Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
| 27 mart, soat 16:00 | ||
JANUBIY KOREYaKu Ja Chol (17)
|
1 : 1 |
O‘ZBEKISTONZohir Qo‘ziboyev (31)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
23.Kim Seng Gyu 20.Jeong Dong Xo 5.Kvak Te Xvi 15.Kim Ki Xi 21.Yun Suk Yong 7.Son Xeung Min 11.Kim Bo Kyung 14.Xan Ku Kyong 13.Ku Ja Chol 17.La Je Sung 18.Li Jong Xyop |
1.Eldor Suyunov 5.Anzur Ismoilov 3.Shavkat Mullajonov 2.Akmal Shorahmedov 22.Farrux Sayfiyev 7.Aziz Haydarov 9.Odil Ahmedov 8.Server Jeparov 10.Sardor Rashidov 23.Shavkat Salomov 19.Zohir Qo‘ziboyev |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Kim Bo Kyung (88)
|
Shavkat Mullajonov (19)
|
|
Matn
| ' | ![]() |
O‘zbekiston terma jamoasi Koreya bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatdi va haqli ravishda durang natija qayd etdi. Muxlislarni bu natija bilan tabriklaymiz! |
| 90+4' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! JANUBIY KOREYa - O‘ZBEKISTON - 1:1! |
| 90+3' | ![]() |
Shorahmedov o‘ng qanotdan darvozaga yaqiniga uzatma berdi. To‘pni Kim Seng Gyu egallab oldi |
| 90+2' | ![]() |
HImoyachi to‘pni darvozabonga yetkazishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishiga sal qoldi. Shodiyev to‘p yetib olishi mumkin edi. Koreyalik posbon to‘pni tepib yuborishga bir amallab ulgurdi |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3-4 daqiqa qo‘shilgan bo‘lishi kerak |
| 90' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. Takroriy uzatmani Filiposyan bosh bilan qaytardi |
| 89' | ![]() |
Lutfulla To‘rayev fol ishlatdi. Darvozagacha 35 metrlar masofa |
| 88' | ![]() |
Kim Bo Kyung ogohlantirish oldi. U o‘zidan o‘itb ketayotgan Azizni chalib yiqitdi |
| 87' | ![]() |
O‘zbekistonda o‘zgarish: Server Jeparov o‘rniga Shahzod Nurmatov tushirilmoqda |
| 85' | ![]() |
Koreyada xavfli vaziyat yuzaga keldi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani himoyachi oyog‘i bilan to‘xtatdi, Anzur to‘pni tepib yubordi. Eldor uni egallab oldi |
| 83' | ![]() |
O‘yin tempi biroz tushdi. Jamoamiz endi qarshi hujum taktikasiga o‘tdi |
| 78' | ![]() |
Odil o‘rniga Lutfulla To‘rayev tushdi |
| 77' | ![]() |
Jeparovning uzatmasini posbon egallab oldi |
| 76' | ![]() |
Vohid Shodiyevga nisbatan fol ishlatildi. Jarima zarbasi. Darvozagacha 30 metr |
| 75' | ![]() |
O‘zbekistonda yana o‘zgarish: Sardor Rashidov o‘rniga Sardor Mirzayev tushirildi |
| 73' | ![]() |
Himoyamizning yosh bollalarcha xatosidan so‘ng koreyaliklar darvozani ishg‘ol qilishdi. Baxtimizga, to‘p uzatilayotanda hujumchi ofsaydda qolgan ekan. Hakamlarga balli! |
| 72' | ![]() |
Har ikkala jamoada o‘zgarish bo‘ldi. O‘zbekistonda Zohir Qo‘ziboyev o‘rniga Vohid Shodiyev maydonga tushdi |
| 68' | ![]() |
Vuuuuh! Tursunov 24 metrlardan yaxshi zarba berdi. Darvozabon katta qiyinchilik bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi! |
| 67' | ![]() |
Qarshi hujum naijasida Rashidov o‘ng qanotdagi Tursunovga uzatma berdi. Sanjarning darvoza yaqiniga havodan bergan uzatmasini Kim Seng Gyu egalladi |
| 65' | ![]() |
Jeparov 25 metrlardan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Zarba aniq bo‘lmadi |
| 63' | ![]() |
Ustunlik O‘zbekiston tomonida. Koreyaliklar himoyalanishga majbur bo‘lishmoqda |
| 62' | ![]() |
Kvak Te Xvi darvozabonga sekin uzatma berdi. Qo‘ziboyev darvozabonga bosim uyushtirdi, posbon bir amallab to‘pni tepib yubordi |
| 61' | ![]() |
Jamoamiz juda tezkor hujum tashkil qildi. Ahmedov-Jeparov-Rashidov uzatmasidan keyin Sardor jarima maydonchasi kirdi, ammo u to‘pga yeta olmadi... |
| 60' | ![]() |
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Suyunov egallab oldi |
| 59' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan to‘pni mezbonlar qaytarishdi |
| 58' | ![]() |
Jamoamiz o‘ng qanotdan yaxshi kombinasiya tashkil qildi. Rashidov jarima maydonchasining o‘ng tomonida zarba yo‘lladi. Rekoshet holatida to‘p maydonni tark etdi |
| 55' | ![]() |
Song Xeng Min kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi! |
| 53' | ![]() |
Ehhh, yaponiyalik hakam similyasiyadan keyin jarima maydonchamiz aylanasi ichida jarima zarbasi belgilamoqda |
| 53' | ![]() |
Terma jamoamizning qarshi hujumi paytida to‘p o‘ng qanotdan birga bir vaziyatga chiqib ketish kutilgan Rashidov tomon o‘tmadi |
| 51' | ![]() |
Jeparovning uzatmasini Rashidov jarima maydonchasi chizig‘i ustidan o‘ziga bo‘ysundira olmadi |
| 48' | ![]() |
