Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Angliya Premyer-ligasi, 23-tur.

29 yanvar, soat 00:45

MANCHESTER YUNAYTED

Van Persi (6)
Yang (59)

2 : 0

KARDIF SITI

JAMOALAR TARKIBI
1. David de Xea (G)
2. Rafael da Silva
4. Fil Djons
12. Kris Smolling
6. Djonni Evans
3. Patris Evra
11. Rayan Giggz
18. Eshli Yang
8. Xuan Mata
25. Antonio Valensiya
20. Robin van Persi
  1. Devid Marshall (G)
25. Kevin Maknoton
4. Stiven Kolker
5. Mark Xadson
42. Deklan Djon
16. Kreyg Nun
8. Geri Medel
18. Djordon Match
7. Piter Uittingem
10. Freyzer Kempbell
39. Kreyg Bellami

Matn

94'
O‘yin tugadi.
90'
O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
85'
Mata o‘rniga Adnan Yanuzay tushdi.
80'
Mata juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Evra qanotdan to‘pni darvoza yaqiniga yetkazib berdi. Darvozadan 5 metr uzoqlikda turgan Mata to‘pni to‘g‘ri Marshalning qo‘liga yo‘lladi.
75'
Valensiya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvoza tomon kuchli zarba berdi. Marshal katta qiyinchilik bilan to‘pni qaytardi.
74'
Runi o‘yinga kirishib ketdi. Uning bosh bilan bergan zarbasini darvozabon qaytardi. Uning o‘zi burchak to‘pini amalga oshirdi. Bu yerda himoyachilar yaxshi harakat qilishdi.
71'
«Kardiff» uchta o‘zgarishni ham qilib bo‘ldi. Kembel ham maydondan chiqdi.
69'
Sulsher bir daqiqa ham o‘tirgani yo‘q. Butun o‘yinni tik turgan holda kuzatmoqda. Uning ustozi ser Aleks Fergyuon ham stadionda. Murabbiy o‘z telefonida nimalarnidir tomosha qilmoqda. Yoki sms yozmoqda.
67'
«Kardiff» qanotlardan hujum uyushtirmoqda. Kim o‘z qanotidan oldinga bordi va to‘pni hujum chizig‘iga uzatdi, lekin De Xea o‘z o‘rnida.
65'
Mata o‘yinda uchinchi marta qoida buzmoqda. «Kardiff» susaydi. Evans himoyada ish qolmaganidan hujumga bordi va uzoq masofadan zarba berdi. Unga biroz aniqlik yetishmadi.
64'
Runi van Persi o‘riniga maydonga tushdi.
59'
Eshli Yang 30 metrlar chamasidan fantastik zarbasi bilan hisobni 2:0ga yetkazdi.
56'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
54'
«MYu» himoyasi palapartish harakat qilmoqda. Rafael jarima maydonchasida Jonga to‘pni oldirib qo‘ydi. Kembel esa Evansdan qoshib ketdi va qulay vaziyatga chiqishi mumkin edi. Ammo unda aniqlik yetishmadi. «MYu» hayajonlanmoqda.
51'
Mata chap qanotdan oldinga o‘tdi va Eshli Yangdan to‘pni qabul qilib olishga tayyor ekanini bildirdi. Lekin Yang to‘pni uzatishda kechikdi. Mata o‘yindan tashqari holatda qoldi.
47'
Jamoalari ikkinchi bo‘limni o‘zgarishlarsiz boshlashdi.
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
45'
Birinchi bo‘lim yakunlandi.
44'
«MYu» nimagadir qanotlardan hujum uyushtirmay qo‘ydi. Evra faqat oldinga bormoqda, lekin uning to‘p uzatishlari juda oddiy bo‘lib qolmoqda. Yanuzay va Kagavalarning yo‘qligi bilinmoqda. Balki ikkinchi bo‘limda ulardan birini maydonga tushirar.
41'
Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin «Kardiff» pressing qilishni boshladi. Uelsliklar raqib jarima maydonchasidayoq ularga bosim o‘tkazishmoqda.
