Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

U23 Osiyo chempionatiga saralash

27 mart, soat 14:00

O‘ZBEKISTON

Igor Sergeev (87)
Vladimir Kozak (90+3)

2 : 0

HINDISTON

JAMOALAR TARKIBI
1.Akmal Tursunboyev
2.Akromjon Komilov
3.Sardor Rahmonov
4.Boburbek Yo‘ldoshev
7.Vladimir Kozak (S)
8.Abdulloh Olimov
10.Jamshid Iskandarov
11.Igor Sergeev
13.Hasan Asqarov
17.Alisher Shog‘ulomov
23.Diyorjon Turopov
  1.Amrinder (S)
2.Pritam Kotal
3.Shankar Sampingiraj
5.Deepak
6.Siam Xangxal
9.Holi Charan Narzari
26.Abinash Rui Das
33.Germanprit Singh
37.Bikramjit Singh
46.Ray Vinit
48.Jayesh Dilip Rane
SARIQ KARTOCHKA
Vladimir Kozak (45+1)
Igor Sergeev (45+1)
 
Dipak (56)

Matn

90+4'
O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston - Hindiston - 2:0.
90+3'
GOOOOL! Vladimir Kozak! 2:0! Hindi himoyachisi to‘pni Sergeevga sovg‘a qildi. Igor darvozabon qarshisida turgan Kozakka to‘pni berdi. Volodya darvozani ishg‘ol qildi!
90+2'
Masharipovning o‘ng qanotdan bergan uzatmasidan keyin burchak to‘pi ishladik
90+1'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shi berildi
90'
Kozak 18 metrdan yo‘llagan zarba himoyachiga tegib qaytdi...
90'
O‘zbekistonda uchinchi o‘zgarish: Iskandarov o‘rniga Javohir Rasulov tushirildi
89'
Hindistonning hujumini vakillarimiz qaytarishdi
87'
GOOOOOL! Yordamga Hindiston darvozaboni keldi! Burchakdan yetkazilgan uzatmani Amrinder qo‘lidan chiqarib yubordi va Sergeev bosh bilan bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi!
87'
Iskanderovning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi himoyachining oyog‘idan maydonni tark etdi
85'
Burchak to‘plari samarasiz yakunlanmoqda
84'
Asqarovning qanotdan uzatmasini Masharipov bosh bilan Kozakk to‘pni qoldirdi. Volodyaning zarbasi rekoshet holatida ustun yonidan o‘tib ketdi
84'
Iskandarov yerlatib yo‘llagan zarbani Amrinder maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
83'
Jarima zarbasi tepamiz. Iskandarovga nisbatan qoida buzildi
80'
Masharipovning uzatmasini Sergeev jarima maydonchasi ichida to‘xtatdi, ammo uning zarbasini himoyachi qaytardi
79'
Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Sergeev bosh bilan zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Igorning o‘zi qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi...
77'
Ehhhhh! Kozakning zarbasini darvozabon qaytardi. Maxstaliyev 6 metrdan 7 metrli darvozaboni emas, 15 santimetr diametrli darvoza ustunini nishonga oldi!
76'
Sergeev 14 metrdar aniq zarba yo‘llay olmadi
74'
Ochig‘i, nima deyishga ham hayronmiz. Bu olimpiya terma jamoasi emas, shunchaki yaxshi futbolchilardan jamlanmasi. Bu yerda JAMOA, O‘YIN va va SHIJOAT yo‘q!
70'
Deepakka tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda maydonda
68'
Diyor Turopov o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushirildi
66'
Maxstaliyevning uzatmasidan Sergeev ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va Igor chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
65'
Hasan Asqarovning uzatmasiga Turopov bosh bilan zarba berdi. Amrinder to‘pni egalladi
64'
Vuuuuh! Burchakdan yetkazilgan to‘pni hujumchi yain masofadan darvozaga joylay olmadi! Hindiston yana kechirmoqda!
63'
Abbos Maxstaliyev maydonga tushdi, maydonni Olimov tark etdi, adashmasak
62'
BUrchakdan yetkazilgan uzatmani darvozabon mushti bilan urib yubordi
61'
Asqarovning o‘ng qanotda uzatmasi himoyachiga tegib, maydonni tark tdi
58'
Burchakdan yetkazilgan to‘p hech kim tegmay, narigi tomondan maydonni tark etdi
58'
Hindiston burchak to‘pi ishladi
56'
Narzari O‘zbekistonni kechirdi! Birga bir vaziyatga chiqib borib, jarima maydonchasi ichida noaniq zarba yo‘lladi!
56'
O‘ng qanotda futbolchimizga o‘yin qoidasini buzgani uchun Deepak ogohlantirish oldi
53'
Vuuuuuuh! Komilov tomonidan chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Sergeev bosh bilan darvoza yo‘lladi. To‘p ustunga tegib qaytdi!!! Qaytgan to‘pni futbolchilarimiz qayta darvozaga yo‘llay olishmadi!
