Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Oliy liga-2015
| 5-tur, 16 aprel, soat 16:00 | ||
DINAMO |
0 : 1 |
LOKOMOTIVMarat Bikmayev (79)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
15.Muhiddin Xudoyorov 4.Bunyod Isroilov 6.Maksimilian Fomin 7.Otabek Zokirov 9.Pavel Smolyachenko 10.Aziz Ibragimov 16.Akmal Xolmurodov 19.Islom Sharipov 26.Komil Sharofuddinov 33.Nikolay Chipev 55.Avaz Agaliyev |
1.Ignatiy Nesterov 3.Shavkat Mullajonov 7.Ruslan Koryan 10.Marat Bikmayev 17.Salim Mustafoyev 18.Temur Kapadze 20.Islom To‘xtaxo‘jayev 24.Ibrohim Rahimov 28.Ikrom Aliboyev 33.Oleg Zoteev 99.Damir Koyashevich |
|
| ZAHIRA | ||
|
Andrey Melnichuk Ildar Mamatkazin Aleksandr Boliyan 17.Jasur Azimov 22.Murodjon To‘ychiboyev 23.Temur Sharipov 29.Ma’ruf Murodov |
30.Sardor Qobuljonov 4.Bobur Yo‘ldoshev 8.Sardor Mirzayev 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov 13.Lutfulla To‘rayev 16.Jasur Hasanov (kichik) 77.Jasur Hasanov (katta). |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Ignatiy Nesterov (12)
|
||
Matn
| ' | ![]() |
Bugun "Dinamo" darvozaboni Muhiddin Xudoyorov ajoyib o‘yin ko‘rsatganini ta’kidlash lozim. Aks holda hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi |
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Lokomotiv" Samarqandda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shildi. |
| 90' | ![]() |
Bunyod Isroilov sariq kartochka oldi. "Lokomotiv" jarima maydonchasi yaqinida jarima zarbasini tepadi |
| 88' | ![]() |
Aliboyevning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini yana darvozabon qaytardi |
| 86' | ![]() |
"Lokomotiv" hujum tashkil qildi va yana bir burchak to‘pi ishladi |
| 85' | ![]() |
Marat Bikmayev hujumda Fominga qarshi fol ishlatdi |
| 83' | ![]() |
"Dinamo"da o‘zgarish: Otabek Zokirov o‘rniga Murod To‘ychiboyev tushirildi |
| 79' | ![]() |
GOOOL! Marat Bikmayev, 0:1! To‘rayevdan uzatma qabul qilgan Rahimov o‘ng qanotdan juda qulay pa berdi. Marat Bikmayev deyarli bo‘sh darvozani bosh bilan ishg‘ol qildi |
| 77' | ![]() |
"Dinamo"da o‘zgarish: Komil Sharofetdinov o‘rniga Temur Sharipov tushirildi |
| 75' | ![]() |
Temiryo‘lchilar juda ko‘p imkoniyatlardan foydalana olishmayapti. Ularga omad yetishmayapti |
| 73' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Bikmayev zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi |
| 72' | ![]() |
Vuuuuuuh, Muhiddin Xudoyorovdan ajoyib seyv! Aliboyev yo‘llagan zarba rekoshet holatida "Dinamo" darvozasi burchagiga borayotgandi! |
| 71' | ![]() |
Oleg Zoteev o‘rniga katta Jasur Hasanov tushirildi |
| 71' | ![]() |
"Lokomotiv" o‘yinga kiritgan burchak to‘pini mezbonlar qaytarishdi |
| 70' | ![]() |
"Dinamo"da o‘zgarish: Islom Sharipov o‘rniga Ma’ruf Murodov tushirildi |
| 69' | ![]() |
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Ruslan Koryan o‘rniga Temurxo‘ja Abduxoliqov tushdi |
| 68' | ![]() |
Koryanning kuchli zarbasini "Dinamo" darvozaboni qiyinchilik bilan qaytardi! Ajoyib o‘yin bo‘lmoqda, ketma-ket hujumlar |
| 66' | ![]() |
"Dinamo"da zo‘r imkoniyat, qarshi hujumda Nikolay Chipev kanotdan uzatilgan to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi. Nesterov qiyinchilik bilan qaytardi |
| 62' | ![]() |
Vuuuuuh! Bikmayevning boshi bilan bergan zarbasini Xudoyorov avval qaytardi, ammo qo‘lidan chiqib ketib, keyin chiziq ustida qaytardi, zo‘r imkoniyat edi! |
| 58' | ![]() |
Pavel Smolyachenko zo‘r pas bilan Ibragimovni qulay vaziyatga chiqardi, ammo hujumchi yana raqiblarni aldashga kirishib ketdi va hujum yo‘qqa chiqdi |
