Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

29-tur, 5 aprel, soat 15:00

REAL MADRID

Garet Beyl (25)
Krishtianu Ronaldu (30, 36, 38, 55, 89)
Karim Benzema (52, 56)

9 : 1

GRANADA

JAMOALAR TARKIBI
01.Iker Kasilyas (D)
04.Serxio Ramos
12.Marselo
17.Alvaro Arbeloa
02.Rafayel Varan
11.Garet Beyl
19.Luka Modrich
08.Toni Kroos
10.Xames Rodriges
09.Karim Benzema
07.Krishtianu Ronaldu
  01.Oyer Olasabal (D)
06.Jan-Silven Baben
22.Dimitri Fulkye
05.Diyego Mayns
20.Xuan Karlos
04.Fran Riko
16.Manuel Iturra
21.Roberto Ibanyes
07.Daniel Kandeyash
23.Ruben Rochina
09.Yusuf al-Arabiy
ZAHIRA
13.Keylor Navas (D)
18.Nacho Fernandes
05.Fabiu Kuentrau
16.Lukas Silva
24.Asyer Ilyaramendi
14.Xavyer Ernandes
20.Xese
  13.Roberto (D)
24.Jeyson Murillo
02.Allan Nyom
18.Jon Kordoba
08.Xavi Markes
14.Eddi Israfilov
11.Riki
10.Piti

