Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

U23 Osiyo chempionatiga saralash

31 mart, soat 14:00. Bosh hakam: Fahad al-Mirdasiy

O‘ZBEKISTON

Abbosbek Maxstaliyev (59)

1 : 2

SURIYa

Umar Xarbin (29, 45+3-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
1.Akmal Tursunboyev
2.Akromjon Komilov
3.Sardor Rahmonov
4.Boburbek Yo‘ldoshev
6.Abbosbek Maxstaliyev
7.Vladimir Kozak (S)
8.Abdulloh Olimov
10.Jamshid Iskandarov
11.Igor Sergeev
13.Hasan Asqarov
23.Diyorjon Turopov
  1.Abdulatif Nassan (S)
3.Muvayad al-Ajjan
5.Omro al-Midaniy
6.Ahmad Ashkar
8.Umar Xarbin
10.Mahmud al-Mavas
11.Hamid Mido
13.Mahmud al-Baher
15.Amro Jeniat
16.Muayad al-Xuli
20.Yusuf Xalfa
ZAHIRA
5.Xurshid Muxtorov
12.Abror Karimov
14.Javlon Mirabdullayev
16.Javohir Rasulov
18.Sardor Sobirxo‘jayev
19.Jaloliddin Masharipov
20.Muhsin Ubaydullayev
21.Abdumavlon Abdujalilov
22.Timur Ayupov
29.Nikita Pavlenko
33.Jasurbek Hakimov
  2.Xolid al-Mbayed
4.Hussayn al-Jvayd
7.Muhammad al-Marmur
9.Nassuh Nakkdahli
12.Vesam Diab Og‘a
14.Abdulmannon Ibrohim
17.Abdulloh al-Shamiy
18.Jihad Busmar
21.Vasim Nabhan
22.Ahmad Kan’an
23.Shahir ash-Shokir
24.Mo‘min Najiy
SARIQ KARTOCHKA
Diyor Turopov (31)
 
Hamid Mido (35)

