Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Chorak final, 14 aprel, soat 23:45. Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya) | ||
ATLETIKO MADRID |
0 : 0 |
REAL MADRID |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
13.Yan Oblak (D) 02.Diyego Godin 03.Gilyerme Sikeyra 20.Xuanfran 23.Juan Miranda 06.Koke 07.Antuan Grizmann 10.Arda Turan 04.Mario Suares 14.Gabi 09.Mario Manjukich |
01.Iker Kasilyas (D) 04.Serxio Ramos 12.Marselo 15.Daniel Karvaxal 02.Rafayel Varan 11.Garet Beyl 19.Luka Modrich 08.Toni Kroos 10.Xames Rodriges 09.Karim Benzema 07.Krishtianu Ronaldu |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Migel Moyya (D) 24.Xose Ximenes 18.Xesus Games 08.Raul Garsiya 17.Saul Niguyes 05.Tyagu 19.Fernando Torres |
13.Keylor Navas (D) 17.Alvaro Arbeloa 03.Pepe 24.Asyer Ilyaramendi 23.Isko 06.Sami Xedira 20.Xese |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Atletiko" - "Real" - 0:0. Javob o‘yini 22 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi. Ushbu mavsumda yettinchi o‘yinda ham Anchelotti Simeoneni mag‘lub eta olmadi. E’tiboringiz uchun rahmat. |
| 90+3' | ![]() |
Vuuuuuuuh! So‘nggi hujum paytida "Atletiko" futbolchilari o‘ng qanotdan Manjukich tomon uzatma berishdi. Mario zarba berishga chog‘lanayotganida Varan bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi! |
| 90' | ![]() |
Vuuuh! "Atletiko" o‘yinning so‘nggi qismini juda kuchli o‘tkazmoqda! Ketma-ket hujumlar, zarbalar! Kasilyas bir vaziyatda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, himoyachi uning xatosini to‘g‘riladi. Mario Suares o‘z ustidan oshirib zarba berdi. Iker qaytardi. "Atletiko" futbolchisining zarbasini oq futbolkadagi o‘yinchi o‘ziga qabul qildi.... |
| 90' | ![]() |
Vuuuh! "Atletiko" o‘yinning so‘nggi qismini juda kuchli o‘tkazmoqda! Ketma-ket hujumlar, zarbalar! Kasilyas bir vaziyatda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, himoyachi uning xatosini to‘g‘riladi. Mario Suares o‘z ustidan oshirib zarba berdi. Iker qaytardi. "Atletiko" futbolchisining zarbasini oq futbolkadagi o‘yinchi o‘ziga qabul qildi.... |
| 89' | ![]() |
Marselo sari kartochka oldi |
| 87' | ![]() |
Fernando Torres to‘p bilan oldinga o‘tdi, jarima maydonchasi ichida Ramosni aldayotganida himoyachiga urilib yiqildi. Penalti yo‘q |
| 86' | ![]() |
"Real" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi. To‘pni egallagan Modrich jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 85' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Karvaxal o‘rniga Arbeloa tushirildi. |
| 85' | ![]() |
Mario Suares sariq kartochka oldi. Qarshi hujumda tezkorlik bilan oldinga o‘tayotgan Iskoni bir amallab yiqitdi |
| 83' | ![]() |
"Atletiko"da ikkinchi o‘zgarish: Koke maydonni tark etdi. Fernando Torres maydonga tushdi |
| 82' | ![]() |
Burchak zarbasidan keyin Godin darvozaga yaqin joydan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 81' | ![]() |
Vuuuuuuh! Turoooon! U barcha futbolchilardan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirgan jamoadoshiga uzatma berdi. To‘pni Karvaxal darvozabonga qaytardi va Iker uni tepib yubordi. |
| 80' | ![]() |
Majich Ramos va Raul Garsiyaga ogohlantirish berdi |
| 79' | ![]() |
Sikeyra jarima maydonchasi chap burchagidan darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Ramos bosh bilan to‘pni qaytardi |
| 77' | ![]() |
"Atletiko" chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘p hech kimga tegmay, maydonni tark etdi. |
| 77' | ![]() |
"Atletiko"da o‘zgarish: Antuan Grizmann o‘rniga Raul Garsiya tushirildi |
| 75' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Karim Benzema o‘rniga Isko tushirilmoqda |
| 71' | ![]() |
Manjukich Karvaxalga nisbatan tirsagini ishlatdi, hakam Marioga ikkinchi sariqni bermadi |
| 68' | ![]() |
