Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«D» guruhi, 2-tur. 18 mart, soat 21:35

AL-AHLI (BAA)

0 : 0

NASAF

JAMOALAR TARKIBI
55.Majid Nosir
2.Salmin Hamis
5.Volid Abbos
7.Ismoil Hammadiy
8.Everton Ribeyro
10.Luis Ximenes
11.Ahmad Xalil
14.Ossama Assaidi
21.Kvon Kyun Von
62.Abdulaziz Sanqur
88.Majid Hassan
  25.Eldorbek Suyunov
4.Maqsud Karimov
15.Roy Rok
23.Sherzod A’zamov
32.Hamza Karimov
33.Odiljon Hamrobekov
34.Farruh Sayfiyev
28.Shuhrat Muhammadiyev
20.Erkin Boydullayev
9.Ilhom Shomurodov
17.Artur Gevorkyan
ZAHIRA
12.Ahmad Ashuriy
4.Habib al-Fardan
20.Sayid Ahmad Abdulla
26.Abdulaziz Haykal
28.Eysa Ahmad al-Marzuqiy
70.Volid Husayn
92.Sayid Jassim Solih
  30.O‘tkir Yusupov
5.Botir Qorayev
7.Akromjon Bahriddinov
18.Bahrom Abdurahimov
22.Shohrux Gadoyev
27.Ilhom Yunusov
99.Aleksandr Kablash
SARIQ KARTOCHKA
Salmin Xamis (90)
Ismoil Hammadiy (90+2)
 
Maqsud Karimov (52)
Ilhom Shomurodov (62)

