Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi
| «D» guruhi, 4-tur. 7 aprel, soat 19:00. Bosh hakam: Kim Chjong Xyok (J.Koreya) | ||
NASAF |
0 : 1 |
AL-AHLI (BAA)Everton Ribeyro (81)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
25.Eldorbek Suyunov 4.Maqsud Karimov 9.Ilhom Shomurodov 15.Roy Rok 17.Artur Gevorkyan 18.Bahrom Abdurahimov 20.Erkin Boydullayev 23.Sherzod A’zamov 28.Shuhrat Muhammadiyev 32.Hamza Karimov 34.Farrux Sayfiyev |
12.Ahmad Ashuriy 4.Habib al-Fardan 5.Volid Abbos 10.Luis Garses 11.Ahmad Xalil 14.Ussama as-Saidiy 21.Kvon Kyung Von 26.Abdulaziz Hussayn 28.Eysa Ahmad 62.Abdulaziz Sanqur 88.Majid Hassan |
|
| ZAHIRA | ||
|
30.O‘tkir Yusupov 5.Botir Qorayev 6.Azizjon G‘aniyev 22.Shohrux Gadoyev 27.Ilhom Yunusov 33.Odiljon Hamrobekov 99.Aleksandr Kablash |
1.Ahmad Sabon 8.Everton Augosto Ribeyro 20.Sayid Ahmad Abdulla 46.Abdulrahmon Yusuf 70.Volid Husayn 92.Sayid Jassim |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Farrux Sayfiyev (3)
|
Habib al-Fardan (19)
|
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
Afsuski, o‘yin tugadi. Nasaf o‘z maydonida Al Ahliga mag‘lub bo‘ldi... Hali ko‘p narsa yo‘qotilgani yo‘q. Keyingi uchrashuvlarda Nasafga omad tilagan holda translyasiyaga yakun yasaymiz. Xayr, sog‘ bo‘ling! |
| 90+3' | ![]() |
Mehmonlarda yana o‘zgarish: Sayyid Jassim maydonga tushdi. |
| 90+3' | ![]() |
Nasafning so‘nggi hujumlari samarsiz ketmoqda... |
| 90' | ![]() |
Al Ahlida o‘zgarish: Luis Ximenes o‘rniga Volid Husayn tushdi. |
| 83' | ![]() |
Abdurahimov o‘rniga Aleksandr Kablash tushdi. |
| 86' | Tribunadan otilgan buyum sababli hakam o‘yinni to‘xatdi. | |
| 82' | ![]() |
Mehmonlar uch kishi bo‘lib, besh himoyachiga qarshi hujum uyuo‘tirdi. Ribeyro jarima maydoniga yaqin kelib chap oyog‘ida darvoza tomon zarba berdi, to‘p Boydullayevga tegib, rikoshet holatda darvozadan joy oldi... |
| 82' | ![]() |
Gol.Augusto Ribeyro. 0:1. |
| 78' | ![]() |
Burchakdan oshirilgan to‘pga Suyunov chiqib, uni qo‘lidan chiarib yubordi, raqiblar uni darvozaga tepishdi, Suyunov to‘pni yana maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. O‘ng tomondan bajarilgan ikkinchi burchak to‘pi xavf tug‘dirmadi. |
| 76' | ![]() |
Ilhom Yunusov to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘naltirdi, to‘pning trayektoriyasi, bizning taxminimizcha, darvoza to‘qqizligiga borib tushishi kerak edi, ammo biroz yuqoridan o‘tib ketdi! |
| 74' | ![]() |
Ahmad Halil25 metrdan jarima zarbasini noaniq bajardi. Bugun uning omadi kelmayapti. Kelmasin ham, deb turamiz. |
| 73' | ![]() |
Yunusov o‘ng qanotda jarima maydoni ichiga havolatib to‘p oshirdi. To‘p Gadoyevga balandlik qildi. |
| 72' | ![]() |
Mehmonlar jarima zarbasi tepishdi, zarbani Suyunov ushlab oldi. |
| 70' | ![]() |
Nasafda o‘zgarish: Muhammadiyev o‘rniga Shohrux Gadoyev tushdi. |
| 69' | ![]() |
Yana hujum, bu safar Eldor Suyunov jamoasi joniga oro kirdi! Yaxshi! |
| 68' | ![]() |
Hozir mehmonlar Nasaf himoyachilarining dovdirashlarian foydalan olmadilar. |
| 67' | ![]() |
Al Ahlining xavfli hujumi! Ahmad Halining zarbasi havfli, lekin noaniq bo‘ldi. Xavfli. |
| 66' | ![]() |
Al Ahlida o‘zgarish: Eysa Ahmad o‘rniga Augusto Ribeyro tushdi. |
| 65' | ![]() |
Ilhom Yunusovning tayyorgarliksiz bergan zarbasi noaniq bo‘ldi. |
| 63' | ![]() |
