Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
OCHL
| «D» guruhi, 5-tur. 21 aprel, soat 18:30 | ||
TRAKTORSOZI |
: |
NASAF |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Hamid Lak 3.Habib Gordani 4.Holid Shafiy 6.Mehdi Kiani 7.Saman Narimonjahon 8.Shahin Sohibi 12. Muhammad Purrahmat 18. Amirkamdar Ahmad 19.Mehrdod Bayrami 23. Hani Hoshimi 77. Said Agai. |
25.Eldorbek Suyunov 4.Maqsud Karimov 9.Ilhom Shomurodov 15.Roy Rok 17.Artur Gevorkyan 20.Erkin Boydullayev 22.Shohruh Gadoyev 23.Sherzod Azamov 32.Hamza Karimov 33.Odiljon Hamrobekov 34.Farruh Sayfiyev. |
|
| ZAHIRA | ||
|
Muhammad Eronpuran 9. Farid Karimi 10. Eder Luchiano 14. Andranik Teymurian 15. Mahdi Goreishi 21. Muhsin Delir 44. Issa N'Doye. |
5.Botir Qorayev 7.Akramjon Bahriddinov 14. Sharof Muhitdinov 18.Bahrom Abdurahimov 27.Ilhom Yunusov 30.O‘tkir Yusupov 38.Doniyorjon Narzullayev. |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi. G‘alaba muborak! Traktorsozi - Nasaf 1:2. Shu bilan matnli translyasiyani yakunlaymiz! Xayr, sog‘ bo‘ling! |
| 90+3' | ![]() |
Suyunovvvvvvv! Goldan qutqarib qoldi!U Edinyoning bosh bilan yaqin masofadan kuchli zarbasini qaytarib qoldi. Barakalla, Eldor! |
| 90+2' | ![]() |
Farruh Sayfiyev hammasiga nuqta qo‘yishi mumkin edi, u qulay vaziyatdan foydalan olmadi!!! |
| 90' | ![]() |
To‘rt daqiqa qo‘shib berildi ikkinchi bo‘limga! |
| 90' | ![]() |
Mezbonlar boism uyushtirmoqda. Teymuryanning uzoqdan bergan zarbasi juda noaniq. |
| 89' | ![]() |
Saman Narimonjahon uzoqdan kuchli zarba berdi, Suyunov to‘pni qaytardi! |
| 88' | ![]() |
Farid Karimiy offsaydda qoldi. |
| 87' | ![]() |
Yo‘q, Eldor o‘yinni davom ettiradi, hammasi joyida. |
| 86' | ![]() |
Eldor Suyunov qattiq jarohat olganga o‘xshayapti, u almashtirilsa kerak. |
| 84' | ![]() |
Traktorsozini xavfli hujumi, Edinyo Suyunovga qarshi qo‘pol o‘ynadi. |
| 83' | ![]() |
Nasafni qarshi hujumi Sayfiyevning noaniq pasi sababli uzilib qoldi. |
| 82' | ![]() |
O‘ng qanotda Yunusov yiqitildi. Nasaf jarima zarbasini tezda o‘yinga kiritishdi, ammo samarasiz. |
| 81' | ![]() |
Hoshimiy bosh bilan Nasaf darvozasiga zarba berishda adashdi! |
| 80' | ![]() |
Nasafning xavfli hujumlari! Jonlandi Nasaf! |
| 77' | ![]() |
Faaruh Sayifev darvozabon bilan birga bir vaziyatdan foydalan olmadi aniqrog‘i Lak chaqqonroq harakat qildi! |
| 76' | ![]() |
Ilhom Shomurodov himoyachidan o‘tib keta olganda Lak bilan birga bir chiqar edi. |
| 71' | ![]() |
Artur Gevorkyan chap tomondagi burchak to‘pini to‘g‘ri darvozaga joylab qo‘ydi!!! Ajoyib gol! |
| 71' | ![]() |
Gooooooooooooooooooooool!Artur Gevorkyan! 1:2! |
| 70' | ![]() |
Nasafda o‘zgarish: Gadoyev o‘rniga Ilhom Yunusov tushdi. |
