Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Ispaniya La Ligasi
| 32-tur, 18 aprel, soat 23:00 | ||
REAL MADRIDSerxio Ramos (24)
Xames (69) Krishtianu Ronaldu (90+2) |
3 : 1 |
MALAGAXuanmi (71)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Karlos Kameni (D) 15.Markos Angeleri 19.Artur Boka 18.Roberto Rosales 21.Serxio Sanches 29.Samuel Kastilyexo 30.Serxi Darder 14.Recio 02.Nordin Amrabat 11.Xuanmi 07.Samu Garsiya |
01.Karlos Kameni (D) 15.Markos Angeleri 19.Artur Boka 18.Roberto Rosales 21.Serxio Sanches 29.Samuel Kastilyexo 30.Serxi Darder 14.Recio 02.Nordin Amrabat 11.Xuanmi 07.Samu Garsiya |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Keylor Navas (D) 15.Daniel Karvaxal 18.Nacho Fernandes 24.Asyer Ilyaramendi 16.Lukas Silva 20.Xese 14.Xavyer Ernandes |
13.Gilyermo Ochoa (D) 24.Egor Filipenko 23.Migel Torres 17.Duda 12.Fernando Tissone 10.Rikardo Orta 09.Xavi Gerra |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Real" navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi va "Barsa" bilan oradagi farqni yana 2 ochkoga keltirib qo‘ydi. |
| 90+3' | ![]() |
Ehhhhhhh, Ronalduuuuuu! Qarshi hujum paytida bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qila olmadi!!! Chicharitoning uzatmasidan keyin Xames birga bir vaziyatga chiqdi va to‘pni yon tomonda turgan Ronalduga uzatdi. Krishtianu yo‘llagan zarba to‘rga yon tomondan kelib tegdi! |
| 90+2' | ![]() |
GOOOOOL! Krishtianu Ronalduuuuu, 3:1! Chicharito o‘ng qanotda bir futbolchidan o‘tib ketib, jarima maydonchasiga kirdi va ochiq turgan jamoadoshiga uzatdi. Ronaldu bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi! |
| 90' | ![]() |
Vuuuh! "Real" darvozasi oldida juda taxlikali vaziyat! O‘ng qanotdan olis ustun tomon uzatma berildi va to‘p darvoza oldiga qaytarildi. Amrabat bosh bilan zarba berishga ulgurmadi, ammo to‘pga yetib olib akrobat uslubda to‘pni yana darvozaga oldiga qaytardi. Bu safar himoyachilar to‘pni qaytarishdi! |
| 87' | ![]() |
Fernando Tissone sariq kartochka oldi. Iskoga nisbatan xavfli o‘ynagani bois |
| 87' | ![]() |
Marselo o‘z qanotidan mehmonlar jarima maydonchasiga kirdi va 11 metrli nuqta atrofiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni egallashdi |
| 82' | ![]() |
Jarimadan yetkazilgan uzatmani madridliklar qaytarishdi |
| 81' | ![]() |
Toni Kroos ogohlantirildi. Darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan raqib futbolchisini chalib yiqitdi. |
| 80' | ![]() |
Xames jarima maydonchasining o‘ng tomonida uzatmani qabul qildi va burchak to‘pi ishladi. To‘p burchakdan o‘yinga kiritilganidan keyin Ronaldu jarima maydonchasi ichida zarba yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo bunga himoyachi imkon bermadi. |
| 78' | ![]() |
Ronaldu tomonidan yo‘llangan zarba ancha xavfli bo‘ldi. Olis burchakka brayotgan to‘pni Kameni bir amallab yon tomonga burib yubordi. |
| 77' | ![]() |
Serxio Sanches ogohlantirish oldi. Jarima maydonchasining chap tomonida Iskoni qo‘li bilan tortib qoldi. |
| 76' | ![]() |
"Real"da o‘zgarish: Arbeloa o‘rniga Karvaxal tushirildi. |
| 73' | ![]() |
Vuuuuh! Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi! Kameni zarbani qaytardi! |
| 71' | ![]() |
GOOOOL! Xuanmi, 2:1! Marseloning xatosidan keyin "Malaga" futbolchisi o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydonchasiga yuqoridan uzatma berdi. Xuanmining bosh bilan zarba berishiga hech kim to‘sqinlik qilmadi. Zarbani Iker ham qaytara olmadi! |
| 69' | ![]() |
GOOOOOOL! Xamessss Rodrigeeees! 2:0! Juda chiroyli gol! Kolumbiyalik futbolchi o‘ng tomondan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va Isko bilan "devor" o‘ynab, 17 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. "Malaga" posboni to‘pni qaytara olmadi! |
| 67' | ![]() |
Ronalduuuuuu! Gol ura olmadi! Krishtianu tomonidan yo‘llangan zarba ustunga tegib qaytdi!!! |
| 66' | ![]() |
"Malaga" darvozasiga penalti! Xames Rodrigesni Kastilyexo jarima maydonchasi ichida chalib yiqitdi! |
| 65' | ![]() |
O‘yinni kuzata turib, shuni ta’kidlash mumkinki, "Malaga" ishonchli o‘ynamoqda. Yoki "Real" o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynay olmayapti, yoki mezbonlar ehtiyotkor o‘yin qilishmoqda. "Malaga" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Yerlatib yetkazilgan uzatmaga Artur Boka 14 metrlardan xavfli zarba yo‘lladi. To‘p Kroosning beliga tegib qaytdi. Aks holda Kasilyasga oson bo‘lmasdi... |
