Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Chorak final, 15 aprel, soat 23:45. Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya) | ||
PSJGregori van der Vil (82)
|
1 : 3 |
BARSELONANeymar (18)
Luis Suares (67, 79) |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
30.Salvatore Sirigu (D) 02.Tiago Silva 05.Markinyos 17.Maksvell 23.Gregori van der Vil 04.Yoan Kabay 14.Blez Matyuydi 25.Adriyen Rabiot 27.Xavyer Pastore 22.Esekyel Lavessi 09.Edinson Kavani |
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 02.Martin Montoyya 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 04.Ivan Rakitich 05.Serxio Buskets 08.Andres Inyesta 14.Xavyer Maskerano 11.Neymar 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
|
| ZAHIRA | ||
|
01.Nikolya Dyushe (D) 32.David Luis 34.Presnil Kimpemb 06.Zumana Kamara 21.Lukas Din 07.Lukas 15.Jan-Kristof Baebek |
13.Klaudio Bravo (D) 24.Jeremi Matye 15.Mark Bartra 21.Adriano 06.Xavi Ernandes 12.Rafinya 07.Pedro Rodriges |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Kabay (38)
|
Pike (32)
Messi (54) |
|
Matn
| ' | ![]() |
E’tiboringiz uchun rahmat! |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "PSJ" - "Barselona" - 1:3! Kataloniyaliklar deyarli yarim finalda. PSJ javob o‘yinida 3ta gol urishi kerak. Bu esa oson ish emasligini ularning o‘zlari ham tushunib turishibdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi |
| 90' | ![]() |
Pastore Adrianoga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasi Messi olis burchak tomon tepdi. Sirigu zarbani qaytardi! |
| 89' | ![]() |
Ehhhhh, Pariiiiiiij! Qarshi hujum mezbonlar 3 marta zarba yo‘llashdi. Kavanining kuchli zarbasi yo‘liga Matyo g‘ov bo‘ldi! Jeremi xatosini to‘g‘irladi! |
| 87' | ![]() |
Adriano jarima maydonchasi o‘ng burchagidan havolatib uzatma berdi. Messi darvoza oldida bosh bilan zarba berishga chog‘lanayotganida Markinyos bir amallab to‘p yo‘nalishini o‘zgartira oldi |
| 85' | ![]() |
"Barsa" Messi ishtirokida yaxshi hujum tashkil qilishdi. Leo yo‘l-yo‘lakay Maskerano va Suares bilan "devor" o‘ynab oldi va jarima maydonchasiga kirib, olis ustun tomon uzatma berdi. Himoyachilar uning maqsadini tushinib qolishdi... |
| 82' | ![]() |
Vuuuuh! GOOOOOL! "Barselona"ning fransiyalik futbolchisi Jeremi Matyo o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi! Oddiy vaziyatda gol. Van der Vil jarima maydonchasiga burchagidan zarba yo‘lladi. To‘p Matyoning oyog‘idan to‘rga borib tushdi. |
| 79' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Luiiiss Suareeeessss! 0:3! Maskeranoning uzatmasidan keyin Luis to‘pni egalladi, David Luizning oyoqlari orasida to‘pni yana bir marta olib o‘tdi va birga bir vaziyatda jarima maydonchasi chizig‘i ustidan aylanma zarba yo‘lladi, to‘pni "to‘qqizlik"ka joyladi! Dubl! |
| 77' | ![]() |
Kataloniyaliklar chiroyli fintlar orqali hujumlar tashkil qilishdi. Messining uzatmasidan keyin Suares jarima maydonchasiga kirdi, ammo himoyachi to‘pni yaxshi qo‘riqladi va Sirigu to‘pni qo‘lga oldi |
| 75' | ![]() |
Jarima maydonchasiga chapdan kirgan Matyuydiga uzatma beridi. Blez darvozabon mayonchasiga to‘pni yetkazdi. Pike to‘pni qaytardi. |
| 74' | ![]() |
"Barsa"da o‘zgarish: Rakitich maydonni tark etdi, Jeremi Matyo tushirildi |
| 73' | ![]() |
