Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

31 mart, soat 15:25

YAPONIYa

Toshixiro Aoyama (7)
Okazaki (54)
Shibasaki (79)
Takashi Usami (83)
Kavamata (90)

5 : 1

O‘ZBEKISTON

Islom To‘xtaxo‘jayev (81)
JAMOALAR TARKIBI
Eyji Kavashima
Asuto Uchida
Masato Morishige
Gen Shoji
Gotoku Sakai
Toshixiro Aoyama
Yasuyuki Konno
Takashi Inui
Keysuke Xonda
Shinji Kagava
Shinji Okazaki
  Akbar To‘rayev
Anzur Ismoilov
Islom To‘xtaxo‘jayev
Shuhrat Muhammadiyev
Aleksandr Merzlyakov
Aziz Haydarov
Lutfulla To‘rayev
Sanjar Tursunov
Sardor Rashidov
Vohid Shodiyev
Bahodir Nasimov
ZAHIRA
  Eldorbek Suyunov
Karim Muhammedov
Artyom Filiposyan
Shavkat Mullajonov
Akmal Shorahmedov
Farrux Sayfiyev
Sardor Mirzayev
Shahzod Nurmatov
Zohir Qo‘ziboyev

Matn

90'
Uchrashuv yakuniga yetdi. O‘rtoqlik uchrashuvida terma jamoamiz safarda Yaponiya terma jamoasiga 1:5 hisobida yutqazdi.Xayr, sog‘ bo‘ling!
90'
Gol! Kavamata! 0:5!
89'
Usami hisobni 5:1ga yetkazishi mumkin edi, Akbar To‘rayev to‘pni qaytardi.
83'
Gol! Usami! 1:4!
81'
Gol! To‘xtaxujayev! 1:3.
'
Rashidov jarima zarbasini bir kishilik "jonli" devorga tekkizishning uddasidan chiqdi". Qaytgan to‘p bilan yaponlar darrov qarshi hujumga o‘tdi Akbar To‘rayev Noyerlik qilib unga qarshi chiqdi Shibasaki uzoq masofadan darvozabonimiz ustidan oshirib gol urdi. Boshqa bir yapon futbolchisi darvozaga kirguncha to‘pni qo‘riqlab bordi.U bilan irga yugurgan Lutfulla tezlikda yutqazdi.
'
Hisob yiriklashdi! 0:3! Shibasaki!
78'
Vakillarimiz o‘zgarish: Nasimov o‘rniga Shahzod Nurmatov tushdi.
76'
Rashidov to‘rtinchi zarbani uvol qildi!
74'
Bizda o‘zgarish: Muhammadiyev o‘rniga Akmal Shorahmedov tushdi.
71'
Yaponiyada o‘zgarish: Honda o‘rniga Osako tushdi. Yaponlar deyarli yarim tarkibni almashtirib tashladilar ammo o‘yin hamon - o‘sha-o‘sha...
69'
Hujumda juda noaniq harakat qilishyapti, vakillarimiz... Hamjihatlikdan asar yo‘q...
68'
Yaponlarda o‘zgarish: Kagava o‘rniga Shibasaki tushdi.
67'
Hozir vakillarmiz xavli vaziyat yaratishdi, ammo bir joyga yig‘ilib olgan futbolchilarmiz qulay imkoniyatdan foydalan olishmadi.
65'
Sardor Rashidov uchinchi zarbasi juda noaniq ketdi... Bunaqa zarbalar bizga kerakmas...
63'
Yaponlarda navbatdagi xavli vaziyat, yaxshiki yapon hujumchisi qanotdan oshirilgan to‘pga yeta olmadi.
57'
Bizda ikkita o‘zgarish: Merzlyakov o‘rniga Farrux Sayfiyev, Tursunov o‘rniga Sarlor Mirzayev maydonga tushishdi.
57'
Jarimani vakillarmiz juda yomon bajarishdi...
57'
Vakillarimiz o‘ng qanotdan jarima zarbasi tepadi.
54'
Okazaki nihoyat o‘z maqsadiga yetdi... Bir qarashda himoyachilarmiz hujumni qaytarishgan edi. Ammo qaytgan to‘pni yapon futbolchisi jarima maydonchamiz ichida yolhiz turgan Okazakiga yetkazdi, u xotirjam boshi bilan darvozamizni ishg‘ol qildi.
54'
Gol! Okazaki! 0:2.
53'
Ikkinchi bo‘limda Vohid Shodiyev o‘rniga Zohir Qo‘ziboyev tushgan.
52'
Okazaki himoyachilarimiz qurshovida uzoqroqdan zarba berdi, noaniq.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Birinchi bo‘lim haqida nima deyishimiz mumkin, tezkor gol, yaponlarning tartibli, aniq paslarga asoslangan tezkor hujumlari, stadiondagi muhit - bularning bari bugun yirik hisobdan darak berayotganday tuyulgan edi. Ammo bizda ham gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi, bo‘lib ham, bir nechta vaziyat. Ularni yakuniga yetkazishda futbolchilarimizga sovuqqonlik yetishmadi. Hujumlarda ham shoshib qolishmoqda futbolchilarmiz.
