Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Evropa chempionlar ligasi
| Chorak final, javob o‘yini, 21 aprel, soat 23:45 | ||
BARSELONANeymar (14, 34)
|
2 : 0 |
PSJ |
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
01.Mark-Andre ter Shtegen (D) 03.Jerar Pike 18.Xordi Alba 22.Dani Alves 05.Serxio Buskets 14.Xavyer Maskerano 08.Andres Inyesta 04.Ivan Rakitich 11.Neymar 09.Luis Suares 10.Lionel Messi |
30.Salvatore Sirigu (D) 05.Markinyos 23.Gregori van der Vil 32.David Luis 17.Maksvell 14.Blez Matyuydi 24.Marko Verratti 27.Xavyer Pastore 04.Yoan Kabay 09.Edinson Kavani 10.Zlatan Ibrohimovich |
|
| ZAHIRA | ||
|
13.Klaudio Bravo (D) 15.Mark Bartra 21.Adriano 12.Rafinya 20.Serxi Roberto 06.Xavi Ernandes 07.Pedro Rodriges |
01.Nikolya Dyushe (D) 06.Zumana Kamara 21.Lukas Din 25.Adriyen Rabiot 07.Lukas 15.Jan-Kristof Baebek 22.Esekyel Lavessi |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
David Luiz (3)
|
||
Matn
| 90+3' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Barselona" - yarim finalda! |
| 90+2' | ![]() |
Vuuuuh! Messi 18 metrlardan kuchli zarba berdi, ammo to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 90' | ![]() |
Messi Maksvelni aldab, jarima maydonchasiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo himoyachiga nisbatan fol ishlatdi |
| 86' | ![]() |
Hech kim xalal bermayotgan vaziyatda zaxiradan maydonga tushgan Lukas Moura 16 metrdan darvozaga aniq zarba yo‘llay olmadi |
| 81' | ![]() |
PSJda o‘zgarish: Kavani o‘rniga Lavessi tushirildi |
| 81' | ![]() |
PSJda o‘zgarish: Kavani o‘rniga Lavessi tushirildi |
| 81' | ![]() |
PSJda o‘zgarish: Kavani o‘rniga Lavessi tushirildi |
| 80' | ![]() |
Ehhhh, PSJ juda zo‘r imkoniyatdan foydalana olmadi. Kataloniyaliklar Matyuidiga yaqin masofadan zarba yo‘llashga imkoniyatini berishmadi. Kavani esa o‘tkir burchak ostidan aniq zarba bera olmadi. To‘p to‘rga yon tomondan kelib tegdi. |
| 78' | ![]() |
Rakitichning jarima maydonchasiga yugurib kelayotgan ko‘rgan Serxi Roberto o‘sha yo‘nalishda pas berdi. To‘pni darvozabon egallab oldi |
| 76' | ![]() |
Messi jamoadoshlari bilan bir necha marta "devor" o‘ynab, jarima maydonchasiga chap tomondan kirgan Neymarga pas berdi. Neymarning Messi tomon takroriy uzatmasi paytida to‘p himoyachidan maydonni tark etdi. |
| 75' | ![]() |
"Barsa"da so‘nggi o‘zgarish: Suares o‘rniga Pedro |
| 73' | ![]() |
Oho! Fransuzlar maydon markazini tez va chiroyli paslar orqali kesib o‘tishdi. Zlatan 17 metrdan kuchli zarba yo‘lladi. Ter Shtegen zarbani qaytardi |
| 71' | ![]() |
"PSJ"ning navbatdagi hujumi ham samarasiz yakunlandi |
| 69' | ![]() |
Xavi jarimadan yetkazgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi |
| 68' | ![]() |
Neymar chap qanotda ikki marta Verrattini aldab o‘tdi. Marko "Barsa" hujumchisini chalib yiqitdi |
| 66' | ![]() |
Rakitichning uzatmasidan keyin Suares o‘ng qanotdan oldingi o‘tdi, ammo jarima maydonchasi ichidagi Neymar va Messiga aniq pas bera olmadi... |
| 63' | ![]() |
Messining uzatmasini Suares jarima maydonchasi ichida qabul qildi. Ofsayd |
| 59' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Buskets o‘rniga Serxi Robert o‘yinni davom ettiradi. |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuh! Verratti 15 metrlardan zarba yo‘llab, darvozaga aniq nishonga ola bilmadi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 59' | ![]() |
Vuuuuuh! Verratti 15 metrlardan zarba yo‘llab, darvozaga aniq nishonga ola bilmadi. To‘p darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. |
