Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La ligasi
| 31-tur, 11 aprel, soat 23:00. Bosh hakam: Xuan Martines Munuera | ||
SEVILYaEver Banega (38)
Kevin Gameyro (84) |
2 : 2 |
BARSELONALionel Messi (14)
Neymar (30) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
29.Serxio Riko (D) 23.Koke 21.Nikolas Parexa 06.Daniel Karrisu 02.Benua Tremulinas 19.Ever Banega 04.Gjegoj Krixovyak 22.Aleyks Vidal 12.Visente Iborra 20.Vitolo 09.Karlos Bakka |
13.Klaudio Bravo (D) 22.Dani Alves 03.Jerar Pike 24.Jeremi Matye 18.Xordi Alba 05.Serxio Buskets 04.Ivan Rakitich 08.Andres Inyesta 11.Neymar 10.Lionel Messi 09.Luis Suares |
|
| ZAHIRA | ||
|
33.David Soria (D) 05.Diogu Figeyrash 03.Fernando Navarro 25.Stefan Mbia 17.Denis Suares 10.Xose Reyes 07.Kevin Gameyro |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 15.Mark Bartra 21.Adriano 06.Xavi Ernandes 12.Rafinya 14.Xavyer Maskerano 07.Pedro Rodriges |
|
Matn
| ' | ![]() |
Endi "Barselona" va "Real" jamoalari ochkolari o‘rtasidagi farq bor-yo‘g‘i 2 ochkoni tashkil qilmoqda |
| 90+3' | ![]() |
O‘YIN YAKUNLANDI! "SEVILYa" - "BARSELONA" - 2:2! |
| 90+2' | ![]() |
"Barsa" jarima zarbasi ishladi. Alves juda noaniq zarba yo‘lladi. |
| 90+1' | ![]() |
Rakitich jarima maydonchasiga tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 90' | ![]() |
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Davrozabon to‘pni egallab oldi. |
| 86' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Pedro tushirildi |
| 84' | ![]() |
GOOOOOL! Kevin Gameyro! 2:2! Andalusiyaliklar qarshi hujumga o‘tishdi. Reyes-Vidal uzatmalaridan keyin Gameyro darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qildi! |
| 83' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni jarima maydonchasiga emas, orqaga o‘ynashdi. Keyin oldinga uzatma berilganda esa Suares ofsaydda qoldi. |
| 83' | ![]() |
Kataloniyaliklar to‘pni jarima maydonchasiga emas, orqaga o‘ynashdi. Keyin oldinga uzatma berilganda esa Suares ofsaydda qoldi. |
| 82' | ![]() |
Stefan Mbia ogohlantirildi. Messiga nisbatan qo‘pollik uchun. Darvozagacha 22 metrlardan jarima zarbasi |
| 79' | ![]() |
"Sevilya" ikkita burchak to‘pini o‘yinga kiritdi va har ikkalasi "Barsa" uchun taxlikali bo‘ldi. Ikkinchi "standart"da to‘p mezbon futbolchisining oyog‘iga tegmay qoldi. |
| 78' | ![]() |
"Sevilya" jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Alba to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni mezbonlar darvoza tomon tepishdi va burchak to‘pi ishlashdi |
| 78' | ![]() |
"Sevilya" jarima zarbasini o‘yinga kiritdi. Alba to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni mezbonlar darvoza tomon tepishdi va burchak to‘pi ishlashdi |
| 75' | ![]() |
Burchak zarbasidan keyin sevilyaliklar qarshi hujumga o‘tib ketishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi |
| 74' | ![]() |
Messi yo‘llagan zarba jonli devordan maydonni tark etdi. |
| 74' | ![]() |
"Barsa"da dastlabki o‘zgarish: Neymar o‘rniga Xavi tushirildi. Demak, Enrik maydon markazida to‘pni o‘z nazratiga olmoqchi |
| 73' | ![]() |
Messiga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi |
