Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

31-tur, 4 aprel, soat 16:45

ARSENAL

Bellerin (37)
Mesut O‘zil (40)
Aleksis Sanches (45)
Olivye Jiru (90+1)

4 : 1

LIVERPUL

Xenderson (76-pen.)
JAMOALAR TARKIBI
13.David Ospina (D)
04.Per Mertezaker
06.Loran Koselni
18.Nacho Monreal
39.Ektor Bellerin
16.Aaron Remzi
34.Fransis Koklen
11.Mesut O‘zil
19.Santi Kasorla
17.Aleksis Sanches
12.Olivye Jiru
  22.Simon Minyole (D)
04.Kolo Ture
17.Mamadu Sako
21.Lukas Leyva
31.Rahim Sterling
24.Jo Allen
23.Emre Jan
18.Alberto Moreno
14.Jordan Xenderson
10.Filippe Koutinyo
50.Lazar Markovich
ZAHIRA
26.Damyen Martines (D)
03.Kiran Gibbs
05.Gabriel Paulista
07.Tomash Rosiski
20.Matye Flamini
23.Danni Uelbek
14.Teo Uolkott
  01.Bred Jons (D)
06.Deyan Lovren
02.Glen Jonson
19.Xavi Mankilyo
32.Kemeron Brannagan
15.Daniel Starrij
29.Fabio Borini
QIZIL KARTOCHKA
 
Emre Jane (84)