| 54' | ![]() |
Rakitich va Messi bir martadan PSJ darvozasi tomon zarba yo‘llashdi. Sirigu har ikkala zarbani qaytardi. |
| 48' | ![]() |
"Barselona"da o‘zgarish: Inyesta o‘rniga Xavi tushirildi |
| 46' | ![]() |
Ikkinichi bo‘lim boshlanib ketdi |
| ' | PSJ ikkinchi bo‘limda 4ta gol ura oladimi? Agar birinchi bo‘limdagidek o‘ynasa, bitta ham ura olmasa kerak... | |
| 45+1' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 1 daqiqa qo‘shildi va u ham yakuniga yetdi. Hozircha "Barselona" - "PSJ" - 2:0. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa - 5:1. Tanaffus |
| 44' | ![]() |
"Barsa" tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Rakitich o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirgan Alvesga uzatma berdi. Messi tomon berilgan pasni esa himoyachi qaytardi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani mehmonlar qaytarishdi |
| 41' | ![]() |
Jarima maydonchasiga yetkzilgan uzatmani Kavani egallay olmadi |
| 39' | ![]() |
"Barsa" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Pike bosh bilan zarba berdi. To‘p darvoza oldidan o‘tib ketdi |
| 34' | ![]() |
GOOOOOOOL! Neymaaaaar, 2:0! Alvesning o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmasidan keyin Neymar bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi! Dubl! |
| 27' | ![]() |
Suaresning uzatmasidan keyin Neymar jarima maydonchasi ichida to‘p uchun kurashdi, ammo himoyachi to‘pni egalladi |
| 23' | ![]() |
Chiroyli hujum, chiroyli zarba! Messi o‘ng qanotdan hujumga qo‘shilgan Alvesga uzatma berdi va braziliyalik himoyachi jarima maydonchasiga to‘pni yetkazdi. Suares to‘pni Messi to‘xtatib berdi va Leo sakrayotgan to‘pga chap oyoqda zarba berdi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi! |
| 20' | ![]() |
Parijliklar faollashishmoqda. Ular tez-tez mezbonlar jarima maydonchasi ichida ko‘rinish berishmoqda |
| 14' | ![]() |
GOOOOOL! Neymar, 1:0! Inyesta maydonning o‘ziga tegishli qismida to‘pni egalladi va yo‘l-yo‘lakay PSJning 3 futbolchisini aldab o‘tib, Neymarni birga bir vaziyatga chiqardi. Braziliyalik hujumchi darvozabonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi! |
| 12' | ![]() |
Messi o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirayotgan Alvesga yuqoridan uzatma berdi, ammo Dani nimagadir to‘xtab qoldi |
| 8' | ![]() |
Hozircha "Barsa" ishonchli o‘ynamoqda |
| 4' | ![]() |
"Barselona" burchak to‘pini o‘yinga kiritganidan keyin to‘p parijliklar jarima maydonchasi atrofida va ichida aylandi, ammo ish zarbagacha yetib bormadi. |
| 3' | ![]() |
David Luiz maydon markazidan to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi va Rakitichning oyog‘iga xavfli tashlandi. Ntaijada sariq kartochka oldi |
| 1' | ![]() |
O‘yin boshlandi! |
| ' | ![]() |
Bugun "Barselona" o‘zining ko‘k-anorrang, "PSJ" esa oq rangli formada o‘ynaydi |
| ' | ![]() |
Diqqat! Jamoalar "Kamp Nou" maysasiga chiqib kelishmoqda. |
| ' | O‘yin boshlanishiga ko‘p vaqt qolmadi. Birozdan keyin jamoalar maydonga chiqishadi | |
| ' | ![]() |
"Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadigan "Barselona" va "PSJ" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan matnli translyasiyani e’tiboringizga havola qilamiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! YECHL chorak final bosqichining javob o‘yinlari boshlanmoqda |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|