36'
O‘yinda temp juda katta. Van Persi burchak zarbasini amalga oshirdi. Hech qancha vaqt o‘tmay burchakka yaqin jarima zarbasi belgilandi. «Kardiff» to‘pni egallab oldi va katta tezlik bilan qarshi hujumga o‘tdi. Maknoton o‘ng qanotdan oldinga bordi va Bellamiga to‘p uzatdi. Hujumchi to‘pga ulgurmadi.
31'
Mata endi chap qanotga o‘tdi. Moyes unga erkinlik bergan ko‘rinadi. O‘yin asta-sekin Mata orqali davom etmoqda. Paslar ham kameralar kabi unga yo‘naldi. Bu boshqacha. O‘yin boshida Mata o‘zini topa olmayotgan edi.
27'
Maydonda teng kurash. «MYu» juda ehtiyotkor harakat qilmoqda. «Kardiff»ning navbatdagi hujumlardan birida to‘p darvoza yaqiniga havolatib uzatildi. Xadsonning zarbasini De Xea bartaraf qildi. Juda xavfli hujum bo‘lgan edi.
23'
Valensiya qanotdan navbatdagi hujumni boshlayotganida Bellami tomonidan yiqitildi va Bellami sariq kartochka bilan jazolandi. Jarima zarbasini Mata amalga oshirdi. Evansning zarbasi noaniq bo‘ldi.
20'
«Kardiff» asta-sekin to‘pni nazotar qilishni boshladi. Jarima maydonchasiga yaqin Kembell to‘pni qabul qilib oldi va uni Nunga tashlab berdi. Yarim himoyachining zarbasi esa darvozaning tepasidan o‘tib ketdi.
17'
Giggz maydon markazini to‘liq o‘z qo‘liga oldi. Qariya bugun barcha hujumlarni uyushtirmoqda desak ham bo‘ladi. Bu yerda esa Yang noaniq to‘pni uzatib hushtaklar bilan mukofotlandi.
15'
«MYu»ning sobiq futbolchisi Frezer Kembel qulay vaziyatda chiqib borayotgan edi. U tezlik olayotganida qanot hakami o‘yindan tashqari holatni ko‘rsatdi. Bugun Mata maydonda yo‘qolib qolmoqda. Hozircha!
11'
Bugun Evra deyarli o‘z pozisiyasida o‘ynamayapti. U ko‘p vaqtni hujumda o‘tkazmoqda. Devid Moyes bugun bor kuchini berib bo‘lsa g‘alaba qozonishni xohlayotgani aniq.
8'
Golda Eshli Yangning hissasi katta bo‘ldi. U maydonning katta qismini yolg‘iz bosib o‘tdi va to‘pni qanotdagi Valensiyaga uzatdi. U esa qulay vaziyatdagi van Persini topdi. Hujumchining birinchi zarbasini Marshal qaytardi, lekin ikkinchi urinishida Robin hisobni ochdi. 1:0.
7'
Van Persi. Robin qaytishini gol bilan nishonladi.
6'
Gooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooooool
6'
Matada hayajon sezilmoqda. Uning «MYu»dagi birinchi harakati fol bilan yakunlandi. U Bellamiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Ikkinchi urinishida esa Valensiyaga to‘pni noaniq uzatdi.
4'
«MYu» o‘yinni juda faol boshladi. Evraning uzatmasidan keyin «Kardiff» futbolchisi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi esa samarasiz bo‘ldi. Marshal o‘z o‘rnida.
1'
O‘yin boshlandi. Devid Moyes Xuan Mataning jamoaga moslashishini kutmadi va uni asosiy tarkibda maydonga tushirdi.
0'
Assalomu alaykum, qadrli muxlislar. Sizlarni Angliya chempionati 23-turidan o‘rin olgan «MYu» hamda «Kardiff» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning onlayn matnli translyasiyasini kuzatishga taklif qilamiz.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.