Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Ispaniya La ligasi

29-tur, 5 aprel, soat 23:59. Bosh hakam: Inyaki Bikandi Garrido

SELTA

0 : 1

BARSELONA

Jeremi Matyo (74)
JAMOALAR TARKIBI
01.Serxio Alvares (D)
19.Jonni
02.Ugo Malyo
22.Gustavo Kabral
05.Pedro Ernandes
24.Augusto Fernandes
23.Mikayel Kron-Deli
03.Andreu Fontas
11.Xoakin Larrivey
10.Nolito
14.Fabian Orelyana
  13.Klaudio Bravo (D)
22.Dani Alves
03.Jerar Pike
24.Jeremi Matye
21.Adriano
12.Rafinya
05.Serxio Buskets
08.Andres Inyesta
09.Luis Suares
11.Neymar
10.Lionel Messi
ZAHIRA
13.Ruben Blanko (D)
20.Serxi Gomes
08.Aleks Lopes
06.Nemanya Radoxa
07.Santi Minya
18.Teo Bongonda
09.Charlz
  01.Mark-Andre ter Shtegen (D)
15.Mark Bartra
02.Martin Montoyya
04.Ivan Rakitich
06.Xavi Ernandes
20.Serxi Roberto
07.Pedro Rodriges
QIZIL KARTOCHKA
Fabian Orelyana (87)
 

