Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Oliy liga-2015
| 3-tur. 4 aprel, soat 16:00 | ||
METALLURGSardor Rasulov, 30
|
1 : 0 |
MASH’AL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
32.Suhrob Sultonov 4.Hikmat Hoshimov 6.Dilmurod Karimov 7.Doniyor Odilov 9.Shahzod Nurmatov 14.Davron Karimqulov 15.Alisher Ziyovuddinov 20.Mirg‘iyos Sulaymonov 21.Sardor Rasulov 22.Murod Toshmatov 88.Javlon Mirabdullayev |
30.Botir Nosirov (c) 5.G‘iyosjon Komilov 7.Jahongir Jiyamurodov 8.Abbos Omonov 10.Jamshid Hasanov 20.Sherzod Fayziyev 27.Vladislav Ivanov 55.Mikita Bukatkin 70.Shohruh Dostonov 88.Qahramon Bahodirov 90.Zafar To‘rayev |
|
| ZAHIRA | ||
|
91.Zafar Safoyev 10.Shohnazar Norbekov 13.Aleksandr Kovalyov 19.Ruslan Vagapov 23.Mirto‘ra Akbarov 55.Zohid Abdullayev 77.Saidjon Abdujabborov |
1.Sanjar Quvvatov 4.Iqbol Boboxonov 9.Humoyun Murtozayev 13.Shahzod Shaymanov 25.Ixtiyor Toshpo‘latov 26.Zohir Qo‘ziboyev 77.Doston Abdurahmonov |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. Metallurg Mash’al ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi! Shuning bilan onlayn translyasiyamizni tugatamiz,xay, sog‘ bo‘ling! |
| 90+3' | ![]() |
Jarima to‘pidan foydalan olmadi Mash’al. |
| 90+3' | ![]() |
Toshmatov Bukatkinga qarshi qo‘pol o‘ynadi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi. |
| 89' | ![]() |
Nosirov tepgan to‘p raqib safidagi ampluadoshiga borib tushdi. |
| 89' | ![]() |
So‘nggi daqiqalarda Mash’al bosim uyushtirmoqda. Maydon markazidagi jarima to‘pni darvozabon Nosirov tepmoqda! |
| 83' | ![]() |
Metallurgda o‘zgarish: Shahzod Nurmatov o‘rniga Shoxnazar Norbekov tushdi. |
| 83' | ![]() |
Shahzod Shaymanov xavfli burama zarba berdi, Sultonov to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 78' | ![]() |
Mash’alda o‘zgarish: Abbos Omonov o‘rniga Shahzod Shaymanov tushdi. |
| 82' | ![]() |
Metallurgda o‘zgarish: Doniyor Odilov o‘rniga Aleksandr Kovalev tushdi. |
| 79' | ![]() |
Masha’al navbatdagi burchak to‘pni tepdi, shundan so‘ng xavfli vaziyat yaratdi, ammo samarasiz. |
| 77' | ![]() |
To‘p Mash’al darvozasidan joy oldi, ammo hakam bu vaziyatda darvozabonga qo‘pollik qilingan deb topdi. |
| 76' | ![]() |
Zafar To‘rayev Ruslan Vagapovni maydonga yiqitdi, hakam jarima to‘pini belgiladi, bunga norozilik bildirgan Hasanov sariq kartochkalik bo‘lib oldi. |
| 73' | ![]() |
Metallurgda o‘zgarish: Sardor Rasulov o‘rniga Ruslan Vagapov tushdi. |
| 72' | ![]() |
Doniyor Odilov chiroyli pas bilan oldindagi Karimovga to‘p oshirib berdi, Dilmurod o‘ziga qulay vaziyat yaratish uchun himoyachini aldab o‘tmoqchi bo‘lib, oldirib qo‘ydi. yaratish |
| 70' | ![]() |
Mash’alning xavfli hujumi! Jamshid Hasanov raqib maydonchasi oldida ajoyib harakatlar bilan to‘pni sherigi Zohir Qo‘ziboyevga yetkazib berdi, Zohir yiqilayotibzarba bera oldi, to‘p to‘singa tegdi!!! |
| 67' | ![]() |
Mana endi mezbonlar ustunlikni qo‘lga oldilar deyishimiz mumkin. Yana hujam va himoyachi (!) Javlon Mirabdullayev 11 metrlik nuqta oldidanto‘pni balandga tepib yubordi! |
