Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi, 28-tur

el-klasiko, 23 mart, soat 01:00. Bosh hakam: Mateu Laos

BARSELONA

Jeremi Matyo (19)
Luis Suares (56)

2 : 1

REAL MADRID

Krishtianu Ronaldu (32)
JAMOALAR TARKIBI
13.Klaudio Bravo (D)
03.Jerar Pike
22.Dani Alves
24.Jeremi Matyo
18.Xordi Alba
04.Ivan Rakitich
14.Xavyer Maskerano
08.Andres Inyesta (S)
09.Luis Suares
11.Neymar
10.Lionel Messi
  01.Iker Kasilyas (D, S)
15.Daniel Karvaxal
03.Pepe
04.Serxio Ramos
12.Marselo
19.Luka Modrich
08.Toni Kroos
23.Isko
11.Garet Beyl
07.Krishtianu Ronaldu
09.Karim Benzema
ZAHIRA
01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
21.Adriano
15.Mark Bartra
05.Serxio Buskets
12.Rafinya
06.Xavi Ernandes
07.Pedro Rodriges
  13.Keylor Navas (D)
17.Alvaro Arbeloa
02.Rafayel Varan
24.Asyer Ilyaramendi
16.Lukas Silva
20.Xese
14.Xavyer Ernandes
SARIQ KARTOCHKA
Pepe (21)
Krishtianu Ronaldu (37)
Marselo (44)
Karvaxal (48)
Luka Modrich (52)
Isko (64)
 
Suares (28)
Xordi Alba (37)
Maskerano (61)
Inyesta (65)
Dani Alves (71)