| 72' | ![]() |
Mehmonlar to‘p nazoratini o‘z tomonlariga olishga harakat qilishmoqda va buning uddasidan chiqishmoqda |
| 69' | ![]() |
Vuuh! Rakitich zarba yo‘llaganidan so‘ng to‘p yuqoriga ko‘tarildi va jarima maydonchasi ichida ochilgan Suares zarba yo‘llash uchun qulay vaziyatga chiqdi. Ammo u darvozaga aniq zarba bera olmadi |
| 67' | ![]() |
"Sevilya" o‘zining bosimi orqali kataloniyaliklarni himoyalanishga majbur eta olmoqda |
| 67' | ![]() |
"Sevilya" o‘zining bosimi orqali kataloniyaliklarni himoyalanishga majbur eta olmoqda |
| 64' | ![]() |
Koke jarima maydonchasi tashqarisidan aniq uzatma bera olmadi |
| 64' | ![]() |
Koke jarima maydonchasi tashqarisidan aniq uzatma bera olmadi |
| 63' | ![]() |
Parexa yo‘llagan zarba jonli devorga tegib qaytdi |
| 62' | ![]() |
Endi Pike sariq kartochka oldi. Darvozagacha 22 metrlardan jarima zarbasi |
| 61' | ![]() |
Buskets sariq kartochka oldi |
| 57' | ![]() |
Ever Banega ogohlantirildi. Alvesning futbolkasidan tortib qolgani uchun |
| 56' | ![]() |
"Barselona" burchak zarbasini o‘yinga kiritdi. Matyo chalqancha uslubda zarba yo‘lladi. Riko zarbani qaytardi! |
| 54' | ![]() |
Ehhhh, Bakka! Hisobni tenglashtirishga juda yaqin edi! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Karlos 7-8 metrlardan darvoza tomon tepdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi!.. |
| 53' | ![]() |
Dastlab "Sevilya" mehmonlar jarima maydonchasi tashqarisida pressing qo‘llab to‘pni egallab oldi va Iborra jarima maydonchasiga kirayotganida Matyo undan to‘pni olib qo‘ydi. Qarshi hujumda esa endi mezbonlar himoyachisi Messidan to‘pni "toza" olib qo‘ydi |
| 52' | ![]() |
Karlos Bakka jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarba raqib futbolchisiga tegib qaytdi. Koke jarima maydonchasi tashqarisidan noaniq zarba yo‘lladi |
| 50' | ![]() |
Ehhhhhh, Suareessss! Inyesta Suares bilan "devor" o‘ynab birga bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo‘lladi. To‘p darvobonning ko‘kragiga tegib qaytdi. Luis yo‘llagan zarba esa darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 47' | ![]() |
Kataloniyaliklarning yaxshi hujumi paytida to‘pni Riko egallab oldi |
| 46' | ![]() |
Visente Iborra ogohlantirildi. Suaresni yiqitgani uchun |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hakam birinchi bo‘limga 1 soniya ham qo‘shib o‘tirmadi. |
| 45' | ![]() |
Rakitich burchakdan yetkazgan uzatmani darvozabon egallab oldi. |
| 45' | ![]() |
Messi yo‘llagan zarbani Serxio Riko yuqoriga urib o‘tkazib yubordi |
| 44' | ![]() |
Neymar juda chiroyli tarzda raqibini aldab o‘tdi va boshqa himoyachi jarima chizig‘i ustida yiqitdi. "Barsa"ning ikkinchi goli urilgan nuqta! |
| 41' | ![]() |
"Sevilya" jarima to‘pini darvoza yaqiniga yetkazdi. Krixovyak bosh bilan narigi ustun tomonga uzatma berdi. Pike to‘pni qaytardi. |
| 38' | ![]() |
Vuuuuh! Banega hisobni tenglashtirishi mumkin edi! Sheriklaridan to‘pni qabul qilgan futbolchi 16 metrdan zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib yuqoriga ko‘tarildi va uni Bravo egallab oldi! |
| 38' | ![]() |