| 67' | ![]() |
Karimov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to‘p oshirdi, Nurmatov to‘pga yeta olmadi, xavfli vaziyat bo‘lgan edi! |
| 64' | ![]() |
Dilmurod Karimov!!! O‘ng qanotdan sheriklari unga qulay to‘p oshirishdi, ammo Dilmurod to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga tepishga qror qildi, ammo to‘p uning oyog‘iga noqulay keldi, zarba o‘xshamadi! |
| 63' | ![]() |
Alisher Ziyovuddinov jarima maydonchasi ichida zarba berish imkoniyati bo‘ldi, zarba berdi ham, ammo noaniq. |
| 60' | ![]() |
Dilmurod Karimov darvoza tomon burama to‘p yubordi, ammo to‘p mo‘ljaldan biroz yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 57' | ![]() |
"Mash’al"ning ikkinchi burchak to‘pi samarsiz yakunlandi. |
| 56' | ![]() |
Metallurgning navbatdagi hujumini Mash’al himoyachilari qaytarishdi. |
| 55' | ![]() |
Zohir Qo‘ziboyevning zarbasi o‘xshamadi. |
| 53' | ![]() |
Dilmurod Karimov 35 metrdan jarima zarbasini tepdi, ammo to‘p hech kimga tegmay maydonni tark etdi. |
| 51' | ![]() |
Nikita Bukatkin juda noaniq zarba berdi. |
| 47' | ![]() |
Jiyamurodov uzatgan burchak to‘pini Sultonov egallab oldi. |
| 47' | ![]() |
Mash’al burchak to‘pi tepmoqda. |
| 46' | ![]() |
Mash’alda o‘zgarish: Shohruh Dostonov o‘rniga Zohir Qo‘ziboyev o‘yinni davom ettiradi. |
| 46' | Jamoalar maydonga tushishmoqda. | |
| ' | Birnchi bo‘lim haqida. Dastlabki yarim soat ichida jamoalardan biri ikkinchisidan ustun ko‘rinmadi. Goldan keyin "Metallurg" faollashdi. Oxirgi daqiqalarda boim uyushtira oldi. | |
| 45' | ![]() |
Bo‘limga vaqt qo‘shilmadi va jamoalar tanaffusga chiqib ketishmoqda. |
| 45' | ![]() |
Uhhh! Shahzodbek Nurmatovning kuchli zarbasini Nosirov qaytarib qoldi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limning oxiriga kelib maydon egalari bosim uyushtiriga erishdi. |
| 45' | ![]() |
Toshmatov chap qanotdan hujum uyushtirdi, uning darvozaga bergan zarbasi mezbonlarga tegib maydonni tark etdi. |
| 44' | ![]() |
Zafar To‘rayev Alisher Ziyovuddinovni maysaga yiqitdi. Hakamdan og‘zaki ogohlantirish oldi. |
| 42' | ![]() |
Metallurg hujumi. Raqib jarima maydonchasi ichida Toshmatov va Rasulovlar bir-birini tushunmadi. |
| 38' | ![]() |
Jamshid Hasanov uzoqdan kuchli,xavfli, biroq noaniq zarba berdi. To‘p darvozadan biroz yuqoridan o‘tib ketdi. |
| 35' | ![]() |
Sardor maydonga qaytdi. |
| 34' | ![]() |
Mash’al jarima to‘pi tepdi, to‘p "jonli devor"da turgan gol muaalifi Rasulovga tegdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. |
| 32' | ![]() |
Davron Karimqulov raqibiga qo‘polligi uchun sariq kartochka bilan siylandi. |
| 30' | Murod Toshmatov burchak to‘pini amalga oshirdi, jarima maydonchasi ichida hammadan ildam harakat qilgan Sarlor Rasulov boshi bilan to‘pni darvozaga joyladi - 1:0. | |
| 30' | ![]() |
Gooooooooooool! 1:0. Sardor Rasulov! |
| 29' | ![]() |
Metallurg burchak to‘pi tepadi. |
| 28' | Birinchi bo‘limning yarmi ham ortda qoldi, boshida aytganimizdek, hali hech qaysi jamoa ustunlik qila olmayapti. | |
