘ymoqda. "Al-Ayn" futbolchilari to‘pni egallab, jarima maydonchasiga uzatma berishdi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi
14'
Kembo Ekoko 22 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Lobanov to‘pni egallab oldi
13'
Andreev o‘z qanotidan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Sergeev to‘pga yeta olmadi...
10'
Vuuuuh! Krimeeees! Olis masofadan yetkazilgan to‘pni oyog‘ini tagidan o‘tkazib yubordi! Natijada Amirlik klubi futbolchisi birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Ammo u yuqoriga zarba berib yubordi!
9'
Hozircha o‘yinda e’tiborga molik vaziyat yuzaga kelmadi. Tashabbus uchun kurash kechmoqda
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! "Paxtakor" va "Al-Ayn" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanib ketdi.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.