Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«C» guruhi, 4-tur. 8 aprel, soat 16:00. Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)

LOKOMOTIV

Marat Bikmayev (7, 14)
Sanjar Shoahmedov (54)
Damir Koyashevich (79)
Ruslan Koryan (90+1)

5 : 0

AS-SADD

JAMOALAR TARKIBI
12.Ma’mur Ikromov
3.Shavkat Mullajonov
8.Sardor Mirzayev
10.Marat Bikmayev
13.Lutfulla To‘rayev
16.Jasur J.Hasanov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
28.Ikrom Aliboyev
31.Nemanya Yanichich
77.Jasur O.Hasanov
  22.Muhannad Naim
3.Abdulkarim Hassan
6.Muhaddam Kasola
8.Ali Asadulla
9.Mirikui
10.Xalfan Ibrohim
11.Hasan al-Haydos
32.Grafite
39.Nodir Belxoj
40.Li Jung Su
70.Mus’ab Xidir Muhammad
ZAHIRA
1.Ignatiy Nesterov
7.Ruslan Koryan
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov,
18.Temur Kapadze
24.Ibrohim Rahimov
33.Oleg Zoteev
99.Damir Koyashevich
  1.Ash-Shib
18.Umar
20.Yusuf Ahmad
37.Hamza Sanhoji
80.Abdulla al-Msaki
94.Hamad Mansur
96.Abdulrahmon Daheriy
SARIQ KARTOCHKA
Ikrom Aliboyev (27)
Lutfulla To‘rayev (27)
Islom To‘xtaxo‘jayev (28)
 
Mus’ab Xidir Muhammad (43)
Muhammad Kasola (60)

