Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 30-tur, 21 mart, 20:00. Bosh hakam: Maykl Jons | ||
NYUKASLMussa Sissoko (48)
|
1 : 2 |
ARSENALOlivye Jiru (24, 28)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Tim Krul (D) 22.Deril Yanmat 06.Mayk Uilyamson 04.Rayan Teylor 07.Mussa Sissoko 20.Remi Kabellya 08.Vurnon Anita 14.Jek Kolbek 11.Yoan Guffran 28.Semmi Ameobi 17.Ayoze Peres |
13.David Ospina (D) 18.Nacho Monreal 06.Loran Koselni 05.Gabriel Paulista 21.Kalum Chambers 16.Aaron Remzi 34.Fransis Koklen 19.Santi Kasorla 23.Danni Uelbek 12.Olivye Jiru 17.Aleksis Sanches |
|
| ZAHIRA | ||
|
21.Rob Elliot (D) 37.Lyubomir Satka 18.Xonas Gutyerres 40.Olivyer Kemen 25.Gabriel Obertan 29.Emmanuel River 32.Adam Armstrong |
01.Voysex Shchensni (D) 39.Ektor Bellerin 03.Kiran Gibbs 04.Per Mertezaker 20.Matyo Flamini 07.Tomash Rosiski 14.Teo Uolkott |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+5' | ![]() |
O‘yin yakunlandi! "Nyukasl" - "Arsenal" - 1:2! |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuh! Bellerin birga bir vaziyatga chiqib ketdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi! Tim Krul jamoasini goldan qutqardi |
| 90+3' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limni ancha faol o‘tkazgan "Nyukasl" ham charchab qoldi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘pni Ospina egallab oldi |
| 89' | ![]() |
"Arsenal"da o‘zgarish: Uelbek o‘rniga Bellerin tushirildi |
| 87' | ![]() |
Vuuuh! Burchak to‘pidan keyin Ayoze 16 metrdan zarba yo‘lladi. Yo‘l-yo‘lakay rekoshetga uchragan zarbani Ospina oyog‘i bilan bir amallab qaytardi |
| 86' | ![]() |
Vuuuh! Kabellya jarima maydonchasiga kirib keldi va narigi qanotdagi sherigiga uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. |
| 82' | ![]() |
Vuh! "Nyukasl" futbolchilari chap qanotdan jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berishdi. Kabellya to‘pni egallayotna chog‘ida himoyachining oyog‘iga urilib yiqildi! Ammo hakam penalti yo‘qligiga ishora qildi! |
| 80' | ![]() |
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelmadi |
| 79' | ![]() |
Vuuuh! Uelbek chap qanotda tezlik evaziga himoyachilardan qochib ketdi va o‘tkir burchak ostida darvozabon bilan birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p Tim Krulga tegib qaytdi |
| 78' | ![]() |
Gutyerres chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p hech kimga tegmay qarama-qarshi qanotga o‘tib ketdi |
| 74' | ![]() |
Kabellya 3-4 nafar himoyachi qurshovida markaz bo‘ylab oldinga o‘tdi, jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo‘lladi. David to‘pni egalladi |
| 73' | ![]() |
Burchak to‘pidan so‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma Ospinaning qo‘liga borib tushdi |
| 72' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 72' | ![]() |
"Nyukasl"da ham o‘zgarish: Anita o‘rniga Gutyerres tushdi |
| 71' | ![]() |
"Arsenal"da 2ta o‘zgarish: Sanches va Kasorla o‘rniga Flamini va Rosiski tushirildi |
| 70' | ![]() |
Kasorlaning uzatmasidan keyin Jiru birga bir vaziyatga chiqqandi, amo ofsayd |
| 64' | ![]() |
Vuuuuuuh! BUrchakdan yetkazilgan to‘p futbolchilardan 7-8 metrlardan bosh bilan zarba berdi. Shundoq darvoza oldida turgan Sissoko to‘p yo‘nalishini o‘zgartirishga harakat qildi. To‘p darvozabonning qo‘liga tegib qaytdi! |
| 64' | ![]() |
Mezbon jamoa futbolchisi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. To‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Burchak zarbasi |
| 61' | ![]() |
Xavfli zarba! Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi. To‘pni egallaygan "Nyukasl" takroriy hujm uyushtirdi va o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘p Guffranga kelib tushdi. Yoan yo‘llagan zarba kuchli chiqmadi, Ospina to‘pni ushlab oldi |
| 60' | ![]() |
"Qarg‘alar" burchak to‘pini qo‘lga kiritishdi |
| 55' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi |
| 54' | ![]() |
"Arsenal" burchak to‘pi ishladi |
| 49' | ![]() |
Vuh! Peres tomonidan jarima maydonchasi burchagidan yo‘llangan zarba xavfli bo‘ldi. To‘p olis ustun oldina o‘tib ketdi |
| 48' | ![]() |