45+1'
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shib berligandi, u ham nihoyasiga yetdi.
45'
Akbar To‘rayev yana bir goldan qutqardi. Yaponlar jarima to‘pni kutilmaganda tezkor o‘yinga kiritdilar, hujumchi maydonchamiz ichiga kirib zarba berdi, To‘rayev zarbani qaytardi.
40'
Jarima to‘pini Rashidov kuchli zarba bilan darvozaning olis burchagi tomon yetkazdi, bu yerda To‘xtaxo‘jayev boshi bilan zarba berdi, ammo gol bo‘lmadi. Oxirgi pallada Islom ko‘zini yumib olgan ekan...
40'
O‘ng qanotdan vakillarmiz jarima to‘pi tepadilar.
36'
Shuhrat Muhammadiyev yaponlarning xavfli hujumini yo‘qqa chiqardi! Yaxshi, Shuxrat.
32'
Sheriklari chap qanotdan oshirgan to‘pni Muhammadiyev noqulay vaziyatda bo‘lsada bosh bilan darvozaga yo‘llamoqchi bo‘ldi.
30'
Biznikilar xavli vaziyat yaratishdi. Chap qanotdan uyushtirilgan hujum natijasida Melrzlyakov to‘pni jarima maydonchasi ichiga oshirdi Sanjar Tursunovning zarbasi o‘xshamadi. To‘pni Kavashima egallab oldi.
27'
Shodiyev raqib maydonchasi ichida Rashidovga biroz kech bo‘lsada to‘p oshirdi, ammo Sardor to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. Xavli vaziyat bo‘lishi mumkin edi.
26'
Hujumda shoshilib qolishmoqda futbolchilarmiz. Vohid Shodiyev sheriklari bilan o‘nasa bo‘ladigan vaziyatda uzoqdan kuchsiz zarba berdi.
19'
Futbolchilarimiz biroz bosim ostida qolganga o‘xshayapti, Akbar To‘rayev to‘pni himoyachimizga oshirishi mumkin bo‘lgan joyda yuqorilatib autga chiarib yubordi...
19'
Futbolchilarimiz biroz bosim ostida qolganga o‘xshayapti, Akbar To‘rayev to‘pni himoyachimizga oshirishi mumkin bo‘lgan joyda yuqorilatib autga chiarib yubordi...
19'
Futbolchilarimiz biroz bosim ostida qolganga o‘xshayapti, Akbar To‘rayev to‘pni himoyachimizga oshirishi mumkin bo‘lgan joyda yuqorilatib autga chiarib yubordi...
17'
Yaxshi hujum uyushtirishdi vakillarimiz! Jarima to‘pi yaponlarning maydonchasi ichiga yetkazib berildi. Vohid Shodiyev zarba berishga imkoniyat topa olmay to‘pni orqaga To‘rayevga oshirdi, Lutfullaning zarbasi kuchsiz bo‘ldi.
13'
Sanjar Tursunov sherigining o‘ng qanotga oshirgan to‘pga yetib kela olmadi. Hujum yakuniga yetmay qoldi.
11'
Sardor Rashidov!!! Golga munosib javob berishi mumkin edi, ammo uning zarbasi noaniq ketdi!
'
Goldan bir daqiqa o‘tib Okazaki hisobni 2:0ga yetkazishi mumkin edi. Ammo uning zarbasiga himoyachimiz to‘sqinlik qildi.
'
Yaponlarning hujumini himoyachilarimiz maydon chetiga chiqarib yubordilar, burchak to‘pini Akbar To‘rayev qaytardi, undan qaytgan to‘pni Aoyama uzoq masofadan darvozaga joyladi!
6'
Gol! Aoyama! 0:1!
5'
Yaponlar uchrashuv boshidanoq faol.
4'
Yaponlar Sanjar Tursunovni yiqitishdi. U o‘rnidan turdi va o‘yin davom etadi.
1'
Uchrashuv boshlandi!
'
Endi esa mezbon - Yaponiya madhiyasi kuylanyapti.
'
Davlatmiz madhisi yangramoqda!
'
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvdan onlayn translyasiyani boshlaymiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.