Matn

'
Shu bilan onlayn-translyasiyamizni yakunlaymiz, g‘alabalar hamrohingiz bo‘lsin, sog‘ bo‘ling!
90+2'
Uchrashuv yakunlandi!Lokomotivdan ajoyib g‘alaba!
90'
Koyashevich Koryanga ajoyibuzatma oshirdi, Ruslan bir himoyachini, keyin darvozabonni ham chalg‘itib hisobni o‘ta yirik ko‘rinishga olib keldi!
90'
Gooooooooooooooooool! Ruslan Koryan! 5:0!
90'
2-bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi!
89'
Yanichich golni bartaraf etdi. As Sadd hujumchisi jarima maydoni ichiga kirib bordi va Ikromovni aldab o‘tdi va darvozaga zarba berdi, bu zarbani Yanichich qaytarib qoldi!
88'
Abdulkarim Hassanning uzoqdan bergan zarbasi darvozadan uzoqdan o‘tib ketdi.
84'
As Saddda o‘zgarish: Halfan Ibrohim o‘rniga Umar maydonga tushdi.
83'
OFfsayd. Hushtak chalinganidan so‘ng to‘pni tepib yuborgani uchun Koryan ogohlantirildi.
80'
Himoyachi tpni qabul qilishda xatoga yo‘l qo‘ydi undan o‘tib ketgan to‘pni Abduholiqov egallab oldi va jarima maydonchasining chap tomonidan kirib bordi va kutilmaganda zarba berish o‘rniga Koyashevichga oshirdi, Damir mo‘ljalda adashmadi!
80'
Goooooooooooooooooooooool! Koyashevich! 4:0!
77'
Koryan jarima maydonchasi ichiga kirib bordi, ammo raqibi bilan kurashdato‘pni biroz uzoqlashtirib yubordi, to‘pni himoyachilar egallab oldilar.
75'
Lokoda - Shoahmedov o‘rniga Damir Koyashevich tushdi,
As Sadd - Grafite o‘rniga Hamad mansr.
73'
Burchak to‘aini Mirzayev amalga oshirdi, ammo bu yerda hakam Yanichichni darvozabonga qo‘pol o‘ynadi deb topdi.
73'
Loko burchak to‘pi tepadi.
71'
As Saddda o‘zgarish: Mus’ab Xidir o‘rniga Hamza tushdi.
70 '
Ruslan Koryan oldinga intildi, ammoundan himoyachilar to‘pni olib qo‘yishdi.
69'
Raqiblar Abduholiqovni maydonga qulatishdi, unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
65'
Lokoda ikkinchi almashtirish: Marat Bikmayev o‘rniga Ruslan Koryan tushdi.
67'
Lokoda o‘zgarish: Jasur Hasanov (kattasi) o‘rniga Temurxo‘ja Abduholiqov tushdi. Jasurga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytib qo‘yamiz.
62'
Mehmonlar o‘ng qanotda hujum uyushtirdi, qanotdan oshirilgan to‘pni Grafite noaniq zarba bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi!
55'
Ma’mur Ikromov! Haydosning kuchli zarbasini qaytardi. Juda yaxshi o‘ynamoqda bugun Ikromov!
54'
Shoahmedov-Bimayev-Shoahmedov kmbinasiyasi gol bilan yakunlandi! Balli yigitlar.
54'
Shoahmedov-Bimayev-Shoahmedov kmbinasiyasi gol bilan yakunlandi! Balli yigitlar.
55'
Gooooooooooooooool! Shoahmedov! 3:0!
54'
Lokoning hujumlari xavfli va chiroyli chiqmoqda. Jasur (kattasi) jarima maydonchasining
50'
Jasur Hasanov (kichik) o‘ng qanotdan jarima maydoni chiga to‘p oshirdi, ammo bu yerda uning sheriklaridan hech kim yo‘q edi.
47'
Loko ikkita gol bilan cheklanmoqchimas shekilli, Sajnar Shoahmedov sheriklari oshirgan to‘pni darvoza tmon xavli ravishda yo‘anltiri. Darvozabon to‘pni tashqarisiga chiqarib yubordi.
46'
Bimayev maydon markazidan chap qanotga - katta Jasurga to‘p oshirdi, raqib himoyaibosim ostida to‘pni maydon chetiga chiqari yubordi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
45+2'
Bo‘lim nihoyasiga yetdi!
45+2'
Mehmonlar bo‘lim oxirida jarima to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, 35 metrdan. Buni Halfan Ibrohim bajardi, zarbani Ma’mur Ikromov egallab oldi.
45'
2 daqiqa qo‘shib berildi 1-bo‘limga.
45'
To‘rayevning xatosi tufayli mehmonlar gol urishi mumkin edi, ammo raqib hujumchisi qulay vaziyatan foydallana olmadi.
44'
Hasanov (kichik) o‘ng qanot bo‘ylab oshirilgan hujumda juda noaniq o‘ynadi, uning zarbasi (yoki uzatmasi)ni darvozabon egallab oldi.
42'
Mus’b Xidir kerakli masofani saqlamagni uchun ogohlantirildi.
42'
Yanichich jarima maydoni yaqinida raqibiga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Bu hakamni fikri.
41'
