Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

30-tur, 22 mart, 18:00. Bosh hakam: Martin Atkinson (Angliya)

LIVERPUL

Starrij (69)

1 : 2

MANCHESTER YUNAYTED

Xuan Mata (14, 59)
JAMOALAR TARKIBI
22.Simon Minyole
37.Martin Shkrtel
17.Mamadu Sako
23.Emre Jan
14.Jordan Xenderson
24.Jo Allen
10.Filippe Koutinyo
18.Alberto Moreno
20.Adam Lallana
31.Raxim Sterling
15.Daniel Starrij
  1.David de Xea
12.Kris Smolling
4.Fil Jons
17.Deyli Blind
8.Xuan Mata
21.Ander Errera
31.Maruan Fellayni
25.Antonio Valensiya
16.Maykl Kerrik
18.Eshli Yang
10.Ueyn Runi
SARIQ KARTOCHKA
Balotelli (67)
 
Errera (47)
QIZIL KARTOCHKA
Stiven Jerrard (46)
 

Matn

'
Vaziyatga oydinlik kiritib o‘tamiz: Jerrard maydondan chetlatilgan paytda, u to‘psiz qolgan raqib futbolchisining oyog‘ini ochiqchasi butsasining tishlari bilan tepibdi! Haqqoniy chetlatish!
90+5'
O‘yin yakunlandi! "Liverpul" - "Manchester Yunayted" - 1:2! Lui van Gal shogirdlari endi "Liverpul"dan 5 ochkoga ilgarilab ketishdi va ular 3-o‘rindagi "Arsenal"dan 1 ochkoga ortda qolishmoqda.
90+5'
Vuuuuuh! Shkrtel hujumda! Jamoadoshlari uni darvozabon bilan birga bir chiqarishdi, ammo uzatma biroz kuchliroq chiqqani bois, to‘pni De Xea egallab oldi. Martin esa posbonning oyog‘ini bosib o‘tib ketdi!..
90+4'
"MYu"da o‘zgarish: Deyli Blind o‘rniga Markos Roxo tushirildi.
90+4'
Vuuuuh! Simon Minyole! Runining penaltidan yo‘llagan kuchli zarbasini qaytardi!
90+3'
PENALTI! Emre Jan jarima maydonchasi ichida Blindni ortidan turtib yiqitdi!
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
90'
Sterling chap qanotdan darvoza yaqiniga yuqoridan uzatma berdi. Balotelli nisbatan De Xea baland sakradi va to‘pni ushlab oldi.
89'
Jarima maydoniga yetkazilgan jarima to‘pini mehmonlar qaytarishdi va ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tishdi, ammo ular imkoniyatdan foydalana olishmadi
88'
Runi Koutinyoni yiqitdi. Davrozagacha ancha olis. Lekin "standart"
86'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Fellayni bosh bilan to‘pni qaytardi.
84'
Emre Jan bosh bilan Minyolega o‘ta qaltis uzatma berdi. Davrozabon jarima maydonchasini tark etib, tizzasi bilan to‘pni egalladi va xavfni bartaraf etdi. Posbonga Runi bosim o‘tkazayotgandi...
83'
Starrijga nisbatan Smolling o‘yin qoidasini buzdi. Balotelli jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegdi.
82'
"Liverpul" hujum qilmoqda. Ular burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Fellayni bosh bilan to‘pni yuqoriga urdi, De Xea uni egallab oldi
75'
Starrijga nisbatan Smolling o‘yin qoidasini buzdi. Balotelli jarima zarbasini tepdi. To‘p jonli devorga tegdi.
74'
Di Mariya to‘pni yo‘qotganidan keyin mezbonlar o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib borishdi. Balotelliga uzatilgan to‘pni Mario egallay olmadi
71'
Di Mariya chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. To‘pni Minyole egallab olayotganida Runi posbonning oyog‘iga tepib yubordi
69'
GOOOOOOL! Starrij, 1:2! Kerrik maydon markazida to‘pni oldirib qo‘ydi va jarima maydonchasiga o‘ng tomondan kirgan Starrijga uzatma berildi. Daniyelnin zarbasidan so‘ng De Xea yaqin burchakdan to‘pni o‘tkazib yubordi! "Liverpul" o‘yinga qaytmoqda!
67'
Balotelli raqib oyog‘ining ortida tepgani uchun ogohlantirish oldi.
66'
Minyole o‘ziga yetkazilgan to‘pni tepib yuborish o‘rniga jarima maydonchasi ichida Runini aldashga kirishib ketdi. To‘pni yo‘qotishiga sal qoldi. Darvozabon bir amallab to‘pni tepib yubordi.
65'
Moreno o‘rniga Balotelli tushirildi
61'
Di Mariya chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va narigi qanotda ochiq turgan Runiga pas berdi. Ammo to‘p Ueyndan o‘tib ketishi oqibatida golli vaziyat yo‘qqa chiqdi.
59'
GOOOOOOL! MAtaaaaa, 0:2! Xuan jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirdi va o‘ziga havodan yetkazilgan to‘pga "qaychi" uslubida zarba berdi. To‘p olis burchakka borib tushdi! Chiroyli gol!
57'
Qiziq vaziyat yuzaga keldi. Di Mariya yuqoridan kelib, maydonni tark etishi kutilayotgan to‘pni maydonning o‘zida ushlab oldi.
