Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Angliya Premyer-ligasi

33-tur, 18 aprel, soat 21:30. Bosh hakam: Andre Marriner

CHELSI

Eden Azar (38)

1 : 0

MANCHESTER YUNAYTED

JAMOALAR TARKIBI
13.Tibo Kurtua (D)
28.Sesar Aspilikueta
02.Branislav Ivanovich
26.Jon Terri
24.Geri Kexill
10.Eden Azar
05.Kurt Zuma
21.Nemanya Matich
08.Oskar
04.Sesk Fabregas
11.Didye Drogba
  01.David de Xea (D)
12.Kris Smolling
33.Patrik MakNeyr
03.Lyuk Shou
25.Antonio Valensiya
21.Ander Errera
31.Maruan Fellayni
18.Eshli Yang
08.Xuan Mata
10.Ueyn Runi
09.Radamel Falkao
ZAHIRA
01.Petr Chex (D)
03.Filipe Luis
12.Jon Obi Mikel
07.Ramires
22.Villian
23.Xuan Kuadrado
35.Dominik Solanke
  32.Viktor Valdes (D)
42.Tayler Blekett
02.Rafael
11.Adnan Yanuzay
07.Anxel Di Mariya
44.Andreas Pereyra
20.Robin van Persi

Matn

90+5'
O‘yin yakunlandi! "Chelsi" — chempion! Deyarli...
90+3'
Kompensasiya vaqtida Mourinyo ikkita o‘zgarish qildi.
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi
86'
O‘ng qanotda belgilangan jarima to‘pini Fabregas o‘yinga kiritdi. Himoyachilar qaytarishdi
83'
Vuuh! Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Runi bosh bilan zarba berdi. To‘p yuqoridan o‘tib ketdi...
80'
"MYu"da o‘zgarish: Lyuk Shou o‘rniga Blekett tushirildi
77'
Vuuuuuuuh! Falkaooooo! Shounnig uzatmasidan keyin Radamel chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va deyarli birga bir vaziyatda o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p ustunning yuqori qismiga tegib, maydonni tark etdi!
75'
Azar jarima maydonchasi tashqarisida to‘pni egalladi, sheriklarini kutadi. Ammo "MYu" futbolchilari unga hujumni rivojlantirish imkoniyatini berishmadi
73'
Azar chap qanotda raqib futbolchilaridan o‘tib ketib oldinga yurdi va yordamga kelgan jamoadoshiga to‘pni yetkazib, qayta qabul qilib oldi. Uning zarbasi unchalik kuchli chiqmadi, De Xea to‘pga ega chiqdi
69'
Jamoalarda o‘zgarish bo‘ldi. "Chelsi"da Oskar o‘rniga Ramires, "MYu"da esa Mata o‘rniga Yanuzay, Eshli Yang o‘rniga Anxel Di Mariya tushirildi.
68'
Runi olis masofadan zarba yo‘lladi. Kurtua ikkinchi urinishda to‘pni egallab oldi
67'
Falkao jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi!
65'
Oho! Chap qanotdan yetkazilgan uzatmani Fellayni ko‘kragi bilan qaytardi va orqaroqqa uzatma berdi. Runi tomonidan yo‘llagan zarba rekoshet holatida maydonni tark etdi. Burchak zarbasi samarasiz yakunlardi.
63'
Oskar Runiga nisbatan qo‘pollik uchun ogohlantirish oldi
61'
Vuuuuuuh! MakNeyrning olis masofadan yo‘llagan zarbasini Kurtua qaytardi. Takroriy hujum paytida Shou chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Runining zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi!
57'
Branislav Ivanovich ogohlantirildi. "MYu" jarima maydonchasining chap yon chizig‘i oldidan burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Mataning yerlatib bergan uzatmasini Runi darvozaga yo‘llashga harakat qildi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi.
54'
Vuuuuuuh! "MYu" futbolchisi maydon markazida to‘pni Matichga berib qo‘ydi va "Chelsi" qarshi hujumda ikkinchi golni urishiga sal qoldi! Drogba jarima maydonchasiga kirib bordi va "parashyut" zarbani ijro etdi. To‘p De Xeaning ustidan oshib o‘tdi va olis ustidan o‘tib ketayotganida Azar yetib keldi va o‘ta o‘tkir burchakdan zarba berdi. To‘p ustunga tegib, maydonga qaytdi....
53'
Drogba sariq kartochka oldi
52'