Ehhhhh, Benzemaaaa! Marselo o‘z qanotida ikki futbolchidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga ichida ochiq turgan Karimga uzatma berdi. Benzema o‘sha joydan zarba bersa, gol urishi mumkin edi, ammo chiroyli tarzda sheriklariga uzatma berishga qaror qildi. Shundan keyin mezbonlar darvozasi oldida xavf saqlanib turildi, himoyachilar bir amallab to‘pni tepib yuborishga ulgurishdi... |
| 65' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda o‘yin teng kechmoqda |
| 62' | ![]() |
Ronaldu jarima maydonchasi ichida ikki himoyachi orasidan o‘tdi va Benzemaga uzatma berdi. Karim to‘pni o‘zidan qochirib yubordi va vaziyatni qo‘ldan chiqardi. |
| 61' | ![]() |
"Atletiko" futbolchilari yana o‘ng qanotdan hujum tashkil qilishdi. To‘p jarima maydonchasi chizig‘i ustiga yetkazildi. Sikeyra yo‘llagan zarba Karvaxalga tegib qaytdi |
| 60' | ![]() |
Turon o‘ng qanotda Ramosdan o‘tib ketib, "Real" darvozasi yaqiniga uzatma berdi. Grizmann ikki himoyachi orasida zarba berishga ulgurmadi |
| 58' | ![]() |
"Real" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mehmonlarning ikki futbolchisi to‘pga baravar sakrab, bir-birlariga xalal berishdi |
| 56' | ![]() |
Toni Kroos olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. Oblak to‘pni egallab oldi |
| 55' | ![]() |
Manjukich jarohatini davolab maydonga tushdiyu, darhol ogohlantirish oldi. O‘zi ham tushunmadi nima uchunligini |
| 55' | ![]() |
Benzema jarima maydonchasi tashqarisida zarba yo‘llashiga Koke yo‘l qo‘ymadi - podkat orqali |
| 53' | ![]() |
Manjukichning qoshi yorilgan. Qonni to‘xtatish qiyin bo‘lmoqda. Shifokorlar maydon chetida u bilan shug‘ullanishmoqda |
| 51' | ![]() |
Grizmann jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Manjukichning yuzi qonamoqda. Ramos tirsagi bilan uning yuziga urib yubordi, ammo hakam qoidabuzarlikni qayd etmadi. |
| 49' | ![]() |
Vuuuh! Xuanfran o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Arda bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi... |
| 48' | ![]() |
Xames yetkazgan uzatmani Oblak egallab oldi |
| 47' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limning dastlabki 2 daqiqasida mezbonlar nisbatan faol bo‘lishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| ' | ![]() |
"Yuventus" - "Monako" o‘yinida ham birinchi bo‘limdan so‘ng hisob ochilmagan |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Atletiko" - "Real" - 0:0. Tanaffus |
| 45+1' | ![]() |
Chap burchakka yaqin joydan yetkazilgan uzatmaga Grizmann bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 43' | ![]() |
Vuuuuuh! Oooooooh! Ehhhhhh! "Atletiko" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. To‘pni Varan egallab oldi va o‘z jarima maydonchasi oldidan shunday tezlikda yugurdiki, o‘z yo‘lida 2 futbolchidan o‘tib ketib, mezbonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. To‘p Ronaldudan o‘tib ketdi. Benzema to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. DArvozabon va himoyachilar to‘pni qaytarishdi. Modrich zarba yo‘lladi. Uning zarbasini bartaraf etishdi! |
| 40' | ![]() |
Xuanfran o‘ng qanotdan hujumga qo‘shildi. Uning uzatmasi Varanning oyog‘idan Ikerga bordi. |
| 39' | ![]() |
Vuuuuuh! Mehmonlar raqib jarima maydonchasi tashqarsida bir-birlariga uzatma berib, Modrichni zarbavor vaziyatga chiqarishdi. Lukaning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 38' | ![]() |
Vuuuuuh! Endi mehmonlar o‘z jarima maydonchalari tashqarisida Grizmannga zarba yo‘llash imkonini berib qo‘yishdi. Zarba aniq bo‘ldi. Kasilyas to‘pni egallab oldi. |
| 37' | ![]() |
Vuuuuuh! "Real" burchak to‘yini o‘yinga kiritdi. Himoyachilar to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga qaytarishdi. Xames chap oyog‘ining tashqi tomoni bilan to‘pni darvoza burchagiga aylantirdi. Oblak to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Varan egallab sheriklariga uzatayotganida himoyachilar mardonavor o‘ynashdi |
| 34' | ![]() |
Sikeyra qanotdan hujumga qo‘shildi va burchak to‘pi ishladi. Darvozabon maydonchasiga to‘p yetkazildi. To‘pni mezbonlar egallashdi, ammo darvozaga zarba bera olishmadi |
| 31' | ![]() |