| 57' | ![]() |
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Damir Koyashevich o‘rniga Lutfulla To‘rayev tushirildi |
| 56' | ![]() |
"Dinamo" futbolchilari ham hujumga tez-tez o‘tib turishibdi, ammo hujumchilarga aniqlik yetishmayapti |
| 54' | ![]() |
Oleg Zoteev olis masofadan zarba yo‘llashga harakat qildi. To‘p yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi |
| 53' | ![]() |
Endi "Dinamo"da yaxshi imkoniyat! Qanotdan yetkazilgan uzatmaga Ibragimov biroz yeta olmadi. Aks holda Aziz juda qulay vaziyatga chiqayotgandi... |
| 51' | ![]() |
Salim Mustafoyev chap qanotdan uzatma berdi. Bikmayev bosh bilan zarba yo‘lladi, ammo to‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 49' | ![]() |
Vuuuuuh! "Loko"da xavfli vaziyat! Damir Koyashevich biryo‘la 4-5ta futbolchini aldab o‘tdi, ammo zarba berishga himoyachi xalaqit qilib qoldi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshidan Abramov jamoasi oldinga o‘tdi. Fomin Zoteevga erkin o‘ynash imkonini bermadi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Dinamo" - "Lokomotiv" - 0:0 |
| 45' | ![]() |
Koryan va Bikmayev o‘zaro kombinasiya uyushtirdi, yakunda "Loko" burchak to‘pi ishlab oldi |
| 43' | ![]() |
Aziz Ibragimov ofsaydda qoldi |
| 42' | ![]() |
Xavfli vaziyat! Qanotdan yetkazilgan uzatmani Bikmayev o‘tkazib yuborishi natijasida Oleg Zoteev darvozabon qarshisida yolg‘iz qoldi. Ammo uning yo‘llagan zarbasi darvoza ustdan o‘tib ketdi! |
| 38' | ![]() |
"Dinamo" uzun paslar orqali himoyadan chiqib, qarshi hujumga o‘tish uslubida harakat qilishda davom etmoqda |
| 35' | ![]() |
Koryanning kuchli zarbasi o‘xshamadi, ustunlik "Loko" tomonida |
| 29' | ![]() |
"Dinamo"da yana bir qarshi hujum. Aziz Ibragimov qanotdan tezkorlik bilan qochib ketdi, ammo himoyachi unga zarba berishga imkon bermadi. |
| 28' | ![]() |
"Lokomotiv" so‘nggi 2 daqiqada maydon markazini va to‘p nazoratini o‘z tomoniga oldi |
| 25' | ![]() |
Aliboyevning 25 metrlardan kuchli zarbasi biroz noaniq bo‘ldi |
| 23' | O‘yin yuqori tezlikda o‘tmoqda, ikkala jamoa ham tinmay hujum uyushtirmoqda | |
| 21' | ![]() |
Burchakdan yetkazilgan uzatmani dinamochilar qaytarishdi |
| 20' | ![]() |
Endi Aliboyevning uzatmasidan keyin Koyashevich birga bir vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qila olmadi. Zarbani himoyachi qaytarib qoldi. Burchak to‘pi |
| 16' | ![]() |
"Dinamo"ni qarshi xujumlari juda xavfli bo‘lmoqda. Uzoq masofadan himoyachilar hujumchilarga to‘pni havolatib oshirmoqda. Shunday uzatmalardan keyin mezbonlar ikki marta qulay vaziyatga ega bo‘lishdi. Ammo Aziz Ibragimov va Islom Sharipov aniq harakat qila olishmadi... |
| 13' | ![]() |
"Dinamo" hujumchisi Nesterovni aldab o‘tayotgan chog‘ida to‘pni qattiqrok tepib yuborgani va uning to‘pga yetib borishi so‘roq ostida qolgani bois balki unga qizil kartochka bermagandir, kecha Noyer maydondan chetlatilmaganidek... |
| 12' | ![]() |
O‘yinning 12-daqiqasida "temiryo‘lchilar" darvozasi oldida e’tiborga molik vaziyat yuzaga keldi. "Dinamo" futbolchisi qarshi hujum paytida Nesterov bilan birga bir vaziyatga chiqdi. Ignatiy jarima maydonchasini tashlab chiqdi va o‘zidan o‘tib ketayotgan hujumchini yiqitdi. Hakam esa faqat sariq kartochka va jarima zarbasi bilan cheklandi |
| 1' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan "Dinamo" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli onlayn translyasiyani biroz kechroq bo‘lsada boshlaymiz |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|