Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Evropa chempionlar ligasi

Nimchorak final, javob o‘yini, 19 mart, soat 00:45. Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya)

BARSELONA

Ivan Rakitich (31)

1 : 0

MANCHESTER SITI

JAMOALAR TARKIBI
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
22.Dani Alves
03.Jerar Pike
24.Jeremi Matye
18.Xordi Alba
04.Ivan Rakitich
14.Xavyer Maskerano
08.Andres Inyesta
09.Luis Suares
11.Neymar
10.Lionel Messi
  01.Jo Xart (D)
03.Bakari Sanya
04.Vensan Kompani
26.Martin Demichelis
11.Aleksandr Kolarov
08.Samir Nasri
42.Yaya Ture
25.Fernandinyo
07.Jeyms Milner
21.David Silva
16.Serxio Aguero
ZAHIRA
13.Klaudio Bravo (D)
15.Mark Bartra
21.Adriano
12.Rafinya
20.Serxi Roberto
06.Xavi Ernandes
07.Pedro Rodriges
  13.Vilfredo Kabalyero (D)
05.Pablo Sabaleta
18.Frenk Lempard
15.Xesus Navas
06.Fernando
10.Edin Jeko
14.Vilfrid Boni
SARIQ KARTOCHKA
Dani Alves (80)
 
Fernandinyo (15)
Kolarov (20)
David Silva (27)
Samir Nasri (36)
Martin Demichelis (82)