Vuuuuuuh! Garet Beyl 25 metrlardan kuchli zarba yo‘lladi. Oblak to‘pni qaytardi, ammo ushlab qola olmadi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 30' | ![]() |
To‘p nazorati to‘lig‘icha oqlar tomonida. "Atletiko", tabiiyki, qarshi hujumga e’tibor qaratmoqda. "Hindular" burchak to‘pi ishlashdi. Bu xavfli. |
| 27' | ![]() |
Modrich o‘ng burchakka yaqin joydan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Godin bosh bilan to‘pni o‘sha tomonga yo‘naltirdi |
| 23' | ![]() |
"Atletiko"ning qarshi hujumi paytida Koke Manjukichni birga bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi. To‘pni Kasilyas egallab oldi |
| 22' | ![]() |
Gabi jarima maydonchasi tashqarisida Marseloni yiqitdi. Jarima to‘pi. Darvozagacha 25 metr. To‘p oldida Ronaldu. Uning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi |
| 18' | ![]() |
Maydonni tark etayotgan to‘pni nazorat qilayotgan "Atletiko" himoyachisining ortidan borib Beyl turtdi. Hakam Garetni og‘zaki ogohlantirdi |
| 17' | ![]() |
Beyl jarima maydonchasining o‘ng tomonidan bir himoyachini aldab darvoza yaqiniga uzatma berdi. Godin bosh bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchakdan yetkazilgan uzatma Ronaldu olis ustun tomondan darvoza yaqiniga qaytardi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi. |
| 14' | ![]() |
Marselo o‘z qanotida Turonni qo‘li bilan tortib qoldi. Jarima to‘pini Koke jarima maydonchasiga yetkazdi. Mezbonlar burchak to‘pi ishlashdi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni Kasilyas mushti bilan urib yubordi |
| 12' | ![]() |
Benzema chap qanotdan turib, jarima maydonchasiga kirib kelgan Marseloga pas berdi. Braziliyalik himoyachi jarima maydonchasi ichida yiqildi, Penalti yo‘q albatta. |
| 10' | ![]() |
Bugun Majich oson bo‘lmaydi. Har bitta to‘qnashuvdan keyin ehtiroslar junbushga kelmoqda. Ramos maydon markazida Gabiga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi |
| 9' | ![]() |
28 metrlardan belgilangan jarima zarbasini Ronaldu darvoza tomon tepdi. Oblak to‘pni egallab oldi |
| 7' | ![]() |
Ehtiroslar junbushga kelmoqda. Modrichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi deb topildi |
| 6' | ![]() |
Anchelotti shogirdlari o‘yin boshidan juda faol o‘ynashmoqda. "Matraschilar" yuqori konsentrasiya bilan himoyalanishga qiynalishmoqda |
| 4' | ![]() |
Vuuuuuuh! "Atletiko" mudofaasining qo‘pol xatosidan keyin Beyl birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo Oblak oldinga chiqdi va Garet yo‘llagan zarbani qaytardi! |
| 2' | ![]() |
Mehmonlar o‘ng qanotdan darvozaga yaqiniga uzatma berishdi. Qaytarilgan to‘pni egallagan "qaymoqranglilar" takroriy hujum uyushtirishdi va Karvaxal 15 metrlardan zarba yo‘lladi. Yan Oblak to‘pni egalladi |
| 1' | ![]() |
Milorad Majichning xushtagi yangradi! O‘YIN BOSHLADI! |
| 23:44' | ![]() |
O‘yinni "Real" boshlab beradigan bo‘ldi |
| 23:42' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! YECHL madhiyasini tinglaymiz! |
| 23:40' | ![]() |
Jamoalar tribuna ostida yo‘lakda to‘planishmoqda. 2 daqiqadan keyin maydonga chiqib kelishadi |
| 23:36' | "Atletiko" bugun o‘zining oq-qizil yo‘l-yo‘l rangli formadasida o‘ynasa, "Real" o‘yinga qaymoqrang futbolkasini tayyorlab kelgan | |
| 23:33' | Har ikkala jamoa deyarli ideal tarkibda o‘yinni boshlashadi. Yo‘qotish yo‘q | |
| ' | Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda ushbu jamoalar YECHL finalida to‘qnash kelishgan va unda Anchelotti jamoasi qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishgandi. O‘shandan beri bu jamoalar yana 6 marta to‘qnash kelishdi. "Real" bu o‘yinlarda g‘alaba qozona olgani yo‘q — 2ta durang, 4ta mag‘lubiyat | |
| ' | ![]() |
Bugun biz Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida "Atletiko" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi Madrid derbisiga guvoh bo‘lamiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli yevro-futbol muxlislari! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli yevro-futbol muxlislari! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|