Abdurahimov to‘pni oldirib qo‘ydi, mehmonlar shu zahoti qarshi huumga o‘tishdi, Ahmad Halil o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirdi, bu yerda Suyunov ustun! |
| 62' | O‘yin tempi biroz tushgandek, o‘ylaymizki,bu vaqtincha. | |
| 61' | ![]() |
Nasafda o‘zgarish: Maqsud Karimov o‘rniga, aytganimizdek, Ilhom Yunusov tushdi. |
| 59' | ![]() |
Bahrom Abdurahimovning 20 metrdan yergan zarbasi noaniq bo‘ldi. Yomon o‘ynamayapti Nasafning yosh futbolchisi. |
| 58' | Nasafda o‘zgarish bo‘lishi mumkin: Ilhom Yunusov butsalarining bog‘ichini bog‘layapti. | |
| 57' | ![]() |
Nasafning hujumlari tobora xavfli tus olyapti. Gevorkyan o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pga yetia olmadi,havodan kelgan to‘pni Ashuriy ilib oldi. |
| 55' | ![]() |
Nasaf yana bir marta deyarli shu masofadan, biroz uzoqroq bo‘lishi mumkin, jarima to‘pi tepish imkoniyatiga ga bo‘ldi. A’zamovning zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi. |
| 53' | ![]() |
Gevorkyandan ajoyib zarba. Ashuriy qiyinchilik bilan to‘pni maydon tashqarisia chiqarib yubordi! Burchak to‘pi. |
| 53' | ![]() |
Majid Hassan to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi, jarima to‘pi Uni Gevorkyan bajaradi. 35 metr. |
| 52' | ![]() |
Muhammadiyev ko‘pchilik raqiblari qurshovini yorib o‘ta olmadi. |
| 50' | ![]() |
Nasaf jonlangandek. Gevorkyan chap qanotdan Rokga to‘p uzatdi, Roy to‘pni to‘xtatmasdan jarima maydonchasiga yetkazmoqchi bo‘ldi ammo uning zarbasi o‘ng qanotga ketib qoldi. Bu to‘pga Farruh Sayfiyev ulgarmadi. Aut. |
| 49' | ![]() |
Chap qanotdan hujumga o‘tayotgan Farrux Sayfmevni Eysa Ahmad to‘xtatib qoldi. |
| 48' | ![]() |
O‘yin asosan maydon markazida kechmoqda. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim nihoyasiga yetdi.Darvozalarga to‘p kiritilmadi - 0:0. |
| 45' | ![]() |
1- bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi. |
| 42' | ![]() |
Birinchsida Nasaf himoyachilari to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydilar, to‘p Halilga tushdi, uning darvoza yaqinidan bergan zarbasi noaniq chiqdi. Keyingi hujumda Ahmad Halilni sheriklari Suyunov bilan birga-bir vaziyatga chiqarishdi, Halil darvozabonni aldab o‘tib, darvozaga noaniq zarba berdi. Uning zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi! |
| 42' | ![]() |
Ahmad Halil hisobni ochishi mumkin edi. Ketma ket ikki marta! Bir daqiqa ichida! |
| 40' | Shuhrat Muhammadiyev bilan Kvon Kong Von o‘rtasida keskinlik yuzaga keldi, Shuhrat uning ko‘ksidan itarib yubordi, koreyalik futbolchi biroz o‘tib maydonga cho‘kdi. Hakam futbolchilarni kelishtirib qo‘ydi. | |
| 38' | ![]() |
Nasaffutbochilarining navbatdagi hujumi! Uzoq masofaa oshirilgan to‘p Roy Rokka yetib keldi, u to‘pni jarima chizig‘i yaqinidagi Farrux Sayfiyevga yetkazdi, Sayfiyevning zarbasi balandlab ketdi! |
| 36' | ![]() |
Nasaf chap qanotdan xavfli hujum uyushtirdi, ammo raib himoyachilar keskinlikni yumshatishdi va o‘zlari qarshi hujumga otlandi, Maqsud Karimov taktik fol evaziga Ahma Halilni to‘xtatib qoldi. |
| 32' | ![]() |
Ahmad Eysa Karimovni yiqitgani uchun ogohlantirildi.Gevrkyan jarima to‘pni tepdi, to‘p jonli devorga tegib Arturning o‘ziga qaytdi, ammo takroriy zarbani juda beo‘xshov bajardi. |
| 32' | ![]() |
Maqsud Karimov yiqitildi. |
| 28' | ![]() |
