Kirish Ro'yxatdan o'tish

Onlayn translyasiya

Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.

Osiyo chempionlar ligasi

«C» guruhi, 5-tur. 21 aprel, soat 16:00

LOKOMOTIV

Temurxo‘ja Abduxoliqov (90+6)

1 : 2

AL-HILOL

Navof al-Obid (58)
Abdulla ad-Dosariy (72)
JAMOALAR TARKIBI
12.Ma’mur Ikromov
3.Shavkat Mullajonov
8.Sardor Mirzayev
10.Marat Bikmayev
13.Lutfulla To‘rayev
16.Jasur J.Hasanov
17.Salim Mustafoyev
22.Sanjar Shoahmedov
28.Ikrom Aliboyev
31.Nemanya Yanichich
77.Jasur O.Hasanov
  1.Xolid Sharahiliy
4.Abdulla ad-Dosariy
7.Neves Augosto Tiagu
12.Yosir ash-Shahroniy
13.Salmon al-Faraj
14.Saud Kaririy (S)
23.Kvak Te Xvi
24.Navaf al-Obid
26.Digao
29.Salim ad-Dovsariy
70.Muhammad Jahfaliy
ZAHIRA
1.Ignatiy Nesterov
4.Boburbek Yo‘ldoshev
7.Ruslan Koryan
11.Temurxo‘ja Abduxoliqov
18.Temur Kapadze
33.Oleg Zoteev
99.Damir Koyashevich
  28.Abdulloh as-Sdayriy
9.Hamad al-Hamad
10.Muhammad ash-Shalhub
16.Yusuf as-Salim
17.Abdulloh al-Hafiz
25.Faysal Darvish
35.Ahmad Sharahiliy
SARIQ KARTOCHKA
Muhammad Jahlaviy (80)
 
Saud Kaririy (68)