56'
Fil Jons sariq kartochka oldi. Xendersonni chalib yiqitdi.
55'
"MYu"da o‘zgarish: Eshli Yang o‘rniga Anxel di Mariya tushirildi.
54'
Vuuuuh! Koutinyo 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!
53'
Kamchilikda o‘ynayotganiga qaramay, "Liverpul" hujum qilmoqda. Sterling chap qanotdan bergan uzatmaga Starrij yeta olmadi...
47'
"MYu" futbolchisi Ander Errera sariq kartochka oldi.
46'
Jerrard ikkinchi bo‘lim boshida Adam Lallana o‘rniga maydonga tushgandi
46'
Vuuuuuuh! Ikkinchi bo‘lim boshida zaxiradan maydonga tushganiga 40 soniya bo‘lgan Stiven Jerrard maydondan chetlatildi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Liverpul" - "Manchester Yunayted" - 0:1. Tanaffus.
45+2'
Kerrik olis masofadan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Minyole to‘pni egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
42'
Erreraning uzatmasidan keyin Mata jarima maydonchasi ichida ofsaydda qoldi
37'
"Liverpul" bosim uyushtirishni boshladi!
35'
Vuuuuuuh! Xenderson o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichidagi Starrijga uzatdi. Daniel to‘pni zarba berish uchun yugurib kelayotgan Lallanaga qoldirdi. Adamning zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi! De Xea joyida qotib qolgandi!
31'
Moreno chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Xenderson to‘pga ozgina yeta olmadi. De Xea to‘pni egallab oldi.
30'
Runi 25 metrlardan zarba yo‘lladi. Shkrtel to‘p yo‘liga g‘ov bo‘ldi
26'
Vuh! "Liverpul" futbolchisi maydonning o‘ziga tegishli qismidan Starrijni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. De Xea darvozani tark etdi va to‘pni uzoqlashtirdi
25'
"MYu" to‘pni nazorat qilmoqda. Mezbonlar to‘pni olib qo‘ya olishmayapti
21'
Maydon markazida Lallana va Fil Jons to‘qnashib ketishdi. Jons maydonda yotibdi. Jerrard shug‘ullanishni boshlavordi...
17'
"Liverpul"ning hujumi paytida "MYu" futbolchilari to‘pni egallab olgandek bo‘lishgandi, ammo pressing oqibatida mezbonlar to‘pni qayta egallashdi. Xenderson yuqoridan jarima maydonchasi tomon uzatma berdi. Starrij jarima maydonchasi burchagidan to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. Zarba aniq chiqmadi
16'
Kerrikning uzatmasidan keyin Runi ofsaydda qoldi
14'
GOOOOOOOOL! Xuan Mataaaaa! 0:1! Errera yaxshi uzatma bilan Matani birga bir vaziyatga chiqarib yubordi va Xuanning zarbasidan keyin to‘p olis ustunga tegib, to‘rga borib tushdi!
13'
To‘p bilan ko‘proq mehmonlar muomalada bo‘lishmoqda
11'
To‘p yuqoridan jarima maydonchasigaga yetkazildi. Fellayni bosh bilan Mata tomon uzatma berdi. "Liverpul" himoyachisi to‘pni nazorat qildi va uni maydon tashqarisiga "kuzatib" qo‘ydi
9'
Mata yetkazib bergan jarima to‘pini mezbonlar qaytarishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Koutinyo o‘ng qanotdagi Sterlingni to‘p bilan ta’minladi, ammo Rahimning keyingi uzatmasi naoniq bo‘ldi
8'
Xenderson Mataga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Darvozagacha unchalik yaqin emas
4'
Vuh! Jons o‘ng qanotda bir himoyachini aldab, jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo to‘pni De Xea egallab oldi
2'
Minyole to‘pga chiqishda muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Himoyachilar to‘pni maydon markaziga qaytarishdi
2'
"MYu" burchak to‘pi ishladi
1'
Dastlabki hujumni mehmonlar tashkil etishga urinishdi. Fellayni to‘pni maydonda olib qola olmadi
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonda, o‘yin boshlanishiga barcha narsa shay! O‘yinni oq kiyimdagi "MYu" boshlab beradi
'
"Liverpul" muxlislarining o‘sha mashhur qo‘shig‘ini stadionga yig‘ilgan ishqibozlar baralla kuylashmoqda
'
Hozirda "MYu" 56 ochko bilan 4, "Liverpul" esa 54 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turishibdi
'
"Liverpul" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilmoqda
'
Bugun tunda el-klassiko bo‘lib o‘tadi. Undan oldin esa, hozir Angliya klassikosi boshlanish arafasida
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.