Ohohoo, Messi! Juda chiroyli dribling! Uch himoyachidan o‘tib ketdi, ammo so‘nggi zarba noaniq bo‘ldi! |
| 73' | ![]() |
Ohohoo, Messi! Juda chiroyli dribling! Uch himoyachidan o‘tib ketdi, ammo so‘nggi zarba noaniq bo‘ldi! |
| 70' | ![]() |
Vuuuuuh, Kavaniiii! Burchakdan yetkazilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi va Kavani 12 metrlardan juda kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Ter Shtegen katta mahorat bilan to‘pni qaytardi! |
| 67' | ![]() |
GOOOOOOOOLLL!!!! Suareees, 0:2! Luis o‘ng qanotda David Luizning oyoqlari orasidan to‘pni olib o‘tdi, ikki himoyachiga to‘pni egallash imkonini bermadi hamda yaqin burchakka zarba berdi. To‘p Siriguning qo‘liga tegib, to‘rga borib tushdi! |
| 66' | ![]() |
Messi maydon markazidan Neymarni birga bir vaziyatga chiqardi, ammo braziliyalik futbolchi biroz ofsaydda qolgan ekan |
| 65' | ![]() |
"PSJ"da o‘zgarish: Rabiot o‘rniga Lukas tushirildi |
| 64' | ![]() |
"Barsa" xavfli qarshi hujumga o‘tdi. Messi chapdan oldinga o‘tgan Neymarni to‘p bilan ta’minladi. Ammo u ochilgan Suaresga uzatma bera olmadi. To‘p himoyachidan o‘tmadi |
| 61' | ![]() |
Messi Xaviga to‘pni berib, o‘zi jarima maydonchasiga kirdi, ammo o‘ziga yetkazilgan uzatmani egallay olmadi |
| 58' | ![]() |
PSJ qarshi hujumga juda tez o‘tdi. To‘rt nafar mezbon futbolchisi "Barsa"ning 3 himoyachisiga qarshi chiqib borib, imkoniyatdan foydalana olmadi! |
| 54' | ![]() |
Messiga sariq kartochka berildi. U Markinyosning oyog‘ini bosib oldi. |
| 53' | ![]() |
Inyesta o‘rniga Xavi tushdi. Sardorlik bog‘ichi Xavining bilagiga taqildi |
| 52' | ![]() |
Inyesta jarohat oldi. Uni zambilda maydondan olib chiqib ketishmoqda. Xavi maydonga tushishga tayyorlanmoqda |
| 51' | ![]() |
Adriyen Rabiot jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. "Barsa" posboni to‘pni egallab oldi |
| 49' | ![]() |
Pastore jarima maydonchasi burchagidan darvozabon uchun noqulay zarba yo‘lladi. Yerga tegib sakrab ko‘lgan to‘pni Ter Shtegen yon tomonga urib yubordi |
| 48' | ![]() |
Taym boshida kataloniyaliklar to‘pni nazorat qilib turishdi va PSJ keskin hujumga o‘tdi. Mehmonlar jarima maydonchasi chizig‘i ustida Pastoredan to‘pni olib qo‘yishdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "PSJ" - "Barselona" - 0:1. Tanaffus. |
| 45+1' | ![]() |
PSJ burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, himoyachilardan biri bosh bilan to‘pni qaytardi. Olis ustun tomon yana uzatma berildi va Kavani chalqancha uslubda noaniq zarba yo‘lladi, boz ustiga, u ofsaydda qolgandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi |
| 43' | ![]() |
David Luiz himoyada Luis Suaresga to‘pni oldirib qo‘ydi. Uning baxtiga boshqa jamoadoshlari yordamga yetib kelishdi. Urugvaylik hujumchi esa jarima maydonchasi burchagidan olis burchakni ishg‘ol qilmoqchi bo‘ldi. Bu to‘pni egallash Siriguga qiyinchilik tug‘dirmadi |
| 42' | ![]() |
PSJ burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Ter Shtegen musht bilan urib yubordi |
| 38' | ![]() |
Yoan Kabay ogohlantirildi. Maydon markazida Inyestaga nisbatan qo‘pol o‘ynadi |
| 36' | ![]() |
Messi chap tomondan jarima maydonchasiga kirib keldi va orqaroqda ochilgan Inyestga to‘pni yetkazdi. Yarim himoyachi tomonidan himoyachilarni chalg‘itib berilgan pasini Neymar egallay olmadi... |
| 34' | ![]() |