Uchrashuvdagi birinchi xavfli vaziyat deb atashimiz mumkin. |
| 28' | ![]() |
Shomurodoooooov! Boymurodov Ilhomga uzoq masofadan to‘p yetkazib berdi, u ikki himoyachi qurshovida jarima maydonining o‘ng tarfidan kirib bordi va kuchli zarba berdi. Ashuriy to‘pni qaytardi, afsuski, qaytgan to‘pni darvozaga joylaydigan futbolchi topilmadi! |
| 27' | ![]() |
Maydon markazida As Saidiy Gevorkyanni yiqitdi. |
| 24' | ![]() |
Muhammadiyevning xatosidan so‘ng, mehmonlar hujumga o‘tishdi, Usama As Saidiyning zarbasi o‘xshamadi. |
| 23' | ![]() |
Sherzod A’zamov jarima maydonchasi ichida Abdulaziz Sanqurga hujumni rivojlantirishga yo‘l qo‘ymadi. |
| 22' | ![]() |
Majid Hassan Shomurodovni qo‘li bilan ushlab to‘xtatib qoldi. |
| 21' | ![]() |
Nasaf hujumlarni oxiriga yetkazishda qiynalmoqda, hujum vaqtida himoyachilar soni hujumchilardan ko‘plik qilmoqda. |
| 19' | ![]() |
Maydon markazida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun Al Fardan ogohlantirildi. |
| 17' | ![]() |
Boydullayev uzoq masofaga Roy Rokka to‘pni yetkazib berdi, ammo himoyachi bilan to‘p uchun kurashda hakam Rokni qoida buzdi deb topdi. |
| 16' | ![]() |
Burchak to‘pi hech qanday xavfni yuzaga keltirmadi, Al Ahli to‘pni uzoqlashtirdi. |
| 15' | ![]() |
Endi raqib o‘z jarima maydoni yaqinida Gevrkyanni yiqitishdi. Jarima to‘pidan so‘ng Nasaf burchak to‘pini tepadigan bo‘ldi. |
| 14' | ![]() |
Yana fol. Maydon markazidan Al Fardan qoida buzdi. |
| 13' | ![]() |
As Saidiy maydn chetida futbolchimizni yiqitdi. |
| 11' | ![]() |
Abdulaziz Hussayn Shomurodovni yiqitish bilan birga Nasafning hujumini to‘xtatib qoldi. |
| 9' | ![]() |
Al Ahli jarima zarbasini qaytardi va keskinlikni yumshatdi. |
| 8' | ![]() |
Yana bosim! Bu safar qarshiliklar jarima to‘pi ishlab oldilar! |
| 6' | ![]() |
Nasaf raqib maydonida pressing uyushtirdi. Ammo bu qoida buzilishi bilan yakunlandi. Qoidani qarshiliklar buzishdi. |
| 5' | ![]() |
Al Ahli futbolchisi offsaydda qoldi. |
| 4' | ![]() |
Mehmonlar hujumi samarsiz yakunlandi, Eldorbek Suyunov erkin zarba bilan to‘pni o‘yinga kiritdi. |
| 2' | ![]() |
Farrux Sayfiyev esa ogohlantirildi. |
| 2' | ![]() |
Majida Hassanga tibbiy yordam ko‘rsatildi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshidayo keskinlik, Farrux Sayfiyev Majida Hasanni maydonga qulatdi. |
| 1' | Diqqat! Boshladik!!! To‘pni mehmonlar o‘yinga kiritdilar! | |
| ' | ![]() |
Maydon egalari maydonning o‘ng tomonidan joy oldilar, mehmonlar esa - chap tomondan. |
| ' | ![]() |
"Nasaf" oq kiyimda o‘ynaydi, Al Ahli - qizil kiyimda. |
| ' | ![]() |
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi! |
| ' | ![]() |
Guruhda Jiddaning "Al Ahli" klubining ochkolari 8taga yetdi va guruhda yetakchillikni qo‘lga oldi, "Traktorsoziy"da 4 ochko bo‘ldi va "Nasaf" bilan tenglashib oldi. Bugun qarshiliklar g‘alaba qozonsalar ochkolari 7taga yetadi va ikkinchi o‘ringa ko‘tariladilar va keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladilar. |
| ' | ![]() |
D guruhining yana bir juftligi "Traktorsoziy" va "Al Ahli" Jidda klublari o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobda yakunlandi. |
| ' | ![]() |
Osiyo chempionlar ligasi D guruhi vakillari "Nasaf" va "Al Ahli" Dubay klublari o‘rtasida 4-tur uchrashuvidan onlayn translyasiyani boshlaymiz. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|