Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«V» guruhi, 4-tur. 7 aprel, soat 20:15

AL-AYN

Jires Ekoko (20)

1 : 1

PAXTAKOR

Igor Sergeev (45+2)
JAMOALAR TARKIBI
Xolid Isa
Ismoil Ahmad
Muhannad Salim
Muhammad G‘arib
Muhammad Fayoz
Rashid Isa
Muhammad Abdulrahmon
Umar Abdulrahmon
Li Myong Ju
Hilol Said
Jires Ekoko
  Aleksandr Lobanov
Aleksandr Merzlyakov
Egor Krimes
Vladimir Kozak
Davron Hoshimov
Javohir Sohibov
Kaxi Maxaradze (s)
Sherzod Karimov
Stanislav Andreev
Jamshid Iskanderov
Igor Sergeev
ZAHIRA
Mahmud Almas
Said Katiri
Xolid Abdulrahmon
Ibrohim Diaki
Favzi Fayoz
Rayan Islom
Faris Juma
  Nikita Ribkin
Adnan Oraxovas
Akbar Ismatullayev
Murod Xolmuhammedov
Jaloliddin Masharipov
Navruzbek Alimov
Bahodir Pardayev

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi. "Al-Ayn" - "Paxtakor" - 1:1. Jamoamiz safarda 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Endi "Al-Ayn"da 6, "Paxtakor" hisobida 5 ochko bor. 4 ochko ega bo‘lib turgan "Naft" bugun "Ash-Shabob" (2 ochko) mehmoni bo‘ladi. Qolgan 2ta tur o‘yinlarining barchasi final bahsiga teng bo‘ladi. E’tiboringiz uchun rahmat
90+4'
Hilol Sayid ogohlantirildi
90+2'
"Paxtakor" 3 kishi bo‘lib mezbonlarning 3 himoyachisiga qarshi chiqib bordi. Pardayev olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi. Ustunlik mezbonlarda
90'
Jires Kembo 17 metrdan yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
90'
Jires Kembo 17 metrdan yo‘llagan zarba noaniq bo‘ldi
88'
Maydon markazida yiqilayotgan Maxaradzeni Katiriy tepib o‘tib ketdi. Kaxi o‘rniga Akbar Ismatullayev tushirildi. Sardorlik bog‘ichi Krimesga topshirildi
85'
Vuuuuuh! "Paxtakor"ga omad kulib boqdi! Umarning uzatmasidan keyin Jires 8 metrlardan birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Yaxshiyamki to‘p Labonovning o‘ziga bordi va Sasha uni egallab oldi!
82'
Jamshid Iskanderov jarima maydonchasi o‘ng tomonidan noaniq zarba yo‘lladi.
80'
Xavfli jarima zarbasi! Krimes shundoqqina jarima maydonchasi ostonasida Umarn chalib yiqitdi. 18 metrdan belgilangan jarima zarbasini Ibrohim Diakiy yo‘lladi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
77'
Umar Abdulrahmonning jarima maydonchasi ichiga bergan uzatmasini Merzlyakov qaytardi. Jires Kembo to‘pni egalladi, bir futbolchimizni aldadi va 16 metrdan zarba yo‘lladi. Lobanov to‘pni egalladi.
76'
Ehhhhh, Pardayev 11 metrlardan darvoza tomon zarba yo‘llashga ulgurmadi! HImoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qanotdagi chiziq yaqinida Jires Kembo Ekoko Masharipovga nisbatan tirsak ishlatdi va sariq kartchoka oldi.
76'
Ehhhhh, Pardayev 11 metrlardan darvoza tomon zarba yo‘llashga ulgurmadi! HImoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qanotdagi chiziq yaqinida Jires Kembo Ekoko Masharipovga nisbatan tirsak ishlatdi va sariq kartchoka oldi.
76'
Ehhhhh, Pardayev 11 metrlardan darvoza tomon zarba yo‘llashga ulgurmadi! HImoyachilar to‘pni qaytarishdi. Qanotdagi chiziq yaqinida Jires Kembo Ekoko Masharipovga nisbatan tirsak ishlatdi va sariq kartchoka oldi.
74'
"Al-Ayn"da ham o‘zgarish: Muhammad Abdulrahmon o‘rniga Ibrohim Diakiy tushirildi.
74'
Andreev o‘rniga Bahodir Pardayev tushirildi.
72'
Stanislav Andreev tibbiy yordamga muhtoj
71'
Abdulrahmonlar kombinasiyasi: Umarning uzatmasiga jarima maydonchasi ichida Muhammad bosh bilan zarba berdi. Zarba noaniq bo‘ldi
70'
"Al-Ayn"da o‘zgarish: Rashid Eysa o‘rniga Katiriy tushirildi
68'
Karimov to‘pni jarima maydonchasiga yetkazdi. To‘p qaytarildi. Takroriy uzatma berildi. Xavf yana bartaraf etildi
67'
Burchakdagi bayroqcha oldida Masharipovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
65'
"Al-Ayn"ning 16-raqamli futbolchisi 17 metrdan darvozaga zarba yo‘lladi. Zarba aniq bo‘ldi, Lobanov to‘pni egalladi
61'
Vuuuuuh! Iskanderovning uzatmasidan keyin Maxaradze darvoza yaqinida to‘pni qabul qildi va 4 metrdan zarba yo‘lladi. Darvozabon to‘pni egalladi!
60'
