Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 30-tur, 9 aprel, 01:00. Bosh hakam: Mario Melero Lopes | ||
RAYO VALYEKANO |
0 : 2 |
REAL MADRIDKrishtianu Ronaldu (68)
Xames Rodriges (73) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Kristian Alvares (D) 04.Antonio Amayya 18.Ze Kashtru 03.Nacho 02.Tito 29.Adrian Embarba 06.Muhammed Fatau 10.Roberto Trasorras 12.Gael Kakuta 23.Alberto Bueno 09.Manushu |
01.Iker Kasilyas (D) 15.Daniel Karvaxal 04.Serxio Ramos 02.Rafayel Varan 12.Marselo 19.Luka Modrich 08.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 11.Garet Beyl 07.Krishtianu Ronaldu 09.Karim Benzema |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.David Kobenyo (D) 15.Abdulaye Ba 14.Emiliano Insua 16.Xavyer Akuino 21.Xosabed 27.Aleks Moreno 22.Lika |
13.Keylor Navas (D) 18.Nacho Fernandes 05.Fabiu Kuentrau 24.Asyer Ilyaramendi 23.Isko 14.Xavyer Ernandes 20.Xese |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Xames Rodriges (20)
|
||
Matn
| ' | E’tiboringiz uchun rahmat | |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Rayo Valyekano" - "Real Madrid" - 0:2. |
| 90+2' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90+1' | ![]() |
"Real"da uchinchi o‘zgarish: Beyl o‘rniga Chicharito tushirildi |
| 89' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Xames o‘rniga Nacho Rodriges tushdi |
| 89' | ![]() |
Ohohoo! "Real" omad tufayli o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi. Manushu o‘ziga yetkazilgan uzatmani ko‘kragi bilan qaytardi va zarba bermoqchi bo‘lganida Ramos to‘pni qaytardi. Tito esa 10 metrlardan 7 metrli darvozaga aniq zarba bera olmadi. To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi |
| 88' | ![]() |
BUrchak to‘pidan keyin Amayya bosh bilan zarba berdi. Kasilyas o‘z o‘rnida |
| 87' | ![]() |
Vuuh! Chap qanotdan berilgan uzatmadan keyin Manushu bosh bilan zarba berdi. Burchakka borayotgan to‘pni Iker qaytardi. |
| 85' | ![]() |
Ehhh, Isko! Beylning qanotdan bergan uzatmasini 8-9 metrlardan darvozaga yo‘lladi. Alvares to‘pni egallab oldi |
| 81' | ![]() |
"Rayo"da o‘zgarish: Embarba o‘rniga Xavyer Akuino tushdi |
| 80' | ![]() |
"Rayo" futbolchilari maydon markazida to‘pni egallab olishdi va jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berildi. Iker to‘pni egalladi |
| 78' | ![]() |
Yuqoridan yetkazilgan to‘pni Kasilyas egalladi |
| 76' | ![]() |
Kroos olis masofadan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p yuqorilab ketdi... |
| 73' | ![]() |
GOOOOL! Xames Rodrigeesss, 0:2! 20 metrlardan aniq zarba bilan darvoza burchagini nishonga oldi! |
| 72' | ![]() |
Mezbonlar "Real" jarima maydonchasiga qisqa paslar bilan kirib borishdi. Hujumchi zarba berishga ulgurmadi... |
| 72' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Benzema o‘rniga Isko tushirildi |
| 71' | ![]() |
Vuuuh! Nacho 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pni qaytardi! |
| 68' | ![]() |
GOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuu! 0:1! Ishning asosiy qismini Karvaxal bajardi. Daniel o‘ng qanotdan himoyachidan qochib ketdi va jarima maydonchasiga kirib, Ronalduga pas berdi. Krishtianu bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 65' | ![]() |
Vuuuuh! Xames jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi va himoyachilar orasidan o‘tib, 14 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi... |
| 64' | ![]() |
