Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Angliya Premyer-ligasi
| 32-tur, 12 aprel, soat 20:00. Bosh hakam: Mark Klattenburg | ||
MANCHESTER YUNAYTEDEshli Yang (14)
Maruan Fellayni (27) Xuan Mata (67) Kris Smolling (73) |
4 : 2 |
MANCHESTER SITISerxio Aguero (8, 89)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.David de Xea (D) 17.Deyli Blind 04.Fil Jons 12.Kris Smolling 25.Antonio Valensiya 18.Eshli Yang 16.Maykl Kerrik 08.Xuan Mata 21.Ander Errera 31.Maruan Fellayni 10.Ueyn Runi |
01.Jo Xart (D) 05.Pablo Sabaleta 04.Vensan Kompani 26.Martin Demichelis 22.Gael Klishi 07.Jeyms Milner 42.Yaya Ture 25.Fernandinyo 15.Xesus Navas 21.David Silva 16.Serxio Aguero |
|
| ZAHIRA | ||
|
32.Viktor Valdes (D) 05.Markos Roxo 33.Patrik MakNeyr 02.Rafael 07.Anxel Di Mariya 11.Adnan Yanuzay 09.Radamel Falkao |
13.Vilfredo Kabalyero (D) 11.Aleksandr Kolarov 20.Elyakim Mangala 06.Fernando 08.Samir Nasri 18.Frenk Lempard 10.Edin Jeko |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Jeyms Milner (24)
David Silva (34) |
||
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. Manchester derbisida "Yunayted" g‘alaba qozondi va birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun qasos oldi. "Siti" endi hamshaharlaridan 4 ochkoga ortda qoladi |
| 90+1' | ![]() |
Tomonlar bir martadan hujum tashkil qilishdi. Nasrining uzatmasini mezmon himoyachilari qaytarishdi. Di Mariyaning zarbasini Jo Xart egallab oldi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 89' | ![]() |
GOOOOOOL! Serxio Aguero, 4:2! Sabaleta o‘ng tomondan jarima maydonchasiga kirib bordi va o‘ziga yetkazilgan uzatmani darvozabon maydonchasiga yaqiniga uzatdi. Hujumchi yo‘llagan zarba De Xeaning qo‘li va ustunga tegib, chiziqni kesib o‘tdi |
| 87' | ![]() |
"Siti" yirik hisobda yutqazayotganiga qaramay, hujum tashkil qila olmayapti. O‘yinning nazorati to‘la to‘kis mezbonlarda |
| 83' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Fellayni o‘rniga Radamel Falko tushirildi. |
| 81' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Xuan Mata o‘rniga Anxel Di Mariya tushirildi |
| 75' | ![]() |
"MYu"da o‘zgarish: Fil Jons o‘rniga Markos Roxo tushirildi. |
| 73' | ![]() |
GOOOOOOOL! Kris Smolling, 4:1! Eshli Yang o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Himoyachi yaqin masofadna bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! O‘yin taqdiri hal shekilli?! |
| 69' | ![]() |
Mata burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mehmonlar to‘pni egallab oldinga o‘tishayotganida fol ishlatildi |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOL! Xuaaaaan Mataaaaa, 3:1! Runining uzatmasidan keyin yarim himoyachi birga bir vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni Xartning oyoqlari orasidan o‘tkazib, darvozani ishg‘ol qildi. Takroriy vaziyat esa Mata to‘pni ofsaydda qabul qilganini ko‘rsatdi.... |
| 63' | ![]() |
"Siti"da o‘zgarish: Milner o‘rniga Samir Nasri tushirildi |
| 63' | ![]() |
Runi Sabaletani yiqitdi. Jarima zarbasini Silva olis ustun tomonga uzatdi. Demichelis bosh bilan to‘pni darvoza yaqiniga qaytardi. "MYu" himoyasi to‘pni maydon markaziga qaytardi |
| 60' | ![]() |
"Siti"ning hujumi. Navas jarima maydonchasining o‘ng tomonida to‘pni egalladi va "MYu" darvozasiga yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi qaytardi |
| 59' | ![]() |
Vuuuh! Mataning jarima maydonchasi o‘ng burchagidan yetkazgan uzatmasidan keyin Eshli Yang o‘tkir hujumchi pozisiyasida darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatda bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi va to‘pni Xart egallab oldi! |
| 59' | ![]() |
Vuuuh! Mataning jarima maydonchasi o‘ng burchagidan yetkazgan uzatmasidan keyin Eshli Yang o‘tkir hujumchi pozisiyasida darvozabon bilan yakkama yakka vaziyatda bosh bilan zarba berdi. Zarba kuchli chiqmadi va to‘pni Xart egallab oldi! |
| 58' | ![]() |
Ture va Silva o‘zaro uzatmalar almashishdi va Yahyo jarima maydonchasi chizig‘i ustidan yo‘llagan zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 53' | ![]() |