Yanichich oshirgan to‘pga Jasur Hasanov yetib kela olmadi.
40'
To‘rayev jarima maydonchasidan to‘pni uzoqlashtirib, vaziyatni yumshatdi.
38'
Shoahmedovning kuchli zarbasi darvoza to‘siniga tegdi, gol bo‘lganda shedevr gollar qatoriga kirar edi!
36'
As Saddning juda xavfli tezkor hujumi offsayd bilan yakunlandi, Grafite voqealar rivojidan ilgarilab ketgan edi.
35'
Lokoning qarshi hujumi. Aliboyev to‘pni raqibiga oldirib qo‘ydi.
33'
Halfan Ibrohim jarima maydoni ichiga kirib uni markazga havolatib uzatdi, havoda esa Ma’mur Ikromov raqib hujumchisidan ustunlik qildi.
32'
To‘xtaxo‘jayev chap qanotda Jasur Hasanovga to‘p oshirdi, Jasur esa o‘z navbatida jarima maydonchasi ichiga. Ammo As Sadd himoyachilari chaqqonroq bo‘lishdi.
30'
Jasur Hasanov (kichigi) o‘ng qanotdan Mjarima maydonchasi ichiga havolatib to‘p uzatdi, bu yerda Marat Bikmayev bosh bilan zarba bermoqchi edi, ammo buni uddalay olmadi.
28'
Loko futbolchilar ikki daqiqa ichida uchta sariq kartochka ishladilar - bu safar To‘xtaxo‘jayev. Islom yon qanotdan to‘pni o‘yinga kiritishni sal cho‘zib yubordi. Sheriklari ochilmadi.
28'
Lutfullo To‘rayev hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi.
27'
Ikrom Aliboyev hakamning hushtagidan so‘ng darvozaga zarba bergani uchun ogohlantirildi.
25'
Katta Hasanovning chap qanotdan uzatgan to‘pi kichik Jasurga kelib tushdi, uning zarbasi tezkor, kuchli, ammo noaniq bo‘ldi.
24'
Grafite hozir hisobni qisqartirishi mumkin edi, ammo qulay vaziyatda noaniq zarba berdi!
22'
To‘xtaxo‘jayev chap qanotga, Hasanovga to‘p oshirishda zarbani biroz kuchaytirib yubordi.
21'
Shoahmedov uzoq masofadan zarba berib ko‘rdi,ammo noaniq va kuchsiz.
20'
Shoahmedov to‘p oshirishda xatoga yo‘l qo‘ydi.
17'
Hozircha yomonmas, nima deysiz? ))
14'
Jasur Hasanov (Kattasi!) chap qanotdan jarima maydoni ichiga to‘p oshirdi, bu yerda Marat Bikmayev avval to‘pni to‘xtatib oldi va darvozani nishonga oldi!
14'
Goooooooooooooooooooool! Maratjon Bikmayev! 2:0!
13'
To‘xtaxo‘jayev to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, As Sadd burchak tepadi.
11'
Goldan keyin temiryo‘lchilar jonlandilar, raqibni shoshirib qo‘ymoqda.
8'
Sardor Mirzayev qat’iy harakatlar bilan jarima maydoni o‘ng qanotidan ichkariga to‘p uzatdi, Ikrom Aliboyev darvozaga zarba berdi, Naim to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni Maratbek Bikmayev darvozaga joyladi!
8'
Goooooooooooooool! Bikmayev! 1:0!
6'
Ma’mur Ikromov raqib hujumchisidan chaqqonroq harakat qilib to‘pni egallab oldi.
5'
O‘yin boshidan As Saddning shashti baland, u Lokoni himoyada o‘ynashga majbur qilmoqda.
2'
Mezbonlar maydonning chap tomonidan, mehmonlar esa o‘ng tmonian joy olishgan.
'
Loko oq rangda o‘ynamoqda, As Sadd esa to‘q ko‘k kiyimda.
1'
Uchrashuvga start berildi! Uni mezbonlar boshladi.
'
Jamoalar maydonga chiib kelishgan.
'
Bugun guruh autsayderi favoritni yutishiga ishonganlar uchun onlayn translyasichmizni boshlaymiz!
'
Atish mumkinki, bu uchrashuv guruh favoriti va autsayderi o‘rtasidagi o‘yin deb ham atashimiz mumkin. Sababi qatarliklar 7 ochko bilan peshqadam, biznikilar esa bor-yo‘g‘i bir ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqdalar.
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi
'
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! OCHL 4-turi doirasida "Lokomotiv" - "As Sadd" klulari shrtasiagi uchrashuvdan onlayn translyasiyamizni boshlaymiz!
'
Vadim Abramov ajablantirishda davom etmoqda. Bugun asosiy tarkibda yosh Ikrom Aliboyev tushirildi. Qanotdan ikki Hasanov o‘ynasa, yagona hujumchi vazifasini Marat Bikmayev bajarishi kutilmoqda
'
Vadim Abramov jamoasi bugun OCHLning 4-turi doirasida Qatarning "As-Sadd" klubini qabul qilmoqda
'
Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionidagi matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.