"Chelsi" qarshi hujumga o‘tdi. Azar chap tomondan jarima maydonchasiga kirib borgan Fabregasga uzatma berdi. Sesk Smollingdan o‘tib keta olmadi. Burchakdan yetkazilgan to‘pni mehmonlar egallab olishdi
50'
O‘yin surati o‘zgarayotgani yo‘q. "MYu" vaziyatni o‘nglash uchun imkoniyat qidirmoqda. "Chelsi" osonlikcha imkoniyat beradigan jamoa emasligi oydek rashvan
46'
Ikkinchi taym boshlandi
45+1'
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Falkao yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo vaziyatdan foydalana olmadi. Burchakdan yetkazilgan to‘p mehmonlarga samara keltirmadi. Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus. Hozircha "Chelsi" - "Manchester Yunayted" - 1:0.
44'
Goldan keyin mezbonlarning ishi yanada osonlashdi. Ular yaxshi himoyalanishmoqda. "MYu" hujumda variant topa olmayapti
38'
GOOOOOOL! Eden Azaaaaar, 1:0! Sesk jarima maydonchasi tashqarisida tovoni bilan pas berdi va Azar birga bir vaziyatga chiqib borib, De Xeaning oyoqlari orasida to‘pni o‘tkazib, hisobni ochdi!
36'
"Chelsi" qarshi hujumga o‘tdi va o‘ng qanotdan jarima maydonchasi chizig‘i ustiga uzatma berildi. De Xea oldingi chiqdi va jarima maydonchasidan iroz tashqarida to‘pni yo‘li bilan qaytardi. Hakam bunga ahamiyat bermadi.
33'
Tengma-teng o‘yin kechmoqda. Mourinyoning yuzidan o‘yinning borishi uni qanoatlantirayotganga o‘xshaydi
28'
Hozircha "MYu" futbolchilari "Chelsi"ning qarshi hujumga tayyor turishibdi. Ularni o‘z vaqtida bartaraf etishmoqda. Londonlikar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. De Xea qiyinchilik bilan to‘pni urib yubordi.
28'
Hozircha "MYu" futbolchilari "Chelsi"ning qarshi hujumga tayyor turishibdi. Ularni o‘z vaqtida bartaraf etishmoqda. Londonlikar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. De Xea qiyinchilik bilan to‘pni urib yubordi.
25'
"MYu" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Hujumda fol qayd etildi
23'
Mezbonlarning hujumi. Seskning uzatmasini Azar jarima maydonchasi ichida to‘xtata olmadi
18'
Shou chap qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berayotganida to‘p himoyachidan maydonni tark etdi. Mata burchakdan yetkazgan to‘pni Fellayni orqaroqqa qoldirdi, biroq to‘pni "Chelsi" futbolchisi egallab oldi
16'
Drogba chap tomondan Azar tomon uzatma bergandi. Himoyachi to‘pni qaytarib qoldi. Aks holda Eden birga bir vaziyatga chiqib ketardi
13'
MakNeyr olis masofadan zarba yo‘lladi. To‘p rekoshet holatida maydonni tark etdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani londonliklar qaytarishdi
12'
"MYu" to‘pni nazorat qilmoqda. "Chelsi" to‘liq himoyada. Errera olis masofadan zarba yo‘llashga qaror qildi. noaniq
8'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmadan keyin Fabregas jarima maydonchasiga kirdi va burchak to‘pi ishladi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga berilgan zarba noaniq bo‘ldi
7'
Lyuk Shou "Chelsi" jarima maydonchasi burchagidan zarba yo‘lladi. Himoyachi zarbani qaytardi
4'
Vuuuuuh! Runi qulay imkoniyatdan foydalana olmadi! Mehmon futbolchisi raqib jarima maydonchasiga chap qanotdan yorib kirdi va orqaroqqa pas berdi. Runining zarbasi darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi!
2'
"Chelsi" ko‘k, "MYu" esa o‘zining qizil rangli formasida o‘ynamoqda
1'
Qadrli futbol muxlislari! "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi!
'
Qadrli futbol muxlislari! "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.