Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«A» guruhi, 4-tur. 8 aprel, soat 16:00. Bosh hakam: Abdulloh Al-Hiloliy (Ummon)

LAXVIYa

Vladimir Vays (43)

1 : 0

BUNYODKOR

JAMOALAR TARKIBI
40.Klaudio Amin
2.Muhammad Musa
4.Chiko Flores
7.Xolid Muftan
8.Luis Martin
10.Nam Te Xi
12.Karim Budiaf
14.Muhammad Tresor
23.Sebastyan Soriya
28.Yusuf Msekni
70.Vladimir Vayss
  45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov
4.Hayrulla Karimov
7.Shakir Zuagi
9.Sato Minori
14.Vohid Shodiyev
15.Obid Jo‘raboyev
16.Artyom Filipposyan
17.Dostonbek Hamdamov
20.Samir Bekrich
21.Sardor Rashidov
ZAHIRA
5.Muhammad Razzoq
6.Dame Traore
9.Abdulrahmon Mohd
11.Talal Said al-Qahtoniy
20.Ali Hassan Afif
70.Ismoil Muhammad
90.Ivan Rodriges Santos
  25.Murodjon Zuhurov
6.Anvar Hofurov
11.Mirzohid G‘ofurov
19.Zabihillo O‘rinboyev
27.Sardor Sobirxo‘jayev
40.Timur Ayupov.