Matn

90+3'
O‘YIN YAKUNLANDI! "KLASIKO" G‘OLIBI — "BARSELONA"! Mezbonlar ikkinchi bo‘limni juda zo‘r o‘tkazishdi va haqli ravishda g‘alaba qozonishdi!
90+2'
Alves shundoqqina jarima maydonchasi tashqarisida Suares aniq pas bera olmadi. RAmos to‘pni egallab oldi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi
88'
"Real" ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar himoyada xushyor o‘ynashdi
88'
"Real"da so‘nggi o‘zgarish: Modrich o‘rniga Lukas Silva tushirildi
87'
Vuuuuh! Chap qanotdan yerlatib yetkazilgan to‘pni Messi chap oyoqda darvoza tomon yo‘lladi. Yaqin burchakka kirayotgan to‘pni Kasilyas qaytarib qoldi!
86'
Burchak zarbasidan keyin to‘p jarima maydonchasining chap tomonida turgan Suaresga bordi. Luisning zarbasi noaniq bo‘ldi
86'
Ehhhh, "Barsa" nechanchi marta "Real"ni kechirmoqda! Messining uzatmasidan keyin Alba birga bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Kasilyas jamoani qutqardi!
85'
Neymar maydonni tark etdi. Rafinya tushirildi
84'
Vuuuuh! Suares chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, Karvaxalni ikki marta aldadi va zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
82'
Suaresning uzatmasidan keyin Messi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi, to‘p esa undan tark etdi
81'
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi
80'
"Real"da ham ikkinchi o‘zgarish: Isko o‘rniga Xese tushirildi
79'
"Barsa"da ikkinchi o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Xavi tushirildi
78'
Vuuuuh! Benzema jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi. To‘p rekoshet holatda burchakka borayotgandi, Bravo ajoyib seyv bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi.
77'
Vuuuuh! Bu safar Neymar tavani bilan jarima maydonchasiga ortdan yetib kelgan Messiga pas berdi. Lionel bir himoyachini aldadi va o‘ng oyoqda bergan zarbasi himoyachiga tegib, yon tomonga ketdi...
76'
"Barsa"da dastlabki o‘zgarish: Ivan Rakitich o‘rniga Serji Buskets tushirildi
75'
Messi bu safar markaz bo‘ylab himoyachilar orasidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi o‘ng tomondan kirgan Neymarga pas berdi. Braziliyalik futbolchi darvozaga aniq zarba bera olmadi.
74'
Vuuuuh! Messi o‘zining sevimli uslubida o‘ngdan markaz tomon surildi va chap oyoqda olis burchakka to‘pni aylantirdi. To‘p deyarli ustunni silab o‘tib ketdi...
73'
"Real"da dastlabki o‘zgarish: Karvaxal o‘rniga Varan tushirildi.
71'
Dani Alves sariq kartochka oldi. U tirsagi bilan turib, Iskoni yiqitdi va tezkor hujumning oldini oldi
71'
Neymar yana jarima maydonchasigacha yurish qildi. Bu safarga zarbasi himoyachiga tegib qaytdi
70'
Alba chap qanotdan darvoza oldiga uzatma berdi. Iker to‘pni egallab oldi
69'
Ronaldu zarba emas, jarima maydonchasiga yumshoq pas berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
68'
Matyo Benzemaga nisbatan fol ishlatdi. Darvozagacha 35 metrlar masofa...
67'
Ohohoo! Neymar maydon markazidan boshlab yo‘lida uchragan barcha madridliklarni aldab, jarima maydonchasigacha keldi va o‘zi zarba berdi. Noaniq. Neymar ochiq turgan Suaresga pas berishi ham mumkin edi.
66'
Rakitichning uzatmasidan keyin Neymarni birga bir vaziyatga chiqaruvchi uzatma berdi. Neymar ortdan kelayotgan Karvaxalning oyog‘iga urilib yiqildi, hakam qoidabuzarlikni qayd etmadi.
65'
Inyesta ham sariq kartochka oldi. Karvaxalga nisbatan xavfli o‘ynagani uchun
64'
Isko ham sariq kartochka oldi. Maydon markazida undan o‘tib ketayotgan Neymarni chaldi
63'
Inyesta va Ramosga maydon tashqarisidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Birining tirsagi, ikkinchisining tishi qonayapti
61'
Xavyer Maskerano sariq kartochka oldi. U raqibning qarshi hujumini to‘xtatishga harakat qildi. O‘yin darhol to‘xtatilmadi, ammo keyinchalik unga ogohlantirish ko‘rsatildi
60'
Messi himoyada to‘pni olib qo‘ydi va oldinga yurib, Neymar tomon pas berdi. Kasilyas to‘pni egallab oldi
58'
Isko jarima maydonchasining chap qanotida ikki himoyachi orasidan o‘tkazib, jarima maydonchasi ichida ochilgan Marseloga pas berdi. Braziliyalik himoyachining zarbasi mezbonlardan maydonni tark etdi. Burchak to‘piga Ronaldu bosh bilan zarba berdi, ammo noaniq
56'
GOOOOOOOOOL! Luiiiisss Suaaaarreeesss! 2:1! Alvesning maydon markazidan bergan uzatmasini urugvaylik futbolchi qabul qildi va birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi! Oson bo‘lmagan vaziyatda gol urdi Suares!
53'
Ramos burchakdan yetkazilgan uzatmani ham bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yana burchak zarbasi
53'
Messi jarima to‘pini yumshoq tarzda jarima maydonchasiga uzatdi. Ramos to‘pni bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! Burchak to‘pi
52'