| 27' | ![]() |
Mezbonlar yaxshi vaziyatga ega bo‘lishlari mumkin edi, hujumni yakunlashda Nurmatovga raqiblari yo‘l qo‘ymadi. |
| 25' | ![]() |
Jarima to‘pini Odilov yerlatib uzatdi, Hoshimov uni ko‘tardi, ammo hujum samarsiz yayakunlandi. Metallurg futbolchilar ushbu vaziyatni ko‘p mashq qilgan ko‘rinadilar. |
| 24' | ![]() |
Mash’al futbolchilar o‘z jarima maydonchalari yaqinida Karimovni yiqitishdi. Metallurg jarima to‘pi tepadi. Chap tomondan. |
| 21' | ![]() |
Zafar To‘rayevga tibbiy yordam ko‘rsatildi. U maydonga qaytdi. |
| 21' | ![]() |
Dilmurod Karimov maydon markazida Zafar To‘rayevga qo‘pol o‘ynadi. |
| 19' | ![]() |
Abbos Omonov kuchli, lekin noaniq zarba berdi. |
| 18' | ![]() |
Mash’al futolchilar navbatdagi hujum vaqtida offsaydda qoldilar. |
| 17' | ![]() |
Mash’alning navbatdagi hujumida havodan kelgan to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan Shohruh Dostonov ogohlantirildi. |
| 16' | ![]() |
Mash’al xavfli hujum uyushtirishi mumkin edi, ammo hakam mehmonlar hujumchisi o‘yin qoidasini buzdi, deb topdi. |
| ' | Metallurg stadionida muxlislar kam yig‘ilmagan bo‘lsalarda,maydondagi futbolchilarning o‘zaro "oshir", "qara" degan xitoblari bemalol eshitilib turibdi. | |
| 13' | ![]() |
Mehmonlarning navbatdagi hujumida Bahodirov to‘pni jarima maydonchasi ichiga yetkazdi, bu to‘pga Sultonov ega chiqdi. |
| 12' | ![]() |
Shohruh Dostonov 22 metrdan mezbonlar darvozasiga qarata noaniq zarba berdi. |
| 11' | ![]() |
O‘yin maydonning mehmonlar qismiga ko‘chdi. |
| 10' | ![]() |
Karimov va Rasulovlar hujumni rivojlantirishlari mumkin edi ammo Mash’al himoyachilari xavfni bartaraf etishdi. |
| 8' | ![]() |
Bahodirov autdan to‘pni Metallurg jarima maydonchasi ichiga yetkazib berdi, ammo mezbon himoyachilari hushyor. |
| 6' | ![]() |
To‘p bilan ko‘proq Mash’al muomala qilmoqda. |
| 4' | ![]() |
Hozircha, biron jamoa ustunligi bilan maqtana olmaydi. O‘yin teng kurashlar ostida kechmoqda. Ikki jamoa ham tashabbusni qo‘lga olish harakatida. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuvga start berildi, to‘pni mezbonlar o‘yinga kiritdilar. |
| ' | ![]() |
Metallurg maydonning o‘ng tomonidan, Mash’al esa chap tomonda joy oldi. |
| ' | ![]() |
Jaoalar maydonga chiqib kelishdi. PFL madhiyasi yangramoqda. Mezbonlar oq libosda, mehmonlar ko‘k libosda o‘ynaydilar. |
| ' | ![]() |
Stadionga muboraklik muxlislar ham kirib kelishdi. |
| ' | ![]() |
Futbolchilar maydonda chigilyozdi mashqlarni bajarishib, stadion binosi ichiga qayti kirib ketdilar. |
| ' | ![]() |
"Metallurg" - "Masha’l" |
| ' | ![]() |
"Metallurg" - "Masha’l" |
| ' | ![]() |
Bugun Oliy liga 3-turi doirasida bekobodlik "temirchilar" (bu nom birinchi marta qo‘llanilmoqda)muboraklik "alangachilar"ni qabuli qilishmoqda. |
| ' | ![]() |
Klaviaturalarimiz Bekoboddagi markaziy stadionning matbuot lojasiga joylashtirilgan. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari!Bekoboddan yozamiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|