Kroos yetkazgan uzatmani mezbonlar qaytarishdi va to‘pni egallab qarshi hujumga o‘tishdi. Embarba 20 metrlardan zarba yo‘lladi. Kasilyas to‘pga ega chiqdi |
| 63' | ![]() |
Antonio Amayya ogohlantirish oldi. Burchakka yaqin joyda Beylga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi |
| 62' | ![]() |
Benzema jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarba himoyachiga tegib yon tomonga ketdi. Karimning o‘zi to‘pni egalladi va jarima maydonchasi uzatma berdi. Beylning bosh bilan zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi |
| 61' | ![]() |
O‘yinni cho‘zgani uchun Kristian Alvares ogohlantirish oldi |
| 60' | ![]() |
Xames jarima maydonchasi oldida turgan Ronalduga pas berdi. Hujumchi mezbon futbolchisidan o‘tib keta olmadi. Takroriy hujum paytida Ronaldu 15 metrlardan noaniq zarba yo‘lladi |
| 57' | ![]() |
"Rayo"da o‘zgarish: Fatau o‘rniga Xosabed tushdi |
| 56' | ![]() |
Vuuuuh! Beyl chap qanotdan markaz tomon surildi va chap oyoqda olis burchakka zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi... |
| 55' | ![]() |
Vuuuuuh! Marselo 20 metrlardan pushkadek zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!!! |
| 55' | ![]() |
Jarima to‘pi jarima maydonchasiga kirgan Kakutaga yetkazildi. Ammo u to‘pni maydonda olib qola olmadi |
| 54' | ![]() |
Daniel Karvaxal qo‘pol o‘yin uchun ogohlantirish oldi |
| 53' | ![]() |
Vuuuuh! Benzema deyarli birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qila olmadi. O‘tkir burchak ostida yo‘llangan zarba olis ustun oldidan o‘tib ketdi... |
| 52' | ![]() |
Bu holat "Real" futbolchilarini asabiylashtirdi. Beyl qo‘pollik uchun, Kroos esa keskin e’tiroz uchun ogohlantirish olishdi |
| 51' | ![]() |
Mutlaqo tushunarsiz holat! Xames chiroyli pas bilan Ronalduni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Krishtianu raqib jarima maydonchasiga kirdi va himoyachini aldayotganida mudofaa vakili podkat tarzda hujumchining oyog‘iga tashlandi va uni yiqitdi! Hakam esa Ronaldu sariq kartochka ko‘rsatdi! |
| 49' | ![]() |
Mezbonlar bu safar o‘ng qanotdan darvoza yaqiniga to‘pni yetkazishdi. Kasilyas egallab oldi |
| 48' | ![]() |
Chap qanotdan jarima maydonchasi chizig‘i atrofiga berilgan uzatma yerga urilib keldi va Beyl bosh bilan zarba berdi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi taymdagi dastlabki hujumni mezbonlar tashkil qilishdi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmaga sakrayotganida hujumchi Marselo ustiga chiqib ketdi. Fol |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Rayo Valyekano" - "Real" - 0:0. Tanaffus |
| 44' | ![]() |
"Rayo" futbolchi Nacho ogohlantirildi. Modrichni qo‘li bilan tortib qolgani uchun |
| 44' | ![]() |
Vuuuuh! Kasilyas "Real"ni goldan qutqardi! O‘ng qanotdan olis ustun tomon yetkazilgan uzatmaga mezbon futbolchilaridan biri bosh bilan zarba berdi. Iker to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 41' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Chap qanotdan belgilangan jarima zarbasini "Real" futbolchilari raqib jarima maydonchasiga yetkazishdi. Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 38' | ![]() |
Mezbonlarning pressingi va to‘pni nazorat qilish "Real" o‘yinini izdan chiqarmoqda hozircha. Qiziq, "Rayo" bu ishni qancha vaqtgacha amalga oshira olarkan? |
| 35' | ![]() |
Shu paytgacha bexato o‘ynayotgan "Rayo Valyekano" mudofaa vakillari hozir o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Xames tomon uzatilgan kesma uzatmani himoyachi qaytardi va o‘sha zahoti darvozaga to‘pni yetkazdi. Bu esa Ronaldu uchun uzatmaga aylanbi ketishiga sal qoldi. Alvares bir amallab to‘pni tepib yubordi |
