Sahifa har 1 daqiqada avtomatik yangilanadi.
Osiyo chempionlar ligasi
| «B» guruhi, 5-tur. 22 aprel, soat 19:30 | ||
NAFT TEHRONG‘ulomrizo Rizoiy (25)
|
1 : 1 |
PAXTAKORVladimir Kozak (35)
|
| JAMOALAR TARKIBI | ||
|
1.Ali Rizo Beyranvand 4.Siamak Kuroshiy 5.Amin Hajmuhammadiy 14.Sayid Lutfiy 22.Rizo Aliyariy 6.Alirizo Izzatiy (s) 11.Kamoliddin Kamyabinia Bozar 23.Imon Mobali 10.G‘ulomrizo Rizoiy 77.Arsalan Mutahhariy |
12.Aleksandr Lobanov 23.Aleksandr Merzlyakov 2.Egor Krimes (s) 4.Adnan Oraxovas 24.Davronbek Hoshimov 5.Akbar Ismatullayev 15.Javohir Sohibov 28.Stanislav Andreev 14.Sherzod Karimov 29.Vladimir Kozak 11.Igor Sergeev |
|
| ZAHIRA | ||
|
Shayxvaysiy Shiriy Ibrohimiy Amiriy Dabbaq Padovaniy Rizovand |
1.Nikita Ribkin 6.Murod Xolmuhammedov 9.Jaloliddin Masharipov 16.Navruzbek Alimov 18.Bahodir Pardayev 20.Anvar Soliyev |
|
Matn
| 90+4' | ![]() |
Uchrashuv yakunlandi! Naft-Paxtakor 1:1. Xayr, sog‘ bo‘ling! |
| 90+4' | ![]() |
Sergeev!!! So‘ngi soniyalarda Igor yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi! |
| 90+2' | ![]() |
Hozir Paxtakorda g‘alaba to‘pini kiritishimkoniyati paydo bo‘ldi! Jarima maydonchasi ichida Andreev himoyachilar bilan kurashda to‘pni oldirib qo‘ydi, kamiga unga to‘p oshirgan Sergeev offsaydda qolgan ekan. |
| 90' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shildi. |
| 89' | ![]() |
Oldinga o‘tib borayotgan Masharipovni yiqitishdi. Jarima to‘pi belgilandi. Kozak to‘pni juda yuqorilatib yubordi. |
| 83' | ![]() |
Jarima zarbasini Sherzod Karimovning o‘zi bajardi. Uning kuchli zarbasini Beyranvand qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. |
| 83' | ![]() |
Sherzod Karimov juda yaxshi vaziyatga chiqibborayotganda Kuroshiy uni yiqitdi.Jarima tepamiz! |
| 81' | ![]() |
Igor Sergeevga juda yaxshi pas uzatilgan edi, u ikki himoyachidan ildamlab ketganda darvozabon bilan birga bir chiqar edi. |
| 77' | ![]() |
Paxtakorda o‘zgarish: Akbar Ismatullayev o‘rniga Jalolidin Masharipov tushdi. |
| 76' | ![]() |
Mezbonlar ham faollashib qoldilar. Lobanov Rizoiyning zarbasini ushlab oldi. |
| 73' | ![]() |
Naftning xavfli huumi! Amiriy jarima maydoni ichga krib keldi va Mutaharriyga oshirdi, ammo uning zarbasi o‘xshamay qoldi va himoyachimizga tegib qaytdi. |
| 71' | ![]() |
Amiriy jarima maydonchasi chizig‘i ustida Krimesga jarohat yetkazdi. |
| 70' | ![]() |
Paxtakorning navbatdagi hujumida Aliyariy to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. |
| 67' | ![]() |
Tashabbus Paxtakorda. Vakillarimiz maydon markazida jarima to‘pi tepadilar. Andreev to‘pni jarima maydoni ichiga yetkazib berdi. Xavf qaytarildi. |
| 60' | ![]() |
Naftda o‘zgarish:Kamoliddin Bozar o‘rniga Vohid Amiriy tushdi. |
| 56' | ![]() |
Ismatullayev!!! Paxtakor burchak to‘pini bajardi, Andreevning yuqorilatib uzatgan to‘pni Krimes yiqilgan holda Ismatullayevga tashlab berdi, Akbarning o‘z vatida kuchli zarba berdi, ammo ustuni yonidan o‘tib ketdi! |
| 55' | ![]() |
Egor Krimech o‘ng qanotga Karimovga yuqorilatib to‘p uzatgan edi, ammo Sherzod yiqilib tushdi. |
| 52' | ![]() |
Ikkinchi bo‘limda Paxtakor ancha faol, raqibga bosim uyushirmoqda. |
| 48' | ![]() |
Paxtakorda iulay vaziyat yuzaga keldi, raqib jarima maydoni ichida ketma ket zarbalar berdi, himoyachilar qaytarishdi, Sergeevning zarbasini himoyachi qo‘li bilan qaytargan ekan. Afsuski buni hakam ko‘rmay qoldi. |
| 46' | ![]() |
Ikkinchi bshlim boshlandi! |
| 45' | ![]() |
Birinchi bo‘lim yakunlandi. |