Matn

'
Suriya terma jamoasi OCh yo‘llanmasini hal qildi. Yuqorida 2ta jamoa bizdan ortda qolishi aniq bo‘lganini aytib o‘tdik. Yana 3ta terma jamoa ortda bo‘lishini bugungi o‘yinlar orqali kutamiz. Saytimiz orqali kuzatib boring
90+2'
O‘yin yakunlandi! O‘zbekiston - Suriya - 1:2.
90'
Ikkinchi o‘rinni egallab urganlar orasida Vyetnam ham bor. Bu jamoa 2ta turdan so‘ng 3 ochko bilan minus 1 to‘plar nisbatiga ega edi. Bu jamoa ayni paytda Makao bilan o‘ynamoqda. O‘yin 14:00da boshlangandi, ammo yomg‘ir tufayli 10-daqiqada to‘xtab qoldi. Bu paytda vyetnamliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishayotgan edi. O‘yin davom ettirilmoqda. Vyetnam O‘zbekistondan o‘tib ketishi uchun 6ta to‘p farqi bilan yutishi lozim.
87'
Olimpiyachilarimiz hisobni tenglashtirish uchun harakat qilishmoqda. Suriya yaxshi himoyalanmoqda.
82'
Ikkinchi o‘rin orqali 5ta yo‘llanmaga da’vogarlar orasida hozircha Myanma va Indoneziyadan aniq oldindamiz. Bu jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazib bo‘lishdi. Demak, yana 3ta jamoadan oldinda bo‘lishimiz kerak
77'
O‘yinning 77-daqiqasi o‘tib bormoqda. Hisob o‘zgarganicha yo‘q. Urilgan gol vakillarimiz ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi kerak. Bizga yana kamida 1ta gol kerak...
70'
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining golini Abbos Maxstaliyev urganini aniqlashtirdik
68'
Hozircha O‘zbekiston - Suriya - 1:2 hisobi saqlanib turibdi
66'
"Sport" kanali jonli efirga Yaponiya-O‘zbekiston o‘yinini ulavorgani uchun hozircha boshqa manba topishga harakat qilyapmiz
59'
GOOOOL! O‘zbekiston olimpiyachilari hisobni bittaga qisqartirishdi!
55'
Demak, O‘zbekistonda dastlabki o‘zgarish bo‘lgan: Diyor Turopov o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushirilgan
55'
Maxstaliyev o‘ng qanotda to‘pni egallab, Iskanderovga yetkazdi. Jamshid jarima maydonchasi chizig‘i ustida turgan Masharipovga uzatma berdi. Jaloliddin zarba berish o‘rniga to‘pni orqaroqqa yetkazishga qaror qildi va to‘pni raqib futbolchisi egallab oldi
54'
Maxstaliyev to‘pga yeta olmadi, Davrozabon to‘pni egallab oldi
51'
Hozircha faqat Suriya hujum qilmoqda. Biznikilar hujumga o‘itb qolishsa, albatta xabar beramiz
50'
Oohohoo! Hamid Mido kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
48'
Jamoamiz o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p raqiblarga nasib etdi
47'
Suriya xavfli hujum yuzaga keltirishda davom etmoqda. O‘ng qanotdan yetkazilgan jarima to‘pini bartaraf etgandek bo‘lgandik, ammo takroriy hujum xavfli bo‘ldi. Yo‘ldoshev bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
46'
Rahmonov darhol raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p posbonga nasib etdi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha O‘zbekiston - Suriya - 0:2. Birinchi bo‘limga to‘la mos hisob
45+3'
GOOOL! Umar Xarbin, 0:2! To‘pni markaz bo‘ylab yerlatib dumalatdi. Tursunboyev o‘zidan o‘ng tomonga tashlandi.
45+2'
Darvozamiz tomon penalti belgilandi! Rahmonov kerakmas joyda raqib futbolchisini tortib yiqitdi!
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi!
45'
Chap tomondan jarima maydonchasiga kirgan Masxtaliyevga uzatma berildi. Ammo Abbos to‘pga yeta olmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi
43'
Suriyaliklar hujum tashkil qilishga urinishdi
40'
Iskanderov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Turopov raqib himoyachisini orqasidan turtgani uchun o‘yin to‘xtatildi
38'
Burchak zarbasini darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
37'
Vuuuuh! Iskandarov o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmasini Rahmonov bosh bilan davrozaga burdi. Nassan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi.
36'
Jarima zarbasi taxlikali bo‘ldi, ammo vaziyat burchak to‘pi bilan yakunlandi
35'
Hamid Mido ogohlantirildi. U futbolchimizga nisbatan xavfli tashlandi
33'
Jarima zarbasi olis "to‘qqizlik" tomon aylantirildi. Akmal bir amallab to‘pni maydon tashqarisiga burib yubordi
33'
Suriya ketma-ket hujum qilmoqda. Abdulloh Olimov o‘yin qoidasini buzdi
32'
Vuuuh! Suriyaliklar omadsizlik tufayli darvozamizni ishg‘ol qila olishmadi! Xarbin jarima maydonchasi ichida chap tomondan yetkazilgan to‘pni Tursunboyev qaytardi. Qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llaydigan futbolchi topilmadi