| 33' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Manushu oyog‘i bilan darvoza tomon burdi. Kasilyas to‘pni egalladi |
| 33' | ![]() |
"Rayo" burchak zarbasi ishladi |
| 30' | ![]() |
Ronaldu bir futbolchini aldab jarima maydonchasiga kirdi va boshqa himoyachi bilan to‘qnashuvda yiqildi. Hech narsa yo‘q |
| 29' | ![]() |
Xames ofsaydda qoldi deb topgan laynsmen adashganga o‘xshadi |
| 28' | ![]() |
"Rayo" burchak to‘pini o‘yinga kiritgandan keyin mehmonlar jarima maydonchasi atrofini to‘pni aylantirdi, uzatmalari berildi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi |
| 27' | ![]() |
Embarba chap qanotdan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Sakragan Manushu to‘pga yeta olmadi. RAmos to‘pni qaytardi |
| 24' | ![]() |
Mezbon jamoa futbolchisining 25 metrlardan yo‘llagan zarbasi himoyachiga tegib qaytdi |
| 23' | ![]() |
Modrichning uzatmasidan keyin Beyl birga bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi. Ammo Garet ofsaydda qolgan ekan |
| 22' | ![]() |
Manushu birga bir vaziyatga chiqib ketishiga sal qoldi. Kasilyas jarima maydonchasini tark etdi va to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 20' | ![]() |
Xames Rodriges sariq kartochka oldi. To‘pni qo‘li bilan o‘ynagani bois |
| 19' | ![]() |
Maydon egalari yana bir burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. To‘p hech kimga tegmay narigi tomondan maydonni tark etdi |
| 18' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani Iker mushti bilan urib yubordi. Embarba 17 metrdan noaniq zarba yo‘lladi |
| 17' | ![]() |
"Rayo Valyekano" dadil o‘ynamoqda. "Real" himoyalanishga majbur bo‘lmoqda. Mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishadi |
| 15' | ![]() |
Vuuuuh! Bueno 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Yerga urilib borgan to‘pni Kasilyas qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi |
| 12' | ![]() |
"Rayo" yaxshi hujum tashkil qildi. Olis masofadan yetkazilgan uzatmani Embarba egalladi va biroz markaz tomon surilib, olis burchakka to‘pni aylantirishga harakat qildi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi... |
| 10' | ![]() |
Vuuuh! Karvaxal o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va deyarli so‘nggi chiziq oldidan orqaga pas berdi. Xames 16 metrdan aniq zarba yo‘lladi. Alvares to‘pni egalladi |
| 9' | ![]() |
Gael Kakuta jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. Noaniq |
| 8' | ![]() |
Vuuuuh! XAmesning uzatmasidan keyin Ronaldu to‘pni yerga tushirmasdan darvoza tomon zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 4' | ![]() |
Burchak zarbasini "Real" qaytardi |
| 4' | ![]() |
Varan o‘yin qoidasini buzgani uchun mezbonlar jarima zarbasini tepishdi. To‘p jonli devordan o‘tmadi, hujum davomida burchak to‘pi ishlandi |
| 2' | ![]() |
Mezbonlarning hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Ramos maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Aks holda Manushu zarba berishga tayyor edi... |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | "Rayo" oq-qizil, "Real" esa qora rangli formada o‘ynaydi | |
| ' | O‘yin boshida 1 daqiqa sukut saqlandi | |
| ' | ![]() |
"Rayo Valyekano" - "Real" o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiya boshlaymiz. Madrid derbisi |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|