"Paxtakor"da o‘zgarish: Igor Sergeev o‘rniga Jaloliddin Masharipov tushurildi. Kutilmagan o‘zgarish. "Paxtakor"da nominal hujumchi qolmadi maydonda
58'
Lobanov oyog‘ining son qismidan jarohat oldi shekilli, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
57'
Umar Abdulrahmon yaxshi zarba yo‘lladi. Lobanov burchakka borayotgan to‘pni egallab oldi.
56'
Kozak jarima maydonchasi yaqinida o‘yin qoidasini buzdi va ogohlantirish oldi. Raqib jarima zarbasi tepadi. Darvozagacha 25 metr
54'
Vuuuuuh! Li Myong Ju 10 metrdan darvozani ishg‘ol qila olmadi! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmadan so‘ng u qarshiliksiz zarba yo‘llagandi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi!..
53'
Karimov burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Krimes olis ustun tomondan bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi, posbon to‘pga ega chiqdi
51'
Chap qanotdan yerlatib berigan uzatmadan so‘ng Umar Abdulrahmon jarima maydonchasiga kirishga urindi, himoyachilarimiz undan to‘pni olib qo‘yishdi
48'
Iskanderov o‘ziga nisbatan maydon markazida buzilgan qoidauzarlik uchun belgilangan jarima to‘pini darvozaga yaqiniga yetkazdi. Hakam o‘yinni to‘xtatib, hujumda fol ishlatildi deb topildi
48'
Iskanderov o‘ziga nisbatan maydon markazida buzilgan qoidauzarlik uchun belgilangan jarima to‘pini darvozaga yaqiniga yetkazdi. Hakam o‘yinni to‘xtatib, hujumda fol ishlatildi deb topildi
46'
To‘pni o‘yinga "Paxtakor" kiritib berdi. Ikkinchi bo‘lim boshlandi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Al-Ayn" - "Paxtakor" - 1:1. Tanaffus.
45+2'
GOOOOOOL! Igor Sergeev, 1:1! Merzlyakov chap qanotdan olis masofadan uzatma berdi. Sergeev bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi!
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Babayan shogirdlari faqat qanotlar orqali uzatmalar bermoqda. To‘p Sergeevgacha yetib bormayapti
40'
Umar Abdulrahmon Iskandarovga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Vakillarimiz jarima to‘pidan samara chiqara olishmadi
39'
"Paxtakor" to‘pni ko‘proq nazorat qilmoqda, ammo hujumda hech narsa qila olmayapti. Oldindan o‘ylangan kombinasiyalar ko‘rinmayapti ochig‘i
37'
Hoshimov o‘ng qanotda himoyachidan o‘tib keta olmadi. Burchak to‘pi ham yo‘q.
36'
"Al-Ayn" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin darvozamiz oldida taxlikali vaziyat yuzaga keldi. Kozak to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Takroriy burchak to‘pini vakillarimiz qaytarishdi
33'
Hoshimov o‘ng qanotdan tavakkal va manzisiz uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan to‘pni darvozabonga tashlab berdi.
29'
Andreev o‘z qanotidan o‘ta noaniq uzatmani amalga oshirdi
28'
Merzlyakovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
27'
Sherzod Karimov o‘ng tomondan zarba yo‘lladi. Yaqin burchakka borgan to‘pni darvozabon egallab oldi
26'
Vuuuuh! Lobanov "Paxtakor"ni navbatdagi goldan qutqarib qoldi! Hujumchi birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. To‘p Lobanovning qo‘lidan maydonni tark etdi
20'
GOOL! "Al-Ayn" hisobni ochdi, 1:0! Ekoko jarima maydoni ichida uzoq burchakka aniq zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi!
15'
O‘yindan jonli translyasiya bilan bog‘liq muammolar duch kelayotgani bois, o‘yinning har bir daqiqasini yozib borishga muvaffaq bo‘la olmayapmiz. Buning uchun uzr so‘raymiz
11'
To‘p nazorati asosan Babayan shogirdlari tomonida bo‘lmoqda. Mezbonlar hozircha himoyalanishmoqda
9'
"Paxtakor" chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. HImoyachilar to‘pni qaytarishdi. Sohibov olis masofadan yo‘llagan zarba aniq chiqmadi
90+1'
7'
O‘yinning 7-daqiqasi o‘tib bormoqda. Javohir Sohibov futbolchisiga nisbatan fol ishlatildi. BAAlik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
1'
O‘yinni mezbonlar boshlab berishdi
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
'
"Al-Ayn" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga 5 daqiqa qoldi
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.