Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Oliy liga-2015

4-tur, 13 aprel, soat 16:00. Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)

LOKOMOTIV

Temurxo‘ja Abduxoliqov (47-pen.)
Jasur O.Hasanov (54)
Ruslan Koryan (87)

3 : 0

BUNYODKOR

JAMOALAR TARKIBI
12.Ma’mur Ikromov
3.Shavkat Mullajonov
8.Sardor Mirzayev
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
13.Lutfulla To‘rayev
16.Jasur J. Hasanov
20.Islom To‘xtaxo‘jayev
22.Sanjar Shoahmedov
28.Ikrom Aliboyev
31.Nemanya Yanichich
77.Jasur O.Hasanov
  45.Akbar To‘rayev
2.Akmal Shorahmedov
7.Shaker Zuagi
9.Sato Minori
13.Ivan Miloshevich
16.Artyom Filiposyan
17.Doston Hamdamov
19.Zabihillo O‘rinboyev
21.Sardor Rashidov
27.Sardor Sobirxo‘jayev
48.Akrom Komilov
ZAHIRA
1.Ignatiy Nesterov
7.Ruslan Koryan
10.Marat Bikmayev
17.Salim Mustafoyev
18.Temur Kapadze
33.Oleg Zoteev
99.Damir Koyashevich
  1.Pavel Bugalo
4.Xayrulla Karimov
11.Mirzohid G‘ofurov
15.Obid Jo‘raboyev
20.Samir Bekrich
29.Otabek Shukurov
39.Eldor Shomurodov
SARIQ KARTOCHKA
 
Sardor Sobirxo‘jayev (47)
Artyom Filiposyan (51)
Eldor Shomurodov (61)
Sato Minori (86)
QIZIL KARTOCHKA
 
Eldor Shomurodov (65)