Matn

90+3'
O‘yin tugadi! Barselona safarda juda qiyin va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Matye bugun Barselorna qahramoni!
90+3'
O‘yinning so‘nggi soniyalarida Selta burchak to‘pini amalga oshirdi. Samarasiz.
90'
Messi!! Ochiqchasiga qizg‘andi. Qulay vaziyatda turgan sherigiga to‘pni oshirishi mumkin edi, ammo to‘pni darvozabon ustidan oshirmoqchi bo‘ldi. Noaniq.
90'
O‘yinga 3 daqiqa vaqt qo‘shib berildi.
87'
Buskets esa Orelyananing jaxlini chiqarishdan oldin vaqtni cho‘zgani uchun sariq kartochka oldi.
87'
Fabian Orelyanaga qizil kartochka!!!! Busketsga chim bo‘lakchasini otgani uchun. Asablar, asablar....
83'
Qiziq statistik ma’lumot: Matye o‘z faoliyati davomida ilk marta ketma-ket ikki uchrashuvda gol urmoqda. Barselona hujumchilari gol ura olmayotgan vaqtda fransiyalik himoyachining gollari ancha foydali bo‘lmoqda....
82'
Orelyana hujum vaqtida fol ishlatdi. Barselona futbolchilari shoshmasdan hujum boshlashmoqda.
80'
Bundan bir necha daqiqa oldin Inyesta o‘rniga Pedro maydonga tushirilganini eslatib o‘tamiz.
79'
Bu orada qarshi hujum paytida Neymar yana offsaydda qolib ketdi.
78'
O‘yin biroz asabiy ko‘rinish oldi. Ancha tez suratlarda o‘tmoqda.
75'
Darvoqe, bundan bir necha daqiqa oldin, mezbonlar tarkibda futbolchi almashtirildi. Kamp Noudagi o‘yin qahramoni Larrivey o‘rniga Sharles maydonga tushdi.
74'
Messi qanotdan jarima to‘pini uzatdi, Matye esa yana barchadan chaqqon harakat qilib darvozani boshi bilan nishonga oldi. Barselona oldinda.
74'
GOOOL!!!! MatYE!!! Yana Matye, yana boshi bilan!!!
69'
Selta futbolchisi raqib jarima maydoni ichida yiqildi. Penalti yo‘q.
67'
Selta tarkibida ham o‘zgarish. Niklas Kron-Deli o‘rniga Nemanya Radoya maydonga tushdi.
67'
Nolito to‘pga biroz kech qoldi. Bravo chaqqonroq harakat qildi.
66'
Barselona futbolchilarining jarima to‘pi bartaraf etildi va Selta qarshi hujumga otlandi.
65'
Busketsga nisbatan qoida buzildi. Jarima to‘pi.
64'
Ayni damda ustunlik mehmonlar tomonida. Hujumlar ancha havfli ko‘rinish olmoqda, faqat zarbalar berilmayapti.
62'
Mana yana bir vaziyat!! Dani Alvesning chap oyog‘iga to‘p tushmay qoldi. Uning zarbasi o‘xshamadi, ajoyib vaziyat edi.
61'
Barselonaning yana bir burchak to‘pi samarasiz amalga oshirildi....
60'
Bir paytlardagidek Xavi, Inyesta va Buskets Barselonaning yarim himoya markazida yana birga to‘p surishmoqda.
56'
Barselona safida o‘zgarish. Xavi Rafinya o‘rniga maydonga tushdi.
54'
Shu zahoti, mezbonlar havfli qarshi hujum uyushtirishdi. Nolito qanotdan jarima maydoniga kirdi va raqibning ikki himoyachisi orasidan zarba berdi. Noaniq. Ushbu vaziyatda Nolito to‘pni qulay vaziyatda turgan sherigiga oshirishdan qizg‘andi.
53'
Messi!! Hozir Seltaga omad kulib boqdi. Messining yaqin masofadan bergan zarbasi biroz noaniq.
52'
So‘nggi ikki daqiqada ancha faol harakat qilgan mezbonlar yana bir burchak to‘pini amalga oshirishadi.
51'
Fabian Orelyana offsaydda qolib ketdi. Selta futbolchilari ham hujumda ancha faol.
49'
Barselona futbolchilari raqib jarima maydoni yaqinida havfli jarima to‘pini ishlab olishdi.
48'
Barselona futbolchilari burchak to‘pini amalga oshirishadi.
47'
GOOL! Neymar offsayddan urilgan gol muallifiga aylandi. Hujumchi biroz offsaydda qolib ketdi va gol hisobga olinmadi....
46'
Birinchi taymdagi statistikaga ko‘ra to‘pni nazorat qilish bo‘yicha ustunlik Barselona tomonida - 63% - 37 %. Ammo, havfli hujumlar borasida Selta birinchi taymda Barselonadan faol harakat qilishdi!
46'
Ikkinchi taym boshlandi!
45'
Uchrashuv hakami esa birinchi taymga vaqt qo‘shib bermadi. Birinchi taym tugadi!
45'
Suaresga simulyasiya uchun sariq kartochka....
43'
Selta futbolchilari birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida ancha faol....
41'
Larrivey!!!!! Mana vaziyat....Larrivey mezbonlarni oldinga olib chiqish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo raqib himoyachilarining sovg‘asidan unumli foydalana olmadi va to‘pni tepaga qarab tepib yubordi.
40'
Fabian Orelyanani jarima maydoni ichida yiqitishdi va hakam hushtak chaldi. Penalti?! Yo‘q, Selta hujumchisi off saydda qolgan ekan.
38'
Mezbonlar hujumi paytida asabiylashayotgan Luis Enrikeni ko‘rsatishdi. Selta futbolchilari bugun ham Barselona murabbiyini asabiylashishga majbur qilishmoqda....
36'
Mezbonlar yana bir burchak to‘pini amalga oshirishdi, bu safar ham havf bartaraf etildi.
35'
Selta futbolchisi mehmonlar jarima maydonida yiqildi va penalti so‘radi. Ammo, bu ham penalti emas. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi.
31'
Golga tortadigan hujumlar kamaydi, mehmonlar markazdan o‘ng qanotga, Dani Alves tomon to‘pni ko‘proq oshirishmoqda.
28'
Ox, mana vaziyat!! Bravo himoyachilarning xatosidan so‘ng tavakkal qilib raqibiga tashlandi va to‘pni tepib yuborishga ulgurdi. Stadion esa penalti talab qilmoqda....
23'
Suaresning kuchli zarbasini Serxio Alvares qaytardi. Selta darvozaboni mazkur jamoalarning birinchi davradagi o‘yinida qahramonlik ko‘rsatgan va o‘z jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan edi. Bugun ham hozircha yaxshi o‘ynamoqda.
21'
Inyesta ko‘zini yumib to‘p oshirgandek ko‘rindi hozir....
19'
Havodan uzatilgan to‘plarni Selta himoyachilari qaytarmoqda, shuning uchun mehmonlar vaqti-vaqti bilan yerdan uzun paslarni oshirishga urinmoqdalar.
18'
Barselona futbolchilari maydon markazida nazoratni o‘z qo‘llariga olishdi. So‘nggi ikki daqiqada to‘p ularda. Faqat jarima maydonigacha kirib borishga hozircha qiynalmqodalar.
15'
Suares hakamdan penalti so‘ramoqda. Hakam bunday vaziyat uchun penalti beradigan ahmoq emas, albatta.
14'
O‘yin tempi ancha yuqori. Selta himoyada o‘ynayotgani yo‘q, vaqti-vaqti bilan tezkor hujumlar uyushtirmoqda.
12'
Messiiiii!!!! Messi hozir maydon markazidan raqib jarima maydoniga kirib bordi va kuchli zarba berdi, ammo Alvares uni qaytardi. Qaytgan to‘pga esa Neymar to‘g‘ri zarba bera olmadi.
10'
Mana vaziyat!!!! Bravo hozir Selta futbolchisining zarbasini bartaraf etdi. Bravo, Bravo!
8'
Barselonada esa, hozir aynan Dani Alves o‘z qanotidan ancha faol.
6'
Selta futbolchilari chap qanotda ancha havfli ko‘rinmoqda. Dani Alvesning qanotidan....
3'
O‘yindagi ilk burchak to‘pini Selta futbolchilari amalga oshirishdi. Ammo, burchak to‘pi samarasiz.
2'
Dani Alvesh qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, ammo to‘pga Neymardan oldin Serxio Alvares oldinroq chiqdi.
2'
Jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvida Selta Kamp Nouda g‘alaba qozongan edi. Bugun ham Barselonaga oson bo‘lmasligini tahmin qilish qiyin emas.
2'
"Barselona" yorqin qizil rangli formada, "Selta" esa och havorang rangli futbolkada o‘ynamoqda
1'
O‘yin boshlandi.
'
"Selta" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.