| 70' | ![]() |
Nasafda o‘zgarish: Gadoyev o‘rniga Ilhom Yunusov tushdi. |
| 68' | ![]() |
Traktorsizoyda o‘zgarish: Said Og‘aiy o‘rniga Farid Karimiy tushdi. |
| 67' | ![]() |
Traktorsozining burchak to‘pi qaytarildi. |
| 66' | ![]() |
Traktorsozining ketma-ket hujumlari.Faollashib qoldi eronliklar. |
| 63' | ![]() |
Bahrom Abdurahimovga tibbiy yordam ko‘rsatildi. |
| 59' | ![]() |
Hamrobekov uzoq masofadan kuchli va chiroyli zarba berdi, Lak uni qaytaridi qaytgan to‘pni Artur Gevorkyan boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi! |
| 59' | ![]() |
Gooooooooooooooool! Gevorkyan! 1:1! |
| 58' | ![]() |
Said Og‘aiyning zarbasi juda kuchsiz va noaniq chiqdi. |
| 57' | ![]() |
Traktorsozi bursak to‘pi tepdi, xaf qaytarildi, ammo hujui davom etmoqda. |
| 53' | ![]() |
Gol! Mehdi Kiani jarima zarbasini golga aylantirdi! 1:0! Mezbonlar oldinda. |
| 52' | ![]() |
Boydullayev jarima maydoni oldida qoida buzdi. Traktorchilar jarima to‘pi tepadilar. |
| 50' | ![]() |
Gevorkya uzatgan to‘pni Shomurodov o‘ziga bo‘ysindira olmadi, raqib futbolchisi chaqqonroq harakat qildi. |
| 49' | ![]() |
Bo‘lim boshida Nasaf birinchi biroz jonliroq ko‘rinmoqda, Gevokyan uzoq masofadan to‘pni to‘xtatmasdan kuchli zarba berdi, biroz noaniq. |
| 45' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi! |
| 45+2' | ![]() |
Tanaffus! |
| 45+1' | ![]() |
Kiani qoida buzdi va kamiga hakamning hushtagiga norozi bo‘lgani uchun ogohlantirildi. |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berildi. |
| 41' | ![]() |
Vuxxxxx, qanday imkoniyatni qo‘ldan boy berdi, Nasaf!!! Chap qanotdan Gadoyev jarima maydoni ichiga to‘p oshirdi,ikki o‘yinchiimz vaziyatdan foydalana olmadi. Farruh Sayfiyev to‘g‘ri joy tanlay olmagan edi! |
| 38' | ![]() |
Abdurahimovning to‘p oshirishi kuchli chiqdi, Shomurodov unga yeta olmadi. Biroz sekinroq oshirishi kerak edi Bahrom. |
| 35' | ![]() |
Farrux Sayfiyev ogohlantirildi. |
| 35' | ![]() |
Shomurodov jarima maydoni chiga kirib borib kuchli zarba berdi,to‘p himoyachiga tegib qaytdi, undan so‘ng Sayfiyav 30 metrdan kuchli zarba berdi! Hamid Lak to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi va yana o‘zi egallab oldi. |
| 34' | ![]() |
Hamza Karimov raqib hujumi vaqtida to‘pni darvozadan kuchli zarba bilan uzoqlashtirdi, ammo to‘p Kianiga kelib tushdi, ammo Mehdining to‘pi zarbaga ham, pasga ham o‘xshamadi. |
| 32' | ![]() |
Nasafning qarshi hujumida Shoxrux Gadoyev offsaydda qoldi. |
| 31' | ![]() |
Ikki Karimov bir-birlariga ishonib qolishdi, Bayrami chaqqonroq harakat qilmoqchi edi, ammo Suyunov undan ham chaqqonroq chiib qoldi! Himoyachlarimizdan qo‘pol xato! |
| 30' | ![]() |