Matn

'
ECHLda Angliya klublari qolmadi!
'
Hisob 1:0, ammo o‘yin juda chiroyli o‘tdi!
'
"Barselona" - "Manchester Siti" - 1:0. Ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra hisob - 3:1. "Barselona" - chorak finalda
90+3'
O‘YIN YAKUNLANDI!
90+2'
Vuuuuh! Bechora Neymaaaaar! Nechanchi marta yakkama-yakka vaziyatda gol ura olmayapti!!!!
90+2'
"Siti" burchak to‘pi ishladi
90+1'
"Barsa"da o‘zgarish: Alves o‘rniga Adriano tushirildi
89'
Ehhhheeee, Ohhhoooo! Uhhhhuuuu! "Barsa" gol urgisi kelmayapti, o‘rtoqlar! MEssining uzatmasidan keyin Neymar Kompanidan o‘tib ketib, Messining o‘ziga pas berdi. Leo 5 metrdan yo‘llagan zarbani Xart qaytardi. To‘pni Alves egalladi va tavani bilan Suaresga aniq pas berdi. Luisning zarbasi himoyachiga tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi!
86'
Vuuuuuh! Messi Suaresni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Neymar narigi tomonda ochiq edi, ammo Luis uni ko‘rmadi va o‘zi zarba berdi. Xart to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Messi darvoza tomon tepdi. To‘p himoyachiga tegdi va ofsaydda chiqib kelgan Suares tepgan to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi...
84'
"Barselona"da dastlabki o‘zgarish: Rakitich o‘rniga Rafinya tushirildi
83'
Messi jarimadan yo‘llagan zarba to‘sin ustidan o‘tib ketdi...
82'
Martin Demichelis sariq kartochka oldi. Shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Suaresni chalib yiqitdi
81'
Vuuuh! Chap qanotdan o‘tkir burchak ostida berilgan zarbani Ter Shtegen ishonch bilan egalladi, agar to‘pni qo‘ldan chiqarganida, takroriy zarba bilan darvozan ishg‘ol qilishga tayyorlar bor edi!
80'
Jarimadan yetkazilgan to‘pni Kompani bosh bilan darvozaga burdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
80'
Dani Alves sariq kartochka oldi
79'
Vuuuuuh! Neymar yana bir marta birga bir vaziyatda Jo Xartni dog‘da qoldira olmadi! Vuh, "Barsa" bunday 100 foizli vaziyatlarni golga aylantirganida, hisob kamida 5:0 bo‘lardi...
79'
Vuuuuux! Agueroning zarbasini Ter Shtegen qaytardi!
78'
"Barselona" davrozasiga penalti!
77'
Vuuuuh! Inyesta chiroyli uzatma bilan Neymarni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Braziliyalik hujumchi Xartni alday olmadi!
75'
Mezbonlarning xatosidan so‘ng to‘pni egallagan Aguero 23 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p mezbon futbolchisiga tegib qaytdi
73'
Vuuh! Boni 20 metrlardan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!..
72'
"Siti"da o‘zgarish: Yahyo Ture o‘rniga Vilfrid Boni tushirildi
71'
Messining chiroyli uzatmasidan keyin "Barsa" gol urdi, ammo hakam shubhali tarzda golni bekor qildi. Leoning uzatmasidan keyin Neymar darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi va zarba berdi. To‘pni Xart qaytardi. Qaytgan to‘pni Alba darvozaga joylagandi...
67'
Vuuuh! Ture 15 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p davroza to‘riga yon tomondan keli tegdi
66'
Ohohohoo! Mehmonlar to‘pni qaytarishgandek bo‘lgandi, ammo Alves chiroyli uzatma bilan Messini birga bir vaziyatga chiqardi. Lionel darvozabonni aldamoqchi bo‘ldi va to‘pni yo‘qotdi...
64'
Vuuuuh! Navas o‘ng qanotdan darvoza oldigacha keldi va sheriklariga pas berdi. Aguerodan to‘p o‘tib ketdi, jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berildi, to‘pni yana "Siti" futbolchilari egallashdi, so‘nggi pallada Matyo to‘pni tepib yubordi. Maydon markazida Suares to‘p uchun kurashdi va Neymarga pas berdi. Neymar oldingi intilib, Messini birga bir vaziyatga chiqardi. Leo Xartni aldab o‘tib, zarba bermoqchi bo‘lganida Jo qo‘li bilan to‘pni turtib yubordi va to‘p Messiga tegib maydonni tark etdi!
63'
Vuuuh! Neymar-Messi-Suares kombinasiyasidan keyin Luis birga bir vaziyatda zarba berdi! To‘p darvoza to‘riga yon tomondan tegdi...
62'
Messi yana o‘ng qanotdan markaz tomon surilib keldi va chapda ochilgan Neymarga pas berdi. Kompani to‘pni olib qoldi
61'
Navas o‘ng qanotdan uzatma berdi. Ter Shtegen to‘pni egalladi
57'
Rakitich bosh bilan Ter Shtegenga uzatma berdi. Darvozabon to‘pga yugurdi, ammo to‘p jarima maydonchasidan tashqariga chiqib ketdi. "Barsa" posboni to‘pni tepib yuborish o‘rniga Agueroni aldamoqchi bo‘ldi va to‘pni oldirdi. Serxioning zarbasini Pike bosh bilan qaytardi
53'
Alba o‘z qanotida Sanyaga nisbatan qoida buzdi
50'
Aguero jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan qabul qildi, Alvesdan o‘tib ketdi, ammo Pike to‘pni olib qo‘ydi
48'
Vuuuh, Messi nimalar qilib tashlayapti! Avval Albani birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Xordining zarbasini Xart qaytardi, takroriy hujum paytida Messi 20 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Jo yana qaytardi
46'
Suares o‘ng qanotdan himoyachilardan o‘tdi va jarima maydonchasiga kirar-kirmas davrozabon maydnchasiga uzatma berdi. Kompani to‘pni bosh bilan qaytardi. Inyesta 18 metrlardan kuchli zarba berdi! Xart to‘pni egalladi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Siti"da o‘zgarish: Milner o‘rniga Xesus Navas tushirildi
