Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

32-tur, 12 aprel, soat 17:30. Bosh hakam: Andre Marriner

KPR

0 : 1

CHELSI

Sesk Fabregas (88)
JAMOALAR TARKIBI
01.Robert Grin (D)
14.Maurisio Isla
15.Nedum Onuoxa
04.Stiven Kolker
06.Klint Xill
08.Joy Barton
30.Sandro
20.Karl Genri
09.Charli Ostin
07.Mettyu Fillips
25.Bobbi Zamora
  13.Tibo Kurtua (D)
02.Branislav Ivanovich
24.Geri Kexill
26.Jon Terri
28.Sesar Aspilikueta
04.Sesk Fabregas
07.Ramires
22.Villian
10.Eden Azar
21.Nemanya Matich
11.Didye Drogba
ZAHIRA
12.Aleks Makkarti (D)
03.Arman Traore
22.Richard Dann
19.Niko Kranchar
39.Riki Grego-Koks
23.Devid Xoylett
  01.Petr Chex (D)
03.Filipe Luis
23.Xuan Kuadrado
08.Oskar
37.Isaya Braun
12.Jon Obi Mikel
05.Kurt Zuma

Matn

'
E’tiboringiz uchun rahmat. Manchester derbisidan tashkil etiladigan matnli onlayn translyasiyani ham o‘tkazib yubormang
90+5'
O‘yin yakunlandi KPR - Chelsi - 0:1. Mourinyo jamoasi navbatdagi qiyin va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
90+1'
"Chelsi"da o‘zgarish: Fabregas o‘rniga Kurt Zuma tushirildi
90'
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi
88'
GOOOOOOL! Sesk Fabregas, 1:0! "KPR" darvozaboni to‘pni muvaffaqiyatsiz tarzda tepdi. To‘p maydon markazigacha ham bormadi. Azar to‘pni egallab oldinga yurdi. Chap qanotda jamoadoshi bilan jarima maydonchasiga kirdi va Fabregasga uzatma berdi. Seskning zarbasini Grin oyoqlari oldidan o‘tkazib yubordi. Uning yo‘lini himoyachilar to‘sib qo‘yishgandi...
83'
"KPR"da o‘zgarish: Bobbi Zamora o‘rniga Devid Xoylett tushirildi.
83'
"KPR"da o‘zgarish: Bobbi Zamora o‘rniga Devid Xoylett tushirildi.
82'
Maydon egalari burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ostin yo‘llagan dastlab zarba Keyxillning qo‘liga tegdi. Takroriy zarbani Kurtua egalladi
81'
"KPR"da ham o‘zgarish: Sandro o‘rniga Kranchar maydonga tushdi
80'
"Chelsi"da o‘zgarish: Villian o‘rniga Kuadrodo tushirildi
79'
"Chelsi" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mezbonlar uzatmani qaytarishdi
78'
Sandroga sariq kartochka ko‘rsatildi
75'
MAydon markaziga yaqin joydan jarima to‘pni Villian darvozaga yaqiniga yetkazdi. Robert Grin to‘pni egalladi
75'
"KPR" futbolchisi Bobbi Zamora ogohlantirish oldi
71'
To‘p nazorati Mourinyo shogirdlari tomonida, ammo ular golga tortadigan vaziyat yarata olishmayapti
66'
Sandro olis masofadan yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
64'
Vuuuuuh! Tibo Kurtuaaa! O‘ng qanotdan yerlatib yetkazilgan uzatmani Mettyu Fillips 9-10 metrlardan darvoza tomon tepdi. Kurtua ajoyib reaksiya bilan to‘pni maydon tashqarisiga urib yubordi!
60'
Drogba sariq kartochka oldi
58'
Hozircha "Chelsi" mutlaqo peshqadamlarga xos o‘yin qila olayotgani yo‘q. Londonliklar ketma-ket ikki marta burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Ammo samara yo‘q
51'
Klint Xill jarima maydonchasi ichida — chap qanotdan aylanma zarba berdi. Kurtua to‘pni ushlab oldi
48'
Xavfli vaziyat! O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatmaga jarima maydonchasi ichida Ostin bosh bilan yeta olmadi. Olis ustun yaqinida turgan Zamoradan to‘p o‘tib ketdi...
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha KPR - Chelsi - 0:0. Tanaffus
45'
O‘ng qanotdan yetkazilgan uzatma Drogbadan o‘tib ketdi. Fabregas bosh bilan yo‘llagan zarba esa darvoza ustidan o‘tib ketdi!
44'
Zarbaaa! Charli Ostin jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Kurtua ajoyib seyv bilan to‘pni qaytardi
41'
KPR jarima maydonchasiga yetkazilgan to‘p uchun kurashda Drogba yiqildi, ammo hakam qoidabuzarlik yo‘q deb hisobladi
38'
"KPR" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Sandro bosh bilan yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
30'
Chelsining hujumi xavfli hujumi.Ramires Drogbaga to‘p oshirib berdi, ammo to‘p uning oyoqlarida maydon tashqarisiga chiqib ketdi!
29'
Chelsining hujumi. Ivanovich jarima maydonchasi ichidagi Azarga to‘p yetkazdi, ammo himoyachilar unan to‘pni olib qo‘yishdi.
28'
Barton Nemanya Matichga qarshi o‘ta qo‘pol o‘ynadi. Hakam hozircha kechirmoqda.
27'
Villian oqsoqlanmoqda. Chelsiga mammo bo‘lishi mumkin.
19'
KPRning javob hujumi. Fillips jarima maydonchasi ichiga to‘p oirdi to‘pga Kolker yeta olmadi, Yeeyxill to‘pni maydon chetiga chiqarib yubordi.
18'
Chap qanotdan Fabregas standartdan 11 metrlik nuqta oldiga to‘p oshirdi,uning sherigi yerlatib zarba berdi, ammo to‘p KPR o‘yinchisiga tegib qaytdi.
18'
Chap qanotdan Fabregas standartdan 11 metrlik nuqta oldiga to‘p oshirdi,uning sherigi yerlatib zarba berdi, ammo to‘p KPR o‘yinchisiga tegib qaytdi.
17'
Fillips Aspilikuetaga qarshi qoida buzdi.
11'
KPRning hujumi. Zamora oldinga, Ostinga havolatib oshirdi, o‘z joyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan Kurtua mushti bilan to‘pni uzoqlashtirdi, so‘ng Ostin bilan to‘qnashib, maydonga quladi.
8'
Chelsida imkoniyat! Fabregas burchak to‘pini bajardi, Ivanovich oyog‘i bilan darvozaga zarba berdi darvozabondan o‘tgan to‘pni himoyachi qaytari qoldi!
7'
Drogba birinchi burchak to‘rpini ishlab oldi.
3'
KPRning hujumi! Charli Ostin juda noaniq zarba berdi.
1'
To‘pni maydon egalari o‘yinga kiritdilar!
'
Assalomu alaykum, futbol muxlislari! Angliya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan KPR-Chelsi uchrashuvian onlayn translyasiyani boshlaymiz!
'
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Barchangizni APLning "KPR" - "Chelsi" o‘yinini kuzatib borishga taklif etamiz
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.