Luka Modrich sariq kartochka oldi. Olmasa bo‘lmasdi, Messi undan o‘tib ketsa, uyog‘i xavfli bo‘lardi
51'
"Barsa" xavfli qarshi hujum tashkil qildi. Rakitichning uzatmasidan keyin mezbonlarning ikki hujumchisi yolg‘iz Pepega qarshi chiqib borishdi. Portugaliyalik futbolchi to‘pni yon tomonga tepib yuborishga ulgurdi!
49'
VUuuuuh! Messi jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo bu "vuuuuuh" "Barsa" uchun emas! Ramos to‘pni qaytardi va to‘pni Isko egallab, qarshi hujumga asos soldi. Ronaldudan to‘pni qabul qilgan Benzema 7-8 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Zarbani Bravo qaytardi va Pike to‘pni uzoqlashtirdi!
48'
Neymar chap qanotdan Karvaxaldan o‘tib ketayotganida "Real" himoyachisi uni yiqitdi. Sariq kartochka va jarima zarbasi
46'
Isko autdan to‘pni otib berganidan keyin Benzema jarima maydonchasida ochilayotgan Beylga uzatma berdi. To‘pni Bravo egallab oldi
46'
Ikkinchi bo‘limni "Real" boshlab berdi! Hozircha o‘zgarishlar yo‘q.
'
Futbolchilar maydonga qaytishmoqda. Bir necha soniyalardan keyin ikkinchi bo‘lim boshlanadi
'
Birinchi bo‘limga baho beradigan bo‘lsak, "Real" gol o‘tkazib yuborguncha ancha ehtiyotkor o‘ynay boshladi. Matyoning golidan keyin ularga oldinga o‘ta boshlashdi va o‘yin nazoratini o‘z qo‘llariga olishdi. Natijada gol urishdi va bi nechta vaziyatlar yaratishdi. "Barsa" o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim statistikasi:
To‘p nazorati: 55% - 45%, zarbalar: 7-9, aniq zarbalar: 2-2, burchak to‘plari: 4-6, ofsaydlar 1-1, follar: 3-8.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Laos kompensasiya uchun vaqt qo‘shib o‘tirmadi. Hozircha "Barselona" - "Real" - 1:1. Tanaffus.
44'
Marselo sariq kartochka oldi. Kartochkalar bo‘yicha hisob — 1:3, "Real" oldinda.
43'
Ehhhhh, Beeeeeyyl! Kross yetkazib bergan burchak to‘pini Beyl egallab oldi va 7 metrdan 7 merli darvozani ishg‘ol qila olmadi!
43'
Vuuuuh! Ronaldu 18 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi! To‘p Bravoning qo‘lidan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
40'
"Real" gol urdi! Ammo hakamlar ofsaydni qayd etib, golni bekor qilishdi. Benzemaning chap qanotdan bergan uzatmasi yo‘nalishini Ronaldu bosh bilan o‘zgartirdi va Beyl davroza oldida to‘pga oyoq qo‘yib, darvozani ishg‘ol qilgandi. Ronaldu ofsaydda turgan ekan.
39'
Vuuh! Pike jamoasini o‘ta qiyin ahvolda qutqardi! Beyl chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi. Narigi qanotda Benzema ochiq turgandi, unga to‘p yetkazilishi - deyarli gol edi. Pike esa to‘pga tashlandi va to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
37'
Krishtianu 2-3 himoyachi orasida jarima maydonchasiga kirayotganida yiqildi. Mateu Laos o‘yinni to‘xtatdi va vaziyatni simulyasiya sifatida baholab, Ronalduga sariq kartochka ko‘rsatdi.
34'
Luka 25 metrlardan zarba yo‘llashning uddasidan chiqdi. Zarba noaniq
32'
GOOOOOOOL! Krishtianuuuuu Ronalduuuuu, 1:1! Beyl jarima maydonchasi chizig‘i oldida ochilgan Benzemaga pas berdi. Karim tavani bilan to‘pni ortga yumalatdi. Krishtianu yugurib keldi va darvozaga zarba berib, hisobni tenglashtirdi! Supergol!
31'
"Barsa" ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ikkinchi urinishda Suares yo‘llagan zarba Neymarga uzatma bo‘lib chiqdi. Braziliyalik hujumchi zarba berishga ulgurmadi. To‘p Neymarning oyog‘idan Kasilyasning qo‘liga borib tushdi
28'
Himoyadan yetkazilgan to‘pni Suares maydon markazida ko‘kragi bilan qabul qildi va Messiga pas berdi. Lionel chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Neymarni birga bir vaziyatga chiqarayotganida Pepe to‘pni olib qoldi. Suares esa ortdan kelib portugaliyalik himoyachining oyog‘idan tepdi. Sariq kartochka
27'
"Real" ketma-ket ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Matyo faol o‘ynamoqda. Xavf bartaraf etildi
25'
"Real"ning hujumi. Ronaldu chap qanotdan havolatib uzatma berdi. Pike bosh bilan qaytardi. Takroriy hujumlar paytida Marselo 17 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga Matyo g‘ov bo‘ldi.
23'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qildi va orqaroqda turgan Albaga pas berdi. Xordining olis masofadan zarbasi noaniq bo‘ldi.
23'
Messi yo‘llagan zarba jonli devorda turgan Beylning boshidan maydonni tark etdi. Burchak to‘pi
21'
Pepe yana bir marta Suaresga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Bu safar sariq kartochka. Yana standart!
19'
GOOOOOOOOL! Jeremi Metyoyoyoyoyoyo! 1:0! Messi tomonidan jarimadan yetkazilgan to‘pni "Barsa" himoyachisi bosh bilan darvozaga joyladi!
19'
Pepe jarima maydonchasi tashqarisida Suaresni yiqitdi. Jarima zarbasi
17'