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
O‘YIN YAKUNLANDI! "ARSENAL" - "LIVERPUL" - 4:1. Venger shogirdlari 3-o‘rinni o‘zlarida saqlab qolishdi. Ular 2-o‘rin uchun ham kurashishda davom etishadi. "Liverpul" esa YECHL bilan deyarli xayrlashdi
90+4'
Uelbek ofsaydda qoldi
90+3'
Vuuuh! Uelbek 12 metrlardan o‘tkir burchak ostidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi
90+1'
GOOOOOOL! Olivye Jiru, 4:1! 20 metrlardan kuchli zara yo‘llab, hisobni yana yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
90'
Vuuuuuh! Chap qanotdan yerlatib berilgan uzatmaga Kasorla zarba yerdi. To‘p yaqin ustunga tegib, maydonni tark etdi!
88'
Vuuuh! Yuqoridan yetkazilgan uzatmani Jiru bosh bilan Uelbekka qoldirdi. Danni yaqin masofadan zarba berishga ulgurmadi
85'
Santi Kasorla jarimadan yo‘llagan zarba olis ustun yonidan o‘tib ketdi
84'
"Liverpul" himoyachisi Emre Jan ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydonni tark etdi.
80'
Uelbekkkk! Chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va bir himoyachini aldab o‘tib, darvozabon bilan birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p Minyolega tegib, maydonni tark etdi!
76'
GOOOOL! Jordan Xenderson! 3:1. To‘p Ospinaning qo‘liga tegib, burchakka kirib ketdi.
75'
PENALTI! Bellerin jarima maydonchasi ichida Sterlingni chalib yiqitdi.
74'
"Liverpul" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jo Allen jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbbasi ancha noaniq bo‘ldi
73'
"Arsenal"da o‘zgarish: Mesut O‘zil o‘rniga Danni Uelbek tushirildi
72'
Jo Allen 16 metrlardan yo‘llagan zarba himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to‘pidan so‘ng Emre Jan noaniq zarba yo‘lladi
70'
Bellerin sariq kartochka oldi. U maydon markazida Sterlingni tortib qoldi
66'
"Liverpul" hujum tashkil qilishga harakat qilmoqda. "Arsenal" esa hozircha himoyalanmoqda.
63'
Kuotinyo 22 metrlardan yo‘llagan zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
61'
"Arsenal"da o‘zgarish: Remzi o‘rniga Matyo Flamini tushirildi
56'
Endi Ospina qahramonlik ko‘rsatib, Emre Jan yo‘llagan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
55'
Vuuuuuuh! O‘zil yetkazib bergan uzatmani Jiru 5 metrdan bosh bilan darvoza tomon burdi. Minyole katta qiyinchilik bilan to‘pni davroza ustidan o‘tkazib yubordi!
54'
Vuuuuuh, Sanches Jiruni qulay vaziyatga chiqardi, ammo Olivye to‘pga yeta olmadi
51'
Sterling jarima maydonchasi chizig‘i ustidan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi
50'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani "Liverpul" himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
49'
"Arsenal"da ham o‘zgarish: Koselni o‘rniga Gabriel Paulista tushirildi
49'
Emre Jan ogohlantirish oldi. Kasorlaning oyog‘iga tepgani uchun
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
46'
"Liverpul"da o‘zgarish: maydonga Starrij tushirildi. Markovich maydonga qaytmadi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Arsenal" - "Liverpul" - 3:0. Tanaffus
45'
GOOOOOOOL! Aleksis Sanches, 3:0! Mezbonlar maydon markazida to‘pni egallashdi va juda tezkorlik bilan hujumkor kombinasiya tashkil qilishdi. Sanches jarima maydonchasi ostonasida bir himoyachini aldadi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
45'
Markovich tomon uzatma berildi, ammo Lazar to‘pga yeta olmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi
42'
"Arsenal" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Jiru bosh bilan zarba berishga harakat qildi. Ammo zarba qovushmadi
40'
GOOOOOOL! Mesuuuut O‘ziiiiil! Jarima zarbasini chiroyli tarzda olis burchakka joylab qo‘ydi! 2:0!
39'
Mamadu Sako shundoqqina jarima maydonchasi yarim doirasi oldida O‘zini chalib yiqitdi
37'
GOOOOOOOOL! Bellerin, 1:0! "Arsenal" himoyachisi hujumga qo‘ishildi, u o‘ng qanotdan O‘zil yetkazgan to‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qildi va bir futbolchini aldab, olis burchakka aylanma zarba berdi. Minyole zarbani qaytara olmadi!
34'
"Kanonirlar" to‘pni nazorat qilishmoqda. Ammo xavfli vaziyat yarata olishmayapti. "Liverpul" qarshi hujumda xavfliroq ko‘riinmoqda
30'
Sterling chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va narigi qanotdan darvozaga yaqinlashib kelgan Markavichga uzatma berdi. Lazarga to‘pga yeta olmadi. Aks holda birga bir vaziyatda zarba berishi mumkin edi
26'
Remzi o‘ng qanotdan havolatib uzatma berdi. HImoyachilar xavfli vaziyat bo‘lishiga yo‘l qo‘yishmadi
25'
"Liverpul" futbolchisi maydon markazida to‘pni olib qo‘ydi va darhol oldingi chiziqdagi Sterlingga uzatma berdi. Rahim bir futbolchini aldab o‘tib, 20 metrlardan zarba berishga qaror qildi. Zarbaga aniqlik yetishmadi
22'
Koutinyo olis masofadan yaxshi zarba yo‘lladi. Ammo to‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.
19'
Ehhhh, Markoviiiiich! Lazar birga bir vaziyatga chiqib ketdi va o‘zi zarba berish o‘rniga Sterlingga uzatma berdi. Rahim to‘pga yeta olmadi...
18'
O‘ng tomondan berilgan uzatmani Sterling jarima maydonchasi chizig‘i ustida qabul qildi va himoyachilarni chalg‘itib zarba berishga harakat qildi. HImoyachilar to‘pni qaytarishdi
17'
Mehmonlar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Qanotlardan uzatmalar berildi. Ish zarbagacha yetib bormadi...
16'
To‘p nazorati mezbonlar tomonida. O‘ng qanotdan darvozabon maydonchasiga yetkazilgan to‘pni himoyachilar bosh bilan qaytarishdi
13'
Qanot hakami shubhali tarzda Sterlingga nisbatan ofsayd qayd etdi
10'
Mehmonlarning ilk xavfliroq hujumi. Xenderson o‘ng qanotdan darvozaga yaqiniga uzatmasini himoyachi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
8'
"Arsenal" futbolchilari yana Kolo Turedan to‘pni olib qo‘yishdi, ammo Jiru ofsaydda qolib ketdi...
6'
"Arsenal" ijrosidagi burchak zarbasini mehmonlar bartaraf etishdi
5'
Ehhhhh, Remziiiiii! U Kolo Turedan to‘pni olib qo‘ydi va jarima maydonchasiga kirib birga bir vaziyatda unchalik kuchli bo‘lmagan zarba yo‘lladi. Minyole to‘pni qaytardi. "Liverpul" futbolchisi to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. AKs holda Kasorla bo‘sh darvozani ishg‘ol qilardi
4'
Vuuuh! "Arsenal" o‘yin boshidan jiddiy hujumlar tashkil qilishga o‘tdi. Santi Kasorla jarima maydonchasi ichida o‘ng tomondan zarba berdi. Minyole ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
1'
Mehmon himoyachisining xatosidan so‘ng "Arsenal" futbolchilari to‘pni egallab olishdi. Aleksis 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Noaniq
1'
O‘yinni "Liverpul" boshlab berdi
'
"Arsenal" qizil-oq, "Liverpul" esa qora rangli formada harakat qiladi
'
Jamoalar maydonga chiqishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda
'
Bugun APLning 31-turi doirasida "Arsenal" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qilmoqda. Qisqa qilib aytganda, ushbu o‘yin YECHL yo‘llanmalariga bevosita ta’sir qiladigan o‘yin. "Liverpul" yutqazsa, deyarli YECHL bilan xayrlashadi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! FIFA kunlari yakuniga yetib, Yevropada milliy chemponat o‘yinlari boshlanmoqda.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.