| 61' | ![]() |
Raqib futbolchisiga nisbatan tik oyoq bilan o‘ynagani uchun Arbeloa ogohlantirildi |
| 60' | ![]() |
Modrich maydonga qayta olmadi. Ilyaramendi o‘yinni davom ettiradi. |
| 58' | ![]() |
Modrich jarohat olgan ko‘rinadi. Unga maydon chetida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Luka tizzasini ushlab olgan |
| 56' | ![]() |
CHAp qanotdan "Real" darvozasi yaqiniga yetkazilgan uzatmani Kasilyas egallab oldi |
| 55' | ![]() |
Vuuuuh! "Malaga"ning hujumi paytida Marseloni aldab Amrabat jarima maydonchasiga kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.... |
| 53' | ![]() |
Madridliklar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kroos yetkazgan uzatmaga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 53' | ![]() |
Madridliklar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Kroos yetkazgan uzatmaga Ronaldu bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. |
| 51' | ![]() |
"Real" tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Isko jarima maydonchasi tashqarisidan yetkazgan to‘pga Xames yeta olmadi.... |
| 49' | ![]() |
Vuuuuh! Jarima to‘pini malagaliklar qaytarishdi. Takroriy hujum paytida Xames chap tomondan jarima maydonchasiga kirdi va darvoza yaqiniga uzatma berdi. Mehmonlar bir amallab to‘pni uzoqlashtirishdi |
| 47' | ![]() |
Mehmonlar jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Mezbonlar xavfni bartaraf etishdi. Qarshi hujumda "Real" o‘ng qanotda jarima zarbasi ishladi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+1' | ![]() |
"Malaga" qarshi hujumga o‘tdi, ammo jarima maydonchasi oldida Ramos to‘pni egallab oldi. Mezbonlarning hujumi paytida Ronaldu ancha noaniq zarba yo‘lladi. |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. "Real" - "Malaga" - 0:1. Tanaffus. |
| 45' | ![]() |
"Malaga" qarshi hujumga o‘tdi, ammo jarima maydonchasi oldida Ramos to‘pni egallab oldi. Mezbonlarning hujumi paytida Ronaldu ancha noaniq zarba yo‘lladi. |
| 45' | ![]() |
To‘p nazorati madridliklarda. Hozircha ular himoyani yorib o‘ta olishmayapti |
| 39' | ![]() |
"Malaga" futbolchisi Resio olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi. |
| 36' | ![]() |
Vuuuuh! "Malaga" futbolchisi yuz foizli imkoniyatdan foydalana olmadi! Xuanmi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon yaqiniga uzatma berdi. Marselo to‘pni qaytardi, ammo to‘p Darderga zarba berish uchun qulay holatga keldi. Uning zarbasi darvoza yonidan o‘tib ketdi... |
| 35' | ![]() |
BU safar Xames ofsayddan urgan gol inobatga olinmadi |
| 24' | ![]() |
Ronaldu chap qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Ramos darvozabon maydonchasidan to‘pni darvozaga joyladi. Serxio to‘pni o‘yinga kiritilayotgan paytda ofsaydda turgan ekan. Laynsmen vaziyatni aniqlay olmadi. |
| 24' | ![]() |
GOOOOOOL! Serxio Ramos, 1:0! |
| 21' | ![]() |
Arbelov o‘z qanotidan hujumga qo‘shildi. Uning uzatmasini mehmonlar qaytarishdi |
| 18' | ![]() |
"Real"da xavfli vaziyat! Toni Kroos jarima to‘pni o‘yinga kiritdi. Xavyer Ernandes bosh bilan yo‘llagan zarbani Idriss Kameni ajoyib seyv bilan qaytardi |
| 14' | ![]() |
Xavfli vaziyat "Malaga"da! Nordin Amrabat darvozagacha 25 metrlar masofada uzatmani qabul qildi va kuchli zarab berdi. Iker Kasilyas jamoani qutqardi! |
| 11' | ![]() |
Marselo va Ronaldu ketma-ket ofsaydda qolishdi |
| 6' | ![]() |
Modrich olis masofadan mehmonlar jarima maydonchasiga uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni egallab olishdi |
| 5' | ![]() |
Ehhhh, Beyl o‘yin boshidanoq jarohat oldi. Majburiy o‘zgarish: Garet o‘rniga Xavyer Ernandes tushirildi. |
| 2' | ![]() |
Marselo chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mehmonlardan biri to‘pni qaytardi. |
| 2' | ![]() |
Marselo chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatma berdi. Mehmonlardan biri to‘pni qaytardi. |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | Futbolchilar maydonga chiqishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda | |
| ' | ![]() |
Hurmatli futbol muxlislari. "Real" va "Malaga" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin boshlanishiga oz vaqt qoldi. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|