Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi
| «A» guruhi, 5-tur. 22 aprel, soat 19:00 | ||
BUNYODKOR |
0 : 1 |
AN-NASRAdrian Merzejevski (32)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
45.Akbar To‘rayev 4.Xayrulla Karimov 6.Anvar G‘ofurov 9.Sato Minori 11.Mirzohid G‘ofurov 13.Ivan Miloshevich 15.Obid Jo‘raboyev 20.Samir Bekrich 27.Sardor Sobirxo‘jayev 39.Eldor Shomurodov 40.Temur Ayupov |
22.Abdulloh al-Enaziy 2.Muhammad Hasan 4.Umar Ibrohim Usmon 7.Armando Vila 8.Yahyo ash-Shehri 12.Xolid al-G‘amdiy 16.Abdulaziz al-Jebriyn 24.Hussayn Sulaymoniy 26.Shaya Sharahiliy 86.Adrian Merzejevski 99.Hassan ar-Rohib |
|
| ZAHIRA | ||
|
1.Pavel Bugalo 8.Javlon Ibrohimov 14.Vohid Shodiyev 16.Artyom Filiposyan 17.Dostonbek Hamdamov 21.Sardor Rashidov 48.Akromjon Komilov |
32.Hussayn Shayan 3.Abdulloh Madu 5.Jam’an Ibrohim 6.Ahmad Abass 10.Muhammad as-Sahlaviy 11.Fabian Larri Estoyanoff 29.Musab Bandar al-Otaybiy |
|
| SARIQ KARTOCHKA | ||
|
Anvar G‘ofurov (27)
Xayrulla Karimov (81) |
Armando Vila (13)
Al-Jebriyn (59) Muhammad Sahlaviy (87) |
|
| QIZIL KARTOCHKA | ||
|
Anvar G‘ofurov (72)
|
||
Matn
| 90+6' | ![]() |
O‘yin yakunlandi. "Bunyodkor" OCHLda ketma-ket to‘rtinchi o‘yinni 0:1 hisobida yutqazmoqda. |
| 90+5' | ![]() |
Merzejevskining xavfli zarbasini Akbar To‘rayev qaytarib qoldi. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 6 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 88' | ![]() |
"An-Nasr"da o‘zgarish: Ash-Shehriy o‘rniga Abdulloh Madu o‘rniga maydonga tushdi. |
| 87' | ![]() |
Muhammad Sahlaviy qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. |
| 87' | ![]() |
"An-Nasr" qarshi hujumda vaziyatda foydalana olmadi! Ular 3 kishi bo‘lib oldinga o‘tishdi, ammo ular bir-birlarini tushunmagani sabab gol ura olishmadi. |
| 83' | ![]() |
Vuuuuh! Sardor Rashidov chiroyli tarzda to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va zarba berdi. Raqib darvozabonidan seyv. |
| 83' | ![]() |
Vuuuuh! Sardor Rashidov chiroyli tarzda to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va zarba berdi. Raqib darvozabonidan seyv. |
| 81' | ![]() |
Xayrulla Karimov raqibga qo‘pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi. |
| 78' | ![]() |
Vohid Shodiyev jarima maydonchasiga yerlatib to‘pni tashlab berdi, ammo jamoadoshlari bu to‘pga qarshi chiqmadi. |
| 76' | ![]() |
Xayrulla Karimov hujumda raqibga qo‘pollik ishlatdi. |
| 73' | ![]() |
"An-Nasr" darvozaboniga shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatishdi. |
| 72' | ![]() |
Anvar G‘ofurov ikkinchi sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi. Shundoq ham hisobda ortda borayotgan Lushchan shogirdlari endi qiyin ahvolda qoladigan bo‘lishdi. |
| 69' | ![]() |
Sardor Rashidovning yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi |
| 67' | ![]() |
"An-Nasr"da o‘zgarish: Armando Vila o‘rniga Muhammad as-Sahlaviy maydonga tushdi. |
| 61' | ![]() |
"Bunyodkor"da o‘zgarish: Timur Ayupov o‘rniga Vohid Shodiyev maydonga tushdi. |
| 60' | ![]() |
Vuuuuuh! Rashidovning xavfli zarbasini darvozabon bir amallab qaytardi. |
| 59' | ![]() |
Al-Jebriyn "Bunyodkor" futbolchisiga qo‘pollik ishlatdi va "qaldirg‘ochlar"da gol urish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi. |
| 56' | ![]() |
"An-Nasr"da ham o‘zgarish: Hassan al-Rohib o‘rniga maydonga Fabian Estoyanoff tushdi. |
| 55' | ![]() |
"Bunyodkor"da yana bir o‘zgarish: Samir Bekrich o‘rniga Doston Hamdamov uchrashuvga qo‘shildi. |
| 51' | ![]() |
Sardor Rashidov gavdasi bilan to‘pni o‘ziga to‘g‘irlab, yana darvoza tomon zarba berdi. Al Enaziy to‘pni ilib olayotganda jarohat olgan ko‘rinadi. |
| 50' | ![]() |
Vuuuuuh! Timur Ayupov chap oyog‘i bilan raqib darvozasini nishonga oldi va to‘p darvoza to‘siniga tegdi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshida "Bunyodkor"da kutilgan o‘zgarish amalga oshirildi. Sardor Rashidov Shomurodov o‘rniga maydonga tushdi |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bo‘lim boshlandi |