GOOOOOL! Mussa Sissoko, 1:2! O‘ng qanotdan yerlatib berilgan uzatmaga Sissoko 11 metrli nuqta ustida zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi! O‘yinga intriga qaytdi |
| 47' | ![]() |
Mezbonlar chap qanotda belgilangan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Xavf bartaraf etildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Nyukasl" - "Arsenal" - 0:2. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Mehmonlar burchakka yaqin joydan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. "Nyukasl" to‘pni qaytardi va qarshi hujumga o‘tdi |
| 38' | ![]() |
"Nyukasl" yaxshi bosim tashkil qildi. Sissoko 10 metrlardan zarba yo‘lladi, to‘p himoyachilarga tegib qaytdi |
| 35' | ![]() |
Uelbek chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo na o‘zi zarba berdi, na sheriklariga pas berdi... |
| 32' | ![]() |
Burchak zarbasi samarasiz chiqdi |
| 31' | ![]() |
Mezbonlar qulay nuqtadan jarima zarbasi ishlashdi. Yo‘llangan zarba jonli devorga tegib, maydonni tark etdi |
| 28' | ![]() |
GOOOOOL! Olivye Jiru, 0:2! Mehmonlar burchak to‘pi ishlashdi. Jiru esa yetkazilgan uzatmani bosh bilan darvozaga joyladi! |
| 26' | ![]() |
"Kanonirlar"da yanabir xavfli vaziyat! Aleksis jarima maydonchasining o‘ng tomonida himoyachi bilan to‘p uchun kurashda ustun keldi va to‘pni orqaroqqa yetkazdi. Uelbek 16 metrdan zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qila olmadi! |
| 24' | ![]() |
GOOOOL! Olivye Jiru, 0:1! O‘ng qanotdan jarima zarbasi amalga oshirildi. Uelbek darvozagacha 13 metrlardan bosh bilan to‘p yo‘nalishini darvoza tomon burdi. To‘p esa Jiruning tizzasiga tegdi, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va to‘rga borib tushdi! |
| 22' | ![]() |
Ehhh, Remzi! Jiru chiroyli pas bilan jamoadoshini birga bir vaziyatga chiqardi, ammo Aaron jarima maydonchasi ichida darvozabonni dog‘da qoldira olmadi. Na zarba berdi, na posbonni aldab o‘tdi. To‘p maydonni tark etdi... |
| 21' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p himoyachilarga nasib etdi |
| 18' | ![]() |
Sanchas o‘ng qanotdan havodan bergan uzatmaga Jiru yeta olmadi. To‘pni darvozabon egalladi |
| 16' | ![]() |
Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi |
| 15' | ![]() |
Jiru tomon yuqoridan uzatma berildi va ikki himoyachi qurshovida bo‘lishiga qaramay, Olivye yordamga kelgan Sanchesga pas berdi. Hujumchi o‘ng tomondan so‘nggi chiziq ustidan to‘pni orqaroqqa qaytardi, ammo to‘pni himoyachilar egallashdi |
| 14' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni "qarg‘alar" qaytarishdi |
| 13' | ![]() |
Kasorla jarima to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p rekoshet holatida Sanchesga borib tushdi. Aleksis o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. Burchak zarbasi |
| 13' | ![]() |
"Arsenal" jarima zarbasi ishladi |
| 8' | ![]() |
Sanches qarshi hujumga o‘tdi, Sanches o‘ng qanotdan jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berdi. U yerda futbolchilar "devor" o‘ynamoqchi bo‘lishdi va to‘pni yo‘qotishdi |
| 5' | ![]() |
O‘yin tempi yomon emas, to‘p u tomondan bu tomonga tez-tez borib kelib turibdi |
| 2' | ![]() |
Tomonlar bir martadan raqib jarima maydonchasiga kirishga ulgurishdi. Vaziyatlar tahlikali bo‘ldi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi |
| 2' | "Nayukasl" o‘zining oq-qora yo‘l-yo‘l formasida o‘ynamoqda, demak, "Arsenal" ham o‘zining uy kiyimi — qizil-oq rangli formada o‘ynamoqda | |
| 1' | ![]() |
O‘yinni mehmon jamoa — "Arsenal" boshlab berdi |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. |
| ' | APLda 2-4-o‘rinlar uchun kurash keskinlashdi. Demak, bu o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalarning o‘yinlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. HEch kimning xato qilishga haqi yo‘q | |
| ' | ![]() |
Bugunning markaziy o‘yini esa - "Nyukasl" - "Arsenal. |
| ' | Bilamiz, barcha el-klasikoni kutmoqda. Bu o‘yinga hali bir sutkadan sal oshiqroq vaqt bor. Bundan tashqari, ertaga yana bir qator markaziy o‘yinlar bor. Jumladan, "Liverpul" - "MYu". | |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|