Matn

90+1'
Uchrashuv nihoyasiga yetdi! Real - Granada 9:1! Xayr sog‘ va salomat bo‘ling!
90+1'
Uchrashuv nihoyasiga yetdi! Real - Granada 9:1! Xayr sog‘ va salomat bo‘ling!
90'
Uchrashuvga bir daqiqa qo‘shib berildi.
89'
Modrich jarima zarbasini havolatib uzatdi, hammadan balan sakragan Ronaldu darvozani ishg‘ol qildi.
89'
Gooooooooooooooooool! Ronaldu! 9:1!
86'
Arbeloa Xuan Karlosga qarshi qo‘polligi uchun ogohlantirildi.
82'
Modrich o‘ng qanotdan to‘p oshirdi,Mayns to‘pga oyog‘ini noqulay qo‘ydi, agar u bo‘lmaganda Ronaldu urgan bo‘lar edi.
82'
Avtogol! Diyego Mayns! 8:1!
78'
Realning tezkor qarshi hujumi. Beylning zarbasini Olasabal maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
78'
Realning tezkor qarshi hujumi. Beylning zarbasini Olasabal maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
78'
Realning tezkor qarshi hujumi. Beylning zarbasini Olasabal maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
78'
Realning tezkor qarshi hujumi. Beylning zarbasini Olasabal maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
74'
El Arabi Varan va Ramos orasidan o‘tkazib jarima maydoniga kirib borayotgan Ibanyesga uzatdi, u kuchli zarba bilan gol urdi.
74'
El Arabi Varan va Ramos orasidan o‘tkazib jarima maydoniga kirib borayotgan Ibanyesga uzatdi, u kuchli zarba bilan gol urdi.
74'
El Arabi Varan va Ramos orasidan o‘tkazib jarima maydoniga kirib borayotgan Ibanyesga uzatdi, u kuchli zarba bilan gol urdi.
74'
Goooooool! Ibanyes nihoyat to‘rtinchi urinishida "Real" darvozasini zabt etdi! 7:1.
72'
Bu safar Modrich Beylga to‘p oshirdi, Garet to‘xtatmasdan jarima maydonchasi ichiga havolatiboshirdi, Ronalduning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.
71'
Marselo jarima maydoni chap tomondidan Beylga to‘p oshirdi, u 11 metrlik oldida turgan Ronalduga oshirdi, Krishtianu darvozaga tepdi, to‘p ustun oldidan o‘tib ketdi.
69'
Beyl Ernandesga to‘p oshirdi, ammo pas kuchliligidan unga birinchi bo‘lib Olasabal yetib keldi.
67'
Ibanes "Real" darvozasiga zarba berdi, ammo kuchsiz zarbani Kasilyas egallab oldi.
66'
Beylning jarima zarbasi tepdi, to‘p yaqin burchakka kirib ketishi mumkin edi, darvozabon to‘sa olmas edi.
65'
Piti Modrichga qarshi qo‘polligi uchun ogohlantirildi.
62'
Vuuuuh! CHAp qanotdan berilgan uzatmadan keyin Ronaldu himoyachining xatosidan foydalanib, darvozabon bilan irga bir vaziyatga chiqdi, ammo gol ura olmadi. Krishtianuga biroz masofa yetishmadi.
60'
"Real"da ikkita o‘zgarish bo‘ldi. Kroos o‘rniga Ilyaramendi, Xames o‘rniga Xese tushirildi
57'
GOOOOOL! Karim Benzema, 7:0! O‘ng tomondan berilgan uzatmani ko‘kragi bilan qaytardi, bir himoyachidan o‘tdi va zarba berdi. To‘p rekoshet holatida darvoza to‘riga borib tushdi
56'
GOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 6:0! Poker! Olis masofadan berilgan uzatmadan keyin "Real" uchligi darvozabon bilan yolg‘iz qolishdi. Beyl darvozabonning ustidan oshirib uzatma berdi. Ronaldu bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
54'
Burchak to‘pidan keyin to‘p Ramosga kelib tushdi, uning zarbasidan keyin to‘p himoyachiga tegib qaytdi
52'
GOOOOL! Karim Benzema! Burchak to‘pidan keyin Karim to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
50'
Luka Modrich 20 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45'
Hakam birinchi bo‘limga vaqt qo‘shib o‘tirmadi. Tanaffus. Hozircha "Real" - "Granada" - 4:0.
45'
Ronaldu va Benzema bir himoyachiga qarshi chiqib borishdi. Krishtianu narigi qanotdagi Karimga pas bera olmadi. To‘pni darvozabon egallab oldi
43'
Vuuuuuuh! Yusuf al-Arabiy 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi! To‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi! Kasilyas to‘pni qaytara olmagandi... Takroriy lahva ko‘rsatdiki, to‘p to‘sindan so‘ng aynan chiziqning ustiga tushib, maydonga qaytgan ekan
42'
Ronalduning gollari 34taga yetdi. 29-turda 34ta gol. Ajoyib ko‘rsatkich.
38'
GOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 4:0! Xet-trik! Ronaldu to‘p bilan jarima maydonchasi burchagiga yaqinlashib keldi va kuchli zarba yo‘lladi. Portugaliyalik futbolchining yo‘lini hech kim to‘smadi, to‘p darvozabonning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi!