31'
Diyor Turopov sariq kartochka oldi. Raqib oyog‘iga tepdi
29'
GOOOL! Umar Xarbin, 0:1! Suriya baribir hisobni ochdi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmani Rahmonov qaytardi. Al-Mavasning uzatmasini Xarbin bosh bilan darvozaga yo‘lladi. Tursunboyev to‘pga tashlandi va uni qaytardi. Qaytgan to‘pni Umarning o‘zi darvozaga joyladi!
28'
Nihoyat, O‘zbekiston terma jamoasi darvoza tomon dastlabki zarba berdi. Sergeevning 18 metrlardan yo‘llagan zarbasini Abdulatif egallab oldi
26'
Vuuuh! Mahmud al-Mavas 30 metrlardan kuchli zarba berdi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
25'
Jamoalarga tomoqni ho‘llab olish uchun 1 daqiqa tanaffus berildi
23'
Abbos o‘z qanotidan suriyalik futbolchiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
22'
Maxstaliyev o‘ng qanotdan uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
20'
Vuuuuuuh! Bizni darvoza to‘sini muqarrar goldan qutqardi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga Umar Xarbin 1 metrdan zarba berdi. To‘p to‘singa tegib qaytdi!!!
19'
Suriya o‘ng qanotdan jarima zarbasini tepdi. To‘p suriyalik futbolchiga tekkan holda maydonni tark etdi
17'
Iskandarov Turopovning tezligiga ishonib, jarima maydonchasiga uzatma berdi. Diyor to‘pga yeta olmadi
16'
Vuuuuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Xuliy bosh bilan kuchli zarba berdi. To‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi
14'
Maxstaliyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo ofsaydda qolgandi
12'
4-daqiqadagi birga bir vaziyatdan keyin ustunlik Suriya tomoniga o‘tib ketdi. Jamoamiz endi vaziyatni o‘nglashga harakat qilishmoqda. Maxstaliyev o‘ng tomondan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytara olmadi, ammo Sergeev yugurishdan to‘xtab qolgani uchun to‘pni darvozabon egallab oldi
10'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani hujumchi 11 metrli nuqta ustidan darvozaga yo‘llay olmadi. To‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi
9'
Vuuuuuuh! Mahmud 20 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida Tursunoyev qo‘riqlayotgan darvoza ustuniga tegib qaytdi! Qaytgan to‘pni himoyachilarimiz tepib yuborishdi
8'
Suriya burchak to‘pi ishladi
4'
Darvozamiz oldida xavfli vaziyat! Mahmud al-Mavas darvozabonimiz bilan birga bir vaziyatga chiqdi va Tursunboyevni aldab o‘tib, yiqildi. Mirdasiy penalti belgilamadi. E’tiroz bildirgan Mahmudni og‘zaki ogohlantirdi
2'
Terma jamoamiz o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga kirib kelishdi, 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berildi. Sergeev bosh bilan darvoza tomon zarba bera olmadi
1'
O‘yin boshlandi!
13:59'
Hakamlar va jamoalar sardorlari ishtirokida mini-qur’a bo‘lib o‘tdi. O‘yinni suriyaliklar boshlaydigan bo‘lishdi, adashmasak
13:58'
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O‘zbekiston oq, Suriya qizil rangli formada o‘ynaydi.
13:57'
O‘zbekiston - SUriya o‘yini "Sport" kanali orqali jonli translyasiya qilinishini ta’kidlab o‘tamiz
13:50'
Bugungi hal qiluvchi o‘yinni saudiya arabistonilik Fahad al-Mirdasiy boshqarib boradi. Fahad yosh bo‘lishiga qaramay, tez o‘sayotgan hakamlardan biri. FIFA uni U20 JChga xam taklif qildi
13:44'
Bugungi o‘yinda durang natija har ikkala jamoani ham qanoatlantiradi. Boisi, Suriya guruhda 1-o‘rin bilan, O‘zbekiston esa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha OCh yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. 10ta saralash guruhida 2-o‘rinni egallagan orasida 5tasi Qatarda o‘tadigan OChga boradi. 7 ochko va +6 to‘plar farqi terma jamoamizga bunday imkoniyatni beradi
13:42'
O‘yin boshlanishiga 18 daqiqa vaqt qolmoqda. Ushbu o‘yin Osiyo chempionati yo‘llanmasini hal qiladi. Terma jamoamiz yo‘llanmani hal qilishi uchun bugun g‘alaba qozonishi shart. Aks holda, yo‘llanma taqdiri oshqa guruhlar bilan hisob-kitoblarga qolib ketadi...
'
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar! Barchangizni O‘zbekiston va Suriya olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni biz bilan kuzatib borishga taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.