Matn

90+3'
O‘yin yakunlandi! "Lokomotiv" - "Bunyodkor" - 3:0. Izohga hojat yo‘q!
90+2'
Minoriga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Rashidov jarimadan yetkazgan uzatma paytda "Bunyodkor"ning raqib jarima maydonchasi ichidagi barcha futbolchilari ofsaydda qolishdi. Temiryo‘lchilarga birdaniga oldinga yugurib chiqib ketishdi
90'
O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi
87'
GOOOOOOOL! Ruslan Koryan, 3:0! Kichik Hasanov jarima maydonchasiga pas berayotganida Akrom Komilov raqibiga nisbatan tik oyoq bilan o‘ynadi. To‘p esa jarima maydonchasi ichidagi Koryanga borgani uchun Ermatov o‘yinni to‘xtatmadi. Ruslan aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
86'
Sato Minori to‘psiz harakatlanayotgan Aliboyevni yiqitgani uchun ogohlantirish oldi
84'
Ruslan Koryan yana ofsaydda
82'
Qarshi hujum paytida Sardor Mirzayev o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Koryan yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qila olmadi. Boz ustiga, u ofsaydda qolgan ekan
80'
Qarshi hujum paytida Koryan jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p Filiposyanga tegib, maydonni tark etdi
76'
Shoahmedovning uzatmasidan keyin kichik Jasur o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi, bir himoyachini aldadi va o‘tkir burchak ostida yaqin masofadan chap oyoqda muvaffaqiyatsiz zarba yo‘lladi...
74'
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev ogohlantirish oldi
72'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘rniga Ruslan Koryan tushirildi
72'
"Bunyodkor" himoyachilari qo‘pol xato qilishda davom etishmoqda. Ularning xatosidan so‘ng Mirzayev jarima maydonchasiga uzatma berdi. Aliboyev 9 metrlardan yo‘llagan zarba Kapadzega tegib maydonni tark etdi...
70'
Sardor Mirzayev jarimadan yetkazgan to‘pni Akbar To‘rayev ushlab oldi
70'
Burchakka yaqin joyda katta Hasanovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
67'
Voy, Akbar To‘rayev! Himoyachi to‘pni o‘ziga yetkazib bergan vaziyatda u oldida turgan Shoahmedovga to‘pni hadya qildi. Sanjar bunday sovg‘ani kutmagandi, to‘p uning oyog‘idan Akbarga bordi va darvozabon uni egallab oldi
67'
Yanichich o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga Salim Mustafoyev maydonga tushirildi
65'
Maydonga tushganiga 10 daqiqa bo‘lgan Eldor Shomurodov ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. U Yanichichga nisbatan tik oyoq bilan chiqib bordi...
64'
"Bunyodkor"da uchinchi o‘zgarish: Doston Hamdamov o‘rniga Otabek Shukurov tushirildi
61'
"Bunyodkor" futbolchisi Eldor Shomurodov sariq kartochka oldi. To‘xtaxo‘jayevni tepib yiqitgani uchun
60'
"Bunyodkor"da yana bir o‘zgarish: Shaker Zuagi o‘rniga Samir Bekrich tushdi
59'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Lutfulla To‘rayev o‘rniga Temur Kapadze tushirildi
58'
Olis masofadan yo‘llangan zarbani Ma’mur Ikromov ushlab oldi
57'
"Lokomotiv" qarshi hujumda hisobni yiriktirishi mumkin edi. O‘ng qanotdan to‘p olis ustun tomonga o‘tkazildi. Katta Hasanov to‘pni maydonda olib qo‘ydi va Aliboyevga yetkazdi. Ikrom uch futbolchidan o‘tib ketdi va deyarli birga bir vaziyatda sheriklariga pas bera olmadi. Akbar to‘pni egallab oldi!
55'
"Bunyodkor"da o‘zgarish bo‘ldi. Sardor Sobirxo‘jayev o‘rniga Eldor Shomurodov tushdi
54'
GOOOOOOOL! Jasur Hasanov, 2:0! "Lokomotiv" futbolchilari raqib jarima maydonchasi atrofida pressing qo‘llashdi va Shorahmedov jarima maydonchasi ichida to‘pni Hasanovga oldirib qo‘ydi. Katta Jasur birga bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi!
53'
"Lokomotiv" burchak to‘pi ishladi
51'
Artyom Filiposyan ogohlantirildi. Lutfulla To‘rayevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun. Yarim himoyachiga maydonda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
47'
Penalti sabab bo‘lgan qoidabuzarlik uchun "Bunyodkor" tayanch yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jayev ogohlantirildi
47'
GOOOOOOL! Temurxo‘ja Abduxoliqov darvozabonni alday oldi! 1:0!
47'
"Bunyodkor" darvozasiga penalti! Aliboyevni Sobirxo‘jayev jarima maydonchasi ichida chaldi!
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi!
'
Hozircha hisob ochilmadi. O‘yin aynan hisobga mos bo‘lmoqda. O‘yin biroz zerikarli. Jamoalar yopiq o‘ynashmoqda. Hech kim tavakkat qilishni istamayapti
45'
Ermatov birinchi bo‘limga qo‘shimcha vaqt belgilamadi. Tanaffus
45'
"Loko" qarshi hujumga o‘tayotganida Abduxoliqov ofsaydda qoldi
41'
Sobirxo‘jayev chiroyli tarzda Rashidovni to‘p bilan ta’minlagandi, ammo Sardor ofsaydda deb topildi...