36'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 3:0! Ronaldu jarima maydonchasining chap tomonida to‘pni qabul qildi va yon tomondan oldinga o‘tgan Marseloga uzatma berdi. Braziliyalik himoyachi kutilmaganda o‘tkir burchak ostidan zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytardi va qaytgan to‘pni yaqin masofadan Ronaldu darvozaga joyladi!
35'
"Real" ketma-ket hujum qilishda davom etmoqda. Ular to‘xtashni, biroz tin olishni o‘ylashmayapti ham
34'
Ronaldu gollar soni bo‘yicha Messiga tenglashib oldi. Har ikkala yulduz hisobida 32tadan gol bor
30'
GOOOOOOL! Krishtianu Ronaldu, 2:0! Modrich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga havodan uzatma berdi. To‘p Benzemaning boshiga bordi, ammo Karim darhol zarba berish o‘rniga to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirishga qaror qildi. HImoyachilar to‘pni qaytarishdi. To‘pni Xames egalladi va chap tomonda ochilgan Ronalduni to‘p bilan ta’minlandi. Krishtianu aylanma zarba bilan olis burchakni aniq nishonga oldi
29'
Ronaldu jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachining og‘idan maydonni tark etdi
28'
"Granada" hujumi. Kandeyash chap qanotdan olis ustun tomonga yaxshi uzatma berdi. Ibanyesning oyog‘i to‘pga tegmay qoldi
25'
GOOOOL! Garet Beyl, 1:0! Himoyachining xatosidan so‘ng Beyl darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi, darvozabonni aldab o‘tdi va bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi!
25'
Tomonlar bir martadan qarshi hujum tashkil qilishdi. Himoya chizig‘i yaxshi o‘ynadi
22'
Ehhhh, Arbeloa! Marselo chap qanotdan to‘pni darvozabon maydonchasiga chiroyli tarzda yetkazib berdi. Alvaro esa 5 metrdan bo‘sh olgan darvozani ishg‘ol qila olmadi! Unga hech kim xalal bermayotgandi! To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi...
20'
"Real" hujum triosi ofsaydda qolib ketdi...
20'
"Granada" ko‘pchilik bo‘lib qarshi hujumga o‘tdi. To‘p bilan jarima maydonchasi ostonasigacha borishdi, ammo so‘nggi uzatma futbolchigacha yetib bormadi
18'
Varan o‘z jarima maydonchasi ichida to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘lganida to‘p Al-Arabiyga tegib, darvoza tomon bordi. Yaxshiyam Kasilyas xushyorlikni yo‘qotmagandi. Iker to‘pni egallab oldi
17'
Bu safar burchak to‘pidan so‘ng Benzema bosh bilan yo‘llagan zarba mehmon futbolchisidan maydonni tark etdi, ammo hakam erkin jarima zarbasi tepilishini ko‘rsatdi
17'
Beyl jarima maydonchasi tashqarisida noaniq zarba yo‘lladi. Hakam burchak to‘pi belgiladi
16'
Burchak to‘pidan keyin "Real" to‘pni nazorat qilishda davom etdi. Beyl chap qanotdagi burchak yonidan uzatmani amalga oshirdi. To‘p "Granada" posboni egallab oldi
15'
"Real" ketma-ket ikkinchi marta burchak to‘pini o‘yinga kiritadi
13'
Vuuuuh! Ibanyes o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va yerlatib zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
12'
Ronaldu chap tomondan jarima maydonchasiga chap tomondan kirdi va bir himoyachini aldadi va o‘tkir burchak ostidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza to‘riga yon tomondan kelib tegdi
10'
Vuuuh, golli vaziyat! Qanotdan yetkazilgan to‘p "Granada" himoyachisi Ibanyesning ustidan o‘tib ketdi. Ortdan yetib kelgan Beyl to‘pni darvozabonning ustidan oshirishga harakat qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
9'
"Real" darvozasi tomon dastlabki zarba. Ruben Rochina 25 metrdan yo‘llagan zarba aniq bo‘lmadi
8'
Yaxshi zarba! Xames chap qanotdan bergan uzatma berdi va Benzema to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon tepdi (8 metrlardan), darvozabon yaqin burchakni yopishga ulgurgandi
7'
"Granada" butun jamoa bo‘lib himoyalanmoqda. To‘p nazorati Anchelotti shogirdlari tomonida. Mehmonlar qarshi hujumga e’tibor qaratishgan
5'
Modrich Benzemaga yaxshi pas bergandi. Karim ofsaydda qolgan ekan
3'
"Granada" qarshi hujumga o‘tdi. Al-Arabiy o‘ng tomondan oldingi o‘tdi va orqaroqda ochilgan Kandeyashga uzatma berdi. Uning zarbasi Ramosga tegib, Kasilyasga bordi. Iker to‘pni egalladi
1'
O‘yin boshlandi! Ketdik!
'
E’tiborli tomoni, uzoq tanaffusdan keyin Xames Rodriges ilk marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi
'
Jamoalar chiqishga tayyor turishibdi. "Real" o‘zining oq, "Granada" esa oq-qizil yo‘l-yo‘l rangli formasida harakat qiladi
'
"Real" o‘z maydonida "Granada"ni qabul qilmoqda
'
"Santyago Bernabeu", Madrid vaqti bilan soat 12:00.
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari, hurmatli realchilaru, barsachilar)
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.