GOOOOOL! Banega, 1:2! Olis masofadan olis burchakni nishonga oldi. To‘p Bravo qo‘li va ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi. O‘yinga intriga qaytdi! |
| 36' | ![]() |
"Barsa" hujum uchligi raqibning uch himoyachisiga qarshi chiqib bordi. Neymar o‘ng tomondagi Suaresga pas berdi. Himoyachi to‘pni egallab oldi. |
| 34' | ![]() |
Shunga o‘xshash vaziyat endi "Sevilya"da yuzaga keldi. Bakkaning uzatmasidan keyin Iborra 7-8 metrlardan darvozaga zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Futbolchi hakamga murojaat qilib, Alves yelkasidan tortib qolganini tushuntirmoqchi bo‘ldi. |
| 32' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Suares jarima maydonchasi ichida Neymar bilan "devor" o‘ynab birga bir vaziyatga chiqib bordi va o‘tkir burchak ostida yo‘llagan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 30' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Neymaaaaaaar! 2:0! Jarima zarbasini naq to‘qqizlikka joylab qo‘ydi! Darvozabon qotib qoldi. Ideal zarba! |
| 29' | ![]() |
Krixovyak shundoqqina jarima maydonchasi chizig‘i ustida Suaresning ortidan tepib yiqitdi. Sariq kartochka va jarima zarbasi! |
| 27' | ![]() |
"Barsa" qarshi hujumga o‘tdi. Suares to‘pni egallab biroz oldinga bordi va chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Neymarga yuqoridan uzatma berdi. Himoyachi podkat orqali to‘pni qaytarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Aks holda Neymar birga bir vaziyatga chiqayotgandi... |
| 26' | ![]() |
Mezbonlar jarima to‘pini kombinasiya orqali amalga oshirishga harakat qilishdi. Alba to‘pni yon tomonga tepib yubordi |
| 22' | ![]() |
Kataloniyaliklar juda chiroyli kombinasiya tashkil qilishdi. Suares biroz aniqroq va yumshoqroq pas berganida Inyesta birga bir vaziyatga chiqib ketardi. To‘pni Riko egallab oldi |
| 20' | ![]() |
"Barsa" hisobda oldinga chiqib olganidan so‘ng "Sevilya"ni to‘psiz yugurtirishga harakat qilmoqda |
| 14' | ![]() |
GOOOOOOL! Lioneeeeeellll MESSSIIII! 0:1! Chap oyog‘ida mohirona tarzda olis burchakka to‘pni "mixlab" qo‘ydi! Hammuallif — Rakitich! |
| 13' | ![]() |
"Sevilya"ning hujumi samarasiz yakunlandi. Bakka jarima maydonchasiga uzatma berdi. Hujumchi ofsaydga kirib ulgurgani uchun to‘pga tegib o‘tirmadi |
| 12' | ![]() |
Inyesta jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Riko xushyorlikni yo‘qotayotgani yo‘q! |
| 10' | ![]() |
Messi ikki himoyachidan o‘tib jarima maydonchasi kirdi va Neymar bilan "devor" o‘ynab to‘pni qabul qildi hamda zarba yo‘lladi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi. |
| 9' | ![]() |
Neymar jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yo‘lladi. Riko yaqin burchakni yopdi va to‘pni egallab oldi. |
| 6' | ![]() |
Maydon markazida Neymarga nisbatan fol ishlatildi. To‘p nazorati "Barsa"da, "Sevilya" himoyalanmoqda |
| 3' | ![]() |
Messin o‘ng qanotdan biroz markaz tomon surildi va chapdan jarima maydonchasiga kirgan Alba tomon uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. |
| 2' | ![]() |
"Sevilya" oq, "Barsa" yorqin qizil rangli formada maydonga tushgan |
| 1' | ![]() |
Diqqat! "Sevilya" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|