40'
Shoahmedov maydon markazida Sobirxo‘jayev o‘tib ketib, oldinga yurdi va zarba berdi. Ammo zarba sekin chiqdi
39'
Xavfli vaziyat! Sardor Mirzayevning o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pni Temurxo‘ja darvoza yaqinida to‘xtatdi va zarba berdi. To‘p rekoshet holatida ustun yonidan o‘tib ketdi!
37'
Chapaqay Hasanov o‘z qanotidan oldinga o‘tdi, ammo uzatma berishni qoyillatmadi
35'
Temurxo‘ja jarima maydonchasi chizig‘i ustida yo‘llagan zarba himoyachidan maydonni tark etdi. To‘p burchakdan yetkazilganidan keyin Lutfulla yaqin masofadan bosh bilan zarba bera olmay qoldi.
33'
Kichik Hasanov o‘ng qanotdan yetkazgan to‘pni himoyachilar maydon tashqarisiga qaytarishdi. Takroriy hujum paytida to‘p chap qanotdagi Jasurga yetkazildi. U Shorahmedovni aldab, o‘ng oyoqda zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib qaytdi
30'
Rashidov jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
30'
"Lokomotiv" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Akbar musht bilan to‘pni urib yubordi
28'
Temiryo‘lchilar yaxshi hujum tashkil qilishdi. Katta Hasanov jarima maydonchasida ochilgan Temurxo‘jayev pas bilan ta’minladi. Ammo hujumchi sheriklariga aniq uzatma bera olmadi
27'
Filiposyan himoya chizig‘idan turib chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Rashidov tomon uzatma berdi. Sardor to‘pga yeta olmadi
25'
Ehhhhh, Dostoooon! Mehmonlar tezkor hujum tashkil qilishdi: Rashidov chap qanotdan to‘p bilan jarima maydonchasiga kirib bordi va olis ustun tomonda ochilgan Hamdamovga uzatma berdi. Doston o‘tkir burchak ostida darvozani ishg‘ol qila olmadi
23'
Kichik Hasanovning o‘ng qanotdan uzatmasiga Temurxo‘ja yeta olmadi. Shundan so‘ng Shorahmedov to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi
22'
"Bunyodkor" yaxshi hujum tashkil qildi. To‘p chap qanotda jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan O‘rinboyevga yetkazildi. Zabihilloning zarbasini Ikromov ikkinchi urinishda egallab oldi
20'
Abduxoliqov "Bunyodkor" futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi. Ermatov uni og‘zaki ogohlantirdi
19'
"Qaldirg‘ochlar" maydon egalari darvozasiga yaqinida to‘pni olib qo‘yishdi, ammo imkoniyatdan foydalana olishmadi. O‘rinboyev ofsaydda qoldi
17'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni Akbar To‘rayev egallab oldi
16'
"Loko" qarshi hujumda burchak to‘pi ishladi
15'
Jarima maydonchasiga kirgan Rashidovni to‘p bilan ta’minlashdi, ammo Sardor ofsaydda qolgandi
13'
Dastlabki xavfli vaziyat! "Bunyodkor" futbolchilari mezbonlar jarima maydonchasi atrofida to‘pni egallab olishdi. Sato jarima maydonchasi chizig‘i ustida ochilgan Hamdamovni zarbavor vaziyatga chiqardi. Dostonning zarbasi to‘g‘ri Ma’mur Ikromovga bordi
12'
Ikrom Aliboyev 20 metrlardan noaniq zarba yo‘lladi
11'
Sardor Mirzayevning burchakdan uzatmasi muvaffaqiyatsiz chiqdi: To‘p qarama-qarshi tomondan maydonni tark etdi
10'
To‘p bilan ko‘proq mezbonlar bo‘lishmoqda. Ular hozir burchak to‘pi ishlashdi
6'
Lutfulla To‘rayev 22 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi
5'
Islom To‘xtaxo‘jev yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi
4'
Miloshevich katta Hasanovni yiqitdi. Davrozagacha 26 metrlar...
3'
"Bunyodkor" chap qanotdan hujum tashkil qilishga harakat qildi. Sobirxo‘jayevning uzatmasiga Hamdamov yeta olmadi
1'
Rashidovning jarimadan zarbasi o‘ta va o‘ta noaniq bo‘ldi
1'
Katta Hasanov Rashidovga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi
1'
O‘yin boshlandi!
'
O‘yinni "Bunyodkor" boshlab beradigan bo‘ldi
15:59'
Diqqat, jamoalar va hakamlar maydonga chiqib kelishmoqda.
'
"Lokomotiv" stadionida bugun muxlislar unchalik ko‘p emas. Taxminan 2 ming atrofida ishqiboz tashrif buyurgan
'
Futbolchilar mashqlarni yakunlab, kiyinishxonasiga yo‘l olishdi. Maydonga esa suv sepilmoqda.
'
Bugun "Lokomotiv" oq, "Bunyodkor" esa to‘q ko‘k rangli formada harakat qiladi
'
"Lokomotiv" stadioni maysasi ideal holatda. Yam-yashil gilam desa ham bo‘ladi. Ob-havo ham yomon emas. Havo sal dimroq va issiqroq, biroq yengil shabada ham esib turibdi. O‘yin uchun barcha narsa muhayyo. Jamoalardan chiroyli o‘yin talab qilinadi xolos
'
Ayni damda "Lokomotiv" va "Bunyodkor" futbolchilari maydonda chigalyozdi mashqlarini o‘tkazishmoqda. Hakamlar esa bunday mashg‘ulotni o‘tkazib, kiyinish xonasiga yo‘l olishdi
'
"Lokomotiv" stadionining matbuot lojasidan matnli onlayn translyasiyani boshlaymiz
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.