Matn

'
"Laxviya" - "Bunyodkor" - 1:0. Lushchan shogirdlari OCHL pley-off yo‘llanmasidan butunlay mahrum bo‘ldi. Nazariy imkoniyat ham qolmadi. Ular keyingi 2ta turda shunchaki OCHL koeffisiyentlari uchun kurash olib borishadi.
90+3'
"Bunyodkor"ning so‘nggi hujumi samarasiz yakunlandi. Hiloliyning xushtagi chalindi va o‘yin yakunlandi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
86'
Sato Minori Rashidovni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. Sardor to‘pga biroz yeta olmadi
86'
Jarima zarbasi jonli devorga tegib, maydonni tark etdi
85'
Xayrulla Karimov raqibning qarshi hujumi paytida Nam Te Xini yiqitdi. Hiloliy Xayrullaga ikkinchi sariqni berishi mumkin edi, ammo ayadi
83'
Burchak to‘pini vakillarimiz bartaraf etishdi
82'
Akbar To‘rayev yana bir marta muqarrar goldan qutqarib qoldi! Kuintana o‘ng qanotda bir himoyachimizni aldab o‘tib, Nam Te Xiga uzatdi. Koreyalik futbolchi 14 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p To‘rayevning qo‘lidan maydonni tark etdi
81'
Burchak to‘pi ishladik
81'
"Laxviya" futbolchilari ikki marta ofsaydda qolishdi
78'
Bugun Zuagi mutlaqo o‘ynolmayapti! Oddiy vaziyatlarda to‘pni raqibga topshirmoqda
77'
"Rahmat senga, Sebastyan Kuintana!" - deganida Murod Rizayev haq edi! Qarshi hujum natijasida qatarlik urugvaylik futbolchiga pas berishdi. Kuintana 3-4 metrdan bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi! To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi...
75'
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Dostonbek Hamdamov maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Temur Ayupov tushirildi
74'
Zuagi tomonidan maydon markazidan berilgan uzatmaga "Bunyodkor" hujumchilari yeta olishmadi
72'
Nam Te Xi qarshi hujum paytida chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va narigi qanotdagi sherigiga yetkazayotganida To‘rayev to‘pni egallab oldi
71'
Yana Sebastyan Soriya! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
71'
Vuuuuh! To‘rayev qutqardi! Qarshi hujumda Kuintana birga bir vaziyatga chiqib bordi va 15 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Akbar to‘pga tashlanib, yon tomonga urib yubordi
69'
Vays maydon markazidan to‘p bilan oldinga o‘tdi, jarima maydonchamizga kirib bordi va zarba yo‘lladi. To‘p Akbarning o‘ziga bordi
68'
Minori raqib jarima maydonchasiga yaxshi kirib bordi, ammo ikki himoyachidan o‘tib keta olmadi...
66'
"Laxviya" burchak zarbasi ishladi
65'
Vuuuuh! "Bunyodkor"ning yaxshi hujumi! O‘rinboyev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Minori to‘pni ataylab o‘tkazib yubordi va Rashidov zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi. To‘pni Jo‘raboyev egalladi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p yana himoyachilarga tegib qaytdi
63'
Laxviya"da o‘zgarish: Msakni o‘rniga Ismoil Muhammad tushirildi
61'
Xavfli vaziyat! Nam Te Xi yakkama-yakka vaziyatga chiqarildi. Koreyalik futbolchi to‘pga biroz yeta olmadi. To‘rayev to‘pni egallab oldi
61'
Kechiktirilgan fol uchun Xayrulla Karimovga sariq kartochka ko‘rsatdi
58'
Sato Minori bir futbolchini aldab raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo ikkinchisidan o‘tib keta olmadi
58'
Maydon markazida Zuagiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
56'
Vuuuuh! Kuintana o‘ng qanotdan chiroyli uzatma berdi. Chiko Flores 6 metrlardan bosh bilan kuchli zarba berdi. Akbar To‘rayev zarbani qaytardi. Shorahmedov to‘pni vaziyatdan uzoqlashtirdi. Qarshi hujumda "qaldirg‘ochlar" to‘pni yo‘qotishdi
56'
Vays jarima maydonchasiga kirib bordi. Burchak to‘pi ishladi
55'
Shorahmedov o‘ng qanotdan uzatma berishni qoyillatmadi
54'
"Bunyodkor"da ikkinchi o‘zgarish: Shodiyev o‘rniga Zabihillo O‘rinboyev tushirildi
53'
Vuuuuh! Rashidov jarima maydonchasi tashqarisida jamoadoshi bilan "devor" o‘ynab oldi va 18 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi!
49'
Lushchan shogirdlarining hujumi samarasiz yakunlandi
47'
Darvozagacha 30 metrlardan Rashidov yo‘llagan zarba murakkab trayektoriya hosil qildi va ustun yonidan o‘tib ketdi.
46'
Ikkinchi taym boshlandi.
46'
"Bunyodkor"da dastlabki o‘zgarish: Sardor Sobirxo‘jayev maydonga tushdi. Bekrich maydonga qaytmadi
45+2'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Laxviya" - "Bunyodkor" - 1:0. Tanaffus
45+2'
Bekrich olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
45+1'
Jarimadan yetkazilgan uzatmani Akbar egallab oldi
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi
45'
Akmal Shorahmedov ogohlantirish oldi. U Vaysni chalib yiqitdi
45'
Raqib jarima maydonchasi ostonasida "Bunyodkor" futbolchisi to‘p uchun kurash olib bordi va kutilmaganda to‘p darvoza tomon ketdi. Amin orqaga qaytdi va to‘pni egallab oldi
43'
GOOL! Vladimir Vays, 1:0! Hujumchi 3-4 nafar himoyachilarimizdan o‘tib ketdi va oyog‘ining tashqi qismi bilan olis burchakka aylanma zarba berdi. To‘rayev to‘pga yeta olmadi. Chiroyli gol
40'
Burchak to‘pidan keyin to‘p mezbon futbolchisining qo‘liga tekkandek ko‘rindi. Hiloliy o‘yinni to‘xtatmadi
39'
Rashidovning zarbasi kuchli va aniq bo‘ldi! Amin yaxshi seyv bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi
39'
Shodiyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Darvozasiga 35 metr...
38'
Qatarliklar o‘ng qanotdan jarima zarbasini o‘yinga kiritishdi. Yusuf Msakni bosh bilan zarba berdi. To‘rayev to‘pni egalladi
36'
Zuagi olis yuqori burchak tomon to‘pni aylantirdi. Davrozabon to‘pni egallab oldi
35'
Endi "Bunyodkor" jarima zarbasi ishladi. Zuagiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
33'
Vays yo‘llagan zarba jonli devorga tegib qaytdi. Mezbon futbolchisi yana zarba berdi. To‘p rekoshet holatida darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi...
33'
Karimov qoidabuzarligidan so‘ng "Laxviya" jarima zarbasi tepadi.
31'
"Laxviya" futbolchilari "devorlar" orqali markaz bo‘ylab jarima maydonchamizga kirib borishga harakat qildi. Markaziy himoyachilarimiz raqibga to‘sqinlik qilishdi, Akbar to‘pni egallab oldi
29'
Jarima maydonchasiga yorib kirgan Vladimir Vayssga uzatma berildi. Hujumchi to‘pga yeta olmadi
28'
Hamdamov chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Kladio Amin to‘pni egallab oldi
26'
Dostonbek Hamdamov 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Zarba kuchli, ammo to‘sin ustidan o‘tib ketdi
25'
Vayss olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
23'
To‘p nazorati ko‘proq "Laxviya" tomonida bo‘lmoqda. "Bunyodkor" qarshi hujumda o‘ynamoqda
20'
O‘ng qanotdan uzatma berilayotganida to‘p Obid Jo‘raboyevning biqiniga tegdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi
17'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Rashidov deyarli burchakka yaqin joyda egalladi, bir himoyachini aldab jarima maydonchasiga kirdi va zarba berdi. To‘p yaqin ustun oldidan o‘tib ketdi
14'
Olis masofadan yetkazilgan uzatmadan keyin Vays to‘pni egalladi va himoyachilarimizdan birini aldayotganida yiqildi. Hiloliy yana penalti uchun asos yo‘q deb hisobladi
13'
Maydon markazi uchun kurash kechmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar yo‘q
9'
Msakni Xayrulla Karimovni aldab, chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va yiqildi. Hiloliy hech qanday penalti yo‘qligiga ishora qildi
6'
Kuintana o‘ng tomondan oldinga o‘tdi va narigi tomonda yordamga kelgan Vaysga uzatma berdi. Vladimir orqaga uzatma berdi va shundan so‘ng yuqoridan darvozaga yaqiniga to‘p yetazildi. To‘rayev to‘pni egallab oldi
4'
"Laxviya" qizil, "Bunyodkor" oq rangli formada o‘ynamoqda
3'
Samir Bekrich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq
1'
O‘yin boshlandi!
'
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Laxviya" - "Bunyodkor" o‘yini boshlanish arafasida!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.