Ispaniya kubogi, Chorak final
| Javob uchrashuvi. 29 yanvar, soat 01:00 | ||
REAL MADRIDXese Rodriges (8)
|
1 : 0 |
ESPANYOL |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
Kasilyas Arbeloa Ramos Nacho Koentrau Ilyarramendi Alonso Xese Isko Di Mariya Ronaldu. |
Kasilya Sidney R.Rodriges Moreno Kapdevila A.Gonsales V.Sanches Torje Aleks Fernandes Pissi Serxio Garsiya |
|
Matn
| ' | E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR | |
| ' | Ispaniya kubogi. Chorak final. Javob bahsi. "Real" - "ESpanyol" - 1:0. Madrid har ikkala o‘yinda bir xil hisobda g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. "Real" Ispaniya kubogining dastlabki yarim finalchisi! | |
| 90+4' | ![]() |
Shu vaziyatda esa hakamning o‘yin yakunlanganini bildiradigan hushtagi yangradi! |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin so‘ngida mehmonlar yana bir standart vaziyatni amalga oshirishadi |
| 90+2' | ![]() |
Arbeloaning zarbasi kuchli, ammo noaniq |
| 90+1' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi |
| 90' | ![]() |
"Espanyol"ning bu safargi jarima zarbasi ham xavfli bo‘ldi. Kasilyas to‘pni egallab oldi. |
| 88' | ![]() |
To‘p jonli devorga tegib qaytdi |
| 88' | ![]() |
Moratoga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. "Real" jarima zarbasini tepadi. To‘p yonida Ronaldu |
| 87' | "ESpanyol"ning standarti xavfl bo‘ldi. 3-raqamli futbolchi yaqin masofdan to‘pni darvozaga yo‘llay olmadi! | |
| 86' | ![]() |
Di Mariya maydonni tark etdi. Uning o‘rniga boshqa futbolchi tushirildi |
| 86' | ![]() |
Ramos sariq kartochka oldi |
| 84' | Ronaldu to‘pga yetib bora olmadi. AKs holda darvozabon bilan yuzma yuz vaziyatga chiqayotgandi | |
| 81' | ![]() |
Maydonga Morato tushirildi |
| 78' | ![]() |
"Espanyol" safida yana bir o‘zgarish yuz berdi |
| 78' | ![]() |
Madridning xavfli hujumi! burchak to‘pi bilan yakunlandi |
| 76' | ![]() |
To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun "Espanyol"ning 4-raqamli futbolchisi ogohlantirildi |
| 74' | Di Mariyaning jarima maydonchasi tomon uzatmasi o‘tmadi. Burchak to‘pidan keyin esa Alonso yo‘llagan zarbaga aniqlik yetishmadi | |
| 73' | ![]() |
Koentrau o‘rniga Marselo tushirildi. |
| 72' | Xesening jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini himoyachilar qaytarishdi | |
| 71' | ![]() |
"Real" burchak to‘pi ishladi. Bu paytda esa Koentrauga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 67' | ![]() |
Ronaldu darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borayotganida himoyachi undan to‘pni toza olib qo‘ydi |
| 66' | ![]() |
"Espanyol"da futbolchi almashdi. Hujumchi o‘rniga hujumchi tushdi |
| 63' | ![]() |
"Espanyol" xavfli hujum uyushtirdi! Omad Madrid tomonida bo‘ldi! |
| 62' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida. Har ikkala jamoa mudofaa chizig‘i yaxshi harakat qilmoqda |
| 60' | ![]() |
Kataloniyaliklarning o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib bergan to‘pi Kasilyasga sovg‘a bo‘ldi |
| 58' | "Real" 2014 yildagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonmoqda. Boz ustiga madridliklar hali o‘z darvozalaridan birorta ham gol o‘tkazib yuborishmadi! | |
| 56' | ![]() |
"Espanyol" hujumchisi Kordoba darvozabon bilar birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi! "REal" himoyachilari o‘z jarima maydonchalari atrofida to‘pni raqibga oldirib qo‘yishgandi. Boz ustiga hujumchi ofsaydda qolgan ekan |
| 55' | ![]() |
Ronalduning jarima maydonchasi ichida bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi |
| 52' | Di Mariyaning chap qanotdan Ronaldu tmon uzatgan to‘pi hujumchigacha yetib bormadi | |