Rashidov to‘pni egalladi, bir himoyachidan o‘tdi va markaz tomon surilib, zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
O‘zbekistoda ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Shavkat Salomov o‘rniga Sanjar Tursunov, Shavkat Mullajonov o‘rniga Artyom Filiposyan maydonga tushirishildi. |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Janubiy Koreya - O‘zbekiston - 1:1. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Jeparov olis masofadan zarba yo‘lladi. noaniq |
| 45+1' | ![]() |
Jarima maydonchasiga chap tomondan kirgan Rashidovga to‘p yetkazildi. Sardor bir himoyachini aldadi, ammo ikkinchisidan o‘tib keta olmadi |
| 45' | ![]() |
Vuuuh! HImoyachilarning xatosidan so‘ng Qo‘ziboyev to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va Sardorga qoldirdi. Rashidov jarima maydonchasi burchagidan chap oyoqda olis burchakka to‘pni aylantirdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 45' | ![]() |
Son Xeung Min yetkazgan burchak to‘pini Eldor Suyunov egallab oldi |
| 43' | ![]() |
Farrux Sayfiyev chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi, ammo yaponiyalik hakam negadir penalti bermadi |
| 42' | ![]() |
Koreyada yana o‘zgarish: Jeong Dong Xo o‘rniga Kim Chang Su tushdi |
| 42' | ![]() |
Koreyaliklar chap qanotdan jarima maydonchamizga yerlatib uzatma berishdi. HImoyachilar to‘pni qaytarishdi |
| 40' | ![]() |
Jamoamiz ko‘p hujum tashki qilmayotgan bo‘lsa-da, bexato o‘ynashga harakat qilmoqda |
| 35' | ![]() |
Jamoamiz qarshi hujumga o‘tayotgandi, ammo Sayfiyev Rashidov tomon to‘pni o‘tkaza olmadi. Mezbonlarning hujumi paytida Anzur fol ishlatishga majbur bo‘ldi |
| 33' | ![]() |
Janubiy Koreyada o‘zgarish bo‘ldi. Jarohat olgan futbolchining o‘rniga boshqasi tushirildi |
| 31' | ![]() |
GOOOOOOL! Zohir Qo‘ziboyev, 1:1! Chiroyli kombinasiya natijasida Jeparovning uzatmasidan keyin Rashidov birga bir vaziyatga chiqib ketdi. U darvozabonni aldadi va o‘tkir burchak ostida darvoza yaqiniga uzatma berdi. Qo‘ziboyev tizzasi bilan muvaffaqiyatli zarba bera olmadi. Ammo to‘p himoyachining oyog‘iga tekkan holda astagina chiziqni kesib o‘tdi! Hakam to‘pning chiziqni kesib o‘tganini ko‘ra oldi! |
| 30' | ![]() |
Vuuuuh! Odilning uzatmasidan keyin jarima maydonchasiga Rashidov va Qo‘ziboyev kirib borishdi, ammo Kvak Te Xvi to‘pni maydon tashqarisiga tepib yuborishdi |
| 29' | ![]() |
Odil birgina pas bilan Rashidovni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi, ammo uzatma haddan tashqari kuchli bo‘ldi |
| 27' | ![]() |
Koreyaliklar ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 25' | ![]() |
Ku Ja Chol bizni kechirdi. Chap tomondan berilgan uzatmadan so‘ng himoyachilarimiz va darvozabon hujumni ko‘zdan qochirishdi. Ku Ja Chol deyarli bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p yuqoridan o‘tib ketdi |
| 24' | ![]() |
Terma jamoamiz qarshi hujumga o‘tdi. Rashidov chap qanotdan uzatma berdi. To‘ni posbon egallab oldi |
| 20' | ![]() |
Son Xeung Min yo‘llagan jarima zarbasi ancha noaniq bo‘ldi |
| 19' | ![]() |
Shavkat Mullajonov sariq kartochka oldi. O‘zidan o‘tib ketayotgan futbolchini chalib yiqitdi. |
| 18' | ![]() |
Sardor Rashidov olis masofadan jarima zarbasini yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 16' | ![]() |
Son Xeng Min birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, Suyunov to‘pni egallab oldi |
| 15' | ![]() |
GOOOOOL! Ku Ja Chol, 1:0! Koreya burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va hujumchi bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 14' | ![]() |
Jamoamiz qarshi hujumga o‘tdi, Salomovning uzatmasini hujumchilarimiz egallay olishmadi |
| 12' | ![]() |
Vuuuuh! Koreyaliklar qisqa paslar orqali katta tezlikda jarima maydonchamizga kirib kelishdi, ammo so‘nggi pallada himoyachi to‘pni o‘zida uzoqlashtirib yubordi va xavf bartaraf etildi. Suyunov to‘pni egalladi |
| 10' | ![]() |
Odil Ahmedov 23 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi! Zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 7' | ![]() |
Koreyalik futbolchi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘pni Suyunov egallab oldi |
| 5' | ![]() |
Terma jamoamiz ishtirokida yaxshi hujum! Markaz bo‘ylab uyushtirilgan hujum chap qanotga ko‘chirildi va Sayfiyev yuqoridan uzatma berildi. Shorahmedov bosh bilan zarba berishga harakat qildi! Zarba aniq bo‘lmadi |
| 2' | ![]() |
O‘zbekiston oq, Janubiy Koreya qizil rangli formada o‘ynamoqda |
| 1' | ![]() |
Janubiy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|