Matn

90+6'
O‘yin yakunlandi. "Lokomotiv" - "Al-Hilol" - 1:2. Abramov jamoasi deyarli pley-off bilan xayrlashdi...
90+6'
GOOOOOL! Temurxo‘ja Abduxoliqov, 1:2!
90+4'
Maydonda futbolchilar jang qilishmoqda. Qo‘shtirnoqsiz
90+3'
Ikromning navbatdagi zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi
90+3'
Aliboyev yo‘llagan zarba rekoshet holatida maydonni tark etdi. Burchak zarbasi
90+1'
Ehhhhhhh, Koyashevich! Birga bir vaziyatda yo‘llagan zarbasi ustun yonidan o‘tib ketdi... O‘yinda eng xavfli vaziyat edi!
90'
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi
88'
"Hilol"da uchinchi o‘zgarish: Salim ad-Dovsariy o‘rniga Muhammad ash-Shalhub tushdi
85'
"Al-Hilol"da o‘zgarish: Navof al-Obid o‘rniga Yusuf as-Salim tushdi
82'
Sardor Mirzayev yo‘llagan zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi...
82'
"Hilol"da o‘zgarish: Neves o‘rniga Faysal Darvish tushdi
80'
Muhammad Jahlaviy jarima maydonchasi tashqarisida Shoahmedovga nisbatan qoida buzdi va ogohlantirish oldi
78'
Kapadze raqibning juda xavfli hujumi paytida to‘pni olib qo‘ydi, ammo qarshi hujumda vakillarimiz foydalana olishmadi
77'
"Lokomotiv"da o‘zgarish: Lutfulla To‘rayev o‘rniga Damir Koyashevich tushirildi
76'
Kapadze ikki himoyachi orasidan o‘tib, jarima maydonchasiga kirdi va yiqildi, ammo hakam penalti bermadi!
72'
GOOOL! Abdulla ad-Dosariy, 0:2! "Al-Hilol" qarshi hujumda ikkinchi golni urib ketishdi. Sardor Mirzayev o‘z qanotini yopishga ulgurmadi va Dosariy deyarli birga bir vaziyatda kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!
71'
Shoahmedov bergan uzatmaga Aliboyev o‘ng qanotda yeta olmadi...
68'
Saud Kaririy sariq kartochka bilan jazolandi
67'
Vuuuuuh! Darvoza to‘sini "Lokomotiv"ni goldan qutqardi! Maydon markaziga yaqin joyda belgilangan jarima to‘pini jarima maydonchamizga yuqoridan yetkazdi. Jahfaliy bosh bilan orqaroqqa qoldirdi va Kaririy kuchli zarba yo‘lladi. To‘p to‘singa tegdi...
65'
Nevesning jarimadan yo‘llagan zarbasi juda noaniq bo‘ldi
64'
Yanichich jarima maydonchasi tashqarisida Salim Dovsariyni yiqitdi. "Sariq" bersa ham bo‘lardi, ammo malayziyalik hakam buni istamadi
63'
Vuuuuh! Sardor Mirzayev jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi!
63'
Aliboyev o‘ng qanotdan yerlatib jarima maydonchasi uzatma berdi. Himoyachi to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi
58'
GOOOOOL! Navof al-Obid, 0:1! "Al-Hilol" chap qanot yarim himoyachisi o‘z qanotida Mirzayevdan o‘tib ketdi va jarima maydonchasi chizig‘i ustida parashyut uslubida zarba berdi. To‘p Ma’murning ustidan oshib o‘tib, to‘singa tegib qaytdi va Obid bo‘sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi!
56'
Ehhhhh, Aliboyeeeev! Jamoamiz qarshi hujum tashkil qildi. Shoahmedov-Hasanov uzatmalaridan keyin Jasur o‘ng qanotdan jarima maydonchasi yolg‘iz kirib borgan Ikromni to‘p bilan ta’minladi. Aliboyev birgab bir vaziyatda darvozabonni dog‘da qoldira olmadi!
55'
Arab futbolchisi ofsaydda qoldi
52'
Ehhhhh, Maraaaaat! Hasanov chapdan yetkazib bergan uzatmani jarima maydonchasi ichida qabul qildi va o‘girilgan holda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi. Zarba berish uchun qulay vaziyatga chiqayotgan Shoahmedovga Marat pas bermadi...
51'
Hasanovning uzatmasidan keyin Bikmayev raqib jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurash olib bordi va to‘pni egalladi. Uning uzatmasidan keyin himoyachi bosh bilan to‘pni posbonga tashlab berdi
51'
Bu galgi burchak to‘pi Kvak Te Xvining kuchli, ammo noaniq zarbasi bilan yakunlandi
50'
"Al-Hilol" endi narigi burchakdan to‘pni o‘yinga kiritadi. To‘p himoyachimizning boshidan maydonni tark etdi.
49'
To‘rayev qoidabuzarligi tufayli mehmonlar o‘ng qanotdan jarima zarbasini tepishdi. Vakillarimiz to‘pni qaytarishdi, ammo takroriy hujum paytida "Hilol" burchak to‘pi ishladi
48'
Abramov jamoasi burchak to‘pini o‘yinga kiritdi, Shoahmedovning zarbasini yana darvozabon egallab oldi
47'
Vuuuuuh! Ikkinchi bo‘lim "Loko"ning keskin hujumlari ostida boshlandi. Hasanovning chapdan uzatmasini Mirzayev jarima maydonchasining o‘ng tomoniga yetkazdi va qaytadan tashkil qilingan hujum natijasida Jasur deyarli birga bir vaziyatda zarba yo‘lladi. Sharahiliy zarbani qaytardi