51'
Vuuuuh! Germanprit Singh olis masofadan pushkadek zarba yo‘lladi. "To‘qqizlik"ka yo‘l olayotgan to‘pni Tursunboyev qaytardi
50'
Vuuuh! Jayesh Dilip Rane jarima maydonchamizning o‘ng burchagidan parashyut uslubida zarba yo‘lladi. To‘p Tursunboyevning ustidan o‘tdi, ammo ustun yonidan yotib ketdi
49'
Belgilangan jarima to‘pini Iskandarov yaxshi yetkazib berdi. XAvfli vaziyat yuzaga keldi, ammo to‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar maydonga qaytishdi. Bugun O‘zbekiston oq, Hindiston ko‘k rangli formada o‘ynamoqda
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+2'
Hindiston burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachilarimiz qaytargan to‘pni futbolchi 25 metrlardan darvoza tomon tepdi. Ancha noaniq
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
44'
Shog‘ulomov yaxshi pas bilan Sergeevni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo Igorga nisbatan himoyachi to‘pga tezroq yetib oldi va xavfni bartaraf etdi
42'
Shog‘ulomov Igorga pas berib, o‘zi jarima maydonchasiga kirayotgandi, ammo Sergeev uzatma berishni qoyillatmadi
40'
Jamshidning uzatmasidan keyin ikki futbolchimiz jarima maydonchasiga kirishdi, ammo ular orasidagi himoyachi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi
40'
Turopovning uzatmasini, adashmasak, Shog‘ulomov jarima maydonchasi chizig‘i ustida ko‘kragi bilan bo‘ysundirdi, ammo zarba bera olmadi...
37'
Xavfli vaziyat! Hasan Asqarov o‘z qanotidan to‘p uchun kurashda yiqilib tushdi va hujumchi to‘pni egallab, jarima maydonchasiga yetkazdi. Futbolchi Rahmonovdan o‘tkazib, to‘pni narigi tomonda yolg‘iz turgan sherigiga yetkaza olmadi. Keyinchalik esa yordam kuchlari yetib keldi va xavf bartaraf etildi
36'
Jarima maydonchamiz ichidan hindistonlik futbolchi yiqildi. Hakam hujumchini o‘rnidan turish kerakligini ko‘rsatdi
35'
Hindiston taxlikali hujum tashkil qildi. Darvozabon maydonchasiga yetkazilgan uzatmani Rahmonov bosh bilan qaytardi. Takroriy uzatmani Tursunboyev egallab oldi
32'
Yana bir jarima zarbasini tepdik. Yo‘ldoshevning zarbasi jonli devordan uyog‘iga o‘tmadi
29'
Iskandarov jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi! To‘p posbonning o‘ziga bordi
25'
Abdulloh Olimov jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni bosh bilan qaytarishdi
24'
Sergeevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi. Darvozagacha 27 metrlar...
23'
O‘yin tempi past. JAmoamiz hujumlari samara keltirayotgani yo‘q. Hindistonning qarshi hujumi tez va xavfli bo‘lmoqda
21'
Vuuuuuh! Germanprit Singhning olis masofadan yo‘llagan zarbasi juda xavfli bo‘ldi, ammo noaniq
20'
Turopov chap qanotda himoyachini aldab o‘ta olmadi
19'
Hasan Asqarov majburiy bo‘lmagan holatda to‘pni bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Hindlarning burchak zarbasi xavfli bo‘ldi.
15'
Vuuuuh! Himoyadagi qo‘pol xatodan so‘ng hindlar qarshi hujumga o‘tishdi. Baxtimizga hujumchi ochiq turgan sherigiga to‘pni o‘z vaqtida yetkazmadi. Himoyachilarimiz qaytargan to‘pni hindistonlik futbolchi 23 metrlardan darvozamizga zarba berdi. Tursunboyev to‘pga tashlandi va ikkinchi urinishdi to‘pni egalladi
13'
Jamoamizda yaxshi vaziyat! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Shog‘ulomov bosh bilan ortga urib, jarima maydonchasiga kirayotgan Sergeevga uzatdi. Igorning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi
8'
Hozircha hisob ochilmadi, 0:0. Har ikkala jamoada bittadan golga tortadiganroq vaziyat bo‘ldi. O‘ng qanotdan Iskandarov yetkazgan to‘pni Diyor Turopov olis ustun tomonda bosh bilan darvozaga yaqiniga qaytardi. To‘pni darvozabon egallab oldi. Hindlarning burchak to‘pi esa taxlikali bo‘ldi. Posbonimiz bir amallab to‘pni qaytardi
1'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga chiqish uchun saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Hindiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanib ketdi
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.