| 50' | "Espanyol" futbolchisi jarima maydonchasi ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysundira olmadi va to‘pni yo‘qotdi | |
| 48' | ![]() |
Ronalduuuu! "Espanyol" darvozaboni Kasilya fantastik reaksiya namoyish qilib, portugaliyalik forvardning yaqin masofadan bergan zarbasini bartaraf etdi! |
| 47' | ![]() |
Kataloniyaliklar katta kuch bilan oldinga intilishdi. Zarbaga aniqlik yetishmadi |
| 46' | Bugun har qanday holatda ham qo‘shimcha bo‘limlar bo‘lmaydi | |
| 46' | ![]() |
IKKINCHI BO‘LIM BOSHLANDI |
| 46' | ![]() |
"Espanyol"da ikkinchi hujumchi maydonga tushirildi |
| ' | Gol urilgan vaziyatda Xabi Alonso olis masofadan to‘pni chiroyli tarzda yetkazib berganini ta’kidlash lozim. Xese esa darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va yaqin burchakni aniq nishonga oldi! | |
| ' | Iker ketma-ket o‘yinlarda gol o‘tkazib yubormaslik bo‘yicha hozircha 592 daqiqa ko‘rsatkichga ega | |
| ' | Darvoqe, La-liga o‘yinlarida zaxirada o‘tirgan Iker Kasilyas bugun o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolsa, "quruq" seriya borasidagi rekordini yangilashi mumkin | |
| ' | Hozircha hisob: "Real" - "Espanyol" - 1:0. Gol muallifi: Xese Rodriges. Birinchi o‘yinda ham Madrid 1:0 hisobida g‘alaba qozongan | |
| 45' | ![]() |
Hakam birinchi bo‘limga kompensasiya vaqti qo‘shib o‘tirmadi. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
"Espanyol" futbolchisi jarima maydonchasi ichida to‘pni yerga tushirasdan darvozaga yo‘llashga urindi. Noaniq. |
| 43' | ![]() |
"Espanyol"ning xavfli hujumi! BUrchak to‘pidan keyin mehmonlar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi! Himoyachilar darvoza tomon berilgan zarbani qaytarib qolishdi! |
| 42' | ![]() |
Madrid qarshi hujum uyushtirayotganida Ronaldu ofsaydda qolib ketdi |
| 41' | ![]() |
"Real" futbolchisi Nacho ogohlantirish oldi. Chap qanotdan jarima zarbasi belgilandi |
| 40' | Mehmonlar o‘yinni maydon markaziga ko‘chirishmoqda. Lekin hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q | |
| 38' | ![]() |
Kataloniyaliklar jarima zarbasini tepish huquqiga ega bo‘lishi. Alonso aybdor |
| 37' | ![]() |
Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borayotganida "Espanyol" darvozaboni Ronalduga nisbatan chaqqanoroq harakat qildi. Krishtianuning yiqilishi uchun hakam penalti belgilamadi |
| 37' | ![]() |
Anchelotti shogirdlari jarima zarbasini amalga oshirishdi. Alonso jarima maydonchasiga yetkazib bergan to‘pni himoyachilar qaytarishdi |
| 35' | Ustunlik to‘laligicha Madrid tomonida | |
| 32' | ![]() |
"Real" futbolchisining zarbasini mehmon jamoa darvozaboni katta mahorat bilan qaytarib qoldi. Burchak to‘pi |
| 26' | To‘p bilan muomala qilish ko‘rsatkichi - 68/32%, Madrid foydasiga albatta | |
| 25' | ![]() |
Endi esa kataloniyaliklarning hujumi jarima maydonchasi ostonasida to‘xtatildi |
| 25' | ![]() |
Vux!!! Ronaldu birga-bir vaziyatda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi! Uning kuchli zarbasini "Espanyol" darvozaboni o‘ziga qabul qildi! |
| 15' | ![]() |
Hozircha ustunlik to‘laligicha mezbonlar tomonida |
| 10' | Dastlabki o‘yinda ham madridliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishganini inobatga olsak, tez gol Anchelotti shogirdlari yanada ishonch bag‘ishlashi aniq | |
| 8' | ![]() |
Hozirgina uchrashuvda hisob ochildi. Madrliklar futbolchisi Xese Rodriges maydon egalarini oldinga olib chiqdi. |
| 2' | Ispaniya kubogi chorak fina javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Real" - "Espanyol" uchrashuvidan matnli translyasiyamizni boshlaymiz! | |
| 1' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, IADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|