'
Hozircha "Barselona" - "Manchester Siti" - 1:0. Pellegrini shogirdlarining vazifasi o‘sha-o‘sha: ular 2ta gol urishlari kerak
45+1'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Pike bosh bilan qaytardi. O‘sha zahoti hakam birinchi bo‘limni yakunladi
45'
"Siti" burchak to‘pi ishladi
44'
Vuuuuuh! Suaressss! Neymarning uzatmasidan keyin Luis birga bir vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni ohistagina Xartning yonidan o‘tkazdi. To‘p olis ustunga tegdi va maydonni tark etdi!..
41'
Neymar! Yana 100 foizlik vaziyatdan foydalana olmadi. Messi uni birga bir vaziyatga chiqardi. Zarba berish o‘rniga Leo pas berishga qaror qildi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi
40'
Messi Milnerning oyoqlari orasidan to‘pni olib o‘tib, Jeymsning o‘zini yerga "cho‘zib" qo‘ygani qayta-qayta ko‘rsatildi...
39'
Eh, Neymar sustlashdi. Messining uzatmasidan keyin chap tomonda to‘pni qabul qildi, ammo to‘pni o‘z vaqtida Suares yoki Lionelning o‘ziga qaytarishga kech qoldi. Bor-yo‘g‘i burchak to‘pi
36'
"Siti" futbolchilari faqat qo‘pollik evaziga mezbonlarni to‘xtatishmoqda. Ogohlantirish olish navbati — Samir Nasriga.
35'
Bu safar Messi zarba berishga qaror qildi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi
34'
Jarima maydonchasi tashqarisida Suares yiqitildi. Jarima to‘pi tepiladi
31'
GOOOOOL! Ivan Rakitich! Messi o‘ng qanotda barchani chalg‘itib chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Rakitichga pas berdi. Ivan to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, to‘rga joyladi!
29'
Inyestaning uzatmasidan keyin Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Xart zarbani qaytardi
28'
Vuh! Bu safar ham to‘p darvoza to‘ri ustiga kelib tushdi. Messi yumshoq zarbani amalga oshirgandi
27'
David Silva sariq kartochka oldi. U shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Messini ortdan yiqitdi
26'
Messi yuqoridan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Alba bosh bilan to‘pni ortga urdi. To‘pni Kompani qaytardi.
23'
Messi o‘ng qanotda raqibning ikki futbolchisini chiroyli aldadi va jarima maydonchasi oldiga borib, Neymarga pas berdi. Neymarning Suares tomon uzatmasini himoyachi egallab oldi
20'
Kolarovga sariq. O‘zidan o‘tib ketayotgan Messini ochiqchasiga to‘xtatdi
18'
Kolarov 22 metrlardan zarba yo‘lladi. Ter Shtegen to‘pni qabul qildi
18'
"Shaharliklar" burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p markazga qaytarildi
16'
Vuh! Messi jonli devorni ustidan oshirib aylanma zarba berdi. To‘p to‘rga yuqori tomondan tegdi
15'
Fernandinyo Neymarni chaldi. Jarima maydonchasi yaqinida jarima zarbasi!
14'
Vuuuuh! Silvaning uzatmasidan keyin Ture jarima maydonchasiga kirdi va Milner tomon uzatma berdi. Jeymsni to‘pni qabul qildiyu, ammo zarba yo‘llashga ulgurmadi!
11'
Burchak to‘pini mehmonlar qaytarishdi
11'
Vuuuuuh! Messssiiii! Leo chap qanotda Inyesta bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Jo Xart oyog‘i bilan to‘pni qaytardi. Burchak to‘pi
9'
"Siti" burchak to‘pi ishladi. Agueroning zarbasi rekoshet holatida maydonni tark etdi
8'
Ehhh, Suares! Messining uzatmasidan keyin to‘pni o‘ng qanotda qabul qildi, Leoninng o‘ziga uzatma berayotganidan Kompani to‘pni qaytarib qoldi!
6'
Vuuuuh, Neymaaaaar! Rakitichning uzatmasini jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni egallab oldi. Ortdan kelgan Alves undan to‘ni olib qo‘ydi va Neymarni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Braziliyalik hujumchining zarbasi yaqin ustunga tegdi, darvoza chizig‘i ustidan yumalab borib, narigi ustun yonidan maydonni tark etdi! Gol bo‘lmadi, ammo chiroyli lahza!
5'
Mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi, Messi chap qanotdagi Neymarga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchi himoyachini aldab o‘tib, darvozaga yaqinlashdi va sheriklariga pas berayotganida, himoyachi to‘pni egallab oldi!
3'
"Barsa" jarima maydonchasiga yaqinlashib keldi, ammo ichkariga kira olmadi
2'
Rakitich markazdagi aylana ichidan o‘ng qanotdagi Messiga uzatma berdi. To‘p maydonni tark etdi
1'
O‘yin boshlandi! To‘pni o‘yinga "Siti" kiritib berdi
'
Evropa chempionlar ligasi madhiyasi...
'
Diqqat, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
Stadion muxlislar bilan to‘lib-toshgan
'
"Barselona" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilmoqda. Ushbu jamoalar o‘rtasida Chempionlar ligasining chorak final yo‘llanmasi o‘ynaladi. Manchesterda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda "Barselona" 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘sha o‘yinning qo‘shib berilgan daqiqaarida Messi penaltidan gol ura olmagandi. Aks holda to‘qnashuv taqdiri hal bo‘lgan bo‘lardi.
'
Barselona, "Kamp Nou" stadioni. Assalomu alaykum
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.