Jamoalar galma galdan tezkor hujum uyushtirmoqdalar. |
| 27' | ![]() |
Traktorchilar bir daqiqa ichida ketma-ket 3 marta burchak to‘pni amalga oshirishdi. Har safar xavfli vaziyat yuzaga kelyapti. Nasaf himoyachilari sergak harakat qilmoqdalar. |
| 26' | ![]() |
Mezbonlarning jarima maydoni ichiga yuqoridan oshirgan to‘pni Maqsud Karimov boshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! |
| 24' | ![]() |
Bayramiy gol urdi, ammo biroz avval u qoidani buzgan bo‘lib chiqdi! |
| 22' | ![]() |
Nasafda o‘zgarish:Sherzod A’zamov - Bahrom Abdurahimov tushdi.Sherzod qo‘lini shikastlab oldi. |
| 21' | ![]() |
To‘p yana Nasaf darvozasi ustuniga tegdi! Jarima zarbasini Suyunov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Keyin burchak to‘pi tepildi. O‘yinga kirgan to‘pni raqib futbolchisi darvoza tomon yo‘anltirdi, yaxshiyamki, darvoza ustuniga tegdi! |
| 20' | ![]() |
Hamza Karimov jarima maydoni yaqinida Ahmadni yiqitdi. Traktorsoziy jarima zarbasi tepadi. |
| 17' | ![]() |
Burchak to‘pi amalga oshirildi. Amirkamdar Ahmad boshi bilan darvozani nishonga olishga urindi.Noaniq. |
| 16' | ![]() |
Narimonjahonnning kuchli zarbasi himoyachilarimizdan biriga tegib maydonni tark etdi. Yana burchak to‘pi, Nasaf darvozasiga! |
| 15' | ![]() |
Traktorsozining burchak to‘pi xavfli chiqmadi. |
| 14' | ![]() |
Mezbonlarning uzoq masofadan oshirilgan to‘pini Hamza Karimov to‘xtata olmadi, To‘pni boshqa Karimov - Maqsud maydon tashqarisiga chiqarib yubodi.Eronliklar burchak to‘pii ishladilar. |
| 11' | ![]() |
Nasaf vaziyat yaratishga harakat qilyapti, to‘pni futbolchilarimiz o‘ng qanotdan chap qanotga olib o‘tdilar. Mezbon himoyachilar yorib tishga to‘sqinlik qilmoqda. |
| 9' | ![]() |
Burchak to‘pi amalgaoshirilgandan so‘ng to‘p Nasaf darvozasining ustuniga tegdi. |
| 8' | ![]() |
Traktorsoziyning yana bir hujumi! Eronlik futbolchining kuchli zarbasi Azamovga tegib maydonni tark tdi Burchak to‘pi. |
| 6' | ![]() |
Traktorsoziyning xavli hujumi! Ammo Bayramiy jarima maydoni ichida o‘ziga uzatilgan to‘pga yetib kela olmadi. |
| 4' | ![]() |
Traktorsozi burchak to‘pi tepdi. To‘p qaytarildi, qaytgan to‘pni eronliklar darvozaga zarba berishga ulgurdilar. Suyunov mushtlari bilan to‘pni qaytardi. |
| 3' | ![]() |
Nasaf maydon markazida to‘pni nazorat qilmoqda. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! To‘pni "Nasaf o‘yinga kiritdi! |
| ' | ![]() |
Nasaf - oq libosda, Traktorsoziy - qizil libosda harakat qiladi. |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari" OCHL 5-turi doirasida "D" guruhi vakillari "Traktorsoziy" va "Nasaf" o‘rtasidagi uchrashuvdan matnli translyasiyani boshlaymiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|