| 45+2' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi! Hozircha "Bunyodkor" - "An-Nasr" - 0:1. Tanaffus |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi. |
| 44' | ![]() |
Eldor Shomurodov boshini shikastlab olgan ko‘rinadi. Unga maydon tashqarisida shifokorlar yordam ko‘rsatishyapti. |
| 41' | ![]() |
"Qaldirg‘ochlar"ning hujumlari hozircha besamar yakun topmoqda. |
| 39' | ![]() |
Sato Minori uzoq masofadan o‘z omadini sinab ko‘rdi. Chap oyoq bilan berilgan zarba noaniq. |
| 37' | ![]() |
Shaya chap qanotdan jarima maydonchasidagi jamoadoshiga to‘pni yetkazib berdi, Vilaning zarbasi noaniq. |
| 36' | ![]() |
Obid Jo‘raboyev uzoq masofadan raqib darvozasini nishonga olishga urinib ko‘rdi. Noaniq. |
| 32' | ![]() |
GOOOL! Adrian Miyerjejevski o‘z jamoasining kombinasion hujumini chap oyog‘ida bergan zarbasi bilan yakunladi. |
| 28' | ![]() |
Temur Ayupovning bosh bilan bergan zarbasini raqib darvozaboni bir amallab qaytarib qoldi. |
| 27' | ![]() |
Anvar G‘ofurov himoyaning o‘ng qanotida fol ishlatdi. Buning uchun himoyachimiz ogohlantirildi. Jarima to‘pi |
| 25' | ![]() |
Sato Minori olis masofadan zarban noaniq yo‘lladi |
| 21' | ![]() |
Merzejevski o‘ng qanotdan belgilangan jarima zarbasini Akbar To‘rayev musht bilan urib yubordi, ammo yiqilish chog‘ida jarohat oldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda |
| 20' | ![]() |
Sharahiliy jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Miloshevich to‘p yo‘liga o‘zini tashladi va zarbani o‘ziga qabul qildi |
| 16' | ![]() |
Vuuuuh! "An-Nasr" hisobni ochishiga bir bahya qoldi. Mehmonlar o‘ng qanotdan jarima to‘pini o‘yinga kiritishdi. Saudiyaliklardan biri bosh bilan zarba berdi. Darvozaga borayotgan to‘pni Vila bosh bilan yo‘nalishni o‘zgartirishga harakat qildi. To‘p darvoza ustidan o‘tib ketdi, boz ustiga, Armando ofsaydda qolgandi... |
| 13' | ![]() |
Armando Vilaga sariq kartochka ko‘rsatildi, hakamga keskin e’tiroz bildirgani uchun |
| 12' | ![]() |
Vuuuuuh, yana zarba, yana Bekrich! Tezkor hujum paytida jarima maydonchasiga kirgan Ayupov tomon uzatma berildi. To‘p uchun kurashda himoyachi yotgan holatda to‘pni orqaroqqa qaytardi. Samir yugurib keldi va 16 metrlardan chap oyoqda zarba yo‘lladi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi! |
| 11' | ![]() |
Zarbaaaa! Bekrichning 20 metrlardan yo‘llagan zarbasi aniq chiqmadi |
| 11' | ![]() |
Anvar G‘ofurov o‘ng qanotdan jarima maydonchasi uzatma berdi. Himoyachi to‘pni qaytardi. Anvarning bosh bilan uzatma takroriy uzatmasidan so‘ng to‘p maydonni tark etdi |
| 8' | ![]() |
"Bunyodkor" burchak to‘pini o‘yinga kiritdi. Darvozabn mushti bilan to‘pn uzoqlashtirdi |
| 5' | ![]() |
Vuuuuuuh! Jamoamiz chiroyli uslubda raqibni chalg‘itdi va Obid Jo‘raboyev kuchli zarba yo‘lladi. Darvozaga borayotgan to‘p "Bunyodkor" hujumchisining beliga tegib, ortga qaytdi. Ofsayd. Agar to‘p unga tegmaganida, katta ehtimol bilan gol bo‘lardi |
| 4' | ![]() |
Bekrichga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi. Davrozagacha 26 metr... |
| 4' | ![]() |
Sato jarima maydonchasining o‘ng burchagidan jarima maydonchasi ichiga to‘pni yetkazdi. Shomurodov bosh bilan zarba berishiga himoyachilar yo‘l qo‘yishmadi |
| 3' | ![]() |
"Bunyodkor" o‘yinni faol va hujumkor ruhda boshladi |
| 1' | ![]() |
O‘YIN BOSHLANDI! |
| ' | ![]() |
O‘yindan oldin "Bunyodkor" safida 200ta o‘yin o‘tkazgan Anvar G‘ofurov va Xayrulla Karimovga maxsus sovg‘a - 200-raqamli futbolkalar taqdim qilindi. Ularga omad tilaymiz |
| ' | ![]() |
"Bunyodkor" va "An-Nasr" jamoalari maydonga chiqib kelishdi |
| ' | ![]() |
Lushan jamoasi guruh bosqichidan chiqish imkoniyatidan to‘liq mahrum bo‘lib ulgurgan. Shunga qaramay, toshkentliklar g‘alaba uchun o‘ynashiga shubha qilmaymiz |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! "Bunyodkor" o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "An-Nasr" jamoasini qabul qilmoqda. |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|