| 45' | ![]() |
Javohir Sohibov uzoq masofadan zarba berib ko‘rdi, ammo to‘p yuqorilab ketdi. |
| 45' | ![]() |
Paxtakorning hujumini Lutfiy uzib qo‘ydi. |
| 39' | ![]() |
Sherzod Karimoov! U sheriklaridan raqib jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi, undan zarba kutilgandi, shunday bo‘ldi ham, ammo noaniq zarba! |
| 36' | ![]() |
Jarima maydonchasi chizig‘i oldida Sergeev to‘pni ko‘kragi bilan Kozakning oyog‘i ostiga tashlab berdi, Vladimir 17 metrdan kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi! Supergol! |
| 36' | ![]() |
Jarima maydonchasi chizig‘i oldida Sergeev to‘pni ko‘kragi bilan Kozakning oyog‘i ostiga tashlab berdi, Vladimir 17 metrdan kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi! Supergol! |
| 36' | ![]() |
Goooooool! Kozak! 1:1 |
| 33' | ![]() |
Naft uzoq masofadan jarima to‘pi bajardi, jarima maydonchasiga oshirilgan to‘p eronlik futbolchining boshian maydon tashqarisiga chiqib ketdi. |
| 29' | ![]() |
Paxatkorning xavfli hujumi qaytarildi. |
| 25' | ![]() |
Krimesning qoida buzishidan so‘ng mezbonlar jarima to‘pi tepdilar. Zarbani Lobanov qo‘lidan chiqarib yubordi, to‘pga birinchi yetib kelgan Rizoiy boshi bilan to‘pni darvozaga joyladi. Gevorkyanning kechagi goli esingizdami? |
| 25' | ![]() |
Gol! G‘ulomrizo Rizoiy. 1:0! |
| 24' | ![]() |
Egor Krimes Lutfiyning oyo0i ostiga tashlanib sariq kartochka ishlab oldi. |
| 18' | ![]() |
Davron Hoshimov chap qanotdan darvozaga xavf solmoqchi bo‘lgan Aliyariy oyog‘i ostidan to‘pni maydon tashqariiga chiqarib yubordi. Eronliklar burchak to‘pi bajardilar, bu xavfsiz chiqdi. |
| 18' | ![]() |
Davron Hoshimov chap qanotdan darvozaga xavf solmoqchi bo‘lgan Aliyariy oyog‘i ostidan to‘pni maydon tashqariiga chiqarib yubordi. Eronliklar burchak to‘pi bajardilar, bu xavfsiz chiqdi. |
| 16' | ![]() |
Hoshimov chap qanotda Aliyariyni yiqitdi. Jarima to‘pi tepildi. Paxtakor himoyachilari to‘pni qaytardilar. O‘yin davom etadi. |
| 15' | ![]() |
Mutaharriy ofsaydda qoldi. |
| 13' | ![]() |
Andreevga jarima maydonchasi ichida zarba berishga himoyachi halaqit berdi. |
| 10' | ![]() |
Naftning hujumi! O‘ng qanotdan djarima maydoni ichiga to‘p oshirildi, himoyachilar to‘pni qaytardi, qaytgan to‘pni mezbonlar futbolchisi kuchli zarba berdi,bu to‘p Hoshimovga tegib qaytdi. Undan qaytgan to‘pni boshqa eronlik yana zarbaladi, bu safar to‘p Krimesga tegib qaytdi. |
| 9' | ![]() |
Adnan Orxavas maydon markazida qo‘pollik qildi, mezbonlar jarima to‘pi tepdilar. |
| 8' | ![]() |
Rizoiy o‘yin qoidasini buzdi. Jarima to‘pini darvozabon Lobanov bajarmoqda. |
| 6' | ![]() |
Paxtakor himoyachilari mezbonlarning hujumini to‘xtatdilar va jamoa tezlik bilan qarshi hujumga otlandilar. Lekin eronlik himoyachchilar ham raqiblaridan kam emasliklarini ko‘rsatishdi. |
| 5' | ![]() |
Paxtakorning birinchi hujumi. Sherzodbek Karimov o‘ng qanotdan darvozaga kuchli zarba berdi, ammo noaniq. |
| 4' | ![]() |
O‘yin hozircha maydon markazida kechmoqda. |
| 3' | ![]() |
Paxtakor oq libosda harakat qilmoqda, mezbonlar esa - boshdan oyoq sariq liosda. |
| 1' | ![]() |
Uchrashuv boshlandi! |
| ' | ![]() |
Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari! OCHL guruh bosqichining 5-turi doirasida "Naft" - "Paxtakor" uchrashuvidan onlayn translyasiyani boshlaymiz! |
| Asosiy saxifa |
|
© STADION.UZ Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart. Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar. |
|