46'
Ikkinchi bo‘lim boshlandi
45+3'
Birinchi bo‘lim yakunlandi
45+2'
Omad "Lokomotiv"ga kulib boqdi! Jarimadan yetkazilgan to‘pni olis ustun yonidan raqib futbolchisi bosh bilan darvoza yaqiniga qaytardi. "Hilol" o‘yinchisining zarbasi esa ustun yonidan o‘tib ketdi!
45+2'
Yanichich oyog‘ini baland ko‘tarib, to‘pni qaytargani uchun darvozamiz tomon erkin zarba belgilandi. Darvozagacha 25 metrlar...
45'
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi
44'
Sardor Mirzayev darvoza tomon aylanma zarba berdi. Sharahaliy musht bilan to‘pni yon tomonga urib yubordi
44'
Shundoqqina jarima maydonchasi burchagida Mustafoyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
42'
Mustafoyev olis masofadan noaniq zarba yo‘lladi
41'
Abramov o‘zgarishga qo‘l urdi. Kichik Hasanov o‘rniga Temur Kapadze tushirildi
40'
Yaxshiyamki, birga bir vaziyatga chiqib ketgan Neves ofsaydda qolgan ekan...
39'
Vuuuuuh! Salim Ad-Dovsariy! Jarima maydonchasimizga yaqinlashib keldi, 2-3 himoyachimizni dovdiratib, 15 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p yana darvoza ustidan o‘tib ketdi...
37'
Mirzayev jarima to‘pini to‘g‘ri jarima maydonchasiga yetkazmasdan, chapaqay Hasanov orqali o‘ynadi. Jasur deyarli so‘nggi chiziq ustidan orqaroqqa uzatma berdi. Himoyachilar to‘pni qaytarishdi
36'
Chap qanotda Mustafoyevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi
34'
Shoahmedov maydon markazida to‘pni egallab oldi va oldinga o‘tayotgan Hasanov (kattasi) tomon uzatma berdi. Himoyachi bosh bilan darvozaga uzatma berdi. Xavf yo‘qoldi
32'
Maydon markazidan o‘ng qanotdagi Mirzayevga uzatma berildi. Sardor to‘pga yeta olmadi
30'
Mana vaziyat! Nevas "Lokomotiv"ni kechirdi! Mehmonlar to‘pni nazorat qilib turib birdaniga hujumga o‘tishdi va mezbonlarning barcha futbochlilarini ortda qoldirishdi. Neves esa deyarli birga bir vaziyatga chiqdi. U jarima maydonchasi ichida zarba berguncha Mustafoyev yetib keldi. Hujumchining zarbasi Salimga tegib qaytdi
30'
O‘ta yopiq o‘yin bo‘lmoqda. Hozircha vaziyatlar va hujumlar yo‘q
25'
Chap qanotdan yetkazilgan uzatmadan keyin Neves jarima maydonchamiz ichida yolg‘iz qoldi va Ikromovning oldinga chiqib kelayotganini ko‘rib b bosh bilan to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi. To‘p to‘rga yuqori tomondan kelib tushdi. Hujumchi ofsaydda qolgan ekan
25'
Mehmonlar to‘pni nazorat qilish bilan birga yaxshi himoyalanishmoqda ham. Temiryo‘lchilar raqib himoyasini yorib o‘ta olishmayapti
22'
Kaririy jarima maydonchamiz ichiga uzatma berdi. Ikromov oldinga chiqdi va to‘pni egalladi
19'
Katta Hasanovning jarimadan uzatmasi o‘ta va o‘ta noaniq bo‘ldi
18'
O‘ng qanotda Sardor Mirzayevga nisbatan Digao o‘yin qoidasini buzdi
14'
To‘p asosan maydon markazida. Hech bir jamoa oldinga o‘ta olmayapti. Yoki tavakkal qilishni istamayapti
9'
Katta Hasanov chap qanotdan uzun pas bilan o‘ng qanotdagi Jasurga yetkazdi. Bu Hasanov to‘pni egalladi va darvoza yaqiniga yetkazdi. Darvozabon to‘pga ega chiqdi
8'
Abdulla ad-Dossariy chap qanotdan jarima maydonchamizga kirib bordi va darvozaga zarba berdi. To‘pni Ikromov egallab oldi
6'
Salim ad-Dovsariy jarima maydonchamiz tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. To‘p birozgina darvoza ustidan o‘tib ketdi!
6'
Burchakdan yetkazilgan to‘pni "Hilol" futbolchilari o‘z jarima maydonchalaridan uzoqlashtirishdi
5'
Chapaqay Hasanov burchak to‘pi ishladi
3'
Temiryo‘lchilar maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga o‘tishdi, ammo vaziyat xavfli tus olmadi
3'
Islom To‘xtaxo‘jayev diskvalifisiya tufayli o‘tkazib yuboryapti. Sardorlik bog‘ichini katta Hasanov bilagiga taqqan
1'
O‘yin boshlandi
'
O‘yinni "Al-Hilol" boshlab beradigan bo‘ldi
'
"Loko" oq, "Hilol" ko‘k rangli formada o‘ynaydi
'
Diqqat jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
15:53'
Poytaxtimizdagi "Lokomotiv" stadionidan gapiramiz va yozamiz
'
ASSALOMU ALAYKUM, QADRLI FUTBOL MUXLISLARI!
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.