Matn

'
ANONS! Bugun bo‘lib o‘tadigan "Barselona" - "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyani o‘tkazib yubormang. 00:45!
'
"Al-Ahli" - "Nasaf" - 0:0. Qarshiliklar o‘z hisoblariga 1 ochko yozib, jami ochkolarini 4taga yetkzishdi.
90+5'
O‘yin yakunlandi.
90+5'
Xalil yo‘llagan zarbani Suyunov egalladi!
90+4'
Sherzod A’zamov Ahmad Xalilga nisbatan fol ishlatildi deb topildi. DAvrozagacha 23 metr
90+2'
Hammadiyga ham sariq kartochka. U yana bir futbolchimizga nisbatan o‘ta qo‘pol o‘ynadi.
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
90'
Salmin Xamis ogohlantirildi. U Sayfiyevning oyog‘iga tepdi. Farruxga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
90'
Mezbonlar chap qanotda belgilangan jarima to‘pini jarima maydonchamizga uzatishdi. Suyunov baland sakrab, to‘pni egallab oldi
88'
Ehhhh, Shomurodov! Muhammadiyev hozir o‘ng qanotdan Ilhom aniq pas berdi. Hujumchi 10 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmadi!
87'
Hammadiy markaz bo‘ylab jarima maydonchamizga kirdi va chap qanotda ochilgan Assaidiga pas berdi. Ossamaning zarbasini posbonimiz egalladi
86'
Hammadiyning o‘ng qanotdan uzatmasi noaniq bo‘ldi
85'
"Ahli"da o‘zgarish: Majid Hassan o‘rniga Sayid Jassim tushirildi
84'
Hammadiyning zarbasi ham yuqoridan o‘tib ketdi
84'
Boydullayev Muhammadiyevni zarbavor vaziyatga chiqardi. Shuhratning zarbasi ancha noaniq bo‘ldi
82'
Yuqoridan yetkazilgan to‘pni himoyachilarimiz qaytarishdi. Xalil to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Yuqoridan o‘tib ketdi
81'
"Nasaf"da o‘zgarish: Odil Hamrobek o‘rniga Aleksandr Kablash tushirildi
80'
Abdulaziz Sanqur o‘rniga Habib Fardan tushirildi
79'
Yaxshi hujum! Boydullayev o‘ng qanotdan yetkazma uzatmani Shomurodov darvoza tomon tepdi. To‘p Ilhomning oyog‘iga yaxshi o‘tirmadi. To‘pni Nosir egalladi
77'
O‘ng qanotdan jarima maydonchamizga yetkazilgan uzatmani futbolchilarimiz qaytarishdi
75'
Ahmad Xalil olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
71'
"Al-Ahli" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi! Ahmad Xalil akrobatik uslubda o‘ta xavfli zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
70'
O‘ng qanotdan "Nasaf" futbolchisi uzatma berdi. Bosh bilan berilgan zarba mezbon himoyachisiga tegib qoldi
69'
"Ahli" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p bartaraf etdik
66'
Roy Rok markaziy hujumchi o‘rnida paydo bo‘ldi. Unga yetkazilgan uzatmani legioner futbolchi jarima maydonchasi ichida zarba bera olmadi
65'
"Nasaf"da o‘zgarish: Maqsud Karimov o‘rniga Ilhom Yunusov tushirildi
64'
Vuuuuuh! Chap qanotdan darvoza maydonchamizga yetkazilgan to‘p rekoshet holatida Eldorning qo‘lidan chiqib ketdi, posbonimiz ikkinchi urinishda to‘pni chiziq ustida egallab oldi
62'
Eldor Shomurodovga hakam sariq kartochka berdi. Umuman kartochkaga tortmaydigan vaziyat
61'
Jarima maydonchamiz burchagidan Ahmad Xalil zarba yo‘lladi. Suyunov musht bilan to‘pni urib yubordi
59'
Jamoamiz maydon markazida to‘pni egallab, Shomurodov tomon uzatma berishdi. Ilhom himoyachi bilan to‘p uchun kurashda qiyildi
57'
Abdulaziz Sanqur olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina darvoza ustidan o‘tib ketdi
55'
Himoyalarimiz jarima maydonchamiz ichida to‘pni uzoqlashtirishayotganida Ximenes to‘pni egallab oldi va zarba berdi. Suyunov ikkinchi urinishda to‘pni egalladi
52'
Hamza Karimovning qo‘pol xatosi tufayli hujumga o‘tayotgan Hammadiyni Maqsud Karimov sariq kartochka evaziga yiqitdi
49'
Hakam hushtagina juda ko‘p chalmoqda
48'
O‘yin tasviri o‘zgargani yo‘q. Jamoalar o‘sha taktikalarda o‘ynashmoqda
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Al-Ahli" - "Nasaf" - 0:0. Tanaffus.
45+1'
Maydon markazida belgilangan jarima to‘pi jarima maydonchamizga yetkazildi. Volid Abbos bosh bilan darvozaga zarba berdi. Suyunov to‘pni egalladi
45'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi
45'
Vakillarimiz yaxshi himoyalanishmoqda, ammo himoyadan chiqishda jiddiy muammolarga duch kelishmoqda
42'
Markaz bo‘ylab yuqoridan jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Suyunov egallab oldi
42'
Qorayevning uzatmasidan keyin Rok qanotdan oldinga o‘tdi, ammo ofsayd
40'
Jarima to‘pi Eldorbekka bordi
39'
Muhammadiyev raqib futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi
36'
Majid Hasan 16 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
35'
Hamrobekov olis masofadan zarba yo‘lladi. Majid to‘pni egalladi
33'
"Nasaf"da majburiy o‘zgarish: Artur Gevorkyan o‘rniga Botir Qorayev tushirildi
32'
Jarima maydonchasiga kirgan Hammadiyga to‘p uzatildi. Uning uzatmasini Suyunov musht bilan urib yubordi. Keyinchalik darvozamiz tomon burchak to‘pi belgilandi. Burchak to‘pini vakillarimiz qaytarishdi
30'
Gevorkyanga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
28'
VUuuuh! Burchak to‘pini Ismoil Hammadiy bosh bilan darvozaga burdi. Eldorbek darvoza chizig‘i ustidan to‘pni qaytarib yubordi! Yaxshi seyv!
28'
Hammadiy chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berayotganida futbolchilarimizdan biri to‘p yo‘liga tashlandi. Burchak to‘pi
27'
Qarshiliklar to‘pni to‘la-to‘kis mezbonlarga berib qo‘yib, o‘zlari himoyalanishmoqda
24'
Mezbonlar yon qanotdan jarima maydonchamizga yetkazib berilganidan so‘ng taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Bir amallab xavfni bartaraf etishdi futbolchilarimiz
23'
Jarimadan yo‘llangan zarba jonli devorga tegib qaytdi
22'
A’zamov Ahmad Xalilga nisbatan fol ishlatdi. Shundoqqina jarima maydonchasi burchagida
18'
Gevorkyan jarima to‘pini jarima maydonchasining narigi qanotiga yetkazdi. Raqiblar to‘pni qaytarishdi. Takroriy hujum ham samarasiz chiqdi
18'
Arturga nisbatan fol ishlatildi
17'
Assaidi yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
15'
"Al-Ahli" futbolchisi chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Eldorbek to‘pni qaytardi. Himoyachilarimiz to‘pni maydonning ikkinchi tomoniga tepib yuborishdi. Shomurodov raqibdan o‘tib ketib to‘pni egalladi va 16 metrdan zarba yo‘lladi! Majid to‘pni qaytardi!
14'
Maqsud Karimov maydon markazidan raqib himo zonasiga uzatma berdi. To‘p darvozabonga nasib etdi
13'
Jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbani Suyunov qaytardi
11'
Gevorkyan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
8'
Vuuuuh! Gevorkyan! Muhammadiyev olisdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan yon tomonga qaytargan to‘pni Gevorkyan bosh bilan davroza tomon yo‘lladi. Majid Nosir to‘pni egalladi
8'
Bunday xato kerak emas boshqa! Jamoamiz o‘z jarima maydonchamiz ichida (!) to‘pni raqib oldirib qo‘yishdi. Baxtimizga, ular imkoniyatdan foydalana olishmadi
7'
Jamoamizning hujumi samarasiz yakunlandi
6'
Mezbonlar to‘pni jarima maydonchasiga uzatishdi, to‘pga hujumchi emas, Eldor Yunusov yetib oldi
4'
O‘yin asosan maydon markazida, tomonlar navbati bilan to‘pni yo‘qotishmoqda. Hozircha aytarli hujum tashkil etilgani yo‘q
1'
O‘YIN BOSHLANDI!
'
Jamoalar allaqachon maydonda saf tortishgan. "Al-Ahli" qizil, "Nasaf" oq rangli formada o‘ynaydi.
'
Umid qilamiz, "Nasaf" BAAning "Al-Ahli" klubini mag‘lub etib, sal bo‘lsa-da kayfiyatimizni ko‘tara oladi
'
"Nasaf"ning o‘yini bilan o‘zbek klublari uchun OCHLning 3-tur o‘yinlari yakuniga yetdi
'
Qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.