Messi to‘pni chap qanotdagi Neymarga yetkazib, o‘zi jarima maydonchasiga kirdi va o‘ziga uzatilgan to‘pni 13 metrlardan bosh bilan darvozaga burishga harakat qildi. Muvaffaqiyatsiz chiqdi urinish
16'
Mehmonlarning hujumi. Benzema chap qanotdan jarima maydonchasi kirgan Marselo tomon uzatma berdi. Kataloniyaliklar to‘pni egallab olishdi
14'
Beyl Neymarni chalib yiqitdi.
13'
Vuuuuuuuh! "Barsa"ni darvoza to‘sini goldan qutqarmoqda!!! Marselo chap qanotdan markaz bo‘ylab surilib keldi va chiroyli pas bilan Benzemani jarima maydonchasi ichiga boshladi. Karim o‘zi zarba berishi ham mumkin edi, ammo u to‘xtadi va to‘pni olis ustun tomon ochilayotgan Krishtianu tomon yetkazdi. Ronaldu o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegib, yerga tegdi. Keyinchalik esa burchak to‘pi...
10'
Messi havodan yetkazgan uzatmasini Suares jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qabul qildi, ammo Pepe to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi
10'
Messi havodan yetkazgan uzatmasini Suares jarima maydonchasi ichida ko‘kragi bilan qabul qildi, ammo Pepe to‘pni egallab, xavfni bartaraf etdi
9'
Messi maydon markazidan pas berib, Suaresni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Ammo Luis ofsaydda qolgandi
8'
Beylning uzatmasidan keyin Benzema jarima maydonchasiga kira solib zarba berib. To‘p Pikening oyoqlari orasidan o‘tib, olis ustun oldidan o‘tib ketdi.
7'
Neymar Suares bilan "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga kirishga harakat qildi. Karvaxal unga to‘pni nazorat qilish imkonini bermadi.
5'
Messi o‘zining o‘ng qanotida "Madrid"ning ikki futbolchisi oyoqlari orasidan to‘pni olib o‘tib ketdi... "Siti" bilan o‘yindagi harakatlar unga yoqib qolgan shekilli
4'
Burchakdan yetkazilgan uzatmani madridliklar bartaraf etishdi. Inyesta esa tibbiy yordam ko‘rsatildi
3'
Vuuuh! Dastlabki xavfli vaziyat! Inyesta jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab, chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va to‘pni darvoza ro‘parasiga yetkazdi. Rakitich zarba berishga ulgurmadi, to‘p himoyachidan maydonni tark etdi.
2'
Ramos jarima maydonchasi ichida to‘pni Kasilyasga yetkazdi. Iker to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubordi
1'
Ronaldu chap qanotdan oldinga o‘tdi va burchakka yaqin joyda Alvesga to‘pni oldirib qo‘ydi
1'
O‘YIN BOSHLANDI! "EL-KLASIKO" START OLDI! To‘pni o‘yinga "Barsa" futbolchilari kiritib berishdi!
01:01'
Qur’a jarayoni tugadi. Jamoa sardorlari hakamlar bilan birga esdalik uchun suratga tushishdi
01:00'
"Kamp Nou" juda chiroyli suratga kirgan! Muxlislar ulkan "12" raqamini hosil qilishgan. Hammayoq "Barsa" formasi va Kataloniya ramzi rangida!
00:58'
"Barselona" muxlislari klub madhiyasini kuylashmoqda. Ushbu madhiya sadolari ostida jamoalar maydonga chiqib kelishdi! Kutib olamiz!
00:58'
Hakamlar sariq rangli formani tanlashgan
00:56'
"Barsa" futbolchilari Xavi, Inyesta va Pike "Real" sardori Iker Kasilyas bilan iliq ko‘rishishdi. Ular birgalikda Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilishadi axir!
00:56'
Futbolchilar kiyinish xonasidan chiqib, stadionga chiqish yo‘lakchasida to‘planishmoqda
00:55'
"Barselona" o‘zining ko‘k-anorrang, "Real" oq rangli formasida o‘ynaydi. Boshqa bo‘lishi ham mumkin emas.
00:52'
O‘yin boshlanishiga 8 daqiqa qoldi. Birozdan keyin jamoalar maydonga chiqib kelishadi.
00:46'
Kelasi haftada FIFA kunlari bo‘lgani bois, Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida barcha o‘yinlar bugun yakuniga yetadi. Deyarli barcha o‘yinlar tugab bo‘ldi. Eng so‘nggi o‘yin — "Barselona" - "Real".
00:41'
Turnir jadvali, jamoalarning o‘rni va boshqa statistika va raqamlarga ortiqcha ahamiyat bermaymiz. Eng muhimi chiroyli o‘yin! Ortiqcha bosimsiz ko‘rishga harakat qilamiz bu o‘yinni!
00:39'
Hiso qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bugun bizni ajoyib spektakl kutmoqda. Spektakldan, futboldan zavqlanamiz!
00:33'
Messi bugun o‘zining 30-klasikosida maydonga tushadi
00:27'
Ma’lumotlarga qaraganda, El-klasiko ilk marta samolyotda ham olib ko‘rsatilmoqda. Turkish Airlines o‘z mijozlariga ushbu sovg‘ani taqdim qiladi
00:26'
Toshkent tun yarmidan og‘di. Ammo ko‘plab futbol muxlislari har qanday holatda ham bu o‘yinni o‘tkazib yuborish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Barchamiz o‘yinning boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapmiz
00:24'
"Kamp Nou" stadioni. Bu maydonda "Barselona" va "Real" superklublari to‘qnash kelishadi! Bugungi o‘yinda "jang" qiladigan "gladiatorlar" nomi ma’lum bo‘ldi. Ular bilan tanishib chiqishga ulgurgan bo‘lsangiz kerak. Ushbu ro‘yxat har ikkala jamoaning hozirgi kundagi eng kuchli tarkibi hisoblanadi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.