Jo Xaaaaaart! "Siti"ni muqarrar goldan qutqardi! Dastlab Runi jarimadan yo‘llagan zarbani darvozabon qaytardi. Yang to‘pni egallab darvoza yaqiniga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi va Kerrik 12 metrlardan zarba yo‘lladi. Xart zarbani qaytardi! |
| 47' | ![]() |
Qanotdan yetkazilgan uzatmani David Silva ko‘kragi bilan qaytardi, ammo na uning o‘zi, na Aguero zarba bera olishdi. Himoyachilar to‘pni egallab, xavfni bartaraf etishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+3' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "MYu"- "ManSiti" - 2:1. Tanaffus |
| 45+2' | ![]() |
Qarshi hujum paytida to‘p Agueroga yetkazildi. Serxio jarima maydonchasi ichida Jonsdan o‘tib keta olmadi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi |
| 44' | ![]() |
Vensan Kompani tik oyoq bilan Blindning oyog‘iga tepdi va sariq kartochka oldi. |
| 43' | ![]() |
Ehhhh, Aguero! "Siti" yarim himoyachilaridan biri maydon markazidan Serxio deyarli birga bir vaziyatga chiqardi. Aguero qarshisida bir himoyachi qolgandi va chap tomonda jamoadoshi ochiq edi, ammo argentinalik hujumchi unga pas bera olmadi! |
| 40' | O‘yin tenglashdi, hozircha hujumlar xavfli ko‘rinish olmayapti | |
| 34' | ![]() |
David Silvaga sariq kartochka ko‘rsatildi |
| 33' | ![]() |
Vuuuuh! Yaxshi uzatmazan keyin Aguero darvozabon bilan birga bir chiqib ketayotgandek edi, ammo De Xea yana oldinga chiqdi va tepib yuborishga ulgurdi! |
| 32' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Demichelis bosh bilan noaniq zarba berdi |
| 32' | ![]() |
"Siti" burchak to‘pi ishladi |
| 27' | ![]() |
GOOOOOOL! Maruan Fellayni, 2:1! Eshli Yang jarima maydonchasi burchagidan olis ustun tomon uzatma berdi va Fellayni yaqin masofadan bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 24' | ![]() |
Jeyms Milner sariq kartochka bilan jazolandi |
| 24' | ![]() |
Jeyms Milner sariq kartochka bilan jazolandi |
| 22' | ![]() |
Silva Agueroni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. De Xea jarima maydonchasini tashlab chiqib, to‘pni tepib yubordi |
| 20' | ![]() |
"Shaharliklar"ning xavfli hujumi. Chap qanotdan yetkazilgan uzatma uchun raqib jarima maydonchasi ichida David Silva kurash olib bordi. Deyarli to‘pni egalladiyu, ammo zarba yo‘llashga ulgurmadi |
| 14' | ![]() |
GOOOOOOOOOL! Eshli Yang, 1:1! Jarima to‘pini mehmonlar qaytarishgandek bo‘lishgandi, to‘p De Xeagacha qaytarildi. Darvozabonning tepib yuborgan to‘pni chap qanotdagi "MYu" futbolchisiga borib tushdi. Darvozabon maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazilgan uzatmaga Yang zarba bera olmadi. Ammo to‘p himoyachining oyog‘iga tegib yana Eshlining o‘ziga keldi va u bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 12' | ![]() |
David Silva yetkazgan uzatmani mezbonlar egallashdi va o‘zlari qarshi hujumga o‘tib, o‘ng qanotda jarima zarbasini ishlashdi |
| 11' | ![]() |
Goldan keyin ham ustunlik "shaharliklar" tomonida bo‘lmoqda. Fernandinyoga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Standart |
| 8' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Serxio Agueroooooo, 0:1! Milner jarima maydonchasiga kirib borgan Silvaga chiroyli uzatma berdi. David ustun yoniga yaqinlashib, darvoza oldida bo‘sh turgan hujumchini to‘p bilan ta’minladi. Aguero bir urinishda darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi! |
| 6' | ![]() |
Dastlabki golli vaziyat! Demichelisning uzatmasidan keyin Navas maydon markazidan boshlab o‘ng qanot bo‘ylab darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi va darvozagacha 7-8 metrlardan zarba yo‘lladi. De Xea oyog‘i bilan zarbani qaytardi! |
| 3' | ![]() |
To‘pni jarima maydonchasiga birinchi bo‘lib mezbonlar olib kirishdi. Yang chap qanotdan yetkazgan uzatmani himoyachi qaytardi. Takroriy uzatmani Jo Xart egallab oldi |
| 2' | Yomg‘ir yog‘moqda... | |
| 1' | ![]() |
O‘yinni "Manchester Siti" jamoasi boshlab berdi! |
| ' | "Old Trafford" maydoniga "MYu" va "Siti" jamoalari chiqib kelishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda | |
| ' | ![]() |
Qadrli futbol muxlislari! Stadion.uz bilan birga ekaningiz uchun sizga minnatdorchilik bildirib, APL 32-turining markaziy o‘yinidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|