Messi maydon markazidan uzun pas bilan chapdan oldinga o‘tayotgan Neymarga to‘pni uzatdi. Braziliyalik futbolchi to‘pga yeta olmadi |
| 32' | ![]() |
Pikega sariq kartochka ko‘rsatildi. Yoan Kabay undan o‘tib ketmoqchi bo‘lganida himoyachi gavdasi bilan raqibni to‘xtatishga majbur bo‘ldi |
| 29' | ![]() |
Vuuuuh! "PSJ" ajoyib qarshi hujum tashkil qildi. Matyudi chapdan oldinga o‘tdi va markaz bo‘ylab yordamga kelgan Kavaniga uzatma berdi. Ammo u to‘pni Maskeranodan o‘tkaza olmadi, aks holda Pastore birga bir vaziyatga chiqib ketardi! |
| 26' | ![]() |
Neymar o‘z qanotida raqiblarni aldab, jarima maydonchasiga kirdi va yaqin burchakka zarba berdi. Sirigu to‘pni egallab oldi. |
| 21' | ![]() |
PSJda o‘zgarish: Tiagu Silva o‘rniga David Luiz tushirildi. Mezbonlar sardori jarohat oldi shekilli |
| 18' | ![]() |
GOOOOOOOOL! Neymaaaar! 0:1! Buskets maydon markazida to‘pni olib qo‘ydi va yotgan joyida Inyestaga pas berdi. Andreas tezda oldinga o‘tayotgan Messini to‘p bilan ta’minladi va Leo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Neymarni birga bir vaziyatga chiqarib yubordi. Braziliyalik futbolchi PSJ darvozabonini dog‘da qoldira oldi! |
| 16' | ![]() |
PSJ jarima maydonchasi ichida Rakitich havodagi kurash uchun kurash olib bordi va unda yutib chiqdi, Neymarning zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 14' | ![]() |
Vuuuuuuuh! Messssssiii! Suares chap qanotdan Leoga uzatma berdi. Messi jarima maydonchasi chizig‘i ustidan chap oyoqda zarba berdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! |
| 10' | ![]() |
Neymar-Messi-Alba uchburchak kombinasiya tashkil qilishdi. Himoyachi tomonidan jarima maydonchasi ichida qaytarilgan to‘p Xordiga tegib maydonni tark etdi |
| 8' | ![]() |
Oho! PSJ juda yaxshi hujum tashkil qildi. Matyuydi chap qanotdan jarima maydonchasi kirdi va markazroqqa pas berdi. Pastore zarba bermoqchi bo‘ldi, ammo to‘p uning oyog‘iga tegmay qoldi. |
| 6' | ![]() |
To‘p nazorati kataloniyaliklar tomonida |
| 5' | ![]() |
Alba chap qanotdan jarima maydonchasi yaqiniga uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Xordi to‘p uchun kurash olib bordi va yiqildi. Hech narsa bo‘lgani yo‘q |
| 1' | ![]() |
Dastlabki hujumni "Barsa" tashkil qildi. Messi jamoadoshiga to‘pni yetkazib, o‘zi jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘lganida, to‘p himoyachidan o‘tmay qoldi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! To‘pni o‘yinga PSJ kiritib berdi |
| 23:43' | ![]() |
Jamoalar maydonda saf tortishdi. YECHL madhiyasi yangramoqda... |
| 23:40' | ![]() |
"PSJ" bugun o‘zining to‘q ko‘k rangli, "Barselona" esa sariq rangli formada o‘ynaydi. Futbolchilar stadionning maydonga chiqish yo‘lakchasida yig‘ilishmoqda |
| 23:35' | "Park de Prens" stadioni o‘yin oldidan sug‘orilmoqda | |
| 23:25' | O‘yin boshlanishiga 20 daqiqa bor. Jamoalarda tarkib bo‘yicha bittadan yo‘qotish bor. Parijliklar Ibrohimovich yordam bera olmasa, Dani Alves diskvalifikasiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yubormoqda | |
| 23:24' | ![]() |
Evropa chempionlar ligasi chorak final o‘yinlaridan matnli onlayn translyasiyalarni davom ettiramiz. Bugun e’tiborni "PSJ" va "Barselona" jamolari o‘rtasidagi bahsga qaratamiz |
| 23:23' | ![]() |
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|