Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
U23 Osiyo chempionatiga saralash
| 2-tur. 29 mart, soat 17:00 | ||
BANGLADESh |
0 : 4 |
O‘ZBEKISTONJaloliddin Masharipov (3)
Sardor Rahmonov (13, 29) Abbosbek Maxstaliyev (39) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Liton 2.Topu 3.Rayhon 4.Yosin Xon 5.Nahid 6.Muhammad Atiqur 7.Jevel Rana 10.Hemonta Sinvent 11.Sohel Rana 13.Shakil Ahmad 20.Vohid |
1.Akmal Tursunboyev 2.Akromjon Komilov 3.Sardor Rahmonov 6.Abbos Maxstaliyev 13.Hasan Asqarov 14.Javlon Mirabdullayev 16.Javohirbek Rasulov 17.Alisher Shog‘ulomov 18.Sardor Sobirxo‘jayev 19.Jaloliddin Masharipov 22.Temur Ayupov |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Rayhon (69)
|
Alisher Shog‘ulomov (52)
|
|
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Bangladesh U23 - O‘zbekiston U23 - 0:4. Terma jamoamiz guruhda 2-o‘rinda qoldi. Ashurmatov shogirdlari 31 mart kuni Osiyo chempionati yo‘llanmasi uchun Suriyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoamizni faqat g‘alaba qanoatlantiradi. |
| 90+1' | ![]() |
Bangladesh qarshi hujumda burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni vakillarimiz qaytarishdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 90' | ![]() |
Masharipov jarima zarbasini amalga oshirdi, Hakimov boshi bilan zarba berishga harakat qildi, ammo to‘p uning yonidan o‘tib ketdi |
| 85' | ![]() |
Terma jamoamiz to‘pni to‘liq nazorat qiishmoqda. Qisqa paslar orqali raqibni to‘psiz o‘ynashga majbur qilishmoqda |
| 82' | ![]() |
Masharipov yaxshi uzatma bilan Maxstaliyevni birga-bir vaziyatga chiqardi, ammo Abbos to‘pga biroz yeta olmadi. |
| 80' | ![]() |
Temur Ayupov bosh bilan zarba berdi. Noaniq |
| 75' | ![]() |
Hakimov maydonga tushishi bilan raqib himoyachilarini aldashga kirishib ketdi. Futbolchilarimiz bosim uyushtirishmoqda. Mezbonlar esa shunchaki to‘pni duch kelgan tomonga tepib yuborishmoqda |
| 72' | ![]() |
Bangladesh burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. |
| 71' | ![]() |
Akrom Komilov o‘rniga Jasur Hakimov tushirildi |
| 70' | ![]() |
Maxstaliyevning o‘zi jarima zarbasini tepdi. To‘p havo uchirdi... |
| 69' | ![]() |
Bangladesh himoyachisiga qizil kartochka! Maxstaliyev birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi, himoyachi Abbosni tortdan tortib yiqitdi. |
| 65' | ![]() |
Bangladesh hujum uyushtirdi, hujumchining zarbasini Akrom Komilov qaytardi va kichik jarohat oldi. Komilovning o‘zi to‘pni raqibga oldirib ko‘ygandi, ammo o‘zi xatosini tug‘irladi va unga zarba berishga imkon bermadi. |
| 62' | ![]() |
Shog‘ulomov chiqib ketganidan keyin Maxstaliyev hujum chizig‘ida o‘ynamoqda. |
| 61' | ![]() |
O‘zbekistonda ikkinchi o‘zgarish: Sardor Rahmonov o‘rniga Muhsin Ubaydullayev tushirildi. |
| 60' | ![]() |
Maxstaliyev chamasi 35 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Zarba xavfli, ammo biroz noaniq. |
| 60' | ![]() |
Maxstaliyev chamasi 35 metrlardan darvoza tomon zarba berdi. Zarba xavfli, ammo biroz noaniq. |
| 59' | ![]() |
Maydonda bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan bangladeshliklar oldinga o‘ta boshlashdi. |
| 55' | ![]() |
Masharipov tomonidan yo‘llangan jarima zarbasi xavfli bo‘ldi, ammo biroz aniqlik yetishmadi. Darvoqe, Jaloliddin o‘zining birinchi golini aynan jarimadan kiritgandi. |
| 54' | Nima keragi bor? Qachon tartibga kiradi bu jamoa futbolchilari? | |
| 52' | ![]() |
Shog‘ulomov raqib futbolchisini aldab o‘tayotganida himoyachini uni chalib yiqitdi. Alisher esa yotgan joyida raqib futbolsini turtib yubordi! Himoyachiga sariq, Alisherga qizil kartochka! |
| 52' | ![]() |
Alisher Shog‘ulomovga qizil kartochka! |
| 50' | ![]() |
Temur Ayupovning zarbasini darvozabon qaytardi, burchak to‘pi. Masharipovning burchakdan oshirilgan to‘pini himoyachilar qaytarishdi, Komilov qaytgan to‘pni yana jarima maydoniga oshirdi, Maxstaliyev unga biroz yeta olmadi |
| 49' | ![]() |
"Lokomotiv" hujumchisi Alisher Shog‘ulomov ancha faol, u raqib himoyachilarini bosim ostida ushlab turibdi |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi taym boshidan O‘zbekiston hujumga o‘tdi, o‘yin hozircha raqib jarima maydoni atrofida kechmoqda |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda jamoamizda o‘zgarish: Hasan Asqarov o‘rniga Nikita Pavlenko tushirildi. |
| ' | ![]() |
To‘plar nisbatiga ko‘ra Suriyadan oldinga o‘tib olishimiz uchun yana 3ta gol urishimiz kerak. Birinchi bo‘limda 4ta urdik, 3ta urish uchun 45 daqiqa yetarli bo‘lar... |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shilgandi. U nihoyasiga yetdi. Tanaffus. Hozircha Bangladesh - O‘zbekiston - 0:4. |
| 45' | ![]() |
Yana bir "standart", to‘p oldida Javohir Rasulov. Jarima zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 41' | ![]() |
Bangladesh murabbiyi o‘z shogirdlariga jarima maydoni yaqinida qoida buzmaslikni talab qilmoqda. O‘zbekistonning standartlari xavfli bo‘lmoqda. |
| 39' | ![]() |
GOOOOOL! Abbosbek Maxstaliyev, 0:4! Chap qanotdan Masharipov himoyachilarni chiroyli ortda qoldirdi va Maxstaliyevga ajoyib uzatma berdi. Abbos bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. |
| 38' | ![]() |
Yana bir hujum. Hasan Askarov o‘ng qvnotda hujumga faol qo‘shilmoqda. U ikki himoyachini ortda qoldirib, raqib jarima maydoniga to‘p uzatdi. Masharipov ham Rahmonov singari dubl qayd etishi mumkin edi, ammo to‘pga yeta olmadi. |
| 36' | ![]() |
Bangladesh burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Xavfni bartaraf etdik |
| 35' | ![]() |
Bangladesh o‘yindagi ilk xavfli hujumini uyushtirdi. Baxtimizga, vaziyat gol bian yakunlanmadi. |
| 33' | ![]() |
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun ko‘k formada, Bangladesh esa qizil formada o‘ynamoqda. Olimpiyachilarimizdar sardorlik vazifasi bugun Sardor Rahmonovga topshirilgan. Baxtiyor Ashurmatov yetakchi futbolchilarimizni Suriya bilan bo‘ladigan hal qiluvchi o‘yinga asrab qo‘ygan. |
| 29' | ![]() |
GOOOOOL! Sardor Rahmonov, 3:0! Burchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachimiz bosh bilan darvozaga joyladi! Sardor bugun "dubl"ni rasmiylashtirmoqda! |
| 27' | ![]() |
Ustunlik to‘laligicha O‘zbekiston tomonida. O‘ngda Maxstaliyev, chapda Masharipov faol o‘ynashmoqda |
| 25' | ![]() |
O‘yinning 3 va 13-daqiqalarida Jaloliddin Masharipov va Sardor Rahmonov